Cho’kishning sabablari va turlari: Suvga cho’kish bizning jumhuriyat sharoitida asosan yoz oylarida sodir bo’lsada, ammo tog’li nohiyalarda bo’ladigan baxorgi suv toshqinlari, sel kelishlar oqibatida ham odamlar suv girdobida g’arq bo’lish xollari uchrab turadi. Bunday paytlarda odamlar albatta, kiyim-boshda bo’ladilar. Natijada sal vaqt ichida suvga botib, cho’ka boshlaydilar. Bolonya matodan tayyorlangan kiyim-boshlar albatta, bundan mustasno. Masalan, shahrimiz (Toshkyont)dagi «Anxor»ga avtobus qulab tushganida joni omon qolganlardan biri: «Meni bolonyali kurtkam olib chiqdi, u meni o’zi tepaga tortar edi» degan ekan.
Suvda kiyimlarni hali kuchingiz borida yechishga harakat qiling. Buning uchun suvga chalqancha yotib, yoqani, tugmachalarny yechish, bir zum g’ujanak bo’lib turib, nafasni chuqur olgancha, avval poyabzalni, so’ng ustki kiyimlarpi yechish zarur.
Umuman; cho’kish turlari quyidagicha:
Haqiqiy yoki «xo’l» cho’kish.
Asfiksiya yoki «quruq» cho’kish.
oq asfidsiya bo’g’ma xolat; b) ko’k asfiksiya-o’qiga suv tushib, nafas ololmaydigan xolat.
Ikkilamchi cho’kish.
Suvdagi o’lim. Shulardan eng ko’p uchraydigani «xo’l»cho’kishdir. Bunda odam o’z organizmida kislorod tanqisligini seza boshlagach, talvasaga tushadi, nima bo’lsa ham, bir marta nafas olishga intiladi. Ammo suzishni bilmagani uchun qo’l-oyoqlarini osongina harakatlantira olmaydi. Kislorod tanqisligi yuz bergach, u beixtiyor og’zini ochib yuboradi va nafas olmoqchi bo’lib, butun o’pkasini suvga to’ldirib qo’yadi. Natijada miya kisloroddan ochiqib, odam hushidan ketadi. Hushidan ketgandan so’ng u boshqa nafas ololmaydi. Shu tufayli o’pka «o’zicha» bir necha marta nafas olib, o’zidagi bor havoni ham siqib chiqaradi va o’rni suv bilan to’ladi. Bunday paytrda odamning arterial va venoz qon bosimi haddan tashqari oshib (1, 5-2 baravar), yurak urishi sekinlashadi va shunda yurak urishning tuxtashidan oldin kuza tiladigan bradikardiya taxikardiyaga aylanadi va qon bosimi keskin pasaya boshlaydi. Chuchuk suvga cho’kkan odam o’pkasining hajmi juda kattalashadi-yu, lekin alveolalarida sho’r suvda cho’kkan odamlarnikiga qaraganda suyuqlik-kamroq yig’iladi. Chunki unda osmotik bosim ko’proq bo’lgani uchun chuchuk suv alveolalardan qonga o’tib, qonning umumiy miqdorini oshiradi. Shu onda yurak urishdan to’xtaydi. Cho’kkan odamning rangi odatda ko’karib, klinik o’lim xolati 3-6 minut davom etadi. Dengiz suvining tarkibida 4 foiz atrofida tuz bo’lib, qonga nisbatan ko’proq osmotik bosimga ega bo’ladi. Shu tufayli tomirlardagi qon quyuqlashib, eritrositlar kamayadi, alveolalarga ko’p miqdorda suyuqlik yig’ilib, natijada o’pka yorilishi ham mumkin.
Cho’kkan odamning rangi oqarib, vena son tomirlari bo’rtmaydi. Sho’r suvda (dengiz suvida) cho’kkan odamda klinik o’lim xolati uzoqroq« (10-12 minut) davom etadi. «Oqarib ketgan» odamlarni cho’kkanidan 10 minut o’tgan bo’lsa ham, tiriltirsa bo’ladi.
Do'stlaringiz bilan baham: |