Insonning normal yuklanishi maksimal yuksalishga nisbatan 40-60 % dan oshmasligi kerak, ya’ni yuklanish chegaradan oshganda ish qobiliyatining pasayishi kuzatiladi.
Psixik kuchlanishning chegaradan chiqqan shakllari psixik faoliyatning har xil tarkibiy qismlarga ajralishiga, (dezintegratsiyalanishiga) birinchi navbatda insonga xos yakka psixik ish qobiliyati darajasining pasayishiga olib keladi. Psixik kuchlanishning juda aniq ifodalangan shakllarida harakat koordinatsiyasi va chaqqonligi yo’qoladi, balki harakatning samarasiz shakllari va boshqa salbiy xolatlar paydo bo’ladi.
Ishchilarning hatti–harakatini to’g’ri tashkil qilishda, ishlab chiqarishda yaxshi psixologik sharoitlarni yaratishda mehnat psixofiziologiyasi ish xavfsizligi tajribasi, hamda alohida mehnat xavfsizligi psixologiyasi katta ahamiyatga egadir. Bu muammolar haligacha bizning milliy adabiyotlarimizda yoritilmagan. Shuning uchun bu masalalarga to’liq to’xtalib o’tamiz.
Ishlovchilarning baxtsiz xodisalar xavfi ostida qolishini kuchaytiruvchi omillar ikkita katta guruhga bo’linishi mumkin: ishchilarning xavf ostida qolishini barqaror kuchaytiruvchi omillar va ishlovchilarning xavf ostida qolishini vaqtincha kuchaytiruvchi omillar.
Birinchi guruh omillarga quyidagilar kiradi:
Insonning asab sistemasida yoki boshqa a’zolaridagi doimiy funksional o’zgarishlar, kasallik sifatidagi yoki shunga yaqin bo’lgan xolat. Bularning ichida bir qator qattiq patologik o’zgarishlar ajralib turadi, vaxolangki bular ish qobiliyatining to’la yo’qolishiga olib kelmasada, hulq – atvorga ta’sir qiladi va xavf ostida qolishni kuchaytiradi.
Ishchining baxtsiz xodisa xavfi ostida qolishi.
Nerv sistemasi oliy bo’limlarining harakatlanuvchi markazlari bilan sensori o’rtasidagi aloqalarning buzilishi. Bunday o’zgarishlar oqibatida inson sezish organlari bilan qabul qiladigan tashqi ta’sirni aniq va tez faxmlashga loyiq emas, ya’ni ko’pchilik baxtsiz xodisalar sodir bo’lishida funksional buzilishlar bosh rol o’ynaydi.
Harakat koordinatalarining kelishishida sodir bo’ladigan nuqsonlar. U yoki bu harakatni bajaruvchi muskullar odam bosh miya po’stlog’ining har xil harakatlanuvchi markazlaridan boshqariladi. Ko’pchilik odamlarda bu markazlarning faoliyati yetarsiz darajada kelishilmasdan kechadi, natijada murakkab kombinatsiyalashgan harakatlardan tashkil topgan usullar va operatsiyalarni bajarishda insonda ayrim uzilishlarni kuzatish mumkin, ya’ni vaqt-vaqti bilan ishchi o’zini yo’qotadi va u ayrim harakatlarni esdan chiqaradi. Bunday xolatlarda harakatning kelishilmaganligi kishining diqqat e’tiboridagi va emotsional uyalish xolatidagi nuqsonlari bilan qo’shilib ketadi. Koordinatsiyaga ega bo’lmagan harakatdagi odamlarni baxtsiz xodisa xavfi bo’lgan ishlarda iloji boricha ishlatish maqsadga muvofiq emas, ayrim xollarda ularni boshqa ishga o’tkazishlozim.
Arzimas tashqi qo’zg’atuvchiga nisbatan o’tkir emotsional reaksiya. Yengiltaklik, oqibatlarni o’ylamaslik, bajarishdagi shoshma- shosharlik, o’ylash jarayonlarining yuzaki harakteri, fikrlash doirasining yo’qligi ishda xatoning bo’lishiga olib keladi. Bunday ishchilarning xavfsizligi uchun maxsus kuzatuv lozim. Qayerda himoyalanish tez va aniq harakatlanishlar hisobiga amalga oshiriladigan bo’lsa, bunday joylarga yuqorida qayd qilingan nuqsonlari bor kishilarni jo’natish mumkin bo’lmaydi.
Ichkilikka, chekuvchilikka moyillik (qiziqish). Ishdan qoniqmaslik, unga nisbatan qiziqishning yo’qligi. Odam ish bilan qiziqmasa, qoniqish xosil qilmasa, harakat va usullarni aniq bajarishga psixologik to’g’ri moslashishga va o’z e’tiborini jipslashtirishga noloyiq bo’lganda uning hulqi ishonchsiz harakterlanadi, e’tibori esa parishon bo’ladi.Shuning uchun mehnat xavfsizligi nuqtayi nazaridan, bir tomondan, inson o’zining qiziqishi va moyilligini qanoatlantiradigan ish turini qabul qilishi kerak. Ikkinchi guruhga kiruvchi psixologik omillarga: ish jarayonining ma’lum davrida paydo bo’ladigan va bir necha soat yoki minutlarda hisoblangan qisqa vaqt ichida odam hulq- atvoriga ta’sir qiladigan omillar kiradi. Bularga tajribasizlik, ehtiyotkorsizlik va charchash kabi omillar kiradi.
Тajribasizlik – ish joyida ishchining butun hulkiga ta’sir qiladi va ish jadalligi, su’rati va bir maqomligi bilan ifodalanadi. Тajribasiz ishchi texnikaning har xil kamchiliklaridan paydo bo’lgan ishdagi uzulishlarga, atrof muhitning yomon ta’siriga moslashishga tez yo’l topaolmaydi, ko’p charchaydi va buning bilan o’z ishining xavfsizligini kamaytiradi.
Do'stlaringiz bilan baham: |