- «A» davlatda ishlovchining bir yil davomida jaroxat olish va xalok bo’lish tavakkalini.
Izox: * - talaba o’z variantidan oladi.
var-t
soni
|
Тalabaning variant
|
1
|
2
|
3
|
4
|
5
|
6
|
7
|
8
|
9
|
10
|
axoli soni
|
300000
|
150000
|
20000
|
80900
|
99000
|
10000
|
15000
|
80750
|
65000
|
44000
|
xizmatchilar soni
|
120000
|
20000
|
10000
|
5300
|
54000
|
500
|
7000
|
6500
|
17800
|
13000
|
Halok bo’lganlar soni
|
1400
|
4500
|
2300
|
540
|
8700
|
58
|
590
|
750
|
210
|
369
|
5 – AMALIY MASHG’ULОT.
FAOLIYAT XAVFSIZLIGINI TA’MINLASHDA PSIXOLOGIK
OMILLARNING AHAMIYATINI O’RGANISH.
Reja:
1. Asosiy ma’lumotlar.
2. Ishlovchilarning baxtsiz xodisalar xavfi ostida qolishini kuchaytiruvchi omillarni o’rganish.
1. ASOSIY MA’LUMOTLAR
Mehnat xavfsizligi psixologiyasi – psixologik ilmlarning bir sohasidir. U ijtimoiy-tarixiy va aniq ishlab chiqarish sharoitiga, mehnat qurollariga, mehnatga o’qitish usullariga va ishlovchilarning shaxsiy psixologik sifatlariga bog’liq xolda har xil turdagi mehnat faoliyatining psixologik afzalliklarini o’rganadi. Shuning uchun mehnat psixologiyasini o’rganishning ob’yekti na faqat mehnat faoliyati va mehnat xavfsizligi bo’lmasdan, balki mehnatkashlarning shaxsiy afzalliklari, qisman - uning kasbiy qobiliyatlari mehnat faoliyatida amalga oshiriladigan aniq ishlab chiqarish muhiti, mehnatdagi shaxslararo munosabatlar, predmetlar, qurollar, mehnat oziqalari va ishlab chiqarishga o’qitishning usullari hisoblanadi.
Mehnat psixologiyasining asosiy masalasi – faoliyatining yengil va xavfsiz bo’lishiga , uning katta xursandchilik olib kelishiga , korxonalardagi insoniy munosabatlarning garmonik va faol bo’lishiga yordam berishdir.
Mehnat xavfsizligi psixologiyasi inson faoliyati xavfsizligini ta’minlash bo’yicha tadbirlar tizimida muhim zvenoni tashkil qiladi.
Zamonaviy ishlab chiqarishlarda buzilish va jarohatlanish muammolarini faqat injenerlik usullari bilan yechish mumkin emas.
Тajriba shuni ko’rsatadiki, tez-tez buzilish va jarohatlanishlar asosida injenerlik – konstruktorlik nuqsonlari yotmaydi, balki tashkiliy–psixologik sabablar: xavfsizlik masalalari bo’yicha kasbiy tayyorgarlikning past darajasi, yetarli tarbiyalanmaganlik, xavfsizlikni kuzatishga mutaxassisni yetarli darajada qo’ymaslik, jarohatlanishga xavfi baland shaxslarni xavfli ishlar turiga qo’yish , odamlarning ishga faollik faoliyatini pasaytiruvchi charchagan va turli psixologik xolatlarida kelishi.
Хalqaro tajriba va mutaxassislarning ilmiy izlanishlari shuni ko’rsatadiki, bo’ladigan jarohatning 60% dan 90% gacha asosan jabrlanuvchilarning o’z ayblari bilan sodir bo’ladi. Bu borada Sokratning quyidagi gapini eslaymiz: « Men tirik bo’lmagan tabiat bilan shug’ullanishni tugataman deb qaror qildim va nima uchun shunday bo’ladi, odam nima yaxshiligini biladi, biroq yomon ishni qilishini» tushunishga harakat qilaman
Do'stlaringiz bilan baham: |