I bob zamonaviy xalqaro iqtisodiy munosabatlar tizimi



Download 227,02 Kb.
bet1/6
Sana09.07.2022
Hajmi227,02 Kb.
#764348
  1   2   3   4   5   6
Bog'liq
Xalqaro iqtisodiy munosabatlar tizimida O’zbekistonning o’rni


Mavzu:Xalqaro iqtisodiy munosabatlar tizimida O’zbekistonning o’rni.
MUNDARIJA
KIRISH…………………………………………………………………………….2
I.BOB ZAMONAVIY XALQARO IQTISODIY MUNOSABATLAR TIZIMI
1.1 Zamonaviy jahon iqtisodiyotining xalqaro iqtisodiy munosabatlar tizimi……………………………………………………………………………….3
1.2 Xalqaro iqtisodiy munosabatlar sub'ektlari…………………………………8
II.BOB O’ZBEKISTON XALQARO MUNOSABATLAR TIZIMIDA
2.1 O’zbekiston xalqaro munosabatlar tizimida. O’zbekiston Respublikasi tashqi siyosatining asosiy tamoyillari…………………………………………...21

2.2 Yangilanayotgan O‘zbekiston tashqi siyosatining eng muhim ustuvor yo‘nalishlari………………………………………………………………………32


XULOSA…………………………………………………………………………46
FOYDALANILGAN ADABIYOTLAR………………………………………..

KIRISH
Hozirgi sharoitda jahon xo’jalik aloqalari tizimida globalla-shuv va integratsiyalashuv jarayonlarining jadallashuvi, mamlakatlar milliy iqtisodiyotlari o’zaro aloqalarining va o’zaro bog’liqlikla-rining kuchayishi zamonamizning eng muhim xususiyatlaridan biriga aylanmoqda. Globallashuv, ma’lumki, ishlab chiqarish, axborotlar almashinuvi, savdo, transport va boshqa xizmat ko’rsatish soha-laridagi mamlakatlararo aloqalarda namoyon bo’ladi. Bu jarayon-larda mustaqil O’zbekiston ham faol ishtirok etmoqda. Milliy iqtisodiyotni modernizatsiyalash va isloh etish, to’g’ridan-to’g’ri chet el investitsiyalarini jalb etish va xorijiy sarmoyalarga qulay inves-titsion muhit yaratish, mamlakatimiz tovar ishlab chiqaruvchi-lari bilan chet el firmalari o’rtasidagi uzoq muddatli barqaror sheriklik munosabatlarini shakllantirish O’zbekiston Respublikasida amalga oshirilayotgan tashqi iqtisodiy siyosatning mohiyatini tashkil etadi. Bu sohada yagona davlat siyosati yuritilishi O’zbekistonning xo-rijiy davlatlar, xalqaro iqtisodiy tashkilotlar va moliyaviy ins-titutlar, boshqa xalqaro huquq sub’ektlari bilan o’zaro manfaatli asosda iqtisodiy va moliyaviy hamkorligini yanada rivojlanishini ta’minlaydi.
Shu bois, mamlakatimizda o’tkazayotgan iqtisodiy islohotlar O’zbekistonni qisqa muddatlarda jahon xo’jaligi tizimida o’z o’rniga ega bo’lishini va dunyoning barcha mamlakatlari bilan teng huquqli hamkorligini ta’minlashga qaratilgan. Bu-gungi kunda O’zbekiston xalqaro iqtisodiy munosabatlarning sub’ekti sifatida jahon xo’jaligi aloqalariga tobora keng jalb qilinmoqda, dunyoning o’nlab rivojlangan va rivojlanayotgan mamla-katlari bilan mustahkam xalqaro iqtisodiy munosabatlarga kirishgan, uning tashqi savdo aylanmasi hajmi yildan-yilga ortib bormoqda. Iqtisodiyotimizning real sektoriga kirib kelayotgan to’g’ridan-to’g’ri chetel investitsiyalar salmog’i oshmoqda, o’nlab xal-qaro iqtisodiy tashkilotlar bilan hamkorligi kuchaymoqda. Ay-niqsa, tashqi iqtisodiy faoliyatning turli sohalari bo’yicha mala-kali kadrlar tayyorlashga katta
e’tibor berilmoqda
O’zbekistonning ijtimoiy jihatdan yo’naltirilgan bozor iqtisodiyoti modelida tashqi iqtisodiy faoliyatni rivojlantirish va mustahkamlash, respublikaning jahon xo’jalik aloqalariga birlashish yo’llarini belgilash, shuningdek, ijtimoiy jihatdan yonaltirilgan bozor iqtisodiyotining rivojlanishi va respublika integratsiyasi yo’nalishlarining jahon xojalik aloqalarida mustahkamlanishi asosiy o’rin egallaydi. Ochiq turdagi iqtisodiyotning shakllanishi sharoitida rivojlangan tashqi iqtisodiy aloqalar tizimida bolgan har bir davlatning xalqaro mehnat taqsimotida oz o’rniga, dunyo xojalik tizimida o’z « javoniga » ega bolishi muhimdir.
O‘zbekiston Respublikasi Prezidenti Shavkat Mirziyoevning “Mahalliy eksport qiluvchi tashkilotlarni yanada qo‘llab – quvvatlash va tashqi iqtisodiy faoliyatni takomillashtirish chora – tadbirlari to‘g‘risida”gi 2017 yil 21 iyunda qabul qilingan qarorida “...tashqi bozorlarga mahalliy mahsulotlarni olib chiqishda zamonaviy marketing usullaridan faol foydalanish...” alohida ko‘rsatib o‘tilgan.
2017-2021 yillarda O‘zbekiston Respublikasini rivojlantirishning beshta ustuvor yo‘nalishi bo‘yicha Harakatlar strategiyasining uchinchi yo‘nalishida kichik sanoat zonalarini tashkil etish bo‘yicha, “...faoliyat ko‘rsatayotgan erkin iqtisodiy zonalar, texnopark va kichik sanoat zonalari samaradorligini oshirish, yangilarini tashkil etish”1 bo‘yicha ulkan vazifalar belgilangan. Bugungi kunda davlatimiz rahbari respublikamiz bo‘yicha qaysi hududga bormasin, o‘sha hududda kichik sanoat korxonalari tashkil etish, ular orqali mahsulot, tayyor raqobatbardosh mahsulotlar ishlab chiqarish hajmini oshirish hamda ularni nafaqat ichki bozorga, balki tashqi bozorlarga eksport qilish zarurligini ta’kidlab o‘tdi.


Download 227,02 Kb.

Do'stlaringiz bilan baham:
  1   2   3   4   5   6




Ma'lumotlar bazasi mualliflik huquqi bilan himoyalangan ©hozir.org 2024
ma'muriyatiga murojaat qiling

kiriting | ro'yxatdan o'tish
    Bosh sahifa
юртда тантана
Боғда битган
Бугун юртда
Эшитганлар жилманглар
Эшитмадим деманглар
битган бодомлар
Yangiariq tumani
qitish marakazi
Raqamli texnologiyalar
ilishida muhokamadan
tasdiqqa tavsiya
tavsiya etilgan
iqtisodiyot kafedrasi
steiermarkischen landesregierung
asarlaringizni yuboring
o'zingizning asarlaringizni
Iltimos faqat
faqat o'zingizning
steierm rkischen
landesregierung fachabteilung
rkischen landesregierung
hamshira loyihasi
loyihasi mavsum
faolyatining oqibatlari
asosiy adabiyotlar
fakulteti ahborot
ahborot havfsizligi
havfsizligi kafedrasi
fanidan bo’yicha
fakulteti iqtisodiyot
boshqaruv fakulteti
chiqarishda boshqaruv
ishlab chiqarishda
iqtisodiyot fakultet
multiservis tarmoqlari
fanidan asosiy
Uzbek fanidan
mavzulari potok
asosidagi multiservis
'aliyyil a'ziym
billahil 'aliyyil
illaa billahil
quvvata illaa
falah' deganida
Kompyuter savodxonligi
bo’yicha mustaqil
'alal falah'
Hayya 'alal
'alas soloh
Hayya 'alas
mavsum boyicha


yuklab olish