qatnashuvchilarni taklif etadi. Yetakchi talaba munozara ishtirokchilariga
muammo bo‘yicha «Aqliy hujum» masalasini beradi va uni o‘tkazish tartibini
belgilaydi. Yetakchi «Aqliy hujum» vaqtida bildirilgan g‘oya va fikrlarni yozib
borish uchun kotib tayinlaydi. Bu bosqichda yetakchi guruh qatnashchilarini har
bir a’zosi o‘z fikrini bildirishi uchun sharoit yaratib beradi. Yetakchi ikkinchi
bosqichga o‘tishdan oldin qisqa tanaffus e’lon qiladi. Ikkinchi bosqichda «Aqliy
hujum» ishtirokchilari bildirgan fikr va g‘oyalarni guruhlashtirib, ularni tahlil
qilishga o‘tiladi. Tahlil orqali qo‘yilgan vazifani eng maqbul yechimini topishga
harakat qilinadi.
o‘quvchilarda mustaqil fikr yuritish ko‘nikmalarini kamol toptirishdan iborat.
Darhaqiqat, biz demokratik tamoyillarga tayanib ish ko‘rib, yashayotgan
ekanmiz, shu Vatanda yashayotgan har bir inson, xususan kelajagimiz bo‘lgan
14
yoshlar erkin fikrlash qobiliyatiga o‘zligini anglagan, o‘z meniga ega bo‘lishlari
zarur. Yoshlarni bunday ruhda tarbiyalash ta’lim tizimi, xususan axborot
texnologiyalari ta’limi oldidagi dolzarb vazifalardan biri hisoblanadi. Chunki,
o’quvchilar erkin fikrlashni o‘rganmas ekan, ta’lim samarasi yuqori bo‘lmaydi.
Bugungi tezkor axborot asrida Informatika fani o‘qituvchisi zaruruiy
bilimlar bilangina qurollanib qolmasdan, bu bilimlarni o‘quvchilar ongiga
singdirib, ularning olgan bilimlarini shaxsiy e‘tiqodlari darajasiga olib chiqish
uchun innovatsion ta’lim texnologiyalaridan mohirona foydalanmog’i lozim.
Chunki, o‘quvchi shaxsidagi, axborot olamidagi o‘zgarishlar bugungi ta’lim
tizimi oldiga fan, texnika, texnologiya, ishlab chiqarish, madaniyat va ma’naviyat
sohasida juda ko‘plab muammolarini uzluksiz ravishda ko‘ndalang qo‘ymoqda.
Jahon miqyosida ilmiy-texnikaviy axborot texnologiyasi avj olib
borayotganligini hisobga olgan holda ayniqsa informatika fani o‘qituvchisining
bizning mamlakatimiz sharoitida o‘quvchi-yoshlar ongida milliy g‘oya va
ma’naviyat tushunchasini shakllantirib borishida ta’limning texnik vositalaridan
– Internetda targ‘ib etilayotgan axborotlardan hamda davriy matbuot
materialllariga chuqur tahliliy tafakkur bilan yondashgan holda foydalanish
axboriy ta’limning samaradorligini oshirib borishda ijobiy natija beradi.
Keys-stadi texnologiyasining asosiy maqsadi o‘quv guruh o‘quvchilarning
bilim olish jarayonini faollashtirish, mavjud muammoli vaziyatlarni hal qilish
orqali ularning ilmiy–ijodiy qobiliyatlarini rivojlantirishdan iboratdir. Shuningdek
texnologiya talabalarning bilim, ko‘nikma, malakalarini hamkorlikda qo‘llashga,
taklif qilingan yechimlarni tahlil qilish orqali muqobil yechimini izlashga
o‘rgatuvchi ta’lim texnologiyasidir. Amaliy vaziyatlarni hal etish uslublari va
vositalari, ya’ni keys-stadi (ingilizcha “case”-yig‘ma, aniq amaliy, holat, stadi-
o‘quv) texnologiyasi bo‘lib, u tashkilot, shaxslar guruhi yoki alohida shaxslar
hayotidan olingan real vaziyat deganidir. Gary Thomas quyidagi keys-stadiga oid
tarifni keltirib o‘tadi: Keys-stadi bu shaxslarni, voqealarni, qarorlarni, davrlarni,
loyihalarni, qonunlarni, tashkilotlarni va boshqa tizimlarni bir yoki undan ortiq
usullar orqali avvaldan o‘rganib kelinayotgan tahlili hisoblanadi. Keysning
15
subyekti tahliliy vaziyatlardir, ob’ekti esa uni tahlil qilish jarayonidir. Keys-stadi
bo‘yicha yana bir ta’rif bu uni tadqiqot strategiyasi deb belgilanishidan iborat.
Keys-stadi bu bir yoki bir nechta keyslarni, ko‘p miqdordagi dalillarni o‘z ichiga
olishi mumkin, turli-xil dalil manbalariga bog‘liq va nazariy vaziyatlarning oldingi
rivojlanishidan manfaat olishini anglatadi. Keys-stadi statistik izlanishlar va ko‘p
ma’lumot to‘plagan holda tadqiqot qilish bilan farqlay olish lozim. Bir mavzudagi
tadqiqot keys- stadi ma’lumotlaridan foydalanib, xulosalar qabul qilish uchun asos
keltirib beriladi. Bu yana Lamnek fikrlarida o‘z tasdiqini topadi va shakllanad.
Keys-stadi – bu tadqiqotli yondashish, aniq ma’lumotlar olish texnikalari va
metodologik paradigmalar orasida joylashgan. Ba’zida keys-stadi, keys-buk bilan
adashtiriladi, deb hisoblaydilar [5].
Keys-bu metodi, yoki boshqacha qilib aytganda keys metodi asosan Ameriaka
Qo‘shma Shtatlarining huquqshunoslik maktablarida huquqni o‘qitishni asosiy
uslubi hisoblanadi. U Garvard huquqshunoslik maktabida Kristofer Kolumbus
Langdell tomonidan kashf qilingan.
Do'stlaringiz bilan baham: