2.2 Islomdagi farz asoslarini she’riy usulda butun mufassalligi bilan bayon etilishi
Zahiriddin Muhammad Bobur - fiqh olimi. U “Mubayyin” nomli asarni she’riy tilda bayon etgan. O’sha zamonlarda fiqhga doir asarlar asosan arabiy va ikkinchidan, asarning she’riy usulda bayon etilgani. Shar’iy hukmlar berdi va fiqhga oid «Mubayyin»(bayon etilgan) nomli asar yozdi.
Ushbu kitobda muallif farzandlari bilishi zarur bo‘lgan farz asoslarini(imon,namoz, ro‘za, zakot, haj) o‘tash masalalarini she’riy usulda butun mufassalligi bilan bayon etdi.
Bobur yozadi:
Bilgasen, ey xujasta farzand,
Jigarim birla jonima payvand.
Masalalarki, ul zarur erdi,
Bilmasang dininga qusur erdi.
Yetti ko‘nglumg‘akim, yig‘ishtursam,
Nazm tartibida sig‘ishtursam.
To ani zabt qilg‘asen oson,
Ul masoyilni bilgasen yakson...
Dinu donishda har kun afzun bo‘l,
Davlatu baxt ila Humoyun bo‘l..
Matnning oxirgi misrasidagi iyhom so‘z o‘yini(humoyun, Humoyun)da ism keltirilgan bo‘lsa, demak, «Mubayyin» valiahd farzandi Humoyun mirzoga bag‘ishlangan bo‘lib chiqadi. Agar undan keyingi baytdagi so‘z o‘yini(Komron, komron)da atoqli ot inobatga olinsa, balki bu risola o‘g‘li Komron
mirzoga atab yozilgandir, deb taxmin qilish ham mumkin:
Komron bo‘l jahonda, davlat ko‘r,
Yuz tuman obro‘yu izzat ko‘r.
XX asrda «Mubayyin» tarkibidagi «Kitob uz-zakot», «Kitob ul-haj», «Kitob us-salot» qismlari
alohida kitoblar holida bir necha marotaba nashr etilgan edi. Nihoyat, «Mubayyin» to‘laligicha professor Saidbek Hasanov tomonidan 2000 yili nashr etildi.
XVI asrgacha fiqhga oid asarlarning asosan arab va fors tillarida bitilganini inobatga olsak, el ustida turgan Boburning o‘z millatdoshlari — o‘zbeklar tushunadigan tilda bunday asarlar yaratgani naqadar muhim va dolzarbligini aniqroq tasavvur etish mumkin.
«Boburnoma» kotibi bu haqda: «... masnaviy kitobi ham borkim, oti «Mubayyin»dur» deb
ma’lumot berar ekan, hayajonini yashira olmay maqtovga o‘tadi: «Til bilur dono xalq orasida
aningdek latoyif(ajoyib kitob) yo‘qtur».
Shahanshoh Zahiriddin Muhammad Bobur “tole yo’qi” (baxtsizlik)dan faryod cheksa, o’zining hamma ishlarini xato deb e’lon qilsa-ya?!. Chunonchi, bu ikkinchi iqror –musulmoni komil e’tirofidir. Chunki Bobur “Eykim, bori nazm ahlig’a sen xon yanglig’” deb ulug’lagan daho Alisher Navoiy ham o’z iqrornomasida shu fikrni izhor etgan edi:
Yo Rab! Eshigingda bir gadomen –
Kim: boshdin –ayoqqacha xatomen.
dini va shariat tayanchi”ni ifodalaydigan “Zahiriddin Muhammad Bobur” ismini olib kelgan.
Zahiriddin Muhammad Boburning buyukligi ma’lum ma’noda shaxsning barkamolligi bilan ham izohlanadi. U avval podshoh, hukmdor, yurt ishini yurgizadigan ulug’ zot. Saltanat dinda muqaddaslashtirilgan. Sulton – Ollohning yerdagi soyasi deb qaralgan. Bu ulug’ martabaga Boburning buyuk sarkardaligi – lashkarboshiligi yetkazgan. U jangni ham san’at deb bilgan va “Harb ishi” nomli kitobida harb san’atini har tomonlama yoritgan. Taasufki, bu asar hozircha topilmagan.
XULOSA
So`nggi temuriy shahzodalardan Zahiriddin Muhammad Boburning jozibador shaxsi, jo`shqin hayoti va faoliyati, insoniy fazilatlari, jahon faniga qo`shgan hissasi hamda avlodlariga bag`ishlab ko`plab ilmiy-tarixiy, badiiy asarlar yaratilgan. Ta’bir joiz bo`lsa, jahon tarixnavislik ilmida “Eng ko`p va xo`p” o`rganilgan vatandoshimiz ham Boburdir. Ayni kunga qadar o`zbek yozuvchilaridan tashqari Bobur haqida asar yaratgan bir necha o`nlab chet ellik mualliflarning nomlari tanish. Jumladan, 1995-yili “Cho`lpon” nashriyotida ingliz tarixchisi U.Erskinning “Bobur Hindistonda” asari, hind tarixchisi L.P.Sharmaning 1988-yili Dehlida bosilgan “Boburiylar saltanati” asari, amerikalik olim S.M.Berkning “Akbarshoh – boburiylarlarning eng buyugi” (Berk Akbarshoh shaxsiyati va faoliyati misolida Hindistonga Bobur asos solgan, jahon tarixiga, “Buyuk mo`g`ul imperiyasi” nomi bilan kirgan saltanatning mustahkam tomir yozish jarayonini tasvirlaydi) asarlarida Boburga zamondosh tarixchilarning qo`lyozmalari, Hindiston tarixiga oid tadqiqotlar, XX asrning jahonga mashhur olim va tarjimonlarining asarlarida Boburning butun hayot yo`li, bolalik, o`spirinlik, yigitlik yillari, tashvishli kunlari, hukmronlik faoliyati, diniy-falsafiy qarashlari, davlatni boshqarish usuli, madaniyat va san’atga munosabati singari masalalar tasvirlangan.
Bobur ijodiga oid ayrim tadqiqotlarga alohida to‘xtalib o‘tsak. Bunda Ali Fuad Bilkan tadqiqotlari ham e’tiborga molik. Olim Bobur she’riyati haqida tadqiqot olib borgan, shuningdek, “Risolayi volidiya”ni turk tiliga (2001) tarjima qilgan. A.F.Bilkan Hindiston kutubxonalarida turkcha qo‘lyozmalar katalogini tayyorlagan. Uning shoir she’riyati haqidagi qarashlari “Bobur devoni” va “Boburnoma”da Hindiston hayotining ifodalanishi”, “Hindistondan keltirilgan turk adabiyoti” (1998), “Boburning “Risolayi volidiya” asari” (1999) nomli maqolalarida o‘z ifodasini topgan. Yana bir turk olimi A.Kabakli tomonidan tayyorlangan “Turk adabiyoti” xrestomatiyasining 2002 yildagi nashrida o‘zbek mumtoz adabiyotining yirik namoyandalaridan Lutfiy, Alisher Navoiy, Zahiriddin
Muhammad Bobur hamda Abulg‘ozi Bahodirxon hayoti va ijodiga doir ma’lumotlar beriladi. Aytish mumkinki, ushbu tadqiqotning yuzaga kelishida F.Ko‘prulu, R.Arat tadqiqotlarining ahamiyati katta bo‘lgan.
Turkmanistonlik olim R.Kurinovning ham alohida o‘rni bor. Tarjima Turkmanistonning o‘sha paytdagi Prezidenti – Saparmurat turkmanboshining bevosita tashabbusi bilan Turkmaniston milliy madaniyati “Meros” markazi va Turkmaniston milliy qo‘lyozmalar instituti ko‘magida olim R.Kurinov tamonidan 2005 yilda amalga oshirilgan. “Devon”ning tarjima nashridan turkmanboshining kirish so‘zi,“Devon”, “Risolai volidiya”hamda tarjimonning Boburning adabiy merosi haqidagi ma’lumotlari va Lug‘at bo‘limi o‘rin olgan.
Har bir xalqning tarixiy, madaniy-milliy qiyofasini aniq belgilovchi ulug‘ shohlar buyuk olimlari, irik adib va shoirlari bo‘ladi. Insoniyatning abadiyatga mansub ana shunday buyuk farzandlari safida Zahiriddin Muhammad Bobur ham o‘z o‘rniga ega. Kishilik tarixida Boburchalik shaxsiy imkon, iqtidor va fazilatlari beqiyos kishilar juda kam uchraydi.
Ushbu kurs ishimizning mavzusi: Bobur ruboiylarining poetik xususiyatlari
Bobur ruboiy yozishda Umar Hayyomga tenglasha olgan ijodkordir. Uning ruboiylari kitobxonlar tomonidan sevib o’qiladi. Uning ruboiylarida hayotning qattiq zarbalari,uning qiyinchiliklari o’z ruboiylarida aks ettirgan.
Ruboiylari orqali Bobur hayotiga doir tarixiy arxaik manbalarni olishimiz mumkin.
U ruboiylarida badiiy san’atlardan mohirona foydalangan. So’z qo’llash, so’zlardan mohirona foydalanish, diniy aqidalar, farz va sunnatlarni kiritganini ko’rishimiz mumkin.
Do'stlaringiz bilan baham: |