I bob. Yoshlar bilan ijtimoiy ishlarni metodik nazariy asoslari


YOSHLANI IJTIMOIY QO'LLAB-QUVVATLASH VA HIMOYA



Download 59,4 Kb.
bet8/8
Sana31.12.2021
Hajmi59,4 Kb.
#262029
1   2   3   4   5   6   7   8
Bog'liq
KIRISH

2.2.YOSHLANI IJTIMOIY QO'LLAB-QUVVATLASH VA HIMOYA

Xabaringiz bor, “Yoshlarni qoʼllab-quvvatlash va aholi salomatligini mustahkamlash yili" davlat dasturi loyihasi umumxalq muhokamasiga qoʼyilgan.

Dasturda yoshlarni ish bilan ta'minlash, ularga keng imkoniyatlar yaratish va qo'llab-quvvatlash bo'yicha ham takliflar keltirilgan. Xususan:

-Yoshlarning tadbirkorlik tashabbuslari, startap va g‘oyalarini yana-da qo‘llab-quvvatlashga qaratilgan imtiyozli kreditlar ajratish;

-Bolalarni qo‘llab-quvvatlash jamoat fondini tashkil etish;

- Bolalar huquqlarini himoya qilish borasidagi ishlar samaradorligini oshirish maqsadida “Bolalar Ombudsmani to‘g‘risida” O‘zbekiston Respublikasi Qonuni loyihasini ishlab chiqish;

- BMT shafeligida “Inson huquqlari bo‘yicha taʼlim” global forumini tashkil etish va o‘tkazish;

- Yoshlar huquqlariga bag‘ishlangan Butunjahon yoshlar anjumanini tashkil etish va o‘tkazish;

- Erkin iqtisodiy va kichik sanoat zonalari tajribasi asosida barcha shahar va tumanlarida “Yoshlar sanoat va tadbirkorlik zonalari”ni tashkil etish;

- Yoshlarning xalqaro “IT” sertifikatlarini olish xarajatlarining 50 foizgacha bo‘lgan qismini byudjetdan qoplab berish tartibini ishlab chiqib, joriy etilishini taʼminlash;

- “Bir million dasturchi” loyihasi doirasida yoshlarni dasturlash tillarini o‘zlashtirishga qiziqtirish orqali ularni ish bilan taʼminlash tizimini yo‘lga qo‘yish;

- Xalqaro taʼlim dasturlari (imtihonlar) bo‘yicha eng yuqori ball to‘plagan iqtidorli yoshlarga imtihon topshirish xarajatlarini to‘liq qoplab berish tartibini yo‘lga qo‘yish;

- Yoshlar siyosatini samarali amalga oshirishda Andijon viloyati tajribasini o‘rganish maqsadida mamlakatimizning barcha hududlaridan faol yoshlarni jalb qilgan holda “Andijon yoshlari forumi”ni tashkil etish;

-O‘zbekiston Respublikasi davlat mustaqilligining 30 yilligiga bag‘ishlab mamlakatimizning barcha hududlaridan faol yoshlarni jalb qilgan holda 2021 yil avgust oyida “Farg‘ona yosh hunarmandlar festivalini”ni tashkil etish;

- “Yoshlar: 1+1” dasturi doirasida uyushmagan va ishsiz yoshlarni kasb-hunar va tadbirkorlikka o‘qitish;

- “Har bir tadbirkor – yoshlarga madadkor” tamoyili asosida ko‘ngilli tadbirkorlarni jalb etgan holda 1 nafar tadbirkorga 1 nafardan ishsiz yoshlarni biriktirish tashabbusini amalga oshirish;

-Yoshlar, ayniqsa, ish va o‘qish bilan band bo‘lmagan yoshlar bilan masʼullar o‘rtasida to‘g‘ridan-to‘g‘ri muloqot o‘rnatishga xizmat qiluvchi “Yoshlar murojaati” elektron platformasini yaratish hamda amaliyotga joriy etish;

- Yosh oilalarni arzon uy-joylar bilan taʼminlash maqsadida 2021–2023 yillarda Yoshlar uylarini qurish dasturini amalga oshirish;

- Hududlarda ilmiy faoliyat bilan shug‘ullanib kelayotgan iqtidorli yoshlarni qo‘llab-quvvatlash, ilm-fanga keng jalb qilish, nufuzli ilmiy maktablarni shakllantirish, ularning ilmiy salohiyatini oshirish, soddalashtirilgan tartibda yoshlarning ilmiy va startap loyihalarini moliyalashtirish maqsadida ilmiy dasturni amalga oshirish;

-“Kamalak yulduzlari”, “Yilning eng faol yoshlar yetakchisi”, “Yil sardori”, “Talabalar festivali”, “Intellektual o‘yinlar” haftaligi, “Yil talabasi” singari ko‘rik-tanlov va musobaqalarni tashkil etish;

- “Vatanparvar” mudofaaga ko‘maklashuvchi tashkiloti bazasida yoshlarni mehnat bozorida ehtiyoj yuqori bo‘lgan kasblarga o‘qitishni taʼminlash;

- O‘zbekiston talabalar assotsiatsiyasini tashkil etish;

- Navoiy viloyati, Nurota tumanidagi ishsiz yoshlar bandligini taʼminlash maqsadida hududning o‘ziga xosligidan kelib chiqib ishlab chiqarish korxonasini tashkil etish;

- Zamonaviy axborot-kommunikatsiya texnologiyalari sohasida faoliyat yuritayotgan, ushbu sohada muayyan yutuqlarga erishgan isteʼdodli yoshlarning mazkur sohada ilg‘or tajribaga ega davlatlar tomonidan tashkil etiladigan anʼanaviy va masofaviy kurslarda ishtirokini tashkil etish;

- Markaziy Osiyo xattotlik sanʼati anʼanalarini qayta tiklash va rivojlantirish maqsadida Islom sivilizatsiya markazi joylashgan Hazrati imom majmuasi hududida “Kitobot ilmi maktabi”ni tashkil etish;

- Yoshlarning xorijiy tillarni o‘rganishlari uchun yana-da kengroq imkoniyat yaratish maqsadida bepul til o‘rganish elektron platformasini yaratish;

- Yoshlar o‘rtasida olimpiya harakatini rivojlantirish maqsadida 23 iyun – Xalqaro olimpiya kuniga bag‘ishlab “Olimpiya harakati” sport festivalini;

-Aholi, ayniqsa, yoshlar o‘rtasida “Milliy qadriyatlarimiz – beqiyos boyligimiz” shiori ostida “Navro‘z” umumxalq bayrami arafasida milliy sport turlari va xalq o‘yinlari bo‘yicha barcha hududlarda sport festivalini;

-Mahalla yoshlari o‘rtasida “Charm to‘p – 2021” futbol musobaqalarini;

-Davlat organlari va tashkilotlari xodimlari o‘rtasida “Bosh vazir kubogi”, “Hokim kubogi”, “Rahbar kubogi” kabi sport musobaqalarini o‘tkazish;

- 2025 yilda O‘zbekistonda yoshlar o‘rtasidagi IV yozgi Osiyo o‘yinlarini o‘tkazishga puxta tayyorgarlik ko‘rish;

-Alisher Navoiy asarlarining bugungi yoshlar tushunadigan ixcham namunalarini yaratib, turli mobil ilova va elektron dasturlar ishlab chiqish;

- Atoqli shoir va adiblar Abdulla Oripov, O‘tkir Hoshimov, buyuk sanʼatkor Botir Zokirovning yubiley sanalarini nishonlash bo‘yicha belgilangan tadbirlarni aholi, avvalambor, yoshlar xotirasida yorqin iz qoldiradigan darajada, chinakam adabiyot va sanʼat bayramlari sifatida o‘tkazish maqsadida “Abdulla Oripov izdoshlari”, “O‘tkir Hoshimov asarlari bilimdoni”, “Botir Zokirov sanʼati davomchilari” ko‘rik-tanlovlarini tashkil etish;

- 2021/2022 o‘quv yilidan boshlab oliy taʼlim muassasalariga kirish imtihonlarida eng yuqori ball to‘plagan 200 nafar yoshlar uchun Prezident grantini joriy etish;

- Magistratura va doktoranturada o‘qiyotgan iqtidorli yoshlarni rag‘batlantirish maqsadida O‘zbekiston Respublikasi Prezidenti davlat stipendiyasi kvotalari sonini kamida ikki barobarga oshirish hamda O‘zbekistondagi xorijiy va qo‘shma oliy taʼlim muassasalarining bakalavriat bosqichi talabalari uchun Prezident va davlat stipendiyalarini joriy etish;

- Iqtidorli yoshlar va ilmiy izlanuvchilar uchun oliy taʼlim muassasalariaro faoliyat yuritadigan innovatsion o‘quv-ilmiy markaz tashkil etish;

-Qoraqalpog‘iston Respublikasi, Andijon, Samarqand, Navoiy, Sirdaryo, Toshkent viloyatlarida Yoshlar texnoparklari faoliyatini tashkil etish.



-Fizika bo‘yicha o‘quvchilar o‘rtasida Ahmad Farg‘oniy nomidagi xalqaro fan olimpiadasini tashkil etish.



1 2016 yil 14 sentyabrdagi “Yoshlarga oid davlat siyosati to‘g‘risida” 406-sonli Qarori.


2 O‘zbekiston Respublikasi Prezidentining 2020-yil 29-dekabrdagi Oliy Majlisga va xalqimizga Murojaatnomasi.

Download 59,4 Kb.

Do'stlaringiz bilan baham:
1   2   3   4   5   6   7   8




Ma'lumotlar bazasi mualliflik huquqi bilan himoyalangan ©hozir.org 2024
ma'muriyatiga murojaat qiling

kiriting | ro'yxatdan o'tish
    Bosh sahifa
юртда тантана
Боғда битган
Бугун юртда
Эшитганлар жилманглар
Эшитмадим деманглар
битган бодомлар
Yangiariq tumani
qitish marakazi
Raqamli texnologiyalar
ilishida muhokamadan
tasdiqqa tavsiya
tavsiya etilgan
iqtisodiyot kafedrasi
steiermarkischen landesregierung
asarlaringizni yuboring
o'zingizning asarlaringizni
Iltimos faqat
faqat o'zingizning
steierm rkischen
landesregierung fachabteilung
rkischen landesregierung
hamshira loyihasi
loyihasi mavsum
faolyatining oqibatlari
asosiy adabiyotlar
fakulteti ahborot
ahborot havfsizligi
havfsizligi kafedrasi
fanidan bo’yicha
fakulteti iqtisodiyot
boshqaruv fakulteti
chiqarishda boshqaruv
ishlab chiqarishda
iqtisodiyot fakultet
multiservis tarmoqlari
fanidan asosiy
Uzbek fanidan
mavzulari potok
asosidagi multiservis
'aliyyil a'ziym
billahil 'aliyyil
illaa billahil
quvvata illaa
falah' deganida
Kompyuter savodxonligi
bo’yicha mustaqil
'alal falah'
Hayya 'alal
'alas soloh
Hayya 'alas
mavsum boyicha


yuklab olish