2.3Birinchi jahon urushi yillarida Turkiston o‘lkasidagi iqtisodiy hayot.
1914 yil yozida boshlangan Birinchi jahon urushi Rossiya imperiyasining siyosiy va ijtimoiy-iqtisodiy ahvolini yanada og‘irlashtirdi. Podsho hukumati tomonidan qabul qilingan dasturlar va ko‘rilgan choratadbirlarga qaramay mamlakat iqtisodiy va harbiy-texnikaviy jihatdan Germaniya va hatto Avstriya-Vengriyadan ham o‘ta zaif ekanligi ma’lum bo‘ldi.
1914-1915 yillarda 15,8 mlrd. rublni tashkil etgan mamlakat milliy daromadi 1916-1917 yillarda 12,2 mlrd. rublga tushib ketdi. Harbiy xarajatlar 4,3 mlrd. rubldan 7,1 mlrd. rublga yetib, mamlakat milliy daromadining yarmini qamrab oldi.
Urush Turkiston xalqlarining ijtimoiy-iqtisodiy va ma’naviy hayotiga jiddiy salbiy ta’sir ko‘rsatdi. Ayni paytda Turkiston generalgubernatorligi budjeti harajatlari ham ortdi. Agar 1913 yilda sarfharajatlar 23,2 mln. rublni tashkil qilgan bo‘lsa, 1915 yilda 38,1 mln. rublga, 1917 yilda esa 99 mln. rublga yetdi. Urush xarajatlarning kundankun o‘sib borishi Davlat banki oltin zahira fondining qisqarishiga sabab bo‘ldi. Zero, 1914 yil 16 iyulda Davlat banki zahirasida 1744 mln. rubl qiymatdagi tilla bo‘lgan bo‘lsa, 23 iyulga kelib u 1218 mln. rublga tushib qoldi. Bir hafta ichida Davlat bankining tilla zahirasi qiymati 26 mln. rublga qisqarib ketdi. Shunday qilib, urushning birinchi kunlaridanoq hukumat va moliya tashkilotlari oldida urush xarajatlari uchun mablag‘ni qaerdan olish, moliyaviy siyosatni qanday yuritish to‘g‘risidagi masala asosiy muammoga aylanib qoldi. 22
Davlat budjetidagi kamomadlarni to‘ldirish uchun hukumat mehnatkash aholi zimmasidagi soliq to‘lovlari bo‘yicha bosimni kuchaytirdi. Amaldagi soliq stavkalari oshirilib, yangi turdagi soliqlar joriy etildi. Xususan, temir yo‘llar orqali tashilayotgan yuklar va yo‘lovchilardan olinadigan to‘lovlar, shakar, gugurt va boshqa iste’mol maxsulotlari bo‘yicha soliqlar miqdori oshirildi23. Hukumat qarori bilan paxtaga mahsus soliq joriy qilindi. Davlat dumasi budjet va moliyaviy komissiyasi xulosalari bo‘yicha ma’ruzachi A.Shingarev hisobotida budjet kamomadlari, birinchi navbatda, mavjud to‘g‘ri va egri soliqlar, boj to‘lovlari evaziga to‘ldirib kelinayotgani ta’kidlanadi. Ko‘rilgan choralar tufayli 1915 yilning sakkiz oyi davomida davlat daromadlari ro‘yxatining 18 ta bandi bo‘yicha 260 mln. rublga oshdi. Eng ko‘p daromad 121,9 mln rubl qiymatida paxtaga joriy etilgan maxsus soliq hisobidan olindi.
Shunday qilib, soliq stavkalarining o‘sishi va yangi to‘lov manbalarining topilishi hukumatga katta foyda keltirdi. Jumladan, mazkur soliq va to‘lovlar 1915 yilda 500 mln. rubl, 1916 yilda 725 mln. rubl daromad keltirgan bo‘lsa, 1917 yilda 1075 mln. rubl daromad keltirishi ko‘zda tutilgan.
Birinchi jahon urushi yillarida imperiya hududida yashagan mazlum xalqlar soliqlar, turli xildagi yig‘imlar tufayli qashshoqlikka giriftor etilib, mol-mulki va bor-budidan ayrilib, og‘ir qimmatchilik sharoitida yo‘qchilikda hayot kechirib keldilar. Rossiya imperiyasi urush bilan bog‘liq qator muammo va og‘irliklarni chekka mustamlaka o‘lkalar zimmasiga yuklashga urindi. Bu muammo va qiyinchiliklardan Turkiston o‘lkasi aholisi ham chetda qolmadi.
1914-1916 yillarda olib ketilgan mahsulotlar (pud hisobida).
|
Mahsulot nomi
|
Pud hisobida
|
Mahsulot nomi
|
Pud hisobida
|
Paxta
|
40.899.244 pud
|
Kanakunjut
|
50.000 pud
|
Paxta yog‘i
|
3.109.000 pud
|
Kunjut
|
12.000 pud
|
Sovun
|
229.000 pud
|
Danak mag‘zi
|
2.700 pud
|
Go‘sht
|
300.000 pud
|
Tomat
|
845 pud
|
Baliq
|
473.923 pud
|
Vino
|
4.985 pud
|
Quritilgan meva
|
95.648 pud
|
Uksus
|
2.701 pud
|
Bodom
|
1600 pud
|
Kigiz-namat
|
38.004 m2
|
Rossiya imperiyasining Birinchi jahon urushida ishtiroki Turkiston o‘lkasi xalqlari iqtisodiyotiga jiddiy ta’sir ko‘rsatib, ta’kidlab o‘tilganidek, uning armiyani oziq-ovqat, ot-ulov va mamlakat yengil sanoatini xom ashyo bilan ta’minlashdagi rolini yanada oshirdi. Mustamlaka hukumatining o‘lkada olib borgan ijtimoiy-iqtisodiy siyosati, birinchi navbatda, mahalliy aholini maishiy va iqtisodiy muammolar girdobida tutib turishga qaratildi. 24
Birinchi jahon urushi yillarida muhim va qimmatli harbiy-strategik xom ashyo yetkazib beruvchi Turkiston o‘lkasining ahamiyati va roli beqiyos darajada oshdi. Bunday vaziyatda o‘lka mahalliy aholisining keng qatlamini ekspluatatsiya qilish jarayoni yanada kuchaygan.
Shu bilan birga imperiya iqtisodiy hayotida va uning milliy mustamlakalarida rus burjuaziyasi vakillarining, ya’ni trestlar, sindikatlar va banklarning ta’siri oshdi. Aynan ularning bosimi ostida mamlakat xalq xo‘jaligi to‘laligicha harbiy izga solinib, “hamma narsa front uchun”, “hamma narsa urush uchun” shiori ostida ish olib orildi. Bu jarayon, ayniqsa, 1915 yil yozidan yanada kuchaydi.
Mavjud rasmiy ma’lumotlar tahlili shuni ko‘rsatdiki, 1914-1916 yillar davomida Turkistondan o‘lkasidan jami 2154.738 pud mahsulot olib ketilgan.
Turkistondan jadal sur’atlar bilan olib ketilayotgan iste’mol mollari va xom ashyo resurslari o‘lkaga olib kelinishi lozim bo‘lgan oziqovqat mahsulotlari bilan mutanosiblikka ega emasdi. Shuningdek, Rossiya imperiyasi hukmron doiralari o‘lkadan faqatgina xom ashyo olib ketish bilan kifoyalanmadilar. Armiyani harakat vositalari bilan ta’minlash maqsadida Turkistondan yuk tashuvchi hayvonlar va aravalar ham olib ketildi.
1915 yildan boshlab Turkiston o‘lkasida aholidan zarur mahsulotlarni sotib olib, ularni jo‘natishga tayyorlovchi maxsus davlat komissiyalari va xususiy agentlar faoliyat olib borishgan. Masalan, xususiy agentlar tomonidan Yettisuv viloyatining o‘zidan 6 mingdan 10 mingtagacha ot olib ketilgan. Hattoki ishchi hayvonlarga muhtojlik sezgan Farg‘ona viloyatining o‘zidan 20 mingdan ortiq ot musodara qilingan. Shundan faqatgina 2.893 ta ot belgilangan tartibda sotib olingan. Talabni bajarmaganlarga shafqat qilinmagan. Masalan, Farg‘ona viloyati Marg‘ilon uezdida yashovchi Damin Saidxo‘jaev, Qoraboy Abduqosimov, Muhitdin Madraimovlar umumiy qiymati 1400 rubl baholangan 4 ta otlarini toshirmaganliklari uchun jazolanganlar. 25
1914 yildan 1916 yilning ikkinchi yarmigacha front ehtiyojlari uchun Turkiston o‘lkasidan 2.925.000 pud jun, 70.000 ot, 12.737 tuya, 270 arava, 13.441 o‘tov jo‘natilgan. Shuningdek, Qizil xoch jamiyatining Turkiston bo‘limi tomonidan 1916 yilda 2.400.000 rubl pul mablag‘lari yig‘ilgan.
Yuqorida ta’kidlanganidek, Birinchi jahon urushi yillarida Turkistonda harbiy ahamiyatga ega bo‘lgan va mudofaa uchun xizmat qilgan paxtachilik sohasini yanada rivojlantirishga zo‘r berib kirishildi. Rus sanotchilarining kuchli bosimi ostida hukumat tomonidan paxtachilikka e’tiborning kuchaytirilishi hamda bu sohaning pala-partish rivojlantirilishiga asosiy sabab urush harakatlari tufayli chet eldan keltiriladigan xom ashyoning keskin qisqarib, Turkiston paxtasiga bo‘lgan talabning oshganligida edi. Albatta, paxtachilikning bunday tartibda, ya’ni o‘zlashtirilgan yerlar hisobiga zo‘rma-zo‘raki kengaytirib borilishi kelgusida dehqonchilik va umuman qishloq xo‘jaligi inqiroziga sabab bo‘ldi. Bularning barchasi paxtakor dehqonni urush tufayli beqaror bo‘lib qolgan bozorga qaramligini kuchaytirib, oziq-ovqat va non narxining keskin oshishiga olib keldi. Paxta va non o‘rtasidagi narx muvozanatining buzilishiga sabab bo‘lib, ocharchilik va qahatchilikni keltirib chiqardi.
Turkiston qishloq xo‘jaligining haddan tashqari paxta yetishtirishga ixtisoslashuvi o‘lkani chetdan keltiriladigan g‘allaga qaram qilib qo‘ydi va temir yo‘llarda yuk tashish salmog‘ini oshirdi. Asosiy iste’mol mahsuloti non hisoblangan Turkiston o‘lkasiga g‘alla uzoq Shimoliy Kavkaz va Volga bo‘yi hududlaridan olib kelingan. O‘lkaga eng yaqin sanalgan yirik g‘alla yetishtiruvchi Yettisuv viloyati esa Turkistonning asosiy viloyatlari bilan temir yo‘l orqali bog‘lanmagan edi. Birinchi jahon urushi yillarida metropoliyaning olis joylaridan o‘lkaga g‘alla olib kelish tabiiy ravishda keskin qisqardi. 1915 yildayoq o‘lka aholisi ehtiyojidan besh barobar kam g‘alla olib kelindi. Keyingi yillarda bu ko‘rsatkich yanada pasayib, 1917 yilda Turkistonga umuman g‘alla olib kelinmadi. Urush yillarida o‘lkada nonning narxi 400 foizga oshib ketdi. Agar 1913 yilda Turkistonga 18 mln. pud g‘alla olib kelingan bo‘lsa, 1916 yilga kelib o‘lka aholisining nonga bo‘lgan talabi 22,5 mln. pudni tashkil qildi. 1915-1917 yillar davomida o‘lkada non mahsulotlari taqchilligi quyidagicha ko‘rinish hosil qildi:
Yillar
|
Non iste’mol qilish
|
Kamomad
|
1915
|
107.477.880
|
12.158.764
|
1916
|
111.575.083
|
22.539.226
|
1917
|
110.023.205
|
57.432.954
|
Ammo Turkistonda vujudga kelgan bunday murakkab vaziyat na Rossiya imperiyasi rahbariyatini, na o‘lkadagi mustamlaka ma’muriyatini tashvishga soldi. Mustamlakachilarni urush harakatlarini davom ettirsh uchun zarur xom ashyo va mahsulotlarni o‘lkadan ko‘proq tashib ketish qiziqtirgan, xolos.
Turkiston o‘lkasidan olib ketilayotgan xom ashyo va mahsulotlar miqdorini oshirish maqsadida temir yo‘llar qurilishiga alohida e’tibor qaratildi. Xususan, 1914-1916 yillar davomida Kogon-Termiz va uning shohobchasi sanalgan Qarshi-Kitob temir yo‘lini o‘z ichiga oluvchi Buxoro temir yo‘li, Qo‘qon-Namangan hamda Namangan-Andijon-Jalolobod temir yo‘lini o‘z ichiga olgan Farg‘ona va Yettisuv temir yo‘llari qurildi. Ana shu qurilgan barcha temir yo‘llar uzunligi 1125 kilometrni tashkil qildi.
Birinchi jahon urushi yillaridagi iqtisodiy qiyinchiliklarga qaramasdan Rossiya hukumati ma’murlari va savdo-sanoat burjuaziyasi o‘lkada temir yo‘llar qurilishiga e’tiborni yanada kuchaytirishga harakat qildi. Bundan maqsad o‘lka xalqlari yetishtirgan qishloq xo‘jaligi mahsulotlarini arzon narxlarda tashib ketish hamda o‘lka aholisining
Rossiyadan keltiriladigan don mahsulotlari, gazlama, qurilish materiallari va boshqa narsalarga qaramligini kuchaytirishdan iborat edi.
XULOSA
XX asr boshlarida Turkistonda Rossiya imperiyasi moliyaviy hukmronligini ta’minlash maqsadida quyidagi moliya-kredit muassasalari, jumladan, davlat banki bo‘limi, omonat kassalari, aksionerlik-tijorat banklari bo‘limlari, mayda kredit jamiyatlari faoliyat olib borgan. Rossiya imperiyasining hukmron doiralari va savdo-sanoat kapitali egalari Turkiston iqtisodiyotida o‘z mavqeini yanada mustahkamlash va o‘lka xalqlarini doimiy ravishda ta’sir doirasida tutib turish maqsadida Turkistonda bank moliya-kredit tizimini rivojlantirishga alohida e’tibor berdi
Turkistonda mustamlaka tartiblarini o‘rnatish hamda moliyaviy munosabatlarni joriy etishda banklar alohida o‘rin tutib, bank-moliya muassasalarining tashkil etilishi Rossiya imperiyasining manfaatlariga to‘liq javob bergan va sanoat mahsulotlarining o‘lkaga eksport qilinishiga xizmat qilishi kerak edi. Shuningdek, bundan yana armiya va mustamlaka ma’muriyati moddiy ehtiyojlarini qondirish ko‘zda tutilgan.
Do'stlaringiz bilan baham: |