1.2. Xonliklarda sug‘orish tizimining tashkil qilinishi va ulardan foydalanish
XIX asr o‘rtalarida, hozirgi O‘zbekiston hududida Buxoro amirligi, Qo‘qon va Xiva xonliklari, ularga tegishli yarim mustaqil ma'muriy hududlar (bekliklar) mavjud edi. Bu mustaqil davlatlarda 3,5 mln.ga yaqin aholi istiqomat qilgan. Aholining 90 foizdan ko‘progi qishloq xo‘jaligi – dehqonchilik va chorvachilik bilan band edi.
XIX asr o‘rtalarida va undan keyinroq ham dehqonchilikda yetishtirilgan ekinlarning ustivor joylanishi quyidagicha bo‘lgan: birinchi o‘rinda don ekinlarini yetishtirish turgan. Boshoqli ekinlar (bug‘doy; arpa) asosan lalmikor yerlarda yetishtirilgan. Sug‘oriladigan yerlarda sholi, jo‘xori, tariq, dukkakli ekinlar (mosh, loviya) ekilgan. Don maxsulotlari bilan qishloq aholisi o‘z ehtiyojlarini va shahar aholisi ehtiyojlarini to‘la qondiribgina qolmay, yetishtirilgan hosilning bir qismi qo‘shni, chorva bilan shug‘ullanadigan ko‘chmanchi davlatlarga eksport qilingan, buning evaziga chorvachilik maxsulotlari keltirilgan.
Ikkinchi o‘rinda bog‘dorchilik va uzumchilik turgan, bog‘dorchilik va uzumchilik mahsulotlarining bir qismi, asosan quritilgan xolda (turshak, mayiz) tashqi savdoga chiqarilgan.
Uchinchi o‘rinda sabzavot va poliz ekinlari turgan.
To‘rtinchi o‘rinda chorvaga kerakli bo‘lgan beda va boshqa ozuqa ekinlari va nihoyat, beshinchi o‘rinda, paxta ekini bo‘lgan. Paxtaning mahalliy navi (g‘o‘za) ekilgan va u asosan ichki ehtiyojlarni qondirish uchun yetishtirilgan.
Tabiiyki, ekin turlari va ularni joylashtirish masalalari bilan shug‘ullanadigan biron-bir ma'muriy mahkama yoki maxsus tayinlangan shaxslar bo‘lmagan. Bu masala talab va ehtiyojlarni hisobga olgan. holda bozorgir mahsulot yetkazishga intilishlar ta'sirida o‘z yechimini topgan. Shu sababli ayrim mahsulotlar bir yili «serob» bo‘lsa, kelasi yili «taxchil» bo‘lgan...29
Sug‘oriladigan yerlar jamoa mulki bo‘lib, ularga qabila yoki urug‘lar egalik qilganlar. Bora-bora ana shu jamoa mulklari chegarasida yerga egalikning yangi ko‘rinishlari – yerga shaxsiy mulk sifatida egalik qilishning formalari yuzaga kelgan. Markaziy Osiyo hududida yerga egalik qilishning quyidagi ko‘rinishlari (turlari) mavjud edi:
– jamoa mulki (ba'zi joylarda «sanoqli yerlar» deb atalgan) – yuqorida aytganimizdek qabila, urug‘ yoki keyinroq biron-bir qishloq aholisiga tegishli yerlar ko‘pincha muayyan bir qishloqda ma'lum qabila yoki urug‘ning vakillari qadimdan istiqomat qilganlar. Ko‘p xollarda bunday yerlar lalmikor yerlar bo‘lib, ularni «sanashli yerlar» deb atalishining sababi bor, albatta. Bunday yerlar odatda xar yili qabila yoki qishloq aholisi o‘rtasida yil boshida (Navro‘z oldidan) yangidan taqsimlangan. Bu maqsadda ko‘rsatilgan kun va joyda qabila yoki qishloq aholisi o‘z qo‘shlari (qo‘sh ho‘kiz va omoch) bilan to‘planishgan. Kuchi yetgan xonadonlar bir nechta qo‘sh bilan, kuchi yetmaganlar ikki-uch xonadon bir bo‘lib bitta qo‘sh bilan kelgan... Qishloq oqsoqoli va miroblar bor yerni yig‘ilgan qo‘shlarning soniga qarab taqsimlashgan. Jamoa a'zolariga yer taqsimlashdagi bu usul yil bo‘yi shu jamoada sodir bo‘lgan ijtimoiy, iqtisodiy va oilaviy o‘zgarishlarni inobatga olishga yordam bergan va shu nuqtai nazardan u demokratik usul deb tan olinishi mumkin.
– xususiy mulk – yerga egalik qilishning xususiy mulk «ko‘rinishidagi turi jamoa yerlari hisobiga yoki o‘z kuchi bilan suv chiqarib, masalan, suvsiz yerda korizlar yoki quduqlar qurish yordamida, «o‘lik yerlar»ni o‘zlashtirish hisobiga (Shariat ko‘rsatmalariga binoan bunday yerlar va qurilgan koriz yoki quduq suvi bilan xususiy mulk hisoblangan) shakllangan. Zamonlar o‘tishi bilan jamoaga qarashli «sanoqli yerlar» chegarasida hosil bo‘lgan bog‘-rog‘lar, uzumzorlar ularni barpo qilganlarga rag‘batlantirish maqsadida bir umrga foydalanishga berilgan, bular chegarasida esa qo‘rg‘onlar, turar-joylar yuzaga kelgan;
– amlok yerlar – amir, xonlar va hukmdorlarning yaqinlariga tegishli yerlar, ularning xususiy mulki hisoblangan;
– vaqf yerlar xususiy yer egalari tomonidan (hukmdorlar, katta yer egalari va boshqalar) Madrasa va masjidlarga, din va shariat arboblariga bir umrga foydalanishga hadya qilingan yerlar, vaqfnoma asosi-da hujjatlashtirilgan. Bunday hujjatlar-hamma tomondan istisnosiz tan olingan va shariat tomonidan himoyalangan30.
Ko‘rinib turibdiki, o‘tgan asrning o‘rtalarida yerga egalik qilishning qanday atalishidan qat'iy nazar, asosan ikki turi mavjud ekan: jamoa (sanoqli) yerlari va shaxsiy mulk ko‘rinishidagi turlari. Faqat vaqfnoma asosida hadya qilingan yerlar, kimga berilganiga qarab, ba'zan jamoa mulki, ba'zan esa shaxsiy mulk sifatlariga ega bo‘lgan.
Sug‘oriladigan dehqonchilik maqsadlariga xizmat qilgan sug‘orish inshootlarining asosiy qismi mahalliy qurilish materiallari – tuproq, tosh, yog‘och, qamish, shox-shabbalar yordamida oddiy tuzilishda qilib, boshqacha aytganda, tez va arzon qurilgan, sug‘orish kanallarining o‘zanlari tuproqda (grunt) kovlangan. Bu narsa o‘z navbatida inshootlarning suv ta'siriga chidamsiz bo‘lishiga sabab bo‘lgan. Pirovard natijada suvdan foydalanuvchilar – dehqonlar deyarli butun yil davomida sug‘orish tarmoqlarida qurish, ta'mirlash, tozalash (kanal va ariqlarni qum-loyqalardan) ishlari bilan band bo‘lishga majbur bo‘lganlar. Aniq, bo‘lmagan ma'lumotlarga ko‘ra, har bir yeri bor dehqon sug‘orish ishlariga yiliga hashar yo‘li bilan kamida 10– ish kuni sarf qilgan. Bu miqdorni ma'lum darajada tasdiqlash uchun xorazmlik dehqonlarning bizdan uncha olis bo‘lmagan 30–40-yillarda yirik va xo‘jalixlararo kanallar tarmoqlarida kishi boshiga yili 40–50 m3 tozalash ishlarini bajarganliklarini ko‘rsatib o‘tmoqchimiz. Bundan tashqari, ko‘plab ta'mirlash va qayta qurish ishlarini bajarganlar. Bunda sermashaqqat va ko‘p kishilar qatnashadigan ommaviy ishlar o‘z-o‘zidan bajarilib qolmaydi, albatta. Kimlardir ularni avvaldan rejalashtirish, kerakli materiallar va ishchi kuchlarini tashkil qilishi, ularning ishiga rahbarlik qilish va nazorat o‘rnatish kerak bo‘ladi.
Qabila yoki urug‘ a'zolari dehqonchilik, keyinchalik sug‘oriladigan dehqonchilik bilan o‘trok, xolda shug‘ullana boshlagan uzoq zamonlardan boshlab amalda sug‘orish ishlarini tashkil qilish, uni boshqarish sohasida yangidan-yangi ehtiyojlar tug‘ila boshlagani aniq, va bu fikrga shubha qilmasa ham bo‘ladi.
XIX asrning o‘rtalariga kelganda yerga egalik qilishning, u qanday atalishidan qat'iy-nazar, ikki shakli – jamoa mulki va xususiy mulk ko‘rinishidagi shakllari mavjud bo‘lgan. Ularni asosan 3 ko‘rinishda ta'riflash. mumkin: o‘z yerida o‘z kuchi bilan dehqonchilik qilish dehqon xo‘jaliklari ko‘rinishida, chetdan ish kuchi yollab (xaq to‘lash evaziga) dehqonchilikdilish va ortiqcha yoki tasarrufida bo‘lgan yerlarni boshqalarga ma'lum shart-sharoitlarda foydalanishga berish (pudrat usuli) orqali dehqonchilik qilish. O‘z-o‘zidan ko‘rinib turibdiki, sug‘oriladigan dehqonchilik bilan shug‘ullangan kishilar yerga nisbatan, undan olinadigan, foydaga nisbatan turlicha munosabatlarda bo‘lganlar va tegishli haq-huquqlarga ega bo‘lganlar. Shu bois ko‘pchilik kuchi va mablag‘lari evaziga bajariladigan sug‘orish ishlarida hammaning bir xilda qatnashishi nafaqat insof yuzasidan, o‘sha zamon shariat qonun-qoidalari va odatlari nuqtai nazaridan ham adolatdan emas edi31.
XIX asr o‘rtalariga kelib Zarafshon daryosida suv tanqisligi yanada qiyinlashadi. XVII–XVIII asrlarda qurilgan ravoqli ko‘prik – suv ayirgich inshootlari buzilib ishdan chiqqan. Mavjud bo‘lgan boshqaruv tizimlari ham susayib qolgan edi. Shu sababdan amir Devonida xizmat qilgan, zamonasining ilg‘or fikrli kishisi, shoir Axmad Donish Buxoro yerlarini Amudaryo suvi bilan Kerki shahri yaqinidan boshlanadigan yirik kanal yordamida sug‘orish g‘oyasini taklif qiladi, lekin texnikaviy, iqtisodiy va boshqa sabablarga ko‘ra uni amalga oshirishning iloji bo‘lmagan32.
Sug‘orish tizimi boshqaruvining «Xorazm modeli» boshqacha bo‘lgan. Xorazm voxasida sug‘orish tizimlari boshqaruvining «pog‘onalari» mahalliy shart-sharoitlar moxiyatidan kelib chiqib boshqacharoq bo‘lishi tabiiydir. Yuzlab kilometrga cho‘zilib ketgan yirik sug‘orish kanallari, ularning «ko‘p boshli», ixota to‘g‘on (damba)lari bilan himoyalangan boshlanish qismidan foydalanish, ekspluatatsiya qilish, kanallarda har yili bajariladigan bir necha millionlab kubometrga teng qazuv;tozalash ishlari xamda sug‘orish tizimining o‘ziga xosligi (yirik kanallarning boshlanish qismi «soqqa» deb atalgan, toshsoqqa, magistral kanal – «arna», Paxta-arna, bo‘luvchi kanal – yob, «Sovet-yob», kanal tarmoqlari yoki shoxobchalari – «bedaklar» xamda dalaga suv keltiruvchi doimiy ariqlar «solmalar», kanal bosh inshooti – bedrov» va xokazolar) boshqaruv ishini tashkil qilishda va amalga oshirishda ma'lum aniqlik va mustahkam intizom bo‘lishini taqozo qilgan. Shu bois yaxlit va murakkab sug‘orish tizimiga kirgan uning tarkibiy qismlaridan foydalanish, ishlarni tashkil qilish va nazorat o‘rnatish mas'ul shaxslarga topshirilgan. Xon devonida ham bu ishlarga mutasaddi qilib yuqori lavozimli mansabdor shaxs tayinlangan33.
Agar sug‘orish tizimlari boshqaruvining Zarafshon va Xorazm «modellari»ga yana qaytadigan bo‘lsak, ular o‘z moxiyati va ma'nosi bilan biz hozir biladigan va uzoq o‘n yilliklar davomida ko‘nikma hosil qilgan irrigatsiyada boshqaruvning «ma'muriy-hududiy» prinsiplarda tuzilgan ko‘rinishi emas, balki «texnologik hududiy» asoslarda tuzilgan ko‘rinishi edi. Bu detal so‘z – boshqaruv hududlarining chegaralari, binobarin boshqaruv pog‘onalari aniqlanganda ana shu hududlarning ma'muriy-siyosiy chegaralari (viloyat, tuman emas, balki biron-bir-sug‘orish tizimi suv bilan ta'minlaydigan hudud chegaralari va uning bo‘laklari asos qilib olinadi34.
Qizig‘i shundaki, bu lavozimlarni egallash uncha-muncha odamning qo‘lidan kelavermasdi. Masalan, mirob lavozimiga, biron-bir qishloq dehqonlarining yoki urug‘ vakillarining yig‘inida o‘z oralaridan ishbilarmon, sofdil va insofli odam (odamlar) nomzod qilib ko‘rsatilib, demokratik usulda (ya'ni ovoz berish yo‘li bilan) saylanardi va u ana shu qishloq aholisi oldida javobgar hisoblanardi. mirobning vazifasiga manba (daryo, soy, anhor va h.)dan kanalga suv chiqarish, uni ariqlar yordamida dalalarga haydab kelish va dehqonlarga bo‘lib berish bilan bog‘liq barcha ishlarni (ariq kovlash, inshoot qurish, tozalash va ta'mirlash ishlari, suvni bo‘lish kabi) bajarishda suvdan foydalanuvchi, ya'ni dehqonlarga yaqindan yordam berish, ularni shu ishlarga tashkil qilish kiradi. Demak, mirob maxsus amaliy bilim va tajribadan tashqari, shariat-odat qonun-qoidalaridan xabardor, odamlarning boshini qovushtirib ishlatish qo‘lidan keladigan ish boshi ham bo‘lishi kerak. Agar mirob o‘z ishining uddasidan chiqmayotgani ayon bo‘lib qolsa, qishloq yoki urug‘ yig‘ilishi uni boshqa miroblikka da'vogar kishi (dehqon) bilan demokratik usulda almashtirish imkoniyatiga bo‘lgan.
Ariq oqsoqoli odatda, bir nechta qishloq yerlari suv beradigan yirik kanal (ariq) boshida turgan, uning qo‘l ostida bir nechta miroblar o‘z ariqlari ishiga boshchilik qilganlar. Ariq oqsoqollari lavozimi dastlabki davrlarda miroblar ichidan eng obro‘li ishbilarmonlari tanlab olingan va saylangan. Bu ham qishloqlar aholisi yoki ularning vakillari ishtirokida yoki roziligida amalga oshirilgan35.
Ariq oqsoqollarining vazifasiga asosiy kanal uning boshlanishida bajariladigan barcha ishlar ( inshoot, to‘g‘on qurish yoki uni ta'mirlash, bosh kanal tozalash, ta'mirlash va h.lar)ning vaqti va xajmlarini aniqlash, har qaysi mirob boshchiligida bajariladigan ishlarning hajmi, vaqti, kerakli qurilish materiallari, ulov vositalari va boshqalarni aniqlash va miroblar zimmasiga taqsimlab berish, bu ishlar bajarishda yordam ko‘rsatish, barcha janjalli va niizoli ishlarni tezda bartaraf qilishda ularga ko‘maklashishlar kirgan. Xullas, ariq oqsoqollari yoki qishloqlar yoki urug‘lararo darajadagi lavozim bo‘lgan ular shunga yarasha obro‘-e'tiborga ega bo‘lganlar. 3amonlar o‘tib ayrim hududlarda ariq oqsoqoli mirob lavozimlari otadan bolaga meros bo‘lib qoladigan lavozimga aylangan, ularning bir nechta avlod bo‘g‘inlaridan iborat shajaralari (dinastiyalari) ham paydo bo‘lgan. Lekin ularning ishlariga jamoa ishtirokida baho berish, nazorat qilish hamma hollarda ham asosan saqlanib qolavergan.
Manbadan chiqarilgan suvni suvdan foydalanuvchilar (dehqonlar)ga bo‘lib berishda mayda hududiy qishloq, jamoalari muhim rol o‘ynagani ma'lum. Bunday jamoalarni Xorazmda «jabdi», Zarafshon vodiysida «qo‘sh», Farg‘ona vodiysida «ketmon», Qashqadaryoda «paykal», Toshkent vohasida «tup» va hokazo deb atalgani ma'lum. Ular bajargan ish va olinadigan suv o‘zaro bog‘liq bo‘lgan36.
Har qaysi birlashgan jamoa o‘z rahnamosi yoki oqsoqoliga (jabdiboshi, qo‘shboshi, tupboshiga.) ega bo‘lgan va u miroblar bilan hamkorlikda ishlagan, hashar ishlarini tashkil qilishda yordam bergan, shunga o‘xshash ishlarni tashkil qilishda yuqori ma'muriyat oldida javobgar hisoblangan. Lekin bunday vertikal bo‘yicha yuqori ma'muriyat oldida javob berish mas'uliyati qay darajada keng tarqalganligi to‘g‘risida aniqroq ma'lumotlar yo‘q.
Shunday qilib biron-bir sug‘orish tizimi (kanallar va inshootlar majmuasi)ni qurib, uning ish faoliyatini tashkil qilish vazifasini «ariq oqsoqoli miroblar – to‘g‘onchilar»dan iborat irrigatorlar guruhi bajargan «to‘g‘onchilar» orasida «sepoyachilik». «chorpoyachilik» ishlarini yaxshi egallagan va shu ish bilan doimiy shug‘ullanuvchilar ham bo‘lgan).
Irrigatorlar guruhi suvdan foydalanuvchilar bilan birgalikda ularning kuchi va mablag‘i hisobiga, suvni manbalardan kerakli vaqtlarda haydab kelib ularga bo‘lib berish maqsadlarida xizmat qilganlar. biz bu yerda sug‘orish ishlarining tashkiliy tomonlarini shu tarzda hal qilinishiga zamdu sanolar o‘qish niyatida emasmiz, boz ustiga ariq oqsoqollari, miroblar va to‘g‘onchilar guruhlari turli-tuman toifadagi. va xarakterdagi odamlardan tashkil topgani, ular orasida ko‘proq o‘z manfaatini o‘ylaydigan va noinsoflari ham bo‘lgani shubhasiz. Lekin baribir, agar o‘sha davr jamiyat taraqqiyot darajasi, ijtimoiy-siyosiy va iqtisodiy imkoniyatlar va shart-sharoitlar majmuini nazarga olsak, ent ko‘p tarqalgan qiyin sug‘orish ishlarini tashkil qilishda mubolag‘asiz demokrat) tamoillarga asoslangan bunday ma'muriy-tashkiliy boshqaruv usulining keng qo‘llanishi sug‘oriladigan dehqonchilikning rivojlanishida ijobiy, rag‘batlantiruvchi omil bo‘lib xizmat qilgan deyishga xamma asoslarimiz bor37.
Shu o‘rinda asrlar osha avloddan-avlodga o‘tib bizgacha yetib kelgan ajoyib qadriyatlarimizdan biri to‘g‘risida so‘z yuritmoqchimiz. Gap shundaki, sermashaqqat; va keng ko‘lamdagi sug‘orish ishlarini qisqa muddatlarda va faqat qo‘l kuchi bilan bajarishga to‘g‘ri kelgan. Ayniqsa, ariqlarga suv chiqaruvchi inshootlar suv buzib ketganda yoki ayni sug‘orish ishlari eng qizigan paytlarda loy-qumga to‘lib qolgan ariqlar tozalash kerak bo‘lganda, bunday ishlarni bajarish uchun suvdan foydalanuvchilar ixtiyorida oylar emas kunlar, hatto soatlar bo‘lgan, xolos. Bunday paytlar odamlar bir yoqadan bosh chiqarib mirob va to‘g‘onchilar rahbarligida lozim bo‘lgan ishlarni tez va sansalarsiz bajarganlar, shunga ularni sharoit majbur qilgan. Bora-bora sug‘orish kanallari va inshootlarida: barcha ishlarni (qurish, ta'mirlash, tozalash va xokazo hatto, oila, qarindosh-urug‘, mahalla-ko‘ylarda bajariladigan shaxsiy va ommaviy ishlarni bajarish ham, birgalashib hshar yo‘li bilan bajarish hamma tan oladigan odat tusiga kirgan, Shariat va Odat qonun qoidalarida o‘z aksini topgan38.
Baxtga qarshi o‘sha davrda hshar yo‘li bilan bajrilgan sug‘orish ishlarining miqdoriy ko‘rsatgichlari (umumiy hajmi, kishi boshiga bir kunda yoki bir gektar (desyatina) boshiga bajarilgan ishlar to‘g‘risida bizda aniqroq. ma'lumotlar yo‘q.. Bu «hashar usuli» to‘g‘risida aytilgan barcha iliq so‘zlar umumiy gap darajasida qolaveradi.
1579–1588 yillar, Buxoroning hukmdori Abdullaxonning (1507–159 yozma buyrug‘iga muvofiq, Vaxsh daryosidan suv oladigan kanal qurilishiga Xisor, Denov va Qobodiyondan (Surxondaryo vodiysi) 10 ming mardikor safarbar qilindi (Badriddin Kashmiri). 1828 yilda Polvonyob kanalining yangi boshini qurish uchun Xiva xoni Olloquli 40 ming kishini haydab keltirdi39.
Feodal ishlab chiqarish uslubi sharoitida davlat sug‘orish inshootlari qurilishi uchun mablar xam, qurilish materiallari ham ajratmas edi, shu bois suv xo‘jaligiga tegishli barcha chora-tadbirlar mehnatkash xalqning juda katta mablag‘lari va kuchlari hisobiga amalga oshirilar edi. Masalan, tarixiy hujjatlarning ko‘rsatishicha, Ravotxo‘ja suv ayirgich inshootini ta'mirlash uchun har yili bahorda 1436 nafar ishchi ajratilar va 54 ming donaga yaqin shox-shabba va toshlardan yasalgan to‘shak (fashin tyufyak)lar, mingaab somon bog‘lari va kerakli transport-ulov vositalari keltirilar edi («Samarqand tarixi»). Erta bahorda va kech kuzda mardikorlarning mexnati hukumatning ko‘rsatmasiga muvofiq ishlatilar edi. Ularning shaxsiy dalalari qarovsiz qolardi, xo‘jaliklari parokandalikka uchrardi40.
70 km uzunlikdagi Katta Farg‘ona kanalini qazish ishlari 1939 yilning 1 avgust kuni kanal trassasining barcha uchastkalarida bir vaqtda boshlandi. Har kuni qazish ishlariga Farg‘ona vodiysining 16 rayon, 2140 ta kolxozlaridan kelgan 160 ming kishi chiqar edi.
KFKning o‘zani qisqa muddatda – 45 kunda 6200 ming ish kuni sarflab kovlandi. Kanal bo‘yicha bajarilgan yer ishlarining umumiy hajmi 18,2 mln. m.3ga teng bo‘ldi, shu jumladan, faqat 1,7 mln. m3 yoki 9 foizi mexanizmlar yordamida bajarildi. Bunday fidoyilik va jonbozlik oldida har qancha ta'zim qilib bosh egsa arziydi. faqat qo‘l kuchi bilan bajarilgan yer ishlari 16,5-mln. m.3ni tashkil qilgan ekan, har bir ish kuni davomida bitta yer qazuvchi 2,5 m3 tuproqni kovlab, uni (salkam 5 tonna yukni) o‘zan tashqarisiga – o‘rtacha 4–5 m chuqurlikdan 20–25 uzoqlikka – chiqarib tashlagan. Urushdan avvalgi yillarda bijarilgan ishga «qo‘shib yozish»lar respublika hayotida hali uchramaydigan favqulodda bir narsa, gunohi azim hisoblanardi, shuning uchun ham keltirilgan raqamlarga astoydil ishonsa bo‘ladi.
Yuqorida keltirilgan raqam va dalillardan yaqqol ko‘rinib turibdiki, bugungi O‘zbekiston chegaralari bilan aniqlanuvchi hududda o‘tgan asr o‘rtalarida ham undan oldin va xatto, sho‘rolar hukmronligining dastlabki o‘n yilliklarida ham, katta-kichik hajmda sug‘orish ishlariga o‘n minglab, yuz minglab suvdan foydalanuvchilar – dehqonlar jalb qilingan va ular hashar usulida, ya'ni hyech kimdan sariq chaqa ham olmay, o‘z kuchlari va mablag‘lari hisobiga juda katta hajmdagi ishlarni bajarib keldilar va bu ular uchun qon-qoniga singib ketgan tabiiy bir narsa, odat tusga kirgan va vijdon amri hamda turmush taqozosi bilan bajariladigan barcha uchun barobar bir ish edi. Taassufki, mazkur kitobimda Katta Farg‘ona kanali va shunga o‘xshash ko‘plab boshqa sug‘orish inshootlari hashar usuli bilan. qurilgani to‘g‘risida lom-mim deyilmaydi, uni o‘rniga yangi atama – «tezkor xalq qurilishi usul ishlatiladi».
«Pravda» ro‘znomasi o‘zining 1939 yil 30 dekabr kuni chiqqan sonida shunday deb yozgan edi: «Farg‘ona kanalining ahamiyati eng avvalo shundaki, u xalqning yangi ishlar uchun, ozod ongli sotsialistik mehnatning yangi formalari uchun pishib yetishgan qudratli kuchlarini namoyon qildi...» Agar biz shu fikrga qo‘shiladigan bo‘lsak, u xolda «o‘tgan asrlarda, hali feodal ishlab chiqarish hukmron bo‘lgan, sotsializm atamasi va nazariyasini yaratgan zotlar hali tug‘ilmagan zamonlarda hashar usuli bilan qurilgan o‘nlab va yuzlab yirik kanallarning qurilishi nimalarni yoki qanday kuchlarni namoyon qildi ekan?»- degan savolga javob topishimizga to‘g‘ri keladi...
Ma'lumki, umuminsoniy qadriyatlar vaqt va chegarilarni pisand qilmay davom etaveradi. Ularning paydo bo‘lishi va shakllanishi to‘g‘risida donolarning aytgan fikr-o‘ylari biz uchun juda muhimdir. Rus pedagogi S. Makarenko bola tarbiyasi to‘g‘risida gapirar ekan, «biz bolalarni jamoa ichida, jamoa yordamida va jamoa uchun tarbiyalashimiz kerak» degan g‘oyani ilgari surgan edi. Binobarin, inson bolasining tarbiyasida nafaqat uning bolalik yillarida, mubolag‘asiz, butun umri davomida, jamoaning, jamoa bo‘lib bajarilgan ishlarning o‘rni benihoya kattadir. Ota-bobolarimiz sermashaqqat va katta hajmdagi sug‘orish ishlarini yil davomida birgalashib hashar yo‘li bilan jamoa nazoratida bajarar ekanlar, o‘zlarini tanigandan- boshlab katta hayot maktabini o‘taganlar, oliyjanob insoniy fazilatlar o‘zaro yordam va qo‘llab-quvvatlash, birovlarga pand bermaslik, tartib va intizom, o‘zidan kattalarni, shu jumladan, boshliqlarni hurmat qilish) egasi bo‘lishga intilganlar. Bugun biz o‘zbek, millatining o‘ziga xos mentaliteti, ichki dunyosi bilan turmush tarzi haqida gapirganimizda, ana shu o‘ziga xoslikning paydo bo‘lib shakllanishida kundalik hayotda uchraydigan barcha ish, to‘siq va qiyinchiliklarni birgalashib, ko‘plashib, hashap usuli bilan yengish va bartaraf qilishga asrlar davomida odatlanganimiz katta rol o‘ynaganini unutmasligimiz kerak va yana musulmonlarning muqaddas sinalmish kitoblari Qur'oni Karim va Hadisi Sharifda keltirilgan ko‘rsatma va hikoyatlar hukmdorlar va boshliqlarga itoat qilishlik, farzandlarning ota-onalari oldidagi burchi va vazifalari, insonlarning jamiyatdagi burchi va vazifalari va boshqalar) hamda Shariat va Odatning yozma va og‘zaki ko‘rsatmalari, qonun-qoidalari kundalik hayotda bexisob takrorlanar va amalda qo‘llanilar ekan, o‘zbek millati, umuman Markaziy Osiyo mintaqasida yashovchi xalqlar turmush tarziga chuqur ta'sir qilgani shubhasizdir41.
Sug‘orish ishlarini bajarishda tashkiliy-boshqaruv masalalari to‘g‘risida aytgan gaplarimizga yakun yasar ekanmiz, quyidagilarni ta'kidlamoqchimiz:
o‘tgan asr o‘rtalarida bugungi O‘zbekiston chegralarida 1,5 mln. gektardan ortiq. yerlar sug‘orilg Bu yerlarni sug‘orish uchun garchi juda oddiy, arzon binobarin, suv oqimi ta'siriga uncha chidamli bo‘lgan, lekin yetarli miqdorda sug‘orish kanal va ariqlari, gidrotexnika inshootlari, ya'ni sug‘orish tizimlari bo‘lgan; Bu sug‘orish tizimlari son jihatid juda ko‘p o‘zaro tashkiliy va funksional bog‘liq bo‘lmaganlar va eng muhimi, bu tizimlarda sermashaqqat katta hajmdagi sug‘orish ishlarini qo‘l kuchi bilan bajarishga to‘g‘ri kelgan;
lekin sanab o‘tilgan shart-sharoit va qiyinchililarga qaramay, ota-bobolarimiz sug‘orish ishlari tashkil qilish va boshqarish sohasida eng sodda, mavjud sharoitlarga moslashuvchan, demokratik prinsiplarga asoslangan «tashkiliy-boshqaruv tizimi»ni yarata bilganlar;
ariq oqsoqoli – mirob – to‘g‘onchilar o‘z faoliyatlarida asosan suvdan foydalanuvchilar – dehqonlarning shaxsiy kuch va mablag‘lariga tayanganlar, ishlar tashkil qilib, ularni bajarishda esa jamoa bo‘lib hashar yo‘li bilan amalga oshirish asosiy texnologiya usuli bo‘lgan.
Do'stlaringiz bilan baham: |