I bob. XIX asrda Turkiyada iqtisodiy turg’unlik xolati


XIX – XX asrlarda Turkiya ijtimoiy-siyosiy hayoti



Download 92,47 Kb.
bet5/6
Sana22.05.2023
Hajmi92,47 Kb.
#942252
1   2   3   4   5   6
Bog'liq
XIX asr oxiri XX asr boshlarida Turkiyaning siyosiy ijtimoiy iqtisodiy

2.2. XIX – XX asrlarda Turkiya ijtimoiy-siyosiy hayoti.

Turkiyada Yevropa madaniyati, iqtisodiyotiga qiziqish kuchaydi, banklar ochildi, sanoat rivojlana boshladi. Taraqqiyparvar ziyoli, jurnalist, yozuvchi, maʼmur va boshqa yetishib chikdi. Sulton Abdulaziz saltanati davri (1861—76)da Tanzimat harakati qiyinchilik bilan boʻlsada, davom ettirildi. Bu davrda Usmoniylar davlati bironbir xalqaro urushda katnashmadi. Biroq imperiyaning Bolqon yarim oroldagi qududlarida isyonlar yuz berdi. Mamlakatning ijtimoiyiqtisodiy ahvolini yaxshilash, konstitutsiyaviy tuzum oʻrnatish gʻoyasi tarafdori boʻlgan Yosh usmoniylar harakati kengaydi. Bu davrga kelib kitob, jurnali va gazetalar chop etila boshlandi. Sulton Abdulhamid II (1876—1908 yillarda boshkargan) taxtga chiqqan yili ilk Asosiy Qonun eʼlon qilindi (1876 yil 23 dekabr). Sulton hukumatni tanqid ostiga olgan parlamentni 1879 yil fevral.da tarqatib yubordi, yosh usmoniylarning koʻpchiligini taʼqib ostiga oldi. 1877—78 yillardagi Rossiya–Turkiya urushida Turkiyaning yengilishi bilan Bolqon yarim orolda Turkiya hukmronligi tugatildi. 1881 yil Fransiya Tunisni, 1882 yilda Buyuk Britaniya Misrni bosib oldi. Mamlakatda yosh turklar harakati tobora kuchaydi, ular tomonidan tuzilgan yashirin "Ittihod va taraqqiy" tashkilotining kuchli taʼsiri ostida Sulton 1908 yil 23 iyulda yana konstitutsiyaviy tuzum oʻrnatishini eʼlon qilishga majbur boʻldi. 1914 yildan butun hokimiyat yosh turklarning yoʻlboshchilari boʻlgan Mehmet Talʼat posho (1874— 1921), Ahmad Jamol posho (1872— 1922) va xarbiy nozir Anvar posho (1881 — 1922) qoʻliga oʻtdi. Birinchi jahon urushida Usmoniylar davlati Olmoniya tomonida turib urushdi. 1918 yil 30 oktabrda Turkiya Antanta davlatlariga taslim boʻldi. Antanta davlatlari Turkiyani ishgʻol qildilar. Turk xalqi orasida milliy ozodlik harakati boshlandi. Turkiyada Ozodlik urushi (Kurtulish savashi) deb atalgan bu umummilliy harakatga Mustafo Kamol posho (Otaturk) boshchilik qildi. Ozodlik urushi avj oldi. 1921 yilgi Inoʻnoʻ va Saqariya janglari natijasida Yunoniston qoʻshinlari ustidan gʻalaba qozonildi. 1922 yil 9 sentabrda Izmir ozod qilindi. 1922 yil 1 noyabrda Turkiya Buyuk Millat Majlisi (TBMM) sultonlikni bekor qilish va xalifalikni saltanatdan ajratish toʻgʻrisida qonun qabul qildi. Lozanna sulh shartnomasi (1923 yil 24 iyul) ga muvofiq, Turkiyaning chegaralari belgilandi, Turkiyaning siyosiy, iqtisodiy mustaqilligi eʼtirof etildi. 1923 yil 29 oktabrda Turkiya respublika deb eʼlon etiddi. 1924 yil 3 martda esa xalifalik bekor qilindi. 1924—34 yillarda davlat qurilishi, huquqiy munosabatlar, madaniyat va turmushga oid qator islohotlar oʻtkazildi, jumladan, Konstitutsiya qabul qilindi, arab alifbosidan lotin alifbosiga oʻtildi. Eng avvalo, davlat va din birbiridan ajratiddi, maktab va taʼlimtarbiya ishlari davlat ixtiyoriga olindi, shariat sudlari bekor qilinib, yangi sud tizimi shakllantirildi, qonunlar yangidan ishlab chiqildi, ayollarga saylov huquqi berildi. Iktisodiyot sohasida ham oʻzgartirishlar amalga oshirildi.


Turkiya birinchi jahon urushidan mag'lub davlat sifatida chiqdi va katta zarar ko'rdi. 4 yil mobaynida 500 ming kishi o'ldi, 800 mingdan ortiq kishi mayib-majruh bo'lib qoidi. Antanta armiyasi 1918-yil noyabr oyidayoq mamlakat poytaxti Istambul shahrini ishg'ol etgan edi. 1919-yilning oxirida Turkiya Buyuk Millat Majlisiga (TBMM) saylov o'tkazildi va unda kamolchi-lar g'alaba qozonishdij
TВММ 1920-yilning 23-aprelida Mustafo Kamol Otaturkni davlat boshlig'i etib sayladi. Shu tariqa ikki hokimiyatchilik Istambul shahrida sulton hokimiyati, Anqarada esa ka-molchilar hokimiyati vujudga keldi.
1920-yilning 10-avgustida suite n huku­mati bilan Antanta davlatlari Sevr shartno-masini imzoladilar. Shartnoma mustaqil Turkiya davlati amalda tugatilganligini anglatar edi. 1921-yilning 20-yanvarida kamolchilar Turkiyaning vaqtinchalik Kon-stitutsiyasini qabul qildilar. Kamolchilar Turkiya uchun og'ir sharoitda — 1921-yilning 16-martida Sovet Rossiyasi bilan Do'stlik va birodarlik haqida shartnoma tu-zishga muvaffaq bo'ldilar va yordam oldilar.
Milliy-ozodlik urushi 1922-yil oktabr oyida g'alaba bilan tugadi. 1-noyabrida sultonlik hokimiyati tugatildi. 1923-yilning 29-oktabrida Turkiya Respublika deb e'lon qilindi. 1923-yilning 24 iyulida Antanta davlatlari Lozanna konferensiyasida mustaqil Turkiya Respublikasini tan oldilar. 1924-yilda xalifalik tugatildi.
Turkiya hukumati mamlakatdagi chet el mulkla-*rini sotib olish yo'li bilan ularni davlat mulkiga aylantirish hamda iqtisodiyotga davlat mablag'ini joylashtirish siyosatini yurita boshladi. 1923-yilning oktabrida poytaxt Istambul shahridan Anqaraga ko'chirildi. Din davlatdan ajratildi. Vaqf mulki bekor qilindi. Ta'limga sof 4unyoviy tus berildi. Diniy o'quv yurtlari yopildi. Dunyoviy sud joriy etildi. 1924-yilning 20-aprelida Respublikaning birinchi Konstitutsiyasi qabul qilindi. Dunyoviy qonunlar joriy etildi. Konstitutsiya va qonunlarda yevropacha hayot tarziga ruxsat etildi. Arab alifbosi lotin alifbosiga almashtirildi. 1931-yilda kamolchilar yangi dastur qabul qildi. Bunda partiya emblemasi 6 qanotli, ya'ni Turkiya — respublikachi, milliy, xalq, etatist, dunyoviy, inqilobiy davlat sifatida tasvirlandi.
1926-yilda Italiya bilan, 1930-yilda Germaniya bilan savdo shartnomasi imzolandi. AQSH ham tashqi savdoda Turkiyaga katta e'tibor bera boshladi. 1932-yilning iyul oyida Turkiya Millatlar Ligasiga qabul qilindi. Fashistlar Germaniyasi Turkiyaga katta qiziqish bilan qaray boshladi. Bu hodisa va Italiyaning Efiopiyaga xujumi Buyuk Britaniyani Turkiyaga munosabatini o'zgartirishga majbur etdi.
1936-yil iyulida Montryo shartnomasiga ko'ra bo'g'ozlar nazorati yana Turkiya ixtiyoriga o4di. Buyuk Britaniya Germaniya ta'sirining kuchayishiga yo'l qo'ymaslik uchun Turkiyaga ko'p miqdorda harbiy texnika va qurol-yarog' sota boshladi. Ikkinchi jahon urushi yillarida Turkiya betaraf qoldi.


Xulosa.
XIX asr oxiri va XX asr boshlarida Usmonli imperiyasining qulashi va birinchi Jahon urushi. Ikkinchi Jahon urushi tugashi bilan Turkiyaning siyosiy, ijtimoiy va iqtisodiy ahvoli juda og'ir davrni boshdan kechirdi. Biroq, Turkiya bu davrda ko'plab islohotlarni amalga oshirdi va modernizatsiya jarayoniga kirdi.
Turkiya 1923 yilda Respublika e'lon qilinishi bilan zamonaviy davlat tuzilishiga erishdi. Respublika davri Turkiyaning siyosiy, ijtimoiy va iqtisodiy modernizatsiyasi uchun muhim davr bo'ldi. Respublika davrida Turkiya ko'plab islohotlarni amalga oshirdi va bu islohotlar Turkiyaning siyosiy, ijtimoiy va iqtisodiy rivojlanishiga hissa qo'shdi.
Respublika davrida Turkiyaning iqtisodiy rivojlanishi tezlashdi. Turkiya qishloq xo'jaligi, sanoat va tijorat sohalarida katta salohiyatga ega edi va ushbu tarmoqlarni rivojlantirishga harakat qilindi. Qishloq xo'jaligida zamonaviy qishloq xo'jaligi texnikasi va sug'orish tizimlaridan foydalanila boshlandi. Sanoat sohasiga, ayniqsa to'qimachilik, temir va po'lat, kimyo va oziq-ovqat sohalariga katta sarmoyalar kiritildi. Savdo sohasida Turkiya jahon yakshanba kunlarini ochish va eksportini ko'paytirish bo'yicha turli xil shartnomalarni imzoladi.
Ijtimoiy nuqtai nazardan, Turkiya modernizatsiya jarayoniga Respublika davrida kirdi. Ayollarning ta'lim va biznes hayotidagi ishtiroki rag'batlantirildi, ayollarning siyosiy huquqlari kengaytirildi. Ta'lim sohasida savodxonlik darajasi oshirildi va zamonaviy ta'lim tizimlaridan foydalanila boshlandi. Sog'liqni saqlash sohasida zamonaviy kasalxonalar va sog'liqni saqlash markazlari qurildi.
Siyosiy nuqtai nazardan, Turkiya Respublika davrida demokratik tuzilishga erishdi. Ko'p partiyaviy siyosiy tizimga o'tish amalga oshirildi va saylovlar muntazam o'tkazila boshlandi. Turkiya xalqaro maydonda ham faol rol o'ynadi va turli xalqaro tashkilotlarga a'zo bo'ldi.
Natijada, XIX asr oxiri va XX asr boshlarida Turkiyaning siyosiy, ijtimoiy va iqtisodiy ahvoli juda og'ir davrni boshdan kechirdi. Biroq, Respublika davri Turkiya modernizatsiya jarayoniga kirib, ko'plab islohotlarni amalga oshirgan muhim davr edi. Bu davrda Turkiya iqtisodiy, ijtimoiy va siyosiy jihatdan rivojlandi va jahon yakshanba kunlarini ochib, xalqaro maydonda faol rol o'ynadi.
Turkiya O‘zbekiston davlat mustaqilligini birinchi bo‘lib tan olgan davlatdir. Turkiya bilan O‘zbekiston o‘rtasida abadiy do‘stlik to‘g‘risida shartnoma imzolangan. O‘zbekistonda ko‘plab o‘zbek—turk qo‘shma korxonalari faoliyat ko‘rsatmoqda. Ularning ichida Samarqanddagi «Otayo‘l» avtobus ishlab chiqaruvchi korxona alohida ahamiyatga ega.
Sovet davlati parchalanib ketgach, Turkiya O‘rta Osiyo respublikalari bilan yaqin munosabat o‘rnatdi. Yaponiya va AQSH firmalari Turkiyada sovitgich va televizor ishlab chiqaruvchi korxonalar qura boshladilar. Shuningdek, Turkiya ko‘pgina xorij firmalariga vositachi rolini o‘ynamoqda. 
Turkiya O‘zbekiston mustaqilligini birinchi bo‘lib tan olgan mamlakatdir. 1991-yil dekabrda O‘zbekiston Prezidenti I. A. Karimov Turkiyaga rasmiy tashrif bilan bordi. Mamlakat Prezidenti Turgut O‘zal, Bosh vazir Sulaymon Demirel va ishbilarmonlar bilan uchrashib, O‘zbekiston Respublikasi va Turkiya jumhuriyati o‘rtasidagi aloqalarning asos va maqsadlari to‘g‘risida shartnoma imzolandi. Bu shartnomada mamlakatlarimiz o‘rtasidagi ma’naviy, ruhiy yaqinlik ta’kidlandi. Iqtisodiy va savdo sohasida hamkorlik, madaniyat, fan, ta’lim, sog‘liqni saqlash, sport, turizm va boshqa bitimlar imzolandi.

Download 92,47 Kb.

Do'stlaringiz bilan baham:
1   2   3   4   5   6




Ma'lumotlar bazasi mualliflik huquqi bilan himoyalangan ©hozir.org 2024
ma'muriyatiga murojaat qiling

kiriting | ro'yxatdan o'tish
    Bosh sahifa
юртда тантана
Боғда битган
Бугун юртда
Эшитганлар жилманглар
Эшитмадим деманглар
битган бодомлар
Yangiariq tumani
qitish marakazi
Raqamli texnologiyalar
ilishida muhokamadan
tasdiqqa tavsiya
tavsiya etilgan
iqtisodiyot kafedrasi
steiermarkischen landesregierung
asarlaringizni yuboring
o'zingizning asarlaringizni
Iltimos faqat
faqat o'zingizning
steierm rkischen
landesregierung fachabteilung
rkischen landesregierung
hamshira loyihasi
loyihasi mavsum
faolyatining oqibatlari
asosiy adabiyotlar
fakulteti ahborot
ahborot havfsizligi
havfsizligi kafedrasi
fanidan bo’yicha
fakulteti iqtisodiyot
boshqaruv fakulteti
chiqarishda boshqaruv
ishlab chiqarishda
iqtisodiyot fakultet
multiservis tarmoqlari
fanidan asosiy
Uzbek fanidan
mavzulari potok
asosidagi multiservis
'aliyyil a'ziym
billahil 'aliyyil
illaa billahil
quvvata illaa
falah' deganida
Kompyuter savodxonligi
bo’yicha mustaqil
'alal falah'
Hayya 'alal
'alas soloh
Hayya 'alas
mavsum boyicha


yuklab olish