Bog'liq XIX asr oxiri XX asr boshlarida Turkiyaning siyosiy ijtimoiy iqtisodiy
II bob. Turkiya Konstitutsiyasini o’rnatilishi va bekor qilinishi 2.1. XIX – XX arsda Turkiyaning harbiy qudrati. 1876- yil 23- dekabrda Turkiyada Konstitutsiya e’lon qilindi. Unga ko’ra, mamlakatda ikki palatali parlament joriy etildi. Quyi palata Deputatlar palatasi deb, yuqori palata esa Senat deb ataldi. Konstitutsiya sultonga katta vakolatlar berdi. Fuqarolarning juda oz qismigina saylov huquqiga ega bo’ldi.
Abdulhamid II davri Turkiya tarixida «zulm davri» nomini oldi. Sulton tez orada parlamentni tarqatib yubordi. Konstitutsiya tarafdorlarini quvg’in qildi. Ularning ko’pi o’limga hukm qilindi. Mamlakat jaholat zulmatida qoldi. 1889- yili Istanbulda harbiy-meditsina bilim yurti kursantlari yashirin «Birlik va taraqqiyot» tashkiloti tuzdilar. Tashkilotning sho’balari butun Turkiya bo’ylab tarqaldi va mamlakatda konstitutsiyaviy tartib o’rnatish haqida tashviqot boshlandi. Keyinchalik, bu jamiyat kuchli siyosiy partiyaga aylandi. Sulton Abdulhamid II1897- yili tashkilot ustidan sud uyushtirdi. 13 kishi o’limga, 69 kishi katorga ishlariga hukm qilindi. «Birlik va taraqqiyot» partiyasi a’zolari va shunga o’xshash siyosiy to’garakka ishtirok etganlar umumiy nom bilan «Yosh turklar» deb ataldi.
«Yosh turklar» 1902-’ yilda Parij shahrida o’zlarining birinchi qurultoyini o’tkazdilar. Unda bekor qilingan Konstitutsiyani tiklash haqida qaror qabul qilindi.
1907—1908- yillarda Turkiyada inqilobiy vaziyat yuzaga keldi. 1908-yil 3- iyul kuni «Yosh turklar»dan bo’lgan armiya zobitlari rahbarligida qo’zg’olon ko’tarildi. Unga Niyozbiy rahbarlik qildi. U «Birlik va taraqqiyot» partiyasi a’zosi, harbiy garnizon qo’mondoni edi. 1908-yil 20- iyulda Monastir shahrida «Birlik va taraqqiyot» partiyasi tan-tanali bir vaziyatda Konstitutsiya tiklanganligini e’lon qildi va sultondan bu masalada farmon berishni talab qildi. Armiya «Yosh turklar» tomonida ekanligi Abdulhamidni cho’chitib qo’ydi. U 1908- yilning 24-iyul kuni qaror e’lon qilib, Konstitutsiyani tikladi. Parlamentga say-lov o’tkazishni va’da qildi. 1908- yilgi Turkiya inqilobi g’alaba qozondi.
Biroq eski tarafdorlari har qanday islohotga qarshi edilar. Ularmng ichida ruhoniylary ning o’rni kuchli edi. Ruhoniylarning «Ittihodi
Muhammadi» partiyasi «Yosh turklar»ni xudosizlikda aybladi.
«Ittihodi Muhammadi» partiyasining tarafdori bo’lgan harbiylar 13- aprelda aksilinqilobiy isyon ko’tardilar. Isyonchilar parlamentni bekor qilish, shariat va sulton hokimiyatining tiklanishini talab qildilar. Abdulhamid II ga aynan shu kerak edi. Shuning uchun ham u isyonchilar talabini tezda bajardi.
«Yosh turklar» arboblaridan bir qismi Saloniki va Adrianopolga qochib ketdilar. Saloniki va Adrianopoldagi harbiy qismlar yosh turklar tarafida edi. Yosh turklar o’zlariga sodiq armiya qismlari bilan 26-aprelda isyonchilar hukumatini ag’darishdi. Sulton Abdulhamid taxtdan ag’darildi. Taxtga uning ukasi, mamlakat ichki siyosiy hayotidan yiroq Mahmud V Rishod (1844—1918) o’tqizildi. Parlament qayta tiklandi.
Yosh turklar inqilobi buyuk davlatlarni tashvishga sollb qo’ydi. Ular Turkiyadagi ichkisiyosiy beqarorlikdan foydalanib yanada ko’proq o’ljaga ega bo’lib olishga harakat qilganlar.
1911- yilda Italiya Liviyani bosib olgach, inglizlarga xayrixoh «Hurriyat va birdamlik partiyasi» «Yosh turklar» hukumatini noqo-billikda aybladi. Ular 1912- yil 5- avgustda mamlakatda davlat to’ntarishi o’tkazishdi.
Tez orada, Turkiyaning tashqi ahvoli yanada yomonlashdi. 1 va 2-Bolqon urushlarida Turkiya Bolqondagi ta’siridan deyarli to’la ajraldi. Bu hodisa «Hurriyat va birdamlik» hukumatini og’ir ahvolga solib qo’ydi.
Shunday sharoitda, «Yosh turklar» rahbarlaridan biri Anvarbey boshchiligida 1913- yilning yanvarida isyon ko’tarildi. «Hurriyat va birdamlik» hukumati ag’darildi. Hokimiyat yana «Yosh turklar» qo’liga o’tdi.
Hokimiyat 3 kishidan iborat «Uchlik» deb atalgan guruh (An-var, TaFat va Jamol) qo’liga o’tdi. Uchlikka Anvar poshsho rahbarlik qildi. «Uchlik» Germaniya bilan yaqinlashish siyosatini davom ettirdi.
«Uchlik»ning Germaniya bilan yaqinlashishi Germaniyaning Turkiya imperiyasi hududlariga da’vo qilmayotganligi bilan izohlandi. Germaniya panturk va panislom mafkuralarini o’ziga shior qilib olgan «Uchlik»ni qo’llab-quvvatlay boshladi. Bu mafkura g’oyalari Antanta manfaatlariga zid edi6.
Bundan tashqari, 1913- yildan keyin Germaniya Turkiya impe-riyasining bo’linishiga qarshi chiqa boshladi. Bunday sharoitda Germaniya «Yosh turklar» ko’z o’ngida Turkiyanig yagona «hi-moyachisi»ga aylandi. Endi Germaniya Turkiyani ittifoq shartnomasi tuzishga unday boshladi. Va nihoyat, 1914- yilning 2- avgustida maxfiy suratda ittifoq shartnomasi tuzildi. Bu shartnomani imzolash bilan Turkiya hukmron doiralari imperiyani halokatga mahkum etdilar.
Shimoliy, Tropik va Janubiy Afrika mamlakatlari Afrikaning shimoliy qismida, Sahroyi Kabirning Janubiy chegarasiga qadar aholining ko’pchiligini arablar tashkil etardi. Bu hududlarda barbarlar, habashlar va boshqa xalqlar ham yashardi.
19 asrning 70-yillariga qadar Afrikaning shimolida va shimoli-sharqida, ya’ni arablar yashovchi hududlarda mutlaq podsholik tuzumlari hukm surardi. Ular orasida rasman Usmonli turk imperiyasi tarkibiga kirgan Misr, Tripolitaniya, Kirenaika (hozirgi Liviya) va Tunis amalda Turkiya sultoniga itoat etmasdilar.
19 asr oxirida Misr va Sudan Angliyaning, Tunis, Jazoir va Marokash Fransiyaning, Marokashning bir qismi Ispaniyaning, Liviya esa Italiyaning mustamlakalariga aylandi. ffMlsrning oso^l Mismin§ 19 asr oxiri - 20 asr boshlaridagi I ratga solinishij tarixi Turkiya hukmronligidan ozod bo’lish va ‘ inglizlarning mustamlakachilik siyosatiga qarshi kurash bayrog’i ostida o’tgan o’zgarishlar davri bo’ldi.
Ikkinchi jahon urushi tugaganidan so‘ng Turkiya- da chigal vaziyat yuzaga keldi. Xalq Respublikachi Partiya (XRP) bilan 1945-yilda tashkil etilgan Demokratik Partiya (DP) o‘rtasida kurash kuchay- di. DP davlat monopolizmiga qarshi chiqib, «Xususiy tashabbus»ni qo‘lladi. 1946-yilgi saylovlarda XRP terror yo‘li bilan g‘olib chiqdi va darhol repressiyani boshlab yubordi. Bu narsa mamlakatda keskinlikni avj oldirdi. Mamlakatni 1938-yildan AQSHning gumashtasi I. Inenyu boshqarib keldi. 1950-yilning may oyida Turkiya Buyuk millat majlisi (parlamenti)ga bo‘lib o‘tgan saylovda Demokratik partiya g‘alaba qozondi. Partiya rahbari J. Boyar mamlakat Prezidenti, partiyaning yirik arbobi A. Menderes Bosh vazir lavozimini egalladi. Uning dasturi iqtisodiyotda davlat sektorini tugatish va erkin tadbirkorlikni qaror toptirishni ko‘zda tutardi. DP o‘z dasturini amalga oshirishga kirishdi. Sanoatda, hatto, xususiy sektorning davlat sektoridan ko‘proq mahsulot ishlab chiqarishiga ham erishildi. Hukumat mamlakat iqtisodiyotiga chet el sarmo- yasini joylashtirish uchun qulay imkoniyatlar yaratdi. 1950-1954-yillar davo- mida Yevropa tiklanish va taraqqiyot bankidan 65 min dollar miqdorida yor- dam oldi. Biroq yangi hukumat qanchalik harakat qilmasin, iqtisodiy rivojla- nishda jiddiy o‘zgarish yuz bermadi. Bu chet el sarmoyasining milliy sarmoyani siqib chiqarishiga sabab bo‘ldi. 1956-yilda Turkiya g‘allani chetdan sotib oldi. 1958-yilda Turkiya o‘zini bankrot deb e’lon qilib, qarzlarini to‘lay olmasligini bildirdi. Boyar-Menderes hukumatidan ko‘pchilik norozi bo‘ldi. Mamlakatda korrupsiya, talon-toroj avj oldirilgan edi. 1960-yil may oyida harbiy to‘ntarish bo‘ldi. Hokimiyat to‘ntarish o‘tkazgan yangi tashkilot — Milliy birlik qo‘mitasi (MBQ) qo‘liga o‘tdi. Mamlakatning vaqtinchalik konstitutsiyasi qabul qilindi. Unga ko‘ra, MBQ oliy qonun chiqaruvchi organ deb e’lon qilindi. Unga J. Gursul raislik qildi va u vaqtinchalik hukumatni ham boshqardi. J. Boyar, A. Menderes qamoqqa olindi. A. Menderes 1961-yilda qatl etildi.
1961-yilning may oyida mamlakatning yangi konstitutsiyasi qabul qilindi. Siyosiy partiyalar faoliyatiga ruxsat etilgach, ikkita yangi partiya tuzildi. Ularning biri «Adolat partiyasi», ikkinchisi esa «Yangi Turkiya partiyasi» deb ataldi. Ayni paytda boshqa siyosiy partiyalar ham faoliyat ko‘rsata boshladi. Noyabr oyida o‘tkazi1gan saylovda hech bir partiya mutlaq ko‘pchilik o‘rin ololmaganligi uchun koalitsion hukumat tuzishga to‘g‘ri keldi.
1961-1965-yillar Turkiyaning kelgusi taraqqiyot yo‘li xususida keskin siyosiy kurashlar yillari bo‘ldi. Bu davrda 4 marta hukumat almashdi. Va, nihoyat, 1965-yildagi parlament saylovida «Adolat partiyasi» g‘alaba qozondi. Uning rahbari S. Demirel Bosh vazir lavozimini egalladi. Bu hukumat davrida
harbiy xarajatlarning yanada o‘sishi budjet taqchilligini keskin ko‘paytirib yubordi. U 1970-yilda 3,5 mlrd lirani tashkil etdi. Davlat qarzi esa 72 mlrd liraga yetdi.
Bunday sharoitda harbiylar yana siyosatga aralashdilar. Ular 1971-yilning 12-martida yana davlat to‘ntarishi o‘tkazdilar. Unga general K. Evren rahbarlik qildi. Mamlakatda favqulodda holat joriy etildi. Biroq bu to‘ntarish mamla- katda siyosiy barqarorlikni ta’minlay olmadi. 1973-yilda mamlakat prezidenti 16 turdan so‘ng saylanganligi buning isbotidir. 1980-yilda esa hatto prezident saylashga erishilmadi ham. Oqibatda yana davlat to‘ntarishi o‘tkazildi.
Barcha siyosiy partiyalar tarqatilgan, deb e’lon qilindi. Ularning rah- barlariga 10 yil davomida siyosiy faoliyat bilan shug‘ullanish man etildi. Ommaviy axborot vositalari uchun qattiq senzura o‘rnatildi. Biroq Yevropa Ittifoqining aralashuvi bilan harbiylar yon berishga majbur bo‘ldilar. Mamla- katning yangi konstitutsiyasi qabul qilindi. Siyosiy partiyalar faoliyatiga ruxsat etildi. Natijada qator yangi partiyalar («Vatan» partiyasi, «To‘g‘ri yo‘l» partiyasi) tuzildi.
«Vatan» partiyasini T. O‘zal, «To‘g‘ri yo‘l» partiyasini esa S. Demirel boshqardi. 1983-yilda o‘tkazilgan parlament saylovida «Vatan» partiyasi g‘alaba qozondi va T. O‘zal Bosh vazir lavozimini egalladi. 1989-yilda esa Turkiya Prezidenti lavozimiga saylandi. T. O‘zal davrida mamlakatda chuqur iqtisodiy islohotlar o‘tkazildi. Chunonchi, 1986-yilda xususiylashtirish to‘g‘ri- sida qonun qabul qilindi. 1988-yildan davlat mulkini sotish boshlandi.
Biroq bundan ko‘zlangan maqsadga erishilmadi. Chunki davlat mulki narxi qimmat bo‘lgani uchun, 1991 -yil oxirigacha uning atigi 5 foizi xususiylashtirildi. 1991-yilgi parlament saylovlarida «To‘g‘ri yo‘l» partiyasi g‘alaba qozondi. Uning rahbaii S. Demirel hukumat tuzdi. 1993-yilda T. O‘zal vafot etgach, S. Demirel mamlakat prezidentligiga saylandi.
Turkiya Ckrta Sharqda iqtisodiy rivojlangan davlatlardan biri. Ayni paytda, qudratli zamonaviy armiyaga ham ega.
Biroq Turkiya mamlakat hayotini G‘arbiy Yevropacha model asosida to‘la qayta qurishga muvaffaq bo‘lmadi. Bunga, birinchidan, uning texnik-iqti- sodiy jihatdan orqada qolganligi sabab bo‘ldi. Mamlakat aholisining 50 foizi hamon qishloq xo‘jaligida band.
Ikkinchidan, davlat iqtisodiyotni qattiq markazlashtirgan va uning ustidan Turgut O‘zal. to‘la nazorat o‘rnatgan. Chunonchi, sa-
noatning katta qismi hamon davlat mulki hisoblanadi. Korxonalaming 70 foizga yaqini davlat dotatsiyasi hisobiga ishlaydi. Tashqi savdoda import eksportdan ustun turadi. Bu esa, o‘z navbatida, tashqi qarzning ko‘payishiga olib kelmoqda. 1995-yilda Turkiyaning tashqi qarzi 50 mlrd dollarni tashkil etganligi asosan shu omil bilan izohlanadi. 2000-yilda mamlakat prezidentligiga A. Sezer saylandi. Tayyip Erdog‘an Bosh vazir lavozimini egalladi. 2007-yil avgustda A. Gul Prezident A. Sezer o‘rnini egalladi.
Turkiya tashqi siyosatda birinchi navbatda AQSH bilan munosabatlarni yaxshilashga intildi. Chu- nonchi, AQSH hukumati 1947-yil 12-iyulda Turkiyaga moliyaviy va harbiy yordam ko‘rsatish to‘g‘risida qaror qabul qildi. Turkiya «Trumen doktrinasi» bo‘yicha harbiy yordam oldi.
1948-yil iyulda Turkiya hukumati AQSH bilan «Marshall rejasi» asosi- da hamkorlik qilish to‘g‘risida bitim imzoladi. Bu ikkala bitim bo‘yicha Turkiya AQSHdan 800 mln dollar oldi va mablag‘lar asosan harbiy ishga sarflandi. Budjetning 60 foizi bu davrda harbiy maqsadlarga ketmoqda edi. AQSH ning Koreyada olib borgan urushida ishtirok etdi. 1951-yil oxirida Turkiya NATO a’zoligiga qabul qilindi. 1954-yilda SEATO harbiy-siyosiy ittifoqi a’zosi bo‘ldi.
Shu yildan boshlab Turkiya tashqi siyosatida Kipr masalasi alohida o‘rin tuta boshladi. 1955-yilda esa Bag‘dod paktini imzoladi. 1959-yilda Turkiya hududida AQSH harbiy bazasi barpo etish to‘g‘risida ikki tomonlama shartnoma imzolandi. Shuningdek, Eron va Pokiston bilan shartnoma tuzib, SENTOni tashkil etdi. (1958-yilda Iroq bu blokdan chiqib ketgan edi.) 60- yillardan boshlab Turkiyaning AQSH bilan bir tomonlama ittifoqchilikka asoslangan tashqi siyosatida o‘zgarish yuz bera boshladi.
Endi Turkiya «Umumiy bozor» a’zosi bo‘lgan davlatlar, birinchi navbatda, GFR bilan iqtisodiy aloqalarni rivojlantira boshladi. 1974-yilda Kipr muammosi yanada keskinlashdi. Kiprni Gretsiyaga qo‘shib olishga intiluvchi kuchlar qonuniy hukumatga qarshi bosh ko‘tardilar. Bunga javoban Turkiya harbiy kuchlarini Kiprga kiritdi. Shu tariqa Kipr amalda kiprlik turklar va kiprlik greklar jamoalariga bo‘linib ketdi.