2.1.3-jadval
O„zbekistondagi mehmonxonalar xizmat ko‟rsatish faoliyatidan tushgan
foyda tushumi
Yillar
|
Jami xizmat, so„m
|
mln.
|
Foyda mln. so„m
|
O„rtacha bir turistga to„g„ri keladigan
valyuta ($ hisobida)
|
2008
|
4441
|
|
526
|
74,5
|
2009
|
4814
|
|
622
|
77,1
|
2010
|
4990
|
|
661
|
93,2
|
2011
|
5343
|
|
703
|
95,3
|
2012
|
6986
|
|
746
|
97,8
|
2013
|
7985
|
|
803
|
98,0
|
2014
|
9042
|
|
956
|
102
|
2015
|
9561
|
|
1002
|
107
|
2018-yilda foyda tushumi 526 mln so„mni tashkil etgan bo„lsa, 2019 yilda bu ko„rsatkich 661 mln so„m va 2020yilda esa 1002 mln so„m bo„lgan. Bunga mos ravishda o„rtacha bir turistga to„g„ri keladigan valyuta miqdori ham yildanyilga oshib borgan. 2008-yilda o„rtacha bitta turistga to„g„ri keladigan valyuta miqdori 74,5 AQSh dollarini tashkil etgan bo„lsa, 2018 - yil 93,2 AQSh dollari va 2020 yilda 107 ming AQSh dollarini tashkil etdi.15
Ko‟p marotabalik regressiv tahlil deb nomlangan tahlilda, texnika yordamida, istiqbollarni belgilash va tenglashtirishning turli shakllari ma‟lumotlarga statistik jihatdan moslashtirgan bo‟lishi mumkin.
Istiqbolni belgilashda regressiya uslubidan foydalanib, ikkita xavfdan ogoh bo‟lish lozim:
Odatdan tashqari xolatlarda tenglashtirishdan foydalanish ish bermaydi. Masalan, dam olish kunlarida talabalarning oldilariga ota-onalari keladigan bo‟lsalar, mehmonxona juda katta qabul qilish darajasiga ega bo‟lishi mumkin.
Turli ko‟rsatgichlarni ortiqcha taxminlashsiz istiqbolni belgilash xavfli bo‟ladi. Masalan, menejer reklamaning nomerlarni sotilish darajasiga tasirini o‟rnatayotgan bo‟lsa, u nomerlar bahosi reklamaga sarf qilingan 5 dollor hisobiga oshayotganligini aniqlashi mumkin. Agarda mehmonxonaning reklama xarajatlari oldindan 75 dollordan 150 dollorgacha bo‟ladi deb taxmin qilib qo‟yilgan bo‟lsa, u holda biz narxlarning reklama xarajatlariga bog‟liq bo‟lmasligiga erishamiz. Mazkur ikki xolat regressiv taxlil usulidan noto‟gri foydalanish natijasida ro‟y beradigan ikkita xatoni tushuntirib berishi mumkin. Talabni statistik tahlil qilish juda murakkab bo‟lishi mumkin, va marketing bo‟yicha mutaxasis bunday tahlilni o‟tkazish va tuxtatishda juda ehtiyot bo‟lishi lozim. Ammo kompyuter texnikasining borgan sari murakkablashib borishi natijasida talabni statistik tahlil qilish borgan sari ommabop bo‟lib bormoqda.
Mehmonxona sohasidagi istiqbolning ikkita boshqa usuli o‟zgaruvchan o‟rtacha ahamiyat va eksponentsial tekislash.
Ko‟rinib turibdiki, moliyaviy tahlil ko‟p qirrali murakkab va muhim bo‟lganligi sababli u bir qancha talablarga asoslangan bo‟lishi lozim. Yuqorida ko‟rilgan talablarga asoslanib, moliyaviy tahlil korxonalarning moliyaviy holatini tahlil qilishda quyidagi vazifalarni bajarishga yo‟naltirilishi kerak: - Mehmonxonalarning moliyaviy darajasini baholash;
Mehmonxonalarda hali foydalanilmagan imkoniyatlarni safarbar etish maqsadida tavsiyalar, takliflar ishlab chiqish va ularni amalga oshirish shartsharoitlarini ko‟rsatib berish.
Xulosa o„rnida ta‟kidlash joizki, mehmonxona biznesi turizmning ajralmas qismi bo„lib, birinchi navbatda turistlarni qabul qiluvchi va turistlarning tunashga, dam olishga bo„lgan ehtiyojlarini qondiruvchi, murakkab xizmatlarni amalga oshiruvchi eng muhim elementi hisoblanadi. Shunday ekan, oldimizda turgan vazifalardan biri bu mehmonxona biznesini rivojlantirish, ularning to„lish koeffitsentini oshirish va turistlar ehtiyojlarini maksimal darajada qondirishiga erishmog„imiz zarur.
Do'stlaringiz bilan baham: |