Bozorlarining hisobining yuritilishi. Debet va kredit bo’yicha hisobning yuritilishi hisobga olish tizimining alohida bozorlarining darajasida amalga oshiriladi. Har bir operatsiya to’lov balansining ikki tomonida teng hajmda bir-biriga qarama-qarshi bo’lgan chiqim va kirim shaklida ifoda etiladi. Har bir operatsiya bo’yicha kredit va debetga mos yozuvni amalga oshiradi.
Kredit (K) – tovar va xizmatlar eksporti, olinadigan daromadlar, aktivlar kamayishi yoki majburiyatlarning ortishi;
Debet (D) – tovarlar va xizmatlar importi, to’lanadigan daromadlar, aktivlarning ortishi yoki majburiyatlarning kamayishi.
Misol. Oddiy misol keltiradigan bo’lsak, 100 sh.b. evaziga norezidentga tovar sotildi. Sotuvchi tomonidan quyidagi yozuv amalga oshiriladi:
Eksport 100 sh.b. (K)
Naqd valuta 100 sh.b. (D – moliyaviy aktivlarning ortishi)
Faqatgina moliyaviy aktivlar o’zgarishi bo’yicha operatsiyaga misol qilib 50 sh.b. evaziga aksiyalar sotilishini keltirish mumkin. U holda sotuvchi tomonidan quyidagi yozuv amalga oshiriladi:
Kapitalda ishtirok etish 50 sh.b. (K – moliyaviy aktiv kamayishi)
Naqd valuta 50 sh.b. (D – moliyaviy aktivning ortishi)
Majburiyat bo’yicha operatsiyaga misol qilib 70 sh.b. miqdorida qarz mablag’i olishni keltirish mumkin. U holda qarz oluvchi tomondan quyidagi yozuv amalga oshiriladi:
Qarz
|
70 sh.b.
|
(K – majburiyatning ortishi)
|
Naqd valuta
|
70 sh.b.
|
(D – moliyaviy aktivning ortishi)
|
Joriy bozorlarining hisobi tovar va xizmatlar, rezidentlar va norezidentlar o’rtasidagi birlamchi va ikkilamchi daromadlar harakatini ifodalaydi. Joriy bozorlarining hisobi o’zida to’lov balansining asosiy hisobvaraqlarini jamlagan.
Tovar va xizmatlar hisobvarag’i. Ushbu hisobvaraqda ishlab chiqarish natijasi bo’lgan obyektlar bilan bozorlarining hisobi yuritiladi.
Ushbu hisobvaraq diqqat markazida rezident va norezident o’rtasida bo’ladigan tovar va xizmatlar ayirboshlash operatsiyasi vaqti turadi. Bundan farqli ravishda milliy hisoblar tizimining diqqat markazida ishlab chiqarish, iste’mol, va jamg’arma kapitalning jarayonda ishlatilishi kabi boshqa jarayonlar turadi.
Ishlab chiqarish faoliyati ishlab chiqaruvchi tomonidan resurslarni (oraliq mahsulot, mehnat, moddiy va nomoddiy aktivlar) tayyor mahsulot ko’rinishiga keltirish jarayoni bo’lib, boshqa institutsional birlikka yetkazib berilishi mumkin.
Tovar va xizmatlar harakati moliyaviy hisobvaraqlar, joriy bozorlarining hisobvarag’ida yoki kapital bo’yicha hisobvaraqlarda aks etishi mumkin. Tovar va xizmatlar taqdim etilgan paytda amalga oshiriladigan obyektlar yozuvi moliyaviy hisobvaraqda aks etadi, masalan, “naqd valuta va depozitlar” moddasida. Agar egalik huquqi o’tgan paytda to’lov amalga oshirilmasa savdo krediti yoki boshqa moliyaviy instrument (masalan, veksel) rasmiylashtiriladi. Agar to’lov egalik huquqi o’tishidan avval amalga oshiriladigan bo’lsa, importchi tomonidan eksport qiluvchi tomonga avans hisoblanadi. Ba’zida tovar va xizmatlar boshqa bir moliyaviy aktiv bo’lmagan ayirboshlanadi, masalan, barter holatida o’tkazma “tovar va xizmatlar” moddasida aks etadi. Agar tovar yoki xizmat yordam yoki hadya sifatida berilsa, u joriy yoki kapital transfert moddasida aks ettiriladi.
Yuqoridagi jadvalda jahon mamlakatlarining tovar va xizmatlar eksporti va importi hisobvarag’i saldosining 2015-2020-yillardagi o’zgarishi keltirilgan.
Tovarlarning eksporti yoki importi to’lov balansi metodologiyasi bo’yicha iqtisodiy egalik huquqining rezident va norezident o’rtasida almashishi bo’lib, quyidagi aniq kategoriyalarga kirmasligi kerak: xorij bilan qayta savdo shaklidagi tovarlar, nomonetar oltin, sayohat komponentlari, qurilish va boshqa kategoriyalarga tegishli bo’lmagan davlat tovarlari va xizmatlari.
Tovar va xizmatlar hisobvarag’ida tovarlarning xalqaro savdo statistikasi tovarlar eksporti yoki importi bo’yicha ma’lumotlarning asosiy manbasi hisoblanadi.
Tovarlar eksporti va importi o’z ichiga oladigan moddalar:
Joriy muomalada bo’lmagan va qimmatli qog’ozlar muomalasiga kiritilmagan banknota va tangalar. Ular birja tovarlari sifatida baholanadi va nominal qiymati bo’yicha baholanmaydi;
Elektr energiya, gaz va suv. Biroq ularni o’tkazish, taqsimlash va yetkazib berish to’lovlari transport va boshqa xizmatlar moddasida aks ettiriladi;
Buyurtma qilinmagan(buyurtmachisi mavjud bo’lmagan), qadoqlangan dasturiy ta’minot, shuningdek, muddatsiz litsenziyasi bo’lmagan saqlash qurilmalaridagi audio va video yozuvlar tovarlar eksporti va importi tarkibiga kiradi; Portlarda yetkazib beruvchilar tomonidan sotib olinadigan tovarlar.
Rezident sotuvchilar tomonidan norezident yetkazib beruvchilarga yoqilg’i, ehtiyot qismlar kabi sotiladigan tovarlar ham eksport va import moddasining eksport qismiga tegishlidir;
Ijarachi tomonidan moliyaviy lizing asosida sotib olingan tovar. Bunda ijarachi mulkning iqtisodiy egasi bo’lib, yuridik egalik huquqi ijaraga beruvchida ijara muddati tugagunga qadar saqlanadi;
Xorijga egalik huquqisiz yuborilgan, lekin oxir-oqibat sotilgan tovarlar.
Xorijga saqlash uchun, ta’mirlash uchun, qayta ishlash maqsadida mulkiy huquq o’zgartirilmasdan yuborilgan tovarlar;
Xorijga ijaraga berish yoki vaqtinchalik foydalanish, ko’rgazma uchun olib kelingan, lekin sotib yuborilgan texnikalar;
Noqonuniy tovarlar;
Hadya va sovg’alar;
Pochta o’tkazmalari, agar mulkiy huquq o’zgarsa;
Tovar shaklidagi gumanitar yordam;
To’lov amalga oshirilmaydigan, Grant, ssuda, qarz hisobiga
moliyalashtiriladigan tovarlar;
Mulkiy egalik huquqi almashadigan boshqa har qanday turdagi tovarlar.
Eksport va import tarkibiga kiruvchi bozorlarining tovarga egalik huquqi o’tkazilgan paytda aks ettirilishi lozim. Eksport va import qiluvchilar o’rtasidagi hisob-kitob vaqti aks ettirilishining maksimal yaqinligiga moliyaviy hisobraqam orqali o’tkazma bilan egalik huquqi o’tkazilgan payt mos kelganda erishiladi.
Eksport va importning qiymati yagona baholash punktida bozor qiymatini baholash prinsiplaridan kelib chiqib baholanadi. Yagona baholash punkti bu mamlakatning bojxona chegarasi hisoblanadi.
Do'stlaringiz bilan baham: |