Kashtachilik ranglari va rang tanlash. Kashtachilikda ishlatiladigan choklardan naqshlar tikish. Yormachoki, ilma choki, bahiya choki mavzusini o‘qitish metodikasi
MUNDARIJA:
Kirish.
I.BOB Xalq xunarmandchiligi yo’nalishlari
1.1Kashtachilik gazlamalari bilan ishlash darslarini tashkil etish va mexnatga o’rgatish metodikasi.
1.2 Kashtachilik ranglari va rang tanlash.Kashtachilik sanati tarixi
II.BOB Kashtachilikda ishlatiladigan choklar va uni o’rgatish metodikais
2.1 Kashtachilikda ishlatiladigan choklardan naqshlar tikish
2.2Yormachoki, ilma choki, bahiya choki mavzusini o‘qitish metodikasi
2.3Kashta tikish texnologiyasini o’qitish metodlari va usullari
III. Xulosa
IV.Foydalanilgan adabiyotlar va internet saytlari
Kirish.
Bugun zamon shiddat bilan o‘zgaryapti. Bu o‘zgarishlarni hammadan ham ko‘proq his etadigan kim – yoshlar. Mayli, yoshlar o‘z davrining talablari bilan uyg‘un bo‘lsin. Lekin ayni paytda o‘zligini ham unutmasin. Biz kimmiz, qanday ulug‘ zotlarning avlodimiz, degan da’vat ularning qalbida doimo aks-sado berib, o‘zligiga sodiq qolishga undab tursin. Bunga nimaning hisobidan erishamiz? Tarbiya, tarbiya va faqat tarbiya hisobidan.”
Shavkat Mirziyoyev
Respublikamizda joriy etilgan uzluksiz ta’lim tizimining asosiy bo’g’ini, kadrlar tayyorlash sifati va samaradorligiga mas’ul bo’lgan oliy ta’lim muassasalarida tashkil etiladigan ta’lim-tarbiya jarayonida pedagogik texnologiyalardan foydalanish muhim ahamiyat kasb etadi.
O’zbekiston Respublikasi «Kadrlar tayyorlash milliy dasturi» talablaridan biri ta’lim jarayonida yangi pedagogik va axborot texnologiyalarini qo’llash, tayyorgarlikning modul tizimidan foydalangan holda ta’lim oluvchilarni o’qitishni jadallashtirish sanaladi. Reslublikamizda ta’lim jarayonida pedagogik va axborot texnologiyalarni qo’llashga doir keng ko’lamda ish olib borilmoqda. Ushbu muammoning ilmiy-nazariy asoslari, har bir pedagogik texnologiyaning o’ziga xos jihatlari ishlab chiqilib, yetarli darajada tajribalar to’plandi. Ta’lim jarayoniga pedagogik va axborot texnologiyalarni joriy etishda xorijiy mamlakatlarning tegishli tashkilotlari yaqindan yordam ko’rsatmoqda.Shu o’rinda savol tug’iladi. Pedagogik texnologiya atamasining moxiyati nimada? «Texnologiya» yunoncha so’z bo’lib, “techne” - maxorat, san’at, “1ogos” tushuncha o’rganish demakdir.Pedagogik texnologiya atamasiga har bir didakt olim o’z nuqtai nazaridan kelib chiqqan holda ta’rif beradi. Hali bu tushunchaga to’liq va yagona ta’rif qabul qilinmagan. Ushbu ta’riflar ichida eng maqsadga muvofig’i Yunesko tomonidan berilgan ta’rif sanaladi.
Do'stlaringiz bilan baham: |