Maslahatlarning maqsad vazifalari:
ota-onalarga bolalarning yoshiga va ijtimoiy ruhiy xususi-yatlariga qarab savollariga javob berish ularning rivojlanti-rishdagi kamchiliklarni yengib o‘tib, to‘g‘rilab o‘zgartirish;
o‘smir o‘g‘il va qizlarga kattalar, tengdoshlari bilan kechadi-gan o‘zaro muloqotlardagi qiyinchiliklari, shaxsiy, kasbiy muam-molarni chetlab o‘tishi haqida maslahat berish;
o‘smirlarning o‘z «men»ini shakllantirib, o‘ziga hurmat bilan qarashni, o‘z ustida ishlashni, o‘zidagi kamchiliklarni amalda tuza-tish ko‘nikmalarini shakllantirishni o‘zgartirish.
Deviant xulqli o‘smirlar va voyaga yetmagan huquqbuzarlar bilan yakka tartibdagi korreksiya ishlarini quyidagi uslublarda olib bo-rish tavsiya etiladi:
1.«Psixoterapevtik oyna» vositasi – o‘zini tashqaridan ko‘rish-
ga imkoniyat yaratib, shartli ravishda o‘zini tushunishni rivoj-
lantirish;
2.«Muqobil yo‘llar» vositasi – noto‘g‘ri axloq-odob meyor-larini namoyon qilgan o‘smirga to‘g‘ri yo‘l ko‘rsatish;
3.«O‘rniga-o‘rin» vositasi – xarakterida, fe’l-atvoridagi bo‘shanglik, iroda va kuchli ruhiy quvvat kabilar bilan o‘rniga-o‘rin almashtirish, to‘ldirish taklif kilinadi;
4.“Ijobiy ijtimoiy faoliyatni singdirish” vositasi –
ruhshunosning salbiy dunyoqarashni o‘zgartirib, ijobiy fikr-
lashga ta’sir qilishi
5.«Ma’naviy immunitet hosil qilish» usuli – namunaviy, ideal axloq-meyorlariga ega bo‘lishni maktabdan, hayotdagi misol-lardan keltirish, ba’zi insonlarning salbiy ta’siriga qarshi immunitet hosil qilish;
6.«Ko‘rsatmalar, qoidalar» usuli – oilaviy ruhiy terapiya vositasida oila a’zolarining qilishi kerak bo‘lgan ishlari qonun-qoidasini belgilaydi. Ko‘rsatmalar turlicha bo‘lishi mum-kin: nimadir qilish, nimanidir qilmaslik. Bu qonun-qoidalar to‘g‘ri va qarama-qarshi ko‘rinishdagi qonun-qoidalar;
7.«Ishontira olish» vositasi – ta’sir o‘tkazish sifatida harakatlanayotgan inson – ruhshunos yoki pedagogning boshqa ta’sir etuvchi insonning xulqiga, o‘ziga bo‘lgan munosabatiga, boshqalarga bo‘lgan munosabatiga, muammoni yaxshilikcha hal qilishga xizmat qiluvchi axborot vositasi;
Xulosa
Deviant xulqli o‘smirning ruhiy profilaktikasi haqida umumiy tushunchalar. Deviant xulqning oldini olish faoliyati umumiy va maxsus tadbirlardan biri, ular ijtimoiy faoliyati turli darajalarini qamrab oladi.
Muvaffakiyatli profilaktik ishlarning asosiy shartlari: uning ixcham yig‘ilganligi, ketma-ketligi, uzviyligi, dolzarbligi, toifaga to‘g‘ri bo‘linganligi.
Umumjahon Sog‘liqni Saqlash Tashkiloti birlamchi, ikkilamchi va uchinchi darajadagi profilaktika ishlarini belgilab bo‘lgan.Birinchi darajadagi profilaktika ishlari - noma’qul xossa-larning ta’sirini yo‘qotishga, shu xususiyatlarga nisbatan immu-nitet hosil qilishga qaratilgan chora-tadbirlardir.
Bu tadbirlar o‘smirlar orasida keng yo‘lga qo‘yilishi mumkin. Asab-ruhiy tizim buzilishini ilk davrda aniqlab, uni tuzatishga «xavfli guruh»dagi o‘smirlar bilan ishlashga, endi shakllanayot-gan deviant fe’lga ega o‘smirlarni qayta tarbiyalash ishlarini olib borishga qaratilgan. Uchinchi darajadagi ishlar - bu asab-ruhiy tizim buzilishidan kelib chiquvchi xulq-atvor illatlarini davolash bo‘yicha olib boriladigan maxsus faoliyat deviant xulqli o‘smirlarning o‘ta og‘ir fe’l-atvorni namoyon qiluvchi qilmishla-rini oldini olishi mumkin
Do'stlaringiz bilan baham: |