I bob. Voleybol misolida 11-12 yoshdagi oʼquvchilarga o’yin elementlarini oʼrgatish



Download 40,02 Kb.
bet3/6
Sana05.03.2023
Hajmi40,02 Kb.
#916677
1   2   3   4   5   6
Bog'liq
Bekmuratov Furqat 19-2

1.2Toʼpni boshqarishni oʼrgatish
Voleyboldagi asosiy harakatlanish – bu yurish, yugurish, yonga qadam tashlab yugurish, orqa bilan, qadam tashlab toʼxtash, sakrashdan iboratdir. Koʼp hollarda harakatlanishlar qiyin emas deb izohlanib, ularga yetarli eʼtibor berilmaydi. Bu esa notoʼgʼri fikrdir. Chunki oʼyinchining turli harakatlarni bajarishi uchun holat va joy tanlashi bajariladigan harakatning samarasiga toʼgʼridan toʼgʼri taʼsir qiladi. Shuning uchun harakatlanishlarni oʼrgatishga katta eʼtibor qaratish zarur. Harakatli oʼyinlardan oqilona foydalanish uchun voleyboldagi har bir qoʼllaniladigan usulga mos harakatli oʼyinlardan foydalanish maqsadga muvofiq boʼladi.
Masalan: Toʼpni oʼyinga kiritishga yoʼnaltirilgan haraktli oʼyinlar: “Ovchilar va oʼrdaklar”, “Toʼp otish”, “Toʼp sardorga” va hakozo harakatli oʼyinlarni toʼpni turli xil usullarda qoʼllash bilan har xil variantlarda qoʼllash mumkin. Bu esa kimning qay darajada moslashuvchanligi va harakatlarning tezda oʼzlashtirilishlari oqibatida sportchilarni tez va aniq saralab olishga imkon yaratadi. Chunki bunday haraktli oʼyinlarga tezda moslasha olmagan yosh sportchilar kelgusida ushbu voleybol mashqlarini ham oʼzlashtirishi qiyin boʼladi albatta. Bu trenerga ortiqcha vaqt va mashaqqat olib keladi. Shuning uchun saralab olishda shunday harakatli oʼyinlardan foydalansak tezda maqsadga erishishga sazovor bulamiz.
Voleybol sport turi harakatlarini oʼzlashtirishga va oʼyinchilarning sakrovchanligini oshirishda foydalaniladigan harakatli oʼyinlar.
Sportmaktablariningamaldagimashgʼulotlarinitahlilqilish, oʼquvchilarniboshlangʼichtayyorgarlikguruhlarigatanlash, koʼpyilliktayyorgarlikjarayonlarigaasoslanganjoriysinovlarigaasosanjismoniyrivojlanganligi, jismoniyvatexniktayyorgarligibelgilarinihisobgaolishasosidaoʼtkazilishinikoʼrsatadi. Shu bilan bir vaqtda soʼnggi yillarda respublikamizda keng tarqalgan sport turlaridan biri –voleybolning rivojlanishida yaqqol koʼzga tashlanadigan tomonlaridan biri kombinatsion oʼyinning kuchayishi hisoblanadi. Bu esa sportchilarning oʼyinda fikrlashlari va taktik tayyorgarliklariga bir qator qatʼiy talablarni qoʼyadi. Mashgʼulot bilan shugʼullanish uchun bolalarni tanlashda boshqa koʼrsatkichlar bilan birgalikda faqatgina jismoniy rivojlanganlik, jismoniy va texnik tayyorgarlik koʼrsatkichlari yordamida aniqlash mumkin boʼlmagan oʼyin faoliyatiga qobiliyatlarini rivojlantirish va namoyon etishga sabab boʼluvchi shaxsiy sifat va xususiyatlarini aniqlash alohida ahamiyatga ega.
Isteʼdodli yosh sportchilarni tanlash va tayyorlash jarayonini takomillashtirishga yordam bera oladigan yangicha yondashuvlar, samarali vositalar va metodlarni ilmiy izlash zaruriyati yuzaga keladi va shu boisdan quyidagi vazifalar amalga oshirilishi lozim.
1.Sport mashgʼulotlarida oʼquvchilar yoshiga nisbatan mos keladigan yuklamalar turlarini ishlab chiqish va predmetiga sinovdan oʼtkazish bilan ularni tanlash va mashgʼulot xususiyatlariga moslashtirish.
2. Yosh sportchilar yoki oʼquvchi shugʼullanuvchilarning jismoniy rivojlanganliklari va texnik taktik tayyorgarliklari darajasiga taʼsirini aniqlash.
3.Mashgʼulot jarayonida oʼquvchilarni tayyorlashda organizm koʼrsatkichlari ijobiy darajaga oʼzgarishlar samaradorligini oʼrganish.
4.Dastlabki sport tayyorgarligi davrida va tayyorlashda bolalarning mashgʼulotga moyilligini, qiziqishini, bor imkoniyatlarini ishga sola bilishligigini, vaziyatni oldindan koʼra bilish qobiliyati rivojlangan sportchilarni ajratib olish.
Bu vazifalar sportchilarning sifat koʼrinishini oʼzgartirib, mashgʼulotning butun tayyorgarligi davomida sportchilarni koʼp yillik tayyorlashga yordam beradi. Sportchilarni tanlagan sport turidan kuchli sportchilarga ega boʼlgan va sport qobiliyati xususiyatini tashkil etuvchi sifatlar toʼplamini bilishga asoslanadi. Mashgʼulot natijalari masalisini hal etishda sportchini sinovlar va oʼlchovlar –bir necha davri bilan uzoq vaqt oʼrganish va tekshirib borish toʼgʼrisidagi maʼlumotlarning amaliy ishonchliligini hamda aniqliligini ancha oshiradi va muhim ahamiyatga ega boʼladi. Biologik ishonchlilik tamoyilini yaratish sportchini yuksak sport mahorati davrida uni kutib turgan juda yuqori yuklamalar bilan mashq bajarish har qanday sharoitlari bilan bogʼliq sogʼligʼi holatida mumkin boʼlgan oʼzgarishlarni asosli ravishda tahmin qilish zarurligi talab etiladi.
Isteʼdodli yosh voleybolchilarning sakrovchanlik va jismoniy koʼrsatkichlarini oshirish jarayonini takomillashtirishga yordam bera oladigan yangicha yondashuvlar, samarali vositalar va metodlarni ilmiy izlash zaruriyati yuzaga keladi, bu esa yosh voleybolchilarning sifat koʼrinishini oʼzgartirib, tanlovning butun tayyorgarligi davomida voleybolchilarni koʼp yillik tayyorlashga yordam beradi.
Sportchilarni sakrovchanlik darajasini oshirish voleybol sport turidan kuchli sportchilarga ega boʼlgan va sport qobiliyati xususiyatini tashkil etuvchi sifatlar toʼplamini bilishga asoslanadi. Tanlov masalisini hal etishda sportchini sinovlar va oʼlchovlar bir necha davri bilan uzoq vaqt oʼrganish va tekshirib borish toʼgʼrisidagi maʼlumotlarning amaliy ishonchliligini hamda aniqliligini ancha oshiradi va muhim ahamiyatga ega boʼladi. Biologik ishonchlilik tamoyilini yaratish sportchini yuksak sport mahorati davrida uni kutib turgan juda yuqori yuklamalar bilan mashq bajarish har qanday sharoitlari bilan bogʼliq sogʼligʼi holatida mumkin boʼlgan oʼzgarishlarni asosli ravishda tahmin qilish zarurligi talab etiladi.
Dastlabki tayyorlov guruhlariga tanlov oʼtkazishga 7-8 yoshdan boshlab voleybol sport turiga takomillashishlari maqsadga muvofiqligini aniqlab olish muhimdir. Baholashning murakkabligiga sabab, ularning boʼlajak natijalarini 10-12 yil oldindan tahlil qilinishi bilan bogʼliq.
Sportning baʼzi turlarida, shu jumladan voleybolda birinchi navbatda oʼyinchilar boʼyining uzunligi hisobga olinishiga bogʼliq. Zamonaviy voleybolchilar shugʼullanuvchilar organizmiga qoʼyiladigan talablarni bilishi, yuksak malakali oʼyinchilarni samarali tayyorlash muhim shartlaridan biridir.
Boshlangʼich va umumiy tayanch tayyorgarligida har tomonlama tayyorlash, yosh voleybolchilarning jismoniy sifatlarini rivojlantirib, ularning sport natijalarini oʼsishiga ijobiy va ijodiy taʼsir koʼrsatishi uchun mazmunan turli xildagi harakatli oʼyinlar, yugurishlar, sakrashlar, uloqtirish va boshqalardan foydalangan holda yondashish eng qulay shaklidir, chunki oʼyin isteʼdodi tuzilishini tashkil etadigan birliklarda turli xususiyatlari va sifatlarini namoyon etishga yordam beradi.
Dastlabki tayyorlov bosqichida harakatli oʼyinlar orqali yosh voleybolchilar sakrovchanligini oshirishning oʼzaro bogʼliqligini shugʼullanuvchilarni bosqichma-bosqich rivojlantirish, tanlangan sport turida texnik-taktik mahoratini egallash va takomillashtirishni koʼzda tutadi.
Boshlangʼich tayyorlash guruhlariga bolalarni tanlash, yosh voleybolchilarni keyingi bosqichma‐bosqich tanlash va tayyorlash boʼlajak jarayonga tayyorgarlik kabi muhim masʼuliyatli vazifa hisoblanishini koʼrsatadi. Koʼp yillik bosqichma‐bosqich reja asosida tayyorlash davomida, yosh sportchilar individual layoqatlarini rivojlantirish, hayotiy muhim qobiliyatlarini koʼp yillik tayyorgarlik keyingi davrlarida tanlashda muhim omil hisoblangan organizmning rezerv imkoniyatlarini maksimal namoyon etish uchun sharoit yaratish kerak.
Kurs ishi vazifalari boʼyicha yosh voleybolchilarning sakrovchanligini oshirishda mashgʼulotning boshlangʼich davri mazmuni maxsus ahamiyatga ega. Qator mutaxassislarning fikricha, dastlabki tayyorlov davrida tayyorlash mazmuni bolalarning jismoniy rivojlanishlariga, tayanch harakatlanish apparati mustahkamlanishiga, jismoniy sifatlari tarbiyalanishiga (tezligi, koordinatsion qobiliyatlari, epchilligi va boshqalar), shu jumladan, voleybol oʼyinida texnika asoslarini egallashda zarur boʼlgan maxsus jismoniy sifatlari va qobiliyatlarini tarbiyalashga yordam beruvchi vositalardan foydalanishdan iborat boʼlishi kerak.
Bola organizmi xususiyatlarini, jismoniy rivojlanganligi va tayyorgarligi darajasini hisobga olib koʼpchilik mualliflar jismoniy, baʼzida esa texnik tayyorgarlik vositasi sifatida ham tayyorlash boshlangʼich davrlarida harakatli oʼyinlaridan foydalanishni tavsiya etadilar. Qator mutaxassislar tayyorgarlik boshlangʼich masalalarini hal etish uchun jismoniy mashqlar bilan bir qatorda voleybolga tayyorlash sifatida, harakatli oʼyinlaridan foydalanish, zarur deb hisoblanadi. Chunki boshlangʼich va umumiy tayanch tayyorgarlik davrida ular jismoniy rivojlanishi masalalarini hal qilishga va jismoniy, psixologik sifatlarini tarbiyalashga hamda bolalarning harakatlanish usullarini kengaytirishga yordam beradi, bular texnik‐taktik harakatlarni egallab olish uchun juda muhimdir. Biroq yosh voleybolchilarni tanlash va tayyorlashda harakatli oʼyinlaridan foydalanish samaradorligini oʼrganishga bagʼishlangan maxsus ishlarni adabiyotlardan topa olmadik.
Birinchi bosqichning mantiqiy davomi hisoblangan umumiy tayanch tayyorgarligida, nisbatan ancha murakkab masalalar hal etilishi kerak, mana shu sababli tayyorlash mazmuni muntazam murakkablashib boradi. Rivojlanayotgan organizm xususiyatlarini hisobga olib, shu jumladan, bola organizmi fiziologik rivojlanishi davrini hisobga olib tayyorgarlik vositalari oshirilib boriladi.
Barcha harakatli oʼyinlar oʼz yoʼnalishiga mos ravishda birlashgan holda mashq qilishning maxsus tayyorgarlikning asosiy qismlarini tashkil etadi: umumiy jismoniy, maxsus jismoniy, texnik, taktik, yakdillik har bir tayyorgarlik turida oʼzining yetakchi omillari borki, ular yordamida koʼzlangan maqsadga erishiladi. Demak yosh voleybolchilarda jismoniy sifatlarni harakatli oʼyinlar orqali rivojlantirishda harakat (oʼyin) malakalari belgilangan bosqichlarda, maʼlum uslublar va vositalar yordamida oʼzlashtiriladi, mukammallashtiriladi, takomillashtiriladi. Mazkur jarayonlar pedagogik, biopsixologik va biomexanik qonuniyatlar asosida amalga oshiriladi. Shuni ham eʼtirof etib oʼtish joizki, harakat texnikasini oʼzlashtirish muddati bolani oilaviy sharoitiga, uning ijtimoiy va iqtisodiy imkoniyatiga, xamda ruhiy holatiga ham bogʼliqdir.
Voleybol geografik miqiyos va ommaviylik jihatdan yer yuzida futboldan keyin 2-oʼrinda turadi. Аgar hozirgi kunda jadal rivojlanib borayotgan va qisqa muddat ichida Olimpiya oʼyinlari dasturiga kiritilgan «suv boʼyi» (plyajnыy voleybol) voleyboli bilan shugʼullanuvchilar eʼtiborga olinsa, ommaviylik koʼrsatkichi keskin koʼtarilishi muqarrar.
Voleybolga boʼlgan bunday ixlos, qiziqish va istak-intilishlarning siri, oʼyin maydonchasining nisbatan kichikligi (18x9 m), «joy» tanlamasligi, oʼyinning oddiy va soddaligi, turli yoshdagi shugʼullanuvchilar imkoniyatlariga munosibligidadir. Oʼyin maydonni oʼrta chiziq va ustunlarga tortilgan toʼr bilan ikki boʼlakka ajratilgan maydonchalarida kechishi raqiblarni toʼqnashishi, bir-birini itarib yuborishi va jismoniy taʼsir koʼrsatishiga yoʼl qoʼymaydi. Аna shuning uchun voleybol yosh tanlamaydi.
Jismoniy tarbiya va sport mashgʼulotlarida qoʼyiladigan asosiy maqsad – sogʼliqni mustahkamlash hamda yuqori sport natijalariga erishish avvalambor yoshlikdan boshlab umumiy jismoniy sifatlarni rivojlantirish muhimligiga eʼtibor qaratadi. Аksariyat olimlarning taʼkidlashicha, muayyan sport turi boʼyicha muntazam oʼtkazib boriladigan hamda hajm, shiddat va mazmun jihatdan toʼgʼri tashkil qilingan mashgʼulotlar bolalar va oʼsmirlar organizmiga ijobiy taʼsir koʼrsatar ekan. Lekin, umumiy jismoniy tayyorgarlikka asoslangan va tor doirada ixtisoslashtirilgan mashgʼulotlar salbiy oqibatlarga olib kelishi kuzatilgan. Binobarin, dastlabki oʼrgatish bosqichida jismoniy va texnik-taktik mashqlar nisbatini toʼgʼri rejalashtirish bolalar sport mahoratini samarali shakllantirish imkoniyatini yaratadi.
Dastlabki oʼrgatish jarayoni bir necha bosqichlarda amalga oshiriladi va bu bosqichlarni har biri oʼziga xos uslub va vositalarni oʼz ichiga oladi. Umumiy rivojlantiruvchi mashqlar oʼyinchida jismoniy barkamollik va oʼyinchi uchun zarur boʼlgan harakat koʼnikmalari va malakalarini sayqallash uchun qoʼllaniladi.
Barcha mashqlar oʼz yoʼnalishiga mos ravishda birlashgan holda mashq qilishning maxsus tayyorgarligi asosiy qismlarini tashkil etadi: umumiy jismoniy, maxsus jismoniy, texnik, taktik, oʼyin tayyorgarligi. Har bir tayyorgarlik turida oʼzining yetakchi omillari borki, ular yordamida koʼzlagan maqsadga erishiladi. Shu bilan birga barcha turdagi tayyorgarliklar bir-biri bilan uzviy bogʼliq. Misol uchun, agar oʼquvchi jismoniy yaxshi tayyorlanmagan boʼlsa, u hujumda zarba berish texnik mashqini yaxshi bajara olmaydi. Bunday holda oʼquvchini jismoniy tomondan chiniqtirish, zarba berish usulini koʼp marta takrorlashdan koʼra foydaliroqdir.
Birinchi bosqich – oʼrganiladigan harakat texnikasi bilan tanishish. Bunda, aytib berish, koʼrsatish va tushuntirish uslublari qoʼllaniladi. Oʼqituvchi shaxsan koʼrsatish bilan birga koʼrgazmali qurollardan foydalanadi: kinofilm, tasviriy film, sxema, maydon maketi va hokazo.
Namoyishni tushuntirishlar bilan qoʼshib olib borish kerak. Oʼqituvchilarning dastlabki urinishlari ularda birlamchi harakat sezgisini shakllantiradi.
Ikkinchi bosqich – texnikani soddalashtirilgan (oddiylash-tirilgan) holatda oʼrganish. Mazkur oʼrganish bosqichida muvaffaqiyat koʼp holatlarda yondoshtiruvchi mashqlarning toʼgʼri tanlanganligiga bogʼliqdir. Ular oʼzining tuzilishi shakliga koʼra oʼrganilayotgan harakat texnikasiga yaqin va oʼquvchilar bajara oladigan boʼlishi kerak. Murakkab tuzilishga ega boʼlgan harakat (hujum zarbasi), uni tashkil qiluvchi asosiy zvenolarga (qismlarga) ajratib beriladi. Bu bosqichda boshqarish uslublaridan foydalaniladi (buyurish, koʼrsatma berish, koʼrish va eshitish, koʼrib ilgʼash, texnik vositalar va hokazo) hamda koʼrgazmali harakat (oʼqituvchining bevosita yordami, yordamchi jihozlarni qoʼllash), axborot (toʼpga boʼlgan zarba kuchi, tushish aniqligi, yorugʼlik yoki ovozni belgilash) kabi uslublar alohida ahamiyatga ega boʼladi.
Uchinchi bosqich – texnikani murakkablashtirilgan sharoitda oʼrgatish. Bunda quyidagilar qoʼllaniladi: takroriy usul, harakatni murakkab sharoitlarda bajartirish, oʼyin va baholash uslubi, qoʼshma uslub, «davra aylana» mashqlari. Takrorlash uslubi bu bosqichda eng asosiydir. Koʼp marotaba takrorlashgina malakani shakllantiradi. Malaka hosil qilish uchun takrorlash turli sharoitlarda mashq bajarishni (harakat sharoitini oʼzgartirishni, asta-sekin murakkablashishni) taqazo etadi. Hattoki charchaganda ham mashqlar bajartiriladi, qoʼshma va oʼyin uslublari bir vaqtni oʼzida texnikani sayqallashtirishga hamda maxsus jismoniy sifatlarni oʼstirish masalalarini hal qilishga hamda texnik-taktik tayyorgarlik va oʼyin mahoratini takomillashtirishga qaratilgan boʼladi.
Toʼrtinchi bosqich – harakatni oʼyin jarayonida mustahkam-lashni koʼzda tutadi. Bunda bajarilgan harakatlarni talqin qilish uslubi qoʼllanadi (rasmlar, jadvallar, oʼquv filmlari, tasviriy filmlar), oʼyin jarayonida texnik-taktik, maxsus tayyorgarlik topshiriqlari, oʼyin va «bellashish» usullari .
Tayyorgarlik va oʼquv oʼyinlarida har bir usulni (malakani) oʼrganish, uni takomillashtirish va mukammallashtirish koʼzda tutiladi. Malakani mustahkamlashning eng yuqori vositasi bu musobaqalashishdir.
Аlohida eʼtibor qaratish muhimki, bolalar sportini samarali tashkil qilish, koʼp yillik sport trenirovkasi jarayonida shugʼullanuvchilar sogʼligi va ularning sport mahoratini shakllantira borish ustuvor jihatdan jismoniy tayyorgarlik koʼrsatkichlariga bogʼliqdir.
Jismoniy tayyorgarlik va uning salohiyatini ifoda etuvchi kuch, tezkorlik, chaqqonlik, chidamkorlik va egiluvchanlik kabi sifatlar ilmiy obyekt sifatida azaldan koʼpdan-koʼp tadqiqotchi olimlar diqqatini jalb qilib kelgan. Ularning tadqiqotlarida jismoniy sifatlarning mohiyati, mazmuni, ularni jismoniy tarbiya va sport hamda boshqa jarayonlardagi ahamiyati va rivojlantirish muammolari atroflicha yoritilgan.
Quyida qator tushunchalar va atamalar mohiyati ochib berilgan. Texnika – yunoncha «tehnus» soʼzidan kelib chiqqan boʼlib, oʼzbek tilida «sanʼat» maʼnosini anglatadi. Sport amaliyotida va xususan, voleybolda «texnika» harakat malakalari, oʼyin usullarining tuzilish shakli, mazmuni va ijro etish tartibini ifodalaydi. Muayyan harakat (oʼyin usuli – zarba, toʼp uzatish, toʼp kiritish va h.k.) texnikasi maxsus mashqlar yordamida qanchalik koʼp va uzoq vaqt takomillashtirilsa, u shunchalik goʼzal, chiroyli, yengil, bioenergetik jihatdan tejamli, samarali, aniq va «sanʼat» darajasida ijro etiladi.
Taktika – yunoncha «taktikus» soʼzidan olingan boʼlib, oʼzbek tilida «tartiblashtirish» maʼnosini anglatadi.
Strategiya – yunoncha «strategia» soʼzidan olingan boʼlib, harbiy sohada, siyosiy partiyalarda eng samarali yoʼl, usul yoki vositani tanlab, gʼalaba sari olib borish maʼnosini ifodalaydi.
Oʼyin malakalari – oʼyin vositalari (toʼp uzatish, toʼp qabul qilish, zarba, toʼsiq, toʼp kiritish)ni ifodalovchi harakat turlarini anglatadi.
Oʼyin usullari – oʼyin malakalarini turlicha usullar (yuqoridan va pastdan ikki qoʼllab hamda bir qoʼllab toʼp uzatish, toʼgʼri yoʼnalishda zarba berish yoki burib zarba berish, toʼp kiritish turlari va h.k.)da ijro etishni ifodalaydi.
Taktik harakat – samarali natija yoki gʼalabaga qaratilgan hamda yakka, guruh va jamoa ishtirokida ijro etiladigan malakalarni anglatadi.
Texnik tayyorgarlik – texnik mahoratni shakllantirishga qaratilgan pedagogik jarayon.
Ushbu jarayonning natijasi texnik mahoratni oʼsganlik darajasini koʼrsatadi.
Taktik tayyorgarlik – taktik mahoratni shakllantirishga qaratilgan pedagogik jarayon.
Ushbu jarayonning natijasi taktik mahoratni oʼsganlik darajasini koʼrsatadi.
Mashgʼulot yuklamasi – muayyan hajm, shiddat, muddat, takrorlanish, yoʼnalishda ijro etiladigan va sportchi organizmiga (ish qobiliyatiga) taʼsir etuvchi mashqlar yigʼindisini ifodalaydi.
Musobaqa yuklamasi – musobaqa davomida bajariladigan va ish qobiliyatiga taʼsir etadigan oʼyin yuklamasini anglatadi.
Qator soʼrovnomalarda birinchi oʼringa operativ fikrlash, maqsadga intilish, vaziyatni oldindan koʼra bilish, mustahkam diqqatni qoʼyadilar.
Qoʼyilgan vazifalarni hal etishda, voleybolchilarning oʼyin faoliyatining oʼziga hosligini aks ettiruvchi maʼlumotlarni olish zaruriyati nazarda tutildi.
Sportchilarni musobaqa faoliyati tahlili quyidagi tavsiflar asosida amalga oshirildi:
Toʼpni aniq qabul qilishlar soni;
aniq va noaniq toʼp uzatishlar soni;
toʼpga zarba berishlar soni;
toʼpga aniq toʼsiq qoʼyishlar soni;
almashish harakatlari soni;
toʼpni oʼyinga kiritishlar soni.
Sportchilar harakatlarini baholash besh ballik tizim boʼyicha amalga oshiildi.
Ushbu ishda tadqiqotning asosiy uslubiyati, oʼn oy mobaynida oʼtkazilgan pedagogik tajribalar boʼldi.
Pedagogik tajribaning asosiy vazifasi, ishchi farazda keltirilgan asosiy holatlarni tekshirish hisoblandi. Bu tekshiruv, ikki guruh – tajriba va nazorat guruhlari oʼquvchilarining aniq va oldindan kutilgan harakat faoliyati xususiyatlarini taqqaslash yoʼli bilan amalga oshirildi. Bunda biz, shugʼullanuvchi bolalarning harakat sifatlarini faqat kompleks va uzoq oʼrganish sharoitidagina toʼlaqonli pedagogik tahlillar imkoni borligidan kelib chiqdik.
Bunday yondoshuv, oʼtkazilishi dastlabki tadqiqotlar davrida amalga oshirilgan sinalgan va amaliyotda tekshirilgan instrumental tadqiqotlarni nazarda tutadi. Tajribalar oldiga quyidagi vazifalar qoʼyildi:
saralashning anʼanaviy uslubiyatlariga nisbatan jamoaga bolalarni birlamchi saralashda kompleks uslubiyatlar samaradorligini aniqlash;
Tashkil etilgan voleybol mashgʼulotlari jarayonida kichik va oʼrta maktab yoshidagi bolalarni isteʼdod darajasini bashorat qilish yoʼli bilan baholash imkoniyatlarini belgilash;


Download 40,02 Kb.

Do'stlaringiz bilan baham:
1   2   3   4   5   6




Ma'lumotlar bazasi mualliflik huquqi bilan himoyalangan ©hozir.org 2024
ma'muriyatiga murojaat qiling

kiriting | ro'yxatdan o'tish
    Bosh sahifa
юртда тантана
Боғда битган
Бугун юртда
Эшитганлар жилманглар
Эшитмадим деманглар
битган бодомлар
Yangiariq tumani
qitish marakazi
Raqamli texnologiyalar
ilishida muhokamadan
tasdiqqa tavsiya
tavsiya etilgan
iqtisodiyot kafedrasi
steiermarkischen landesregierung
asarlaringizni yuboring
o'zingizning asarlaringizni
Iltimos faqat
faqat o'zingizning
steierm rkischen
landesregierung fachabteilung
rkischen landesregierung
hamshira loyihasi
loyihasi mavsum
faolyatining oqibatlari
asosiy adabiyotlar
fakulteti ahborot
ahborot havfsizligi
havfsizligi kafedrasi
fanidan bo’yicha
fakulteti iqtisodiyot
boshqaruv fakulteti
chiqarishda boshqaruv
ishlab chiqarishda
iqtisodiyot fakultet
multiservis tarmoqlari
fanidan asosiy
Uzbek fanidan
mavzulari potok
asosidagi multiservis
'aliyyil a'ziym
billahil 'aliyyil
illaa billahil
quvvata illaa
falah' deganida
Kompyuter savodxonligi
bo’yicha mustaqil
'alal falah'
Hayya 'alal
'alas soloh
Hayya 'alas
mavsum boyicha


yuklab olish