II.BOB.O’YIN ELEMENTLARINI OʼRGATISHDA KUNIKMA VA MALAKALARNI SHAKLLANTIRISH METODIKASI
2.1. Umumiy va maxsus mashqlar orqali oʼrgatish
Yosh voleybolchilarni maxsus harakat isteʼdodini bashoratlovchi tavsiflarni aniqlash.
Аsosiy pedagogik tajribalar ikki yil davomida oʼtkazildi. Mashgʼulotlarga asosan tibbiy koʼrikdan oʼtgan, ahloqli va odobli, yaxshi oʼzlashtirishga ega oʼsmirlar kiritildi. Maktab vrachi shugʼullanishni hohlovchilarning salomatlik holatini aniqladi.
Ishning maqsad koʼrsatmalaridan kelib chiqib, shugʼullanuvchilar yoshi chegaralandi – 14 yoshdan katta boʼlmaganlar. Umuman 64 kishi tajribalarga jalb qilindi.
Matimatik statistika uslubiyati. Ushbu ishda matematik statistika uslubiyatlari tadqiqot toʼplamlarining son tavsifi ishonchliligini toʼgʼri asoslash uchun qoʼllanildi: yosh voleybolchilarni jismoniy tayyorgarlik darajasi, funktsional holati va morfologik alomatlari orasidagi ishonchli farqlanishni aniqlash. Matematika-statistik qayta ishlash asosida maʼlumotlarning miqdoriy tavsifi ishonchliligi, qonuniyat va gʼoyalar, tadqiq etilayotgan omillar orasidagi uzviy bogʼliqlik aniqlandi. Olingan koʼrsatkichlar tavsifidan kelib chiqqan holda tahlil qilindi.
Ishda quyidagi statistik parametrlar qoʼllanildi:
Texnik-taktik mahoratni baholash
Shugʼullanuvchilarning texnik-taktik tayyorgarligi oʼyinning asosiy harakatlarini oʼzlashtirganlik darajasi bilan belgilanadi.
Yuqoridan va pastdan toʼpni ikki qoʼllab qabul qilish, uzatish texnikasini baholashda konsentrik nishonlardan foydalaniladi. Yuqoridan ikki qoʼllab toʼp uzatishda devorgacha boʼlgan masofa 2,5 m, pastdan toʼpni qabul qilishda – 3 m. 10 marta toʼp uzatishda toʼplangan ochkolar va toʼpni yoʼqotish hisoblab boriladi.
Toʼpni oʼyinga kiritish texnik-taktik malakalar aniqlik va toʼpning uchish tezligi bilan tavsiflanadi. Toʼpni odatda 1, 6, 5-zonalarga tushirish talab etiladi va har bir zonaga aniq ravishda toʼp tushirish uchun 6 urinish beriladi. Hujum zarbasini berish koʼnikma va malakasini baholashda 3-zonadan uzatilgan toʼpga 4 va 2-zonalardan zarba berish qoʼllaniladi. Oʼrgatishning dastlabki bosqichida maydon boʼylab berilgan zarba texnikasi baholanadi. Zarur sharoitlarda hujum zarbasini belgilangan zonalar boʼyicha berish qoʼllanilishi mumkin, bunda hujum zarbasi uchun uzatilayotgan toʼplar barqaror boʼlishi zarur. Yuqorida keltirilgan nazorat mashqlaridan tashqari oʼyin sharoitida uchraydigan quyidagi mashqlardan foydalansa boʼladi. Masalan, bogʼlovchi oʼyinchining aniq toʼp uzata bilish darajasi quyidagi mashq yordamida aniqlanadi. Oʼyinchi quyidagi tartibda toʼp uzatishni bajaradi: bosh ustiga toʼp uzatish, nishon tomon toʼp uzatish (aniqlik hisobga olinadi), burilish, 1–1,5 m balandlikda bosh ustida toʼp uzatish, 180° burilish, bosh orqasidan nishon tomon toʼp uzatish va hokazo. 10 ta toʼp uzatishdagi ochkolar va toʼpni yoʼqotish hisobga olinadi.
Hujum zarbasini berishda yetarli tayyorgarlik mavjud boʼlganda, oʼyinchining oʼzi toʼp tashlab, koʼrsatilgan zonalar boʼyicha zarba berish harakati baholanadi.
Bu mashqning ijobiy jihati shundaki, zarba berish natijasi toʼpni uzatuvchi oʼyinchining toʼp uzatishiga bogʼliq boʼlmaydi. Odatda, hujum zarbasi bir-ikki qadam qilib bajariladi. Toʼrga tegish, oʼrta chiziqdan oʼtib ketish xato urinish hisoblanadi. Toʼsiq qoʼyishni obektiv ravishda baholash hozirgi kungacha aniqlanmagan. Ushbu texnik usulni baholashda «Toʼr ustidagi toʼp» qurilmasidan foydalaniladi. Bunda turli balandlik va masofada oʼrnatilgan toʼpga toʼsiq qoʼyishda qoʼl kaftini toʼr ustidan oʼtkazib bajarilgan harakat baholanadi. Bundan tashqari, bir xil koʼrsatkichga ega boʼlgan (yoki unga yaqin) oʼyinchilarning hujum zarbasini berishi va unga toʼsiq qoʼyishda koʼrsatilgan natija hisobga olinishi bilan baholanadi.
Do'stlaringiz bilan baham: |