I bob. Voleybol misolida 11-12 yoshdagi oʼquvchilarga o’yin elementlarini oʼrgatish


Valeybol o'ynida to'pni boshqarish texnikasi



Download 40,02 Kb.
bet5/6
Sana05.03.2023
Hajmi40,02 Kb.
#916677
1   2   3   4   5   6
Bog'liq
Bekmuratov Furqat 19-2

2.2 Valeybol o'ynida to'pni boshqarish texnikasi
Toʼpni boshqarish deganda oʼyinchining qay darajadagi toʼpni qabul qilish va uzatishi tushuniladi.
To`pni qabul qilish va uzatish ikki xil usulda amalga oshiriladi
1.Pastdan
2.Yuqoridan
To‘pni pastdan qabul qilish texnikasi. Zamonaviy voleybolda katta tezlikda uzatilgan birinchi to‘p aksariyat hollarda ikki qo‘l yordamida pastdan, juda kam holatlarda bir qo‘l yordamida qabul qilinadi.

Malumki, kuchli zarba bilan himoyachiga qarab amalga oshiriladigan turli tezlik va traektoriyaga ega bo‘lgan to‘plarni qabul qilish usullari texnikasi bir-biridan tubdan farq qiladi. Shuning uchun yuqorida etirof etilgan omillarni hisobga olgan holda pastdan to‘pni qabul qilish texnikasini differentsial nuqtai nazardan ko‘rib chiqish zarur. Pastdan to‘pni qabul qilish texnikasi dastlabki holat hamda izchillik bilan bajariladigan tayyorgarlik, asosiy (ishchi), yakuniy hamda harakatlardan so‘ng amalga oshiriladigan bosqich singari to‘rtta fazani o‘z ichiga oladi. Pastdan to‘pni qabul qilishning o‘ziga xos afzalligi o‘yinchining harakatlarni dastlabki holatda turgan tarzda amalga oshirishi va buning natijasida keyingi o‘yin vaziyatlari jarayonilariga tayyor turishi bilan izohlanadi.


Dastlabki holatda o‘yinchining oyoqlari tizza va to‘piq bo‘g‘imlaridan bir oz bukilgan, gavdasi esa nisbatan old tomonga egilgan bo‘ladi.
Dastlabki holatdan keyin amalga oshiriladigan tayyorgarlik holatida o‘yinchining oyoq bo‘g‘imlari bukilishi ortadi va gavdasi to‘g‘irlana boshlashi bilan qo‘llari past-orqa tomonga tushiriladi. Mana shu holatdan boshlab oyoqlarning faol bukilishi, tananing to‘g‘irlanishi hamda qo‘llarning oldinga va yuqoriga siljish harakati boshlanadi.
Qo‘lning to‘pga qarab amalga oshiriladigan harakati tezligi qancha yuqori bo‘lsa, to‘pning uchish tezligi ham shuncha baland bo‘ladi. Biroq qo‘l bilan to‘pning to‘qnashuviga qadar ularning harakati havodagi harakatlari sezilarli tarzda pasayadi.
Bu qo‘llarning yelka bo‘g‘imidan amalga oshiriladigan harakatlarining sekinlashuvi hamda gavdaning to‘g‘irlanishi, oyoqlar bukilishi holatlarining tormozlanganligi hisobiga sodir bo‘ladi. Mazkur holatdagi tezlikning pasayishi to‘pga yangi traektoriya berish bilan ham izohlanadi.
To‘p o‘yinchining yelkalarini siqqan holda o‘ziga xos tarzda juftlanib to‘g‘irlagan qo‘llariga kelib tegadi. To‘p qabul qilingandan keyin qo‘llar tananing to‘g‘irlanishi, oyoqlarning bukilishi natijasida oldinga va yuqoriga siljiydi, qo‘llarning yelka bo‘g‘imida amalga oshiriladigan harakatlari o‘zgarishsiz qoladi.
To‘pga zarba berish harakatini amalga oshirish jarayonida yelkadagi ikkiboshli va uchboshli mushaklar faoliyati dinamik tarzda ortadi, zarba berilib bo‘lingach etirof etilayotgan mushaklar faolligi sekin pasayishi kuzatiladi. O‘rtacha tezlikda uchayotgan to‘pga zarba berish paytida boshqa mushaklarning elektr faolligi erkin holatdaligi kuzatiladi. Mazkur texnika usulida to‘pni qabul qilishda o‘yinchining yerdan uzilish paytida tanasiga aylanma harakat berganligi ham barcha holatning nafis kechishini taminlashga xizmat qiladi.
To‘pni qabul qilishning yakuniy bosqichida (to‘pga yo‘nalish berish bilan bog‘liq) oyoq va tananing barcha bo‘g‘nilardan amalga oshiriladigan to‘g‘irlanishi natijasida ularning faolligi sezilarli tarzda ortadi.
Shunday qilib, katta tezlikda harakatlanayotgan to‘pni qabul qilish texnikasi gavda va oyoqlarning faol egilgan holatida to‘g‘irlangan qo‘llarning ohista harakati orqali amalga oshiriladi.
Qo‘llarning bunday ohista harakati to`p bilan bo‘lgan dastlabki lahzalarda uning tormozlanishini taminlaydi.
Dastlabki holatda o‘yinchining oyoqlari bo‘g‘imlardan bukilgan, qo‘llari to‘g‘irlangan va to‘pni qabul qilishga tayyor holga keltirilgan, tana bir oz oldinga tashlangan, nigohlar to‘pga qaratilgan bo‘ladi.
To‘pning o‘ziga nisbatan beldan past traektoriyada uchib belidan past qismiga yetib kelishining hisobini olgan sportchi tayyorgarlik bosqichida barcha bo‘g‘imlarini ishga tushirish orqali tana og‘irlik markazini pastga tushiradi. Bunda dastlab qo‘llarning past-orqa tomonga, so‘ngra past-old tomonga olib o‘tilishi sodir bo‘ladi. Qo‘llarning harakat tezligi asta-sekin pasaya borishi natijasida bu ko‘rsatkich tezligi to‘pga tegish paytida nolga teng bo‘ladi.
O‘yinchining to‘pni qabul qilish va unga tegishli yo‘nalishni berish uchun qulay vaziyatga ko‘chish tezligi koptokning harakat tezligidan bir qadar yuqori bo‘ladi. Bunda butun gavda, qo‘l va barmoqlar haraktlari hamda oyoqlar amortizatsiyasi to‘g‘ri hisobga olinishi shart.
To‘p qabul qilingandan keyin qo‘llarning havodagi siljish tezligi ortadi, harakt yo‘nalishi yuqoriga qaratiladi. Bu holatdagi qo‘llar harakatining tezlashuvi bo‘g‘imlar harakati faolligi hisobiga amalga oshmasdan, balki oyoqlarning yerdan siltanib ajralishi va gavdaning to‘g‘irlanishi, tana vaznining orqa-yuqori tomonga yo‘naltirilishi hisobiga ro‘y beradi.
Mazkur usulni qo‘llash paytida voleybolchi turish holatidan chaqqonlik bilan to‘p yo‘nalishiga o‘zini to‘g‘ri yo‘naltirishga moslab oladi (20-rasm). To‘pga intilma harakat oyoqlarning tizza bo‘g‘imlaridan bukilish holatida bajariladi. O‘yinchi dastlab to‘p yo‘nalishiga qarab bir-ikki qadam tashlaydi va so‘ngra katta qadam bilan birgalikda sakrash harakatini amalga oshiradi, bir vaqtning o‘zida tana vazni tayanch oyoq orqali oldinga – pastga yo‘naltiriladi (20-rasm, a, b, v holatlar). Orqadagi oyoqlar to‘g‘ri holda tag qismi to‘laligicha maydonga bosilgan bo‘ladi. Voleybolchining qo‘llari to‘g‘irlangan (bo‘g‘imlar bir-biriga to‘g‘irlangan) va yaqinlashib kelayotgan to‘p sari old-past tomonga cho‘zilgan.
Voleybolchi asosiy bosqichda oyoqlarini bukishda davom etgan tarzda yiqilish asosida tanasini muallaq holatga keltiradi va oyoqlarini yerdan uzgan holatda yerga tushayotgan to‘pni havoga ko‘taradi . Bundan keyin yakuniy bosqichda qo‘l, yelkalari yordamida yonboshiga umbaloq oshgan holatda o‘zini o‘nglab oladi . Umabaloq oshish to‘p yuqoriga ko‘tarilgandan keyin sportchi tana og‘irlik markazi inertsiyasi harakati evaziga tez amalga oshiriladi.
Yuqoridatakidlaganimizdek, sportchiningto‘pniqaytarishpaytidaqo‘llarigatayanibyiqilganholatdabajarishitezdauningdastlabkiholatgaqaytishivao‘yinjarayonigafaolqo‘shilibketishigaimkonyaratiladi.
O‘zini to‘pga otgan holda yiqilib bir qo‘l yordamida to‘pni qabul qilish xuddi yuqorida takidlagan usulda amalga oshiriladi, bu holatdagi asosiy farq to‘pning bir qo‘l bilan qabul qilinishida ko‘rinadi ( 21-rasm).
Bir qo‘l yordamida to‘pni qabul qilish yiqilish maydoni ko‘lamini kattalashtiradi, sportchining o‘zini shikastlardan himoyalash imkonini ham oshiradi.
Sportchining qorni yoki ko‘kragiga tayanib yiqilib-umbaloq oshgan holatda ikki yoki bir qo‘llab to‘pni qabul qilish usuli texnikasi (22-rasm).
Himoyada samarali o‘ynashda har ikkala yoki bir qo‘l yordamida to‘pni pastdan yiqilgan holatda qabul qilish muhim ahamiyat kasb etadi. Bunday qabul qilish usullari aksariyat hollarda to‘p o‘z yo‘nalishini keskin kutilmagan tomonga o‘zgartirishi, o‘yinchidan ancha uzoq masofaga borib tushishi singari nostandart vaziyatlarda qo‘l keladi.
Bundan tashqari, mazkur usul o‘yin faolligini oshirish, voleybolchining harakat diapazonining kengayishiga ham sabab bo‘ladi.
Erkak voleybolchilar o‘rtasida nisbatan keng tarqalgan va ko‘p qo‘llaniladigan qo‘lga tayangan holda qorin yoki ko‘krakka yiqilib umbaloq oshish asosida pastdan to‘pni qabul qilish usuli hisoblanadi. Ayollar organizmining o‘ziga xos nozik jihatlari inobatga olingan holda mazkur usuldan foydalanish ularga tavsiya etilmaydi.
Etirof etilayotgan yaxlit usulni bir necha izchil alohida bosqichlarga bo‘lish mumkin: maydonda harakatlanish asosida so‘nggi hal qiluvchi qadamni qo‘yish va yiqilishni boshlash, tayanchdan siltanib chiqish, to‘pni qabul qilish bilan bog‘liq harakatni amalga oshirish orqali qo‘llarga tayangan holda qorin yoki ko‘krakka yotgan holda umbaloq oshib dastlabki holatga qaytish.
So‘nggi qadamni bosish harakatini amalga oshirishda o‘yinchi sekinlik bilan o‘ng oyog‘ini to‘g‘irlagan tarzda butun gavda vaznini nisbatan oldinda bo‘lgan tizzalarda bukilgan chap oyog‘iga o‘tkazadi.
Mazkur holatda tananing oldinga egilishi nisbatan ortadi. O‘yinchining qo‘llari siltash asosida bo‘lg‘usi zarbani amalga oshirishga tayyorgarlik ko‘rish uchun past-orqa tomonga olib o‘tiladi. poldan uzilish uchun amalga oshirilgan siltanma harakat bosqichida chap oyoq tizza bo‘g‘imlari to‘g‘irlangan, faqat oyoq uchlari polga tekkan holda yakuniy itarish harakatini bajaradi.
Bu harakatlar natijasida o‘yinchining markazdan qochuvchi tana vazni oldinga va yuqoriga siljiydi, tana vertikal tarzda tayanch vazifasini bajarishga kirishadi, qo‘llar oldinga olib chiqiladi va to‘pni qabul qilishga tayyorlanadi. O‘ng oyoq soni tizza qismidan bukilgan tarzda maydon yuzasiga nisbatan gorizontal holatda joylashadi.
Chap oyoq tayanchsiz holatda yuqori-orqa tomonga siljib o‘ng oyoqqa yaqinlashadi. O‘yinchining tanasi muallaq holatda old-yuqori tarafga siljiydi, uning egilish burchagi gorizontal bo‘ylab ortadi.
O‘ng qo‘l bo‘g‘imi to‘pning quyi yuza qismiga zarbani amalga oshiradi va uni bir muddat harakat davomiyligi asosida kuzatadi. O‘ng qo‘lning maydon yuzasi uzra tayanch holati uchun harakatlangan chap qo‘l tomonga qarama-qarshi tarafga siljishi amalga oshiriladi.
To‘p qabul qilingandan keyin o‘yinchining tanasi tayanchsiz holatdaligicha qoladi, voleybolchining markazdan qochuvchi vazni maydon yuzasi bo‘ylab old-past tomonga siljiy boshlaydi, o‘ng qo‘l chap qo‘lga tayanch bo‘lishga tayyorlanish maqsadida yaqinlashishda davom etadi.
Qo‘llarning maydonga tayanch holatiga kirishlari bilan yerga tushish amalga oshirila boshlaydi. Tushish bosqichi jarayonida tananing maydon yuzasi bilan o‘zaro sirpanishi kuzatiladi. Turli jarohatlarning oldini olish maqsadida polga tushish paytida o‘yinchi boshini bo‘yin-jag‘ qismidan ko‘targan holda biroz orqaga oladi.
To‘pni ikki qo‘llab pastdan uzatish bo‘yicha olinadigan mashqlar
Turgan joyda; oldinga va yonga tashlanib; qadamlab; yugurib; sakrab harakatlanishlardan so‘ng to‘pni qabul qilishni imitatsiya qilish.
Ilib qo‘yilgan to‘pni qabul qilish. To‘p bel barobarida ilib qo‘yiladi. Dastlab turgan joydan, so‘ngra oldinga, yonga tashlanib to‘pni qabul qilish.
Sherigi tashlab bergan to‘pni qabul qilish. To‘p turli balandlik va yo‘nalishlarda tashlab beriladi.
Xuddi shunday mashqni bajarish, ammo to‘r ustidan. Masofa 3–4 m.
O‘yinga kiritilgan to‘plarni qabul qilish.
Turli traektoriyalar va yo‘nalishlar bo‘yicha to‘p uzatishlar.
To‘r ustidan to‘p uzatishlar. Masofa va traektoriyalari turlicha.
To‘rning turli qismlaridan qaytgan to‘pni qabul qilish.
Turli usulda (dastlab pastdan-to‘g‘ridan) o‘yinga kiritilgan to‘plarni qabul qilish.
Oʼyin sharoitida shugʼullanuvchilar faoliyatini baholash.
Oʼyin sharoitida bajariladigan texnik harakatlarning samarasi musobaqa sharoitida butunlay boshqacha boʼladi. Shuning uchun musobaqa sharoitida bajariladigan harakatlarni nazorat qilish va baholashda turli usullardan foydalaniladi. Ekspert bahosi, video yozuvlar va boshqalar shular jumlasidandir.
Bundan tashqari, eng maqbul usullardan biri oʼyinchilar faoliyatini maxsus shartli – kodlashtirilgan yozuvlar bilan hisobga olib borish sanaladi.
Bunda oʼyinchi tomonidan amalga oshirilgan asosiy oʼyin harakatlarining korsatkichi avvaldan tayyorlab qoʼyilgan dastur yordamida yozib boriladi.
Oʼyin taktikasiga oʼrgatish.
Oʼyin malakalari texnikasiga oʼrgatishda shu malakalarni (toʼp qabul qilish va uzatish, toʼp kiritish, zarba berish, toʼsiq qoʼyish) muayyan taktik maqsadda amalga oshirilishiga urgʼu berilishi lozim.
Oʼyin taktikasiga oʼrgatish jarayoni ham oʼyin texnikasini oʼzlashtirishda qoʼllaniladigan uslublar, vositalar (texnik va taktik mashqlar ustunligida), bosqichlar va pedagogik prinsiplar asosida amalga oshiriladi.
Hujumda qoʼllaniladigan yakka taktik harakatlarga oʼrgatish
Toʼp uzatish. Tayyorlov mashqlari:
1. Koʼrsatmaga (signalga) binoan: harakatlanish vaqtida turli usullarda tezlanishlar: tezlanishlar davomida turli usulda (sakrab, hatlab, sirpanib va hokazo) toʼxtash; harakatlanish turini oʼzgartirish; harakatlanish va tezlanish yoʼnalishini oʼzgartirish; harakatlanish tezligini oʼzgartirish.
2. Shu mashqlar (harakatlanish va tezlanishlar)ni turli usullarda toʼldirma toʼpni ilib olish va otish (uzatish) bilan bajarish; koʼrsatma (signal) boʼyicha toʼp uzatish yoʼnalishini tanlash.
3. Toʼldirma toʼpni oʼz ustiga tashlab, oʼz sheriklari harakatlarini kuzatish; sheriklarini hatti-harakatiga qarab, toʼpni oʼz ustiga yoki sherigiga tashlash balandligini, yoʼnalishini va tezligini oʼzgartirish; boʼsh joyga yoki kutilmaganda sherigiga toʼpni tashlash.
Yordamchi mashqlar. Shugʼullanuvchilar tayyorlov mashqlarini mukammal oʼzlashtirganlaridan soʼng yuqorida qayd etilgan mashqlarga maxsus koʼrsatma (signal) yoki turli vaziyatlarga nisbatan harakatlanish turini tanlash elementlari kiritiladi. Bunday mashqlar qoʼllashda «oddiydan murakkabga» prinsipida ijro etilishi lozim.
Mashgʼulot bilan shugʼullanishda oʼquvchilar jismoniy rivojlanishi, jismoniy tayyorgarligi bolalarni tanlashda boshqa koʼrsatkichlar bilan birgalikda faqatgina jismoniy rivojlanganlik, jismoniy va texnik tayyorgarlik koʼrsatkichlari yordamida aniqlash mumkin boʼlmagan oʼyin faoliyatiga qobiliyatlarini rivojlantirish va namoyon etishga sabab boʼluvchi shaxsiy sifat va xususiyatlarini aniqlash alohida ahamiyatga ega.
Sportning baʼzi turlarida, shu jumladan voleybolda birinchi navbatda oʼyinchilar boʼyining uzunligi va sakrovchanligini hisobga olinishiga bogʼliq. Zamonaviy voleybolchilar shugʼullanuvchilar organizmiga qoʼyiladigan talablarni bilishi, yuksak malakali oʼyinchilarni samarali tayyorlash muhim shartlaridan biridir.
Boshlangʼich va umumiy tayanch tayyorgarligida har tomonlama tayyorlash, yosh voleybolchilarning jismoniy sifatlarini rivojlantirib, ularning sport natijalarini oʼsishiga ijobiy va ijodiy taʼsir koʼrsatishi uchun mazmunan turli xildagi harakatli oʼyinlar, yugurishlar, sakrashlar, uloqtirish va boshqalardan foydalangan .


XULOSA
Moslashtirilgan harakatli oʼyinlar orqali mashgʼulotlarda harakat iqtidori, asosiy sport uchun ahamiyatli sifatlarni, birinchi navbatda umumiy va maxsus epchillik va tezkorlikni (uning namoyon boʼlishi turlarida) kompleks baholash uslubiyatini qoʼllash tartibi belgilandi.
5-9 sinf oʼquvchilariga toʼpni boshqarishni oʼrgatishda uslubiyatlar muntazam voleybol mashgʼulotlari davrida birlamchi tekshiruvlardan soʼng tanlob olinganlar bilan individual oʼzlashtirish tempini dinamik kuzatuvini oʼtkazish maqsafga muvofiq. Yosh voleybolchilarda sport uchun ahamiyatli sifatlarni rivojlanish dinamikasini hisobga olish, oʼquv-mashgʼulot jarayoni tuzilishiga individual yondashish hamda har bir sportchining alohida sifatlarini rivojlanish darajasidan kelib chiqib, unga tuzatishlar kiritish imkoniyatini beradi. Shu maqsadda toʼliq dastur asosida muntazam takroriy tekshiruvlar oʼtkaziladi. Bunda nazoratdagi koʼrsatkichlardan har biri boʼyicha oʼsish kattaligi aniqlanadi va maxsus tayyorgarlikni individual egri oʼsish tempi tuziladi. Bu koʼrsatkichlar kelajakda iqtidorning uchta eng muhim mezonlariga aylanadi: dastlabki daraja, yakuniy daraja, oʼsish tempi. Аlbatta dastlabki darajaga nisbatan oʼsish tempi yuqori boʼlgan bolalarga eʼtiborni qaratish lozim boʼldi.
-Voleybol sport mashgʼulotlarida bolalarning sakrovchanligini aniqlashda moslashtirilgan harakatli oʼyinlar va maxsus mashqlar tizimi shugʼullanuvchilarning isteʼdodni baholash mezonlarini aniqlashda asos boʼlib xizmat qiladi.
-Maktab oʼquvchilarning alohida voleybol sport turi boʼyicha mashgʼulotlarga qobiliyatli bolalar uchun ishlab chiqilgan meʼyoriy talablar, sport tayyorgarligining har bir bosqichida pedagogik nazoratni toʼgʼri amalga oshirish jarayonida oʼz samarasini beradi.
-Maktab oʼquvchilar ichidan voleybol sport turi boʼyicha shugʼullanuvchilar sakrovchanligini oshirishda mashgʼulotning turli bosqichlarida yosh xususiyatlariga mos harakatli oʼyinlar va yordamchi hamda maxsus mashqlardan foydalanish jarayonini amalga oshirishga imkon yaratadi;
-Voleybol sport turida saralash mezonlari va uni tashkil etish monitoringini tizimlashtirishda dastlabki va takroriy tajribalar va tekshiruvlarni nazarda tutadi
Yosh maktab voleybolchilar sakrovchanligini oshirishda sport turi boʼyicha saralashning turli bosqichlarida yosh xususiyatlariga mos harakatli oʼyinlardan foydalanish tizimi ishlab chiqiladi.
Har bir ilmiy-tadqiqot ishidan avval oʼrganiladigan muammo yuzasidan ilmiy «ehtimol» (gipoteza) belgilanadi. Ushbu muammoni oʼrganish natijasida shu «ehtimol» isbot asosida tasdiqlanadi yoki tasdiqlanmaganligi eʼtirof etiladi.
Kurs ishi oʼz maqsadi va vazifalariga mos keluvchi muayyan reja asosida amalga oshiriladi.
Shunday qilib, qator holatlarda maktab oʼquvchilari ichidan yosh voleybolchilarga toʼpni boshqarishni oʼrgatish usullarini takomillashtirish jarayonida yosh voleybolchilarning jismoniy va texnik tayyorgarliklari darajasi dinamikasi pedagogik tadqiqod oʼtkazish butun davr davomida ularning natijalari, asta sekin yaxshilanib borganini koʼrsatadi. Аynan yosh voleybolchilarning jismoniy tayyorgarliklari darajasining ijobiy va ijodiy oʼzgarishi baʼzi texnik uslublarni bajarish samaradorligiga taʼsir koʼrsatishi yaqqol koʼrinadi.


Download 40,02 Kb.

Do'stlaringiz bilan baham:
1   2   3   4   5   6




Ma'lumotlar bazasi mualliflik huquqi bilan himoyalangan ©hozir.org 2024
ma'muriyatiga murojaat qiling

kiriting | ro'yxatdan o'tish
    Bosh sahifa
юртда тантана
Боғда битган
Бугун юртда
Эшитганлар жилманглар
Эшитмадим деманглар
битган бодомлар
Yangiariq tumani
qitish marakazi
Raqamli texnologiyalar
ilishida muhokamadan
tasdiqqa tavsiya
tavsiya etilgan
iqtisodiyot kafedrasi
steiermarkischen landesregierung
asarlaringizni yuboring
o'zingizning asarlaringizni
Iltimos faqat
faqat o'zingizning
steierm rkischen
landesregierung fachabteilung
rkischen landesregierung
hamshira loyihasi
loyihasi mavsum
faolyatining oqibatlari
asosiy adabiyotlar
fakulteti ahborot
ahborot havfsizligi
havfsizligi kafedrasi
fanidan bo’yicha
fakulteti iqtisodiyot
boshqaruv fakulteti
chiqarishda boshqaruv
ishlab chiqarishda
iqtisodiyot fakultet
multiservis tarmoqlari
fanidan asosiy
Uzbek fanidan
mavzulari potok
asosidagi multiservis
'aliyyil a'ziym
billahil 'aliyyil
illaa billahil
quvvata illaa
falah' deganida
Kompyuter savodxonligi
bo’yicha mustaqil
'alal falah'
Hayya 'alal
'alas soloh
Hayya 'alas
mavsum boyicha


yuklab olish