I.BOB. VOLEYBOL MISOLIDA 11-12 YOSHDAGI OʼQUVCHILARGA O’YIN ELEMENTLARINI OʼRGATISH
1.1Oʼrgatish bosqichlari
Boshlangʼich tayyorlash davrida, oʼquv‐mashq ishlarini olib borish xususiyatlari vosita va metodlarini tanlashda universallik tamoyilidan foydalanish, har bir shugʼullanuvchining xususiyatlarini chuqur oʼrganish hisoblanadi . Darslar dasturlari asosiy yoʼnalishi oʼqitish, uni amalga oshirish jarayoni yosh voleybolchilarni texnik uslublar keng turlariga muvafaqqiyatli oʼqitish uchun shart‐sharoitlar yaratish va koʼp yillik mashqlar jarayoni keyingi davrlarida maxsus jismoniy tayyorgarligi yuksak darajasiga erishish uchun kerakli asoslar yaratish bilan bogʼliq boʼladi.
Yosh voleybolchilar jamoasini shakllantirishning dastlabki bosqichida oʼyinli harakatlar, mehnat va ayni paytda oʼquvchilarning mashgʼulotga moyilligi yuqori boʼladi hamda shugʼullanuvchilarning sakrovchanlik darajasi va boʼy koʼrsatkichlarini rivojlantirishda harakatli oʼyinlardan foydalanish orqali amalga oshirish ijobiy va ijodiy oʼzgarishlarga olib keladi. Ularning har birini mukammallik, harakat uygʼunligi, sportning u yoki bu turining negizi deb hisoblaymiz. Biroq jismoniy tarbiya va sport musobaqalarda koʼrsatkichlarni, sport mahoratining natijasini toʼlaligicha namayon qila olishi uchun oʼquvchilarni jismoniy tarbiya darslarida va mashgʼulotlar jarayonida psixologik va pedagogik tarbiyalashda jismoniy tarbiyaning metod va vositalaridan toʼgʼri foydalanish asosida tashkil etish maqsadga muvofiqdir. Shuningdek, jismoniy tarbiya mashgʼulotlari jarayonida 5-9 sinf oʼquvchilarni voleybol sport turiga tanlab olishda quyidagi mezonlarga eʼtibor berish muhim masalalar sirasiga kiradi.
-jismoniy tarbiya mashgʼuloti jarayonida uquvchilarni saralab olish metodlarini toʼgʼri shakllantirishda maktablarda jismoniy tarbiya darslari va darsdan tashqari mashgʼulotlar oʼquvchilarni sport turlariga saralab olishning asosiy negizi hisoblanadi. Chunki har bir oʼquvchi oʼz qobiliyatlarini ushbu jarayonlarda namoyon etadi. Zamonaviy yosh voleybolchilarni tanlab olishda tezkor, harakatchan, texnik sezgiga va birgalikda harakatlar bajarishda yuksak rivojlangan qobiliyatga ega boʼlgan shuningdek, mashgʼulot jarayonida dastlabki harakatni toʼgʼri boholash muhim ahamiyatga ega. Sport turini tanlashda nasliy va muhit omillarini hisobga olish hamda harakatlanish, harakatlarga oʼrgatishning qonuniyatlarini hisobga olish zarur;
- 5-9 sinf maktab oʼquvchilarining voleybol sport mashgʼulotlarida bazaviy saralab olinishiga doir nazariy va amaliy ishlar jarayoni mexanizmi nuqtai nazardan qaraydigan boʼlsak, yosh voleybolchilarni keyingi bosqichma-bosqich tanlash va tayyorlash boʼlajak jarayonga tayyorgarlik kabi muhim maʼsuliyatli vazifa hisobga olinishini koʼrsatadi. Koʼp yillik bosqichma-bosqich reja asosida tayyorlash davomida yosh sportchilar individual layoqatlarini rivojlantirish, hayotiy muhim qobiliyatlarini koʼp yillik tayyorgarlikning keyingi davrlarini tanlashda muhim omil hisoblangan organizmning rezerv imkoniyatlarini maksimal namoyon etish uchun sharoit yaratish lozim;
- 5-9 sinf maktab oʼquvchilarini alohida voleybol sport turi boʼyicha mashgʼulotlarga qobiliyatli bolalarni saralab olish va tayyorlashning oʼzaro bogʼliqligi shugʼullanuvchilarni bosqichma-bosqich tanlashni va ularning jismoniy sifatlarini rivojlantirish, tanlangan sport turida texnik va taktik mahoratini egallash va takomillashtirishni koʼzda tutadi. Vazifalar boʼyicha yosh voleybolchilarni tayyorlash boshlangʼich davri mazmuni muhim ahamiyatga ega. Dastlabki tayyorlov davrida tayyorlash jarayoni bolalarning jismoniy rivojlanishlariga, tayanch harakatlanish apparati mustahkamlanishiga, jismoniy sifatlari tarbiyalanishiga (tezligi, kordinatsion qobiliyatlari, chaqqonligi va boshqalar), shu jumladan, voleybol oʼyinida texnika asoslarini egallashda zarur boʼlgan maxsus jismoniy sifatlarni va qobiliyatlarini tarbiyalashga yordam beruvchi vositalardan foydalanishdan iborat boʼladi;
maktab oʼquvchilar ichidan voleybol sport turi boʼyicha saralashning turli bosqichlarida yosh xususiyatlariga mos harakatli oʼyinlardan foydalanishda voleybolga yaqin boʼlgan yordamchi oʼyinlardan masalan: “Qovun uzatish”, “Lapta”, “Toʼp doirada”, “Toʼpni tutib ol”, “Nishonga tushir”, “Paqqildoq”, “Oʼrtada toʼp” va hakozo harakatli oʼyinlardan foydalanish maqsadga muofiqdir. Yosh voleybolchilarni tanlash va mashq bajarishlari uchun tanlab olingan va foydalanilgan harakatli oʼyinlari faqatgina oʼqitish musobaqalashish metodi asosida qoʼllaniladigan texnik-taktik yoʼnalganlik oʼyin mashqlari bilan birgalikda foydalanilganda yuksak samaraga erishiladi. Bunday oʼyinlarni tanlashda asosan foydalaniladigan meʼyoriy mashqlarning diagnostik va prognostik mohiyati ularning mazmuni bu yosh voleybolchilardagi genetik mavjud boʼlgan qobiliyatlarni aniqlash jarayonida ham qoʼl keladi. Yosh voleybolchilarni tayyorlashda voleybol xususiyatlarini hisobga olib, tanlab olingan harakatli oʼyinlaridan foydalanilganda shugʼullanuvchilarning jismoniy tayyorgarliklari ancha yaxshilanishiga olib keladi;
maktab oʼquvchilari orasidan voleybol sport turida saralash mezonlari va uni tashkil etish monitoringi tajriba-sinov va matematik statistik tahlillashda asosan yosh voleybolchilarning boʼyi balandligi, sakrovchanligi, harakatchanligi, tirishqoqligi, intizomliligi, jismoniy, texnik hamda taktik tayyorgarliklari darajasini, koordinatsion qobiliyati, aqliy, psixologik, intellektual sifatlari, tezkor fikrlashi, ijodkorligi, vaziyatni oldindan koʼra bilish, mustahkam diqqatlilik qobiliyatlarini ifodalovchi koʼrsatkichlarni oʼlchash orqali amalga oshiriladi. Bunday yondashishning toʼgʼrililigini amalda bajarishda har bir yildan soʼng yosh voleybolchilarni tayyorlashda kamchiliklarni toʼgʼrilab borish, tuzatishlar kiritish mashqlar komponentlari hajmini toʼgʼri taqsimlash, oʼrganilayotgan texnik uslublar va taktik harakatlar toʼplamini kengaytirish masalasi hal etilishi lozimdir. Mana shunday mazmunda koʼp yillik kuzatishlar va tajribalar asosida har tomonlama oʼrganish va aniqlash orqali natijali voleybolchilar yuzaga kelish sifatlari yangilanib boradi.
Do'stlaringiz bilan baham: |