9-modda. Jamiyat ishtirokchilarining majburiyatlari Jamiyat ishtirokchilari:
ushbu Qonunda va jamiyatning ta’sis hujjatlarida nazarda tutilgan tartibda, miqdorda, usullarda va muddatlarda hissa qo‘shishlari;
jamiyat faoliyati to‘g‘risidagi sir tutilgan axborotni oshkor qilmasliklari shart.
Oldingi tahrirga qarang. Jamiyat ishtirokchilarining qonunchilikda va jamiyatning ta’sis hujjatlarida nazarda tutilgan boshqa majburiyatlari ham bo‘lishi mumkin.
(9-moddaning ikkinchi qismi O‘zbekiston Respublikasining 2021-yil 21-apreldagi O‘RQ-683-sonli Qonuni tahririda — Qonunchilik ma’lumotlari milliy bazasi, 21.04.2021-y., 03/21/683/0375-son) II BOB. JAMIYATNI TA’SIS ETISh 10-modda. Jamiyatni ta’sis etish tartibi Jamiyatning muassislari ta’sis shartnomasini tuzadilar va jamiyat ustavini tasdiqlaydilar, ushbu Qonun 11-moddasining ikkinchi qismida nazarda tutilgan hollar bundan mustasno. Jamiyat muassislari jamiyatning ijro etuvchi organlarini saylaydilar (tayinlaydilar), shuningdek jamiyatning ustav fondiga (ustav kapitaliga) pulsiz hissalar qo‘shilgan taqdirda, ularning pul bahosini tasdiqlaydilar. Jamiyat ustavini tasdiqlash to‘g‘risidagi qaror, shuningdek jamiyat muassislari kiritadigan hissalarning pul bahosini tasdiqlash to‘g‘risidagi qaror muassislar tomonidan bir ovozdan qabul qilinadi. Boshqa qarorlar jamiyatning muassislari tomonidan ushbu Qonunda va jamiyatning ta’sis hujjatlarida nazarda tutilgan tartibda qabul qilinadi.
Jamiyatning muassislari jamiyatni ta’sis etish bilan bog‘liq va uni davlat ro‘yxatidan o‘tkazishga qadar yuzaga kelgan majburiyatlar yuzasidan solidar javobgar bo‘ladilar. Jamiyat muassislarning uni ta’sis etish bilan bog‘liq majburiyatlari yuzasidan, ularning harakatlari keyinchalik jamiyat ishtirokchilarining umumiy yig‘ilishi tomonidan ma’qullangan taqdirdagina javobgar bo‘ladi.
11-modda. Jamiyatning ta’sis hujjatlari Jamiyatning ta’sis shartnomasi va ustavi jamiyat ta’sis hujjatlari deb hisoblanadi.
Agar jamiyat bir shaxs tomonidan ta’sis etilsa, shu shaxs tasdiqlagan ustav jamiyatning ta’sis hujjati hisoblanadi. Jamiyat ishtirokchilarining soni ikki va undan ortiq kishiga ko‘paysa, ular o‘rtasida ta’sis shartnomasi tuzilishi kerak.
Jamiyat ishtirokchisining, auditorning yoki istalgan manfaatdor shaxsning talabiga binoan jamiyat ularga jamiyatning ta’sis hujjatlari bilan, shu jumladan unga kiritilgan o‘zgartishlar bilan tanishish imkoniyatini berishi shart. Jamiyat ishtirokchisining talabiga binoan jamiyat unga jamiyatning ta’sis shartnomasi va ustavi nusxalarini berishi shart. Nusxalarni berganlik uchun jamiyat tomonidan olinadigan haq ularni tayyorlashga ketgan xarajatlardan ortiq bo‘lishi mumkin emas.
Oldingi tahrirga qarang. Jamiyatning ta’sis hujjatlariga o‘zgartishlar jamiyat ishtirokchilarining umumiy yig‘ilishi qaroriga binoan kiritiladi. Jamiyatning ta’sis hujjatlariga kiritilgan o‘zgartishlar qonunchilikda nazarda tutilgan tartibda davlat ro‘yxatidan o‘tkazilishi kerak.
(11-moddaning to‘rtinchi qismi O‘zbekiston Respublikasining 2021-yil 21-apreldagi O‘RQ-683-sonli Qonuni tahririda — Qonunchilik ma’lumotlari milliy bazasi, 21.04.2021-y., 03/21/683/0375-son) Jamiyatning ta’sis hujjatlariga kiritilgan o‘zgartishlar davlat ro‘yxatidan o‘tkazilgan paytdan boshlab uchinchi shaxslar uchun kuchga kiradi. Vakolatxonalar va filiallar tashkil etilishi, shuningdek jamiyatning pochta manzili o‘zgarishi bilan bog‘liq o‘zgartishlar kiritilgan hollarda, bunday o‘zgartishlar yuridik shaxslarni davlat ro‘yxatidan o‘tkazuvchi organ xabardor qilingan paytdan boshlab uchinchi shaxslar uchun kuchga kiradi.
Ta’sis shartnomasi qoidalari bilan jamiyat ustavi qoidalari mos kelmagan hollarda jamiyat ustavi qoidalari uchinchi shaxslar va jamiyat ishtirokchilari uchun ustuvor kuchga ega bo‘ladi.