I.2. Turkiston general-gubernatorligi kanselyariyasi tarixi manbashunosligi va tarixshunosligi
Turkiston general-gubernatorligi kanselyariyasi va unda jamlangan rasmiy hujjatlar majmui tarixi oʻrganish nafaqat tarixchi mutaxassis olimlar balki Vatanimiz tarixini oʻrganishni hohlagan har bir insonni qiziqtirishi tabiiydir. Chunki Oʻzbekiston Respublikasi Markaziy Davlat arxivi I-1.Turkiston general-gubernatorlik kanselyariyasi fondida jamlangan hujjatlarda Oʻzbekiston xalqlari tarixining muhim manbalari majmui mavjuddir. Tadqiqotning manbaviy asosi sifatida Oʻzbekiston Respublikasi Markaziy Davlat arxividan joy olgan “Turkiston general-gubernatorligi kanselyariyasi” fondi hujjatlarini kiritish zarur. Bunda mavzuning mazmumini yoritib beradigan yirik hajmdagi hujjatlar majmui mavjud
boʻlib, ularni tadqiq etmasdan tadqiqot ishini yozish mumkin emas. Mazkur arxivning I-1 Turkiston general-gubernatorligi kanselyariyasi fondida Turkistonning Rossiya imperiyasi mustamlakasiga aytantirilishi, oʻlkada
rus maʼmuriy-harbiy boshqaruv tizimining oʻrnatilishi, buning natijasida general-gubernatorlikning tashkil topishi va uning huzurida ommaviy biblioteka, muzey guneral-gubernatorlik rasmiy hujjatlarini yurituvchi va jamlovchi devonxona yaʼni, kanselyariyasining vujudga keltirilishi tarixi, rus maʼmuriyatining Turkistonda olib borgan siyosiy, ijtimoiy-iqtisodiy, madaniy va maʼnaviy siyosatini aks ettiruvchi
hujjatlar jamlangan. Bunda oʻzbek xalqi tarixini xolisona va haqqoniy yoritishda xizmat qiluvchi hujjatlar, xususan, rus maʼmuriyati va tadqiqotchilarining hisobotlari, oʻlkani boshqarish va unda olib borilgan siyosiy, ijtimoiy-iqtisodiy, madaniy sohalarda amalga oshirgan islohotlariga oid rasmiy hujjatlar, mahalliy aholining Rossiya imperiyasining imperatoriga yoki imperatorning Rossiya hukumatining Turkistondagi vakillariga turli masalalarda yoʻllagan murajaatlari va huningdek, mazkur tadqiqotning manbaviy asosi sifatida Rossiya
imperiyasi hukmronligi davrida nashr etilgan boshqa rasmiy hujjatlarning asl nusxalari jamlanganligi bilan ahamiyatlidir rasmiy hujjatlar, hususan, qonun hujjatlari va hukumat qarorlari, davlat muassasalarining hisobotlari, statistik toʻplam va ilovalar, davriy matbuot nashrlari, xususan, “Turkestanskiy sbornik” toʻplami, “Turkestanskiye vedomosti”, “Russkiy Turkestan” kabi gazetalarida chop etilgan mavzuga oid materiallarni keltirib oʻtish mumkin10.Turkiston general-gubernatorligi kanselyariyasi tarixi yoritilgan tadqiqot ishlari va ilmiy asarlarni quyidagi guruhlarga boʻlish mumkin:
1. Rossiya imperiyasi mustamlakachiligi davrida chop etilgan nashrlar;
2. Sovet davrida amalga oshirilgan ilmiy-tadqiqot ishlari va ilmiy adabiyotlar;
3. Mustaqillik yillarida yaratilgan tadqiqot ishlari va ilmiy asarlar;
4. Xorijiy nashrlar.boshqa rasmiy hujjatlarning asl nusxalari jamlanganligi bilan a ahamiyatlidir11.
Birinchi guruhga kiritilgan Rossiya imperiyasi mustamlakachiligi davrida chop etilgan nashrlarning asosiy qismi chor Rossiyasi hukumatining amaldorlari, harbiy yurishlar ishtirokchilari, xususan, harbiy maʼmurlar, Turkiston oʻlkasini boshqarish borasida oʻz fikr mulohazalarini bildirgan loyihalar mualliflari va boshqalarning hisobotlari, esdaliklari va boshqa turdagi tarixiy-ilmiy maʼlumotlar toʻplamidan iborat. Bularga imperiyaning Turkiston oʻlkasini mustamlakaga aylantirish hamda unda rus maʼmuriy boshqaruvi tizimini oʻrnatishda oʻziga xos oʻrin tutgan rus amaldorlaridan D.I.Romanovskiy, A.F.Kostenko, V.V. Grigoryev, A.Ivanov, K.K.Abaza A.A.Kaufman va boshqalar tomonidan yozilgan ilmiy maʼlumotlar toʻplami sifatida chop etilgan asarlarni kiritish mumkin. Ushbu asarlarning deyarli barchasi imperiya manfaatlari nuqtai-nazaridan yozilgan boʻlib, ularda Rossiya imperiyasining mustamlakachilik siyosati mohiyati chetlab oʻtilgan. Aksincha imperiyaning Turkistonda amalga oshirgan maʼmuriy, moliyaviy, sudlov tizimlaridagi islohatlarda avvalo oʻlkaning mafaatlari koʻzlanganligi taʼkidlab oʻtilgan. A.F. Middendorf, K.P.Kaufman, I.I.Geyer, S.I.Gulishambarov, V.I.Masalskiy, V.N.Ogloblin, A.I.Shaxnazarov, K.A.Aleksander va boshqa bir qator mualliflar Rossiya imperiyasining mintaqadagi moliyaviy imkoniyatlari masalalarini yoritib, oʻlkaning anʼanaviy soliq institutlarini tahlil qilganlar. Ularning aksariyatida bunday institutlar saqlanishi maqsadga muvofiqligi taʼkidlangan. M.A.Terentyev birinchilardan boʻlib Rossiya imperiyasining Turkistondagi soliq siyosati asoslarini ishlab chiqishda yoʻl qoʻyilgan noqonuniy harakatlar toʻgʻrisida tanqidiy materialni ilmiy muomalaga kiritgan.
Birinchi guruhga kiritilgan va yuqorida keltirib oʻtilgan asarlar
mavzu tarixshunosligini yorituvchi keng faktik maʼlumotlarni qamrab
olganligi bilan ahamiyatli boʻlsa-da, ulardan foydalanishda tanqidiy
nuqtai nazar bilan yondashish zarur. Ikkinchi guruhga kiritilgan, yaʼni Sovet davrida yaratilgan ilmiy adabiyotlar G.Safarov, A.P.Demidov, P.G.Galuzo, V.Lavrenyev, Z.D.Kastelskaya va boshqa mualliflarning tadqiqotlari asosida yaratilgan. Ushbu guruh ilmiy adabiyotlarida mualliflarning chor Rossiyasining
Turikistonda oʻtkazgan siyosiy, ijtimoiy-iqtisodiy, savdo-madaniy, maʼnaviy-maʼrifiy islohatlaridan kutilgan maqsad, ularning natijalari toʻgʻrisidagi bildirib oʻtgan oʻziga xos turli-tuman fikrlari, ilmiy xulosalari keltirib oʻtilgan.Xusasan, P.G.Galuzo Rossiya imperiyasi kapitalizmining mustaqil tizimi mavjud boʻlganligini inkor qilib, Rossiyaning Gʻarbiy Yevropa kapitalidan yarimmustamlakachilik qaramligi toʻgʻrisidagi tamoyilni ilgari surgan 0-80 yillarda amalga oshirilgan qator tadqiqotlarda Turkiston ijtimoiy-iqtisodiy hayotining turli tomonlari Turkiston general gubernatorligi kanselyariyasi fondining gʻoyatda boy faktik materiallarini ilmiy doiraga kiritganligi bilan alohida ahamiyatga molikdir.90-yillarning boshiga kelib tadqiqotlarda tarixiy voqealarni xolisona yoritish gʻoyasi ilgari surila boshlandi. Oʻzbeksiton davlat mustaqilligiga erishgach esa, bu jarayon yanada faollashdi. Tadqiqot ishi tarixshunosligining uchinchi guruhiga kiritilgan, yaʼni mustaqillik yillarida yaratilgan ilmiy asarlarda Turkiston xalqlarining ijtimoiy iqtisodiy hayotini yorituvchi faktik maʼlumotlar tahlil qilingan. Xususan, H.Z.Ziyoyev, Gʻ.A.Ahmadjonov, N.A.Abduraximova, F.Ergashev, F.Isʼhoqov, D.Ziyoyeva, D.Alimova, N.Musayev, S.Tillaboyev, S.Shodmonova, D.Oʻroqov, U.H.Jumayev va boshqa mualliflar tomonidan amalga oshirilgan ilmiy tadqiqotlarida OʻzMDA Turkiston general-gubernatorligi kanselyariyasi fondida jamlangan boy faktik materiallar jalb etilgan va ilmiy doiraga kiritilgan. Xususan, H.Z.Ziyoyevning ilmiy tadqiqotlari Turkistonning Rossiya imperiyasi tomonidan mustamlakaga aylantirilishi, rus hukumati tomonidanoʻlkada oʻtkazilgan siyosiy, ijtimoiy-iqtisodi hamda madaniy maʼrifiy islohatlari va ularning oqibatlari toʻgʻrisida qimmatli manbalar, jumladan, Turkiston general-gubernatorligi fondlari hujjatlarida mavjud faktik maʼlumotlar jalb qilingan yozilganligi bilan katta ahamiyatga egadir.Gʻ.A.Axmadjonov tomonidan yaratilgan ilmiy asarlariga esa chor Rossiyasining Turkistondagi mustamlakachilik siyosati va uning oʻrganilish tarixiga oid keng qamrovli materiallar jalb qilingani bilan qimmatlidir. N.A.Abduraximova va boshqa mualliflar tomonidan olib borilgan tadqiqot ishlarida XIX ikkinchi yarmi XX asr boshlarida Rossiya imperiyasi maʼmuriyati tomonidan Turkistonda olib borilgan mustamlakachilik siyosati, xususan, imperiyaning mustamlaka tizimi tarixi arxiv manbalari asosida yoritilgan12.F.Isʼhoqov tomonidan olib borilgan tadqiqot ishlari va muallif tomonidan nashr etilgan ilmiy asarlarda chor Rossiyasining Turkistondagi milliy siyosati, xususan, mahalliy xalqni ruslashtirish siyosati va uning oqibatlarini yoritishga alohida eʼtibor qaratilgan.
Do'stlaringiz bilan baham: |