I bob. Turkiston general-gubernatorligi



Download 46,45 Kb.
bet1/7
Sana25.06.2022
Hajmi46,45 Kb.
#704188
  1   2   3   4   5   6   7
Bog'liq
shahzod ne\'matovdocx


MUNDARIJA
I BOB. TURKISTON GENERAL-GUBERNATORLIGI
KANSELYaRIYaSI TARIXI
I.1.Turkiston general-gubernatorligi kanselyariyasining
tashkil etilishi...............................................................................
I.2. Turkiston general-gubernatorligi kanselyariyasi tarixi
manbashunosligi va tarixshunosligi...........................................
II BOB. TURKISTON GENERAL-GUBERNATORLIGI
KANSELYaRIYaSI RASMIY HUJJATLARI TAVSIFI
II.1. Maʼmuriy boshqaruv va yer-mulk masalalariga oid
hujjatlar........................................................................................
II.2. Diplomatik aloqalar boʻlimi hujjatlari ........................
XOLASA
FOYDALANILGAN ADABIYoTLAR ROʻYXATI

KIRISH

Mavzuning dolzarbligi. Mustaqillik yillarida Oʻzbekistonda barcha sohalarda bir qator islohatlar asosida tub oʻzgarishlar amalga oshirildi. Xususan, mamlakatimizda tarix faniga boʻlgan eʼtibor yanada kuchaytirildi va oʻzbek xalqi tarixini xolisona yoritishga alohida ahamiyat berildi. Oʻzbek xalqining koʻp asrlik boy tarixiy, ilmiy, madaniy va maʼnaviy merosini oʻrganish, undan xalqning bebaho mulki sifatida foydalanish uchun imkoniyat yaratildi. Zero, Respublikamiz Prezidenti I.A.Karimov koʻp marotaba taʼkidlaganidek, “Tarixiy xotirasiz kelajak yoʻq”1 Tarix qadimdan xalqlarning hayot tarbiyachisi vazifasini oʻtab kelgan fan sifatida rivojlantirilgan boʻlib, buyuk ajdodlarimizdan qoldirilgan moddiy va maʼnaviy meros tarixiy xotiramizni jonlantirib oʻzligimizni anglashga xizmat qiladi. Prezidentimiz tarixiy xotira toʻgʻrisida fikrini davom ettirib, quyidagilarni haqli ravishda taʼkidlab oʻtgan: “Tarixiy xotira tuygʻusi toʻlaqonli ravishda tiklangan, xalq bosib oʻtgan yoʻl oʻzining barcha muvaffaqiyatlari va zafarlari, yoʻqotish va qurbonlari, quvonch va iztiroblari bilan xolis hamda haqqoniy oʻrganilgan taqdirdagina chinakam tarix boʻladi”2 Ushbu dolzarb masala yuzasidan Prezidentimiz I.A.Karimov 1998 yil 26 iyunda bir guruh tarixchi va jurnalist olimlar bilan boʻlgan uchrashuvda aynan xalqimiz tarixini xolisona va haqqoniy yoritish masalasini mutaxassis tarixchi olimlar oldiga qoʻyilgan asosiy vazifalardan biri sifatida koʻrsatib oʻtgan. Mazkur masala Vazirlar Mahkamasi tomonidan 1998 yil 27 iyulda qabul qilingan “Oʻzbekiston Respublikasi Fanlar Akademiyasi Tarix instituti faoliyatini takomillashtirish toʻgʻrisida gi qarorida ham oʻz aksini topgan. Unda oʻzbek xalqi va uning davlatchiligi tarixini, shuningdek, “eng qadimdan hozirga qadar davlatchilik tarixiy bosqichlarida xududimizda yashagan xalqlarning siyosiy, ijtimoiy-iqtisodiy, madaniy va maʼnaviy hayoti masalalarini chuqur oʻrganish” lozimligi qayd etilgan3


Shundan kelib chiqqan holda, Vatan tarixining koʻplab dolzarb muammolarini jahon tarixi yutuqlari asosida xolis yaratilish borasida bir qator ishlar amalga oshirila boshlandi. Shu jumladan, XIX asrning ikkinchi yarmi – XX asr boshlarida Rossiya imperiyasining Turkiston oʻlkasida olib borgan mustamlakachilik siyosati, rus maʼmuriy boshqaruvining turli jihatlari ham yangicha tadqiq etishni talab tiladigan dolzarb masalalardan biri sifatida ahamiyatlidir. Rossiya imperiyasining Turkistondagi humronligi davrida tashkil etilgan Turkiston general-gubernatorligi kanselyariyasi tarixi va unda jamlangan xalqimiz tarixini xolis yoritishga xizmat qiluvchi qimmatli tarixiy, rasmiy hujjatlarni oʻrganish esa oʻziga xos qiziqarli tarixiy muammo hisoblanadi.Mazkur mavzu yuzasidan olib borilgan tadqiqotlar oʻtmish saboqlaridan zaruriy xulosalarni chiqarishga xizmat qiladi. Jumladan, Rossiya imperiyasining Turkistonda olib borgan mustamlakachilik siyosati va uning oqibatlarini chuqur anglab yetish imkonini beradi. Rus maʼmurlari boshchiligida tashkil etilgan Turkiston general-gubernatorligi kanselyariyasida jamlangan hujjatlar muhim tarixiy manba hisoblanib, ularni oʻrganish xalqimiz tarixiga oid bir qator yangi faktlarni tahlil etish kabi dolzarb muammo yechishni taqazo etadi. Ushbu holatlar mavzuning ilmiy va amaliy ahaiyatini va dolzarbligini oshiradi.Shundan kelib chiqqan holda, tadqiqotda XIX asrning ikkinchi yarmi –
XX asr boshlarida Turkiston oʻlkasida tashkil etilgan va faoliyat yuritgan Turkiston general-gubernatorligi kanselyariyasi tarixi, uning oʻrganilish tarixi, hamda bu yerda mavjud rasmiy hujjatlarga tavsif berishga alohida etibor qaratiladi.


Download 46,45 Kb.

Do'stlaringiz bilan baham:
  1   2   3   4   5   6   7




Ma'lumotlar bazasi mualliflik huquqi bilan himoyalangan ©hozir.org 2024
ma'muriyatiga murojaat qiling

kiriting | ro'yxatdan o'tish
    Bosh sahifa
юртда тантана
Боғда битган
Бугун юртда
Эшитганлар жилманглар
Эшитмадим деманглар
битган бодомлар
Yangiariq tumani
qitish marakazi
Raqamli texnologiyalar
ilishida muhokamadan
tasdiqqa tavsiya
tavsiya etilgan
iqtisodiyot kafedrasi
steiermarkischen landesregierung
asarlaringizni yuboring
o'zingizning asarlaringizni
Iltimos faqat
faqat o'zingizning
steierm rkischen
landesregierung fachabteilung
rkischen landesregierung
hamshira loyihasi
loyihasi mavsum
faolyatining oqibatlari
asosiy adabiyotlar
fakulteti ahborot
ahborot havfsizligi
havfsizligi kafedrasi
fanidan bo’yicha
fakulteti iqtisodiyot
boshqaruv fakulteti
chiqarishda boshqaruv
ishlab chiqarishda
iqtisodiyot fakultet
multiservis tarmoqlari
fanidan asosiy
Uzbek fanidan
mavzulari potok
asosidagi multiservis
'aliyyil a'ziym
billahil 'aliyyil
illaa billahil
quvvata illaa
falah' deganida
Kompyuter savodxonligi
bo’yicha mustaqil
'alal falah'
Hayya 'alal
'alas soloh
Hayya 'alas
mavsum boyicha


yuklab olish