I bob. Ttxi larning nazariy asoslari va jahon xo’jaligida tutgan o’rni 8



Download 379,95 Kb.
bet35/48
Sana24.09.2021
Hajmi379,95 Kb.
#183722
1   ...   31   32   33   34   35   36   37   38   ...   48
Bog'liq
I bob. Ttxi larning nazariy asoslari va jahon xo’jaligida tutgan

XULOSA

Donor mamlakat uchun TTXIlarni biror mamlakatga kiritish ichki bozorni egallash, eksport mahsulotlari ishlab chiqarish, resurs izlash, arzon ishlab chiqarish omillariga ega bo’lish va ishlab chiqarish samaradorligini oshirish maqsadida yo'naltiriladi. O’z navbatida qabul qiluvchi mamlakat, yangi texnologiya, ishchilar malakasini oshirish, qo’shilgan qiymati yuqori mahsulot ishlab chiqarish, eksport hajmini kengaytirish va boshqa bir qancha imkoniyatlarga ega bo’ladi. Bir mamlakatga investitsiyalarning kirib kelishida donor mamlakat uchun ham qabul qiluvchi mamlakat uchun ham foydali bo’lgan holdagi o’zaro kelishuvga erishiladi.

Mamlakatga TTXIlarning kirib kelishi bir qator ko’rinishlarda amalga osirilishi mumkin. Bular ulushi qo'shilib qatnashishi orqali qo'shimcha korxonalarni tashkil etish, to’liq mol-mulk xorijiy investorlarga tegishli bo'lgan xorijiy korxonalarni tashkil etish, yirik xorijiy kompaniya va firmalarning sho’ba korxonalari va filiallarini tashkil etish, konsessiya va lizing shartnomalari tuzish, tenderlar e'lon qilish, erkin iqtisodiy hududlar tashkil etish orqali amalga oshirilishi mumkin. TTXIlarni huquqiy asoslarini tartibga solishda davlatning ahamiyati ham yuqori ekanligini kuzatishimiz mumkin. Bu borada davlat ikki xil usuldan foydalanadi. Birinchisi moliyaviy, ikkinchisi nomoliyaviy usullar hisoblanadi.

TTXIlarning jahon miqyosida zamonaviy holatiga e’tibor qaratsak, o’tish iqtisodiyotidagi mamlakatlarda davom etayotgan turli xildagi to’qnashuvlar, sanksiyalar va boshqa omillar natijasida ushbu mamlakatlarga investitsiyalar oqimi kamayishiga olib keldi. Rivojlanayotgan mamlakatlardan, Osiyo mamlakatlarda xorijiy investitsiyalarni qabul qilishda o’sish mavjud bo’lsa, bu borada Lotin Amerikasi mamlakatlarida kamayish tendensiyasini, Afrika hududida esa o’zgarmasdan qolganligining guvohi bo’lishimiz mumkin. TTXIlarning rivojlangan mamlakatlarga kirish oqimi keskin foizga kamaydi. Jahon miqyosida TTXIlarning yo’nalishi asosan rivojlanayotgan mamlakatlar tomon yo’nalmoqda. Xususan bu borada Janubiy-sharqiy Osiyo mamlakatlari bu borada sezilarli ulushga ega bo’lib, investitsiya qabul qiluvchi ham donor mamlakat bo’lib ham jahon xo’jaligida o’z o’rnini mustahkamlab bormoqda.

Malayziya iqtisodiyotiga TTXIlarni jalb qilishda muhim ahamiyatga ega omillarga to’xtaladigan bo’lsak, tadqiqot natijasiga ko’ra Malayziya iqtisodiyotiga TTXIlarni jalb qilishda moliyaviy bozorning rivojlanish darajasi va iqtisodiyotning bozor hajmi sezilarli ta’sir ko’rsatgan. Shuningdek, hukumatning infratuzilmaga bo’lgan xarajatlari ham qisman ta’sir ko’rsatganligining guvohi bo’ldik. Shuni hisobga olgan holda Malayziya hukumati, TTXI jalb qilishni yanada rag’batlantirish maqsadida ushbu sohalarga e’tiborni qaratgan. Ushbu tadqiqot natijasiga Malayziya iqtisodiyotiga ta’sir etuvchi ikkita muhim omillar aniqlandi, ammo bu omillar faqat Malayziya iqtisodiyoti uchu xos ekanligini e’tiborga olish zarur. Malayziya hozirgi kunga kelib, aerokosmetika, meditsina jihozlari, farmaseftika vositalari, elektronika, mashina uskunalari, qayta tiklanuvchi alternativ energiya va biotexnologiya sanoatini rivojlantirishga qaratgan. “Ichki investitsiyalar strategik fondi” (Domestic Investment Strategic Fund) Tadqiqot va rivojlanish (R&D) xarajatlari, ta’lim xarajatlarini qoplash, obyektlarni modernizatsiya qilish, yangi texnologiyalarni litsenziyalash va xalqaro standartlarni o’zlashtirishga bir qator grantlar ajratadi. Elektr va elektronika sanoatiga jalb qilingan investitsiyalarda TTXIlarning ulushi 92 foizni tashkil qilganligi ushbu sohada qulay sharoit yaratilganligidan dalolat beradi. Ko’pgina mahalliy kompaniyalar allaqachon Tadqiqot va rivojlanish(R&D), injenerlik dizayni, innovatsiyaga asoslangan elektr va elektronika mahsulotlarini jahon bozoriga eksport qilib kelmoqda. Shuning uchun Malayziya ko’plab TMKlar uchun investitsiya kiritish uchun qulay joy bo’lib kelmoqda. Malayziyaning yana bir ustun jihati Malayziyada ko’plab elektronika mahsulotlarini ishlab chiqarishga xizmat qiluvchi kompaniyalarning mavjud ekanligi hisoblanadi. Internet tizimining rivojlanishi orqali Elektr va elektronika mahsulotlariga bo’lgan talabning oshishi boshqa sektorlarning rivojlanishida ham ushbu sanoatning ahamiyatini oshirdi.

Siyosiy va iqtisodiy barqarorlik, qulay investitsion muhit va soliq siyosati, boy mineral xomashyo zaxirasi va energiya mustaqilligi, qulay geografik joylashuv, kadrlar va intellektual salohiyati mamlakatimizga TTXIlarni jalb qilishda muhim omillardan sanaladi. Bundan tashqari, Jahon banki tomonidan har yili e’lon qilinadigan “Doing Business” ko’rsatkichi bo’yicha so’nggi yillarda yuqori o’rinlarga ko’tarilayotgani ham investitsiyalarni kirib kelishiga asosiy turtkilardan biri sanaladi. TTXIlarni sohalar bo’uicha ulushi borasida mamlakatimizda eng ko’p xorijiy investitsiya neftgaz sohasiga kiritilayotganligi ahamiyatga molik. TTXIlarni jalb qilishda qo’shma korxonalarni ahamiyati yuqori ekanligini hisobga olsak, mamlakatimizdagi mavjud korxonalarning eksport salohiyatini oshirish ham uztuvor vazifa hisoblanadi.

Hozirgi kunda mamlakatimizda elektr va elektronika tarmog’i kabel sim mahsulotlari, past voltli uskunalar kuchlanish transfarmatorlari, elektron uskunalar va maishiy texnikalar ishlab chiqarish sohalari rivojlanib kelmoqda. Biroq ushbu sohani yanada kengaytirish va ishlab chiqarish hajmini oshirish zarurati mavjud. elektronika va elektr sohasini yanada takomillashtirish, ushbu sohaga faol investitsiyalar jalb qilish orqali yuqori qo’shilgan qiymatga ega mahsulotlar ishlab chiqarish, ularni eksport qilish borasida qo’shimcha chora-tadbirlar amalga oshirishi zarur. Chunki hozirgi kunga kelib, jahon bozorida qo’shilgan qiymati yuqori bo’lgan elektr va elektronika mahsulotlariga bo’lgan talab yildan yilga oshib bormoqda. Mamlakatimizda TTXI larni jalb qilish borasida ham yechimini kutayotgan bir qancha muammolar mavjudligini ham aytish o’tish lozim. Demak, oxirgi 10 yilni tahlil qilsak, 95 foiz ishonch bilan aytish mumkinki, tanlab olingan omillar orasida tashqi savdo aylanmasi, ichki bozor hajmi, iqtisodiyot xarajatlari va real valyuta kursi TTXIlarni kirib kelishiga sezilarli ta’sir qiluvchi omillar bo’lgan. Mamlakatimizda xorijiy investitsiyalarni jalb etishda mavjud kamchilik va muammolar:

- moliyaviy bozorning yuqori darajada rivojlanmaganligi va korxonalarni unda faol ishtirok etmasligi;

-loyihalarni ishlab chiqishda raqobatbardosh va eksportbop mahsulotlarni ishlab chiqarishga yo’naltirilganligiga yetarli darajada e’tibor qaratilmayotganligi;

-xorijiy investorlarni ishlab chiqarishi uchun yetarli infratuzilma bilan ta’minlanmaganligi, xorijiy sarmoya ishtirokidagi korxonalarni zaruriy infratuzilma (elektr energiya, suv, va gaz) bilan ta’minlash, yoki ularning uzluksiz faoliyat yuritishiga to’sqinlik qilayotgan boshqa muammoli masalalariga yetarli darajada e’tibor bermaslik holatlari;

- TTXI investorlarning jalb qilishda tarmoqlardagi alohida mahsulotlar uchun alohida imtiyozlarni yaratilmaganligi;

- xorijiy investorlar uchun xomashyo va yarim tayyor mahsulotlar ta’minotini tizimli tashkil etilmaganligi;

- ishlab chiqarishni ilmiy tadqiqotlar va dizayn bilan bog’liq ravishda tashkil etilmaganligi.



Malayziya tajribasidan foydalangan holda O’zbekistonga TTXIlarni jalb qilish yuzasidan takliflar:

  • maxsus “Investitsiyalar strategik fond” tashkil etish va ushbu fond qo’shilgan qiymati yuqori mahsulotlar ishlab chiqarishga, Tadqiqot va rivojlanish (R&D) xarajatlari, ta’lim xarajatlarini qoplash, obyektlarni modernizatsiya qilish, yangi texnologiyalarni litsenziyalash va xalqaro standartlarni o’zlashtirishni moliyalashtirish bilan shug’ullanadi;

  • elektr va elekronika sohasini yanada rivojlantirish maqsadida alohida mahsulot turlari uchun soliq va bojxona imtiyozlarini yaratish;

  • mahalliy tadqiqot va rivojlanish xarajatlarining yillik yalpi sotuv hajmidagi ulushi kamida 1 % miqdorida bo’lishini ta’minlash;

  • 5 yil shu sohada tajribaga ega, ilmiy daraja va mutaxasislikka ega bo’lgan xodimlar va texnik shtatlar ishchilari jami ishchi kuchida 15 % ulushga ega bo’lishi, ishlab chiqarilayotgan mahsulotlarda qo’shilgan qiymat yuqori mahsulotlar uchun mos ravishda imtiyozlar yaratish;

O’zbekiston Respublikasiga TTXIlarni jalb qilish bilan bog’liq muammolarni bartaraf etish bo’yicha takliflar:

  • tegishli vazirlik va idoralar bilan birgalikda avtomobil yo’llari, muhandislik – infratuzilma tarmoqlarini rivojlantirish, ishlab chiqarish korxonalarini elektr energiya, tabiiy gaz va suv bilan uzluksiz ta’minlash ishlarini alohida nazoratga olish;

  • sanoati rivojlangan yetakchi xorijiy mamlakatlar bilan hamkorlikni o'rnatish va hamkorlik doirasida ikki tomonlama tashriflar uyushtirish.

  • inson kapitali omiliga alohida e’tibor qaratish, ularni muntazam ravishda rag’batlantirib borish hamda xorij mamlakatlarida malaka oshirishlariga shart-sharoitlar yaratib berish.

Demak, dunyo mamlakatlari uchun TTXIlar mamlakat iqtisodiy rivojining muhim omili sifatida qaraladi. Mamlakatimizda TTXIlarni faol jalb qilish uchun jahon tajribasidan (Malayziya) foydalanib, bir qator takliflar keltirdik. Bular, maxsus “Investitsiyalar strategik fond” tashkil etish, elektr va elekronika sohasini yanada rivojlantirish maqsadida alohida mahsulot turlari uchun qo’shimcha soliq va bojxona imtiyozlarini yaratish, mahalliy tadqiqot va rivojlanish xarajatlarining yillik yalpi sotuv hajmidan mablag’ ajratish, ilmiy daraja va diplomga ega bo’lgan xodimlarni faol jalb qilish, qo’shilgan qiymati yuqori mahsulotlarga mos ravishda imtiyozlar jalb etish, tegishli vazirlik va idoralar bilan birgalikda mamlakatimizdagi infratuzilmani yanada yaxshilash va sanoati rivojlangan yetakchi xorijiy mamlakatlar bilan hamkorlikni o'rnatish va hamkorlik doirasida ikki tomonlama tashriflar uyushtirish chora-tadbirlari hisoblanadi.

FOYDANILGAN ADABIYOTLAR




Download 379,95 Kb.

Do'stlaringiz bilan baham:
1   ...   31   32   33   34   35   36   37   38   ...   48




Ma'lumotlar bazasi mualliflik huquqi bilan himoyalangan ©hozir.org 2024
ma'muriyatiga murojaat qiling

kiriting | ro'yxatdan o'tish
    Bosh sahifa
юртда тантана
Боғда битган
Бугун юртда
Эшитганлар жилманглар
Эшитмадим деманглар
битган бодомлар
Yangiariq tumani
qitish marakazi
Raqamli texnologiyalar
ilishida muhokamadan
tasdiqqa tavsiya
tavsiya etilgan
iqtisodiyot kafedrasi
steiermarkischen landesregierung
asarlaringizni yuboring
o'zingizning asarlaringizni
Iltimos faqat
faqat o'zingizning
steierm rkischen
landesregierung fachabteilung
rkischen landesregierung
hamshira loyihasi
loyihasi mavsum
faolyatining oqibatlari
asosiy adabiyotlar
fakulteti ahborot
ahborot havfsizligi
havfsizligi kafedrasi
fanidan bo’yicha
fakulteti iqtisodiyot
boshqaruv fakulteti
chiqarishda boshqaruv
ishlab chiqarishda
iqtisodiyot fakultet
multiservis tarmoqlari
fanidan asosiy
Uzbek fanidan
mavzulari potok
asosidagi multiservis
'aliyyil a'ziym
billahil 'aliyyil
illaa billahil
quvvata illaa
falah' deganida
Kompyuter savodxonligi
bo’yicha mustaqil
'alal falah'
Hayya 'alal
'alas soloh
Hayya 'alas
mavsum boyicha


yuklab olish