3.1 Oltin qoplamasi texnologiyasida texnika xavfsizligi
Sog‘lom va xavfsiz ish sharoitlarini korxonalarda yaratish bu soha uchun kerakli injiner-texxnik hodimlar tayorlashni talab qiladi. Bizning mamlakatimizda mehnat muhofazasi bo‘yicha progressiv normalar va talablar yaratilgan va O‘zbekiston Mehnat to‘g‘risidagi qonunlari bilan mustahkamlangan.
Mehnat muhofazasi muammolari, gigiyena, fiziologiya, mehnat psixologiyasi va erganomika tadqiqotlari bilan maxsus institutlar, shu jumladan mehnat muhofazasi instituti shug‘ullanadi.
Mehnat muhofazasi masalalari bilan ximiya sanoatida mehnat muhofazasi ilmiy-tadqiqot inistituti, tarmoq insititutlarining o‘nlab laboratoriyalari Oliy o‘quv yurtlari kafedralari shug‘ullanadi. Mehnat muhofazasi va mehnat sharoitlarnini yaxshilashda kasaba uyushmalariga katta o‘rin ajratilgan va ularning bosh vazifalaridan biri sifatida mehnatkashlarning mehnat muhofazasi belgilangan [12].
Muhim vazifalaridan biri kasaba uyushmalarining mehnat muhofazasi bo‘yicha yangi tajriba, shakl va metodllarni ko‘pchilikka tarqatishdir.
Loyihadagi yechimlarning asosiy yo‘nalishi bu oz mehnat va material resurslar ishlatib, ko‘proq ishlab chiqarish quvvatlariga va qo‘proq ishlab chiqarish hajmiga erishishdir. Korxona uchun maydoncha tayyorlashda, suv olish joyi, chiqindi suv tashlash joyini belgilashda shamol yo‘nalishiga e’tibor berilish zarur va ular mahalliy sanitariya nazorati va davlat ekologiya qo‘mitasi bilan belgilangan tartibda kelishiladi. Ishlab chiqarish jarayonlarning havfsizligi, texnologik jarayonlarni tanlash, ish usullari va resurslarni tanlash, ishlab chiqarish uskunalarni sozlash orqali erishiladi. Sifatli mahsulot olish uchun asosiy va yordamchi ishlab chiqarish vositalari ishlatiladi, bular qoplash va yordamchi vannalar (moysizlantirish, aktivlashtirish, yuvish), nasoslar, ventilyatorlar, separatorlar, tokarlik va silliqlash stanoklari.
Xavfsizlik ta’minlash uchun quyidagilarga e’tibor beriladi:
1. Ishlatiladigan materiallar va uskunalar ishchilar uchun xavfsiz bo‘lishi kerak.
2. Xavfli ishlovchi uskunalar o‘ralgan bo‘lishi kerak.
3. Sovuq va issiq joylarga ishchilar qo‘yilmaydi yoki bu joylar o‘rab olinadi.
4. Yoritilish normada bo‘lishi kerak.
5.Xavfli moddalar bilan ishlovchi uskunalar avtomatizatsiyalanadi.
Keltirilganlar barcha loyihada qo‘llanilgan: elektr shitlari o‘rab olingan va ogohlantiruvchi tablichkalar ilingan, ventilyatsiya uchun alohida xona ajratilgan. Ishlab chiqarish travmatizmi bu ishlab chiqarishda olingan travmalarning yig‘indisi ko‘rinishidir. Baxtsiz hodisalarning oldini olish uchun ishchilar instruktajdan o‘tkazib turiladi, bular kirish instruktaji va davriy instruktajlardir. Ishchilarning olgan tushunchalari instruktaj o‘tgan mutaxassis tomonidan baholanadi. Instruktaj o‘tgan va qoniqarsiz baho olgan ishchi ishga qo‘yilmaydi. U yana qayta instruktaj o‘tishga majbur. Ish joylarida shovqin va vibratsiya balandligi inson organizmiga zararli ta’sir ko‘rsatadi [12].
Buning oldini olish uchun quyidagi tadbirlar qo‘llaniladi:
Loyihalanayotgan sexda kuchli shovqinli uskuna bo‘lganda, u aralashtiriladi yoki atrofi o‘raladi.
Harakatlanuvchi qismlar loyihalanadi.
Vibratsiyadan qutilish uchun vibroizolyatorlar qo‘llaniladi, bu obyektning vibratsiyasini kamaytiradi.
Po‘lat prujinilar yoki rezina osti quyilmalar qo‘yiladi.
Kishini vibiratsiyadan himoya qilish uchun qalin taglikli poyavzal kiyish tavsiya etiladi.
Shovqin va vibiratsiyani kamaytirish uchun territoriyani to‘g‘ri planirovka qilish va tabiiy hamda sun’iy to‘siqlardan foydalanish katta ahamiyatga ega.
Havo va harakati kelib chiqishiga ko‘ra tabiiy harakatda havo tabiiy faktorlar natijasida harakatda bo‘ladi, bular issiqlik effekti yoki shamoldir. Texnik ventilyatsiyada havo ventilyatorlar yordamida harakatga keltiriladi. Tabiiy va texnik ventilyatsiya birgalikda aralash ventilyatsiya sistemasini yaratadi.
Loyihaga ko‘ra sexda tabiiy va sun’iy ventilyatsiya bor. Ular vannalar to‘ldirilayotganda va aktivatsiya jarayonlarida haftasiga ikki marta ishlatiladi. Loyihaga ko‘ra sexda so‘rib oluvchi shkaf va ventilyatsiya teshiklari ko‘zda tutilgan. Loyihaga ko‘ra hosil bo‘ladigan zararli chiqindilar neytralizatsiya yo‘li bilan zararsizlantiriladi. Ish operatsiyalarina aniq va xavfsiz bajarish sexning yetarli yoritilishini talab qilidi. Agar tabiiy yoritilish yetarli bo‘lmasa, sun’iy yoritish qo‘llaniladi. Sexning loyihasiga ko‘ra ikki smenali ish nazarda tutilgan, quritish loyihasiga ko‘ra derazalar yaxlit bir-biriga tutash o‘rnatilgan [12].
Kishi organizmi elektr toki ta’sirida har tomonlama shikastlanishi mumkin, tok urishi natijasida travma olish, organizmdan tok o‘tishi natijasida jarohatlanish va halok bo‘lishi mumkin. Shuning uchun baxtsiz hodisalarning oldini olish uchun bir necha tadbirlar ko‘riladi; bular, himoya zazemlenasi, ogohlantiruvchi plakatlarni ilish. Ish paytida tok o‘tuvchi qismlar davomiy kuzatib turiladi va izolyatsiya ochilib qolgan qismlar darhol tegishli mutaxassislar tomonidan xafvsiz holatga keltiriladi. Bino ish joylarida kishi uchun zarur bo‘lgan iqlim hosil qilish maqsadida isitish sistemasi, konditsionerlar yordamida issiq havo oqimi hosil qilish sistemasi bilan jihozlangan. Sexda maishiy xonalar, sanuzel, dam olish xonasi mavjud. Ishchilarni ichimlik suvi va qaynatilgan suv bilan ta’minlash ko‘zda tutilgan. Hamma binolar va xonalar portlash xavfi va yong‘in xavfliligi bo‘yicha 5 kategoriyaga bo‘linadi.
Loyihada portlash xavfi bo‘lmagan materiallar ishlatilgan, shuning uchun u yonmaydigan materiallarga ishlov berish joyi sifatida D kategoriyaga kiradi. Yong‘in xavfsizligi sinfi bo‘yicha loyiha 4-klass P-1 zonasiga kiradi [12].
Chiqish joylari evakuatsiyasi deb hisoblash uchun ular tashqariga chiqarish kerak, bularga, derazalar, eshiklar, pillapoyalar kiradi. Ular mustahkam materiallardan yasaladi va ularning yo‘nalishida to‘siq narsalar bo‘lmasligi kerak. Loyihaga ko‘ra sexning asosiy ikkita eshigi bor. Xona ikki qavatli va zarur bo‘lgan taqdirda ishchilar 4 minut davomida binodan chiqarilib yuborilishi mumkin. Yuqori temperaturaning qurilish konstruksiyalariga ta’siri ularning turiga, qurilganligiga va ish sharoitiga bog‘liq. Loyihalanayotgan bino ikki qavatli va g‘ishtdan quriladi. G‘isht oson eruvchi tuproqdan kuydirib olinadi. U 900 С0 da olinadi va bu uning olovga bardoshliligini va yong‘inda kam issiqlik o‘tkazishini belgilaydi. G‘isht asosan chiqib turgan joylardagina yong‘inda 900 С0-1000 С0 gacha bo‘lgan temperaturadan oldinroq buzila boshlaydi [12].
Suv texnologik jarayonlarga ishlatish uchun: yuvishga, vannaga quyishga, uskunalarni sovitishga ishlatiladi va yong‘inni o‘chirish uchun ham qo‘llaniladi. Keltirilgan texnologik sistemada yong‘inni o‘chirish uchun qo‘llanilgan suv istalmagan oqibatlarni keltirib chiqarish mumkin bo‘lgan joylar yo‘q. Shuning uchun yong‘inda ichki o‘chirish ta’minotidan foydalanish mumkin. Suv o‘t o‘chirish suv quvurlaridan o‘t o‘chirish kranlari orqali olinadi, Ular oson yetiladigan maxsus joylarda 1,35 m balandlikda joylashgan. Shuningdek loyihada birlamchi o‘t o‘chirish vositalari o‘t o‘chirgichlar, qum, kigiz va asbest polotno ko‘zda tutilgan. Galvanik sexlar uchun poroshokli PGS o‘t o‘chirgichlar ham qo‘llanilishi mumkin. Bu vositalarning bari sexdagi maxsus ajratilgan va birlamchi o‘t o‘chirish vositalari deb yozilgan joyda saqlanadi.
Yong‘indan o‘z vaqtida xabardor bo‘lish va yong‘in o‘chirish sistemasini ishga tushirish hamda o‘t o‘chiruvchilarni chaqirish uchun yong‘in haqida ogohlantirish va alohida bo‘lim uchun telefon liniyasi qo‘llaniladi. Adminstratsiya va sexda telefonlar o‘rnatilgan bo‘lib, ularning oldida o‘t o‘chiruvchilarni chaqiriladigan nomerlar ko‘rsatilgan.
Loyihaga ko‘ra sexda va adminstratsiyada issiqlik va tutun sezish datchiklari o‘rnatilgan, ular temperatura yuqori ko‘tarilganda va ko‘p tutun paydo bo‘lganda ishlaydi. Yong‘in xavfi signalini berish signalizatorlari o‘rnatilgan. Bu signalizatorlarni ishga tushirish uchun uning oynasi sindiriladi va knopkasi bosiladi. Shuningdek korxonada yong‘in o‘chirish guruhi tuziladi.
Yashindan himoya qilish uchun kompleks tadbirlar ko‘zda tutilgan bo‘lib, bu odamlar xavfsizligini, uskunalar, materiallar va binoning xavfsiz saqlanishini ta’minlaydi [12].
Loyihaga ko‘ra galvanika sexi II- kategoriyali portlash xavfi bor binolarga kiradi. Bu kategoriyaga ko‘ra yashin urishi portlovchi moddalar hosil bo‘lishiga olib kelmaydi, bunday hollar faqat ishlab chiqarishdagi avariya va texnologik uskunalardagi nosozlikdangina kelib chiqishi mumkin. Kimyoviy moddalar maxsus xavfsiz joyda saqlanadi. Yashin bunday binolarga urishida vayronalik va qurbonlar soni ancha kam bo‘ladi. II- kategoriyali bino va qurilmalarni yashindan saqlashga yashin qaytargich qurilmasini o‘rnatish bilan erishiladi. U bino tomining eng baland nuqtasiga yoki tutun mo‘risiga metall xivich o‘rnatish va uni ulash orqali qilinadi.
Do'stlaringiz bilan baham: |