3.2 Oltin qoplamasi hosil qilishda ekologiya muammolari
Sanoat chiqindilari va oqava suvlarni zararsizlantirish katta xalq xo‘jalik ahamiyatiga ega. Galvanika sexlarining oqava suvlari ruxsat berilgan chegara konsentratsiyalaridan ancha yuqori darajada bo‘ladi. Davlat ekologiyasi qo‘mitasi, sanitariya nazorati normalariga asosan galvanika sexi oqava suvlari uchta alohida gruppaga bo‘linadi: Sianli ruxlash-kadmiylash jarayonlaridan tashlanadigan sian tarkibli ishqorli suvlar, ma’lumotlarga ko‘ra bunday sian tarkibli oqava suvlarda sianidlarning konsentratsiyasi 5-30 mg atrofida bo‘ladi, bu oqava suvlarning рН= 1,5-9,0 ning atrofida. Vannadagi ishlatilib bo‘lgan tashlab yuborilayotgan oqava suvlarda sianidlar konsentratsiyasi 100 mg/l gacha bo‘ladi. Ishqorli oqavalar pH =10-10,5 , kislotali oqavalar pH =2-5 bo‘ladi [13].
Bu keltirilgan oqavalar og‘ir metallar kationlari (mis, rux, nikel, temir va boshqalar)ning borligi bilan xarakterlanadi. Oqava suvlarni zararsizlantirish sianidlarni parchalanishiga emas, balki oqavani neytralizatsiyalash va og‘ir tuzlarning gidroksid birikmalari tarzida to‘la cho‘ktirish ko‘zda tutiladi.
Sanitariya nazorati normalariga sharoitlari bilan oqavalar metallarning gidroksidlarini ketkazish bilan zararsizlantirishning prinsipial sxemalari berilgan. Oqavada alohida uch xil oqava suvlar gruppasi bo‘lgani uchun har bir gruppa uchun alohida kanalizatsiya ko‘zda tutilgan. Zararsizlantirish qurilmalari va alohida sig‘imlar hamda apparatlarning ja’mi galvanika sexidan chiqadigan oqava miqdoriga bog‘liq. Shuning uchun yuvish sifatini kamaytirmagan holda, suv sarfini kamaytirish zarur. [12].
Buning uchun quyidagilar tavsiya qilinadi:
Texnik va yuvish vannalari orasiga oqimsiz vannalar o‘rnatish.
Kaskadli qarama-qarshi oqimli yoki ikki bosqichli yuvishni qo‘llash.
Sepib yuvishni qo‘llash.
Asosiy vannalar va yuvish vannalari orasiga suyuqlik sidirib oluvchi cho‘tkalar o‘rnatish va boshqa tadbirlar.
Vatanimiz va chet el adabiyotlari oqava suvlarni tozalashning batafsil ma’lumoti, shu jumladan, doimiy va davriy ishlovchi uskunalarda reagentli metodlar, elektrokimyoviy va boshqa ma’lumotlar keltirilgan.
Qalay tarkibli oqava suvlarni tozalashning reagentli davriy metodi.
Taklif qilinayotgan qalay tarkibli oqava suvni 10% li sulfat kislota bilan rN 2-4 bo‘lguncha kislota qo’yish.
Sn4к ni Sn2к ,Bi5к ni Bi2к bo‘lguncha 10% qalayli oqavaga biosulfat natriy NaSO3 yoki alohida hollarda temir kuporosi FeSO*7H2O qo‘shish. Eritmani aralashtirish vaqti, riagent bilan 3-5 minut.
Ishqor bilan рН 3,5-5,5 bo‘lguncha neytrallash.
Kislotali oqavalar tarkibida Sn2к, Bi2к bo‘lgandan keyin umumiy neytralizatsiya stansiyasiga haydash.
Eritmaga cho‘kma hosil bo‘lishi uchun poliakrilamid qo‘shish.
Hosil bo‘lgan cho‘kmadan Sn(OH)2 ni ajratib olish.
Tugallovchi operatsiya sifatida gidroksid birikmalarini ajratib olishda oqavani vakkum –filtrlashdir.Cho‘kma davriy ravishda nasos orqali transportga yuklanadi, chiqindi maydonchaga yuboriladi. Keltirilgan sxema strukturasi 100 m3 gacha oqava tozalash quvvatiga ega [13].
Agar oqava suvlarni zararsizlantirish uchun boshqa tadbirlar ham qo‘llanilgan bo‘lsa, oqava suvlarni tozalash quvvati 100 m3 dan kamroq olinishi lozim. Bunday hollarda qalay tarkibli oqavalarni tozalash uchun reagentli davriy tozalash usulini qo‘llash tavsiya etiladi. Agar oqava suvlar hajmi 100 m3 dan ko‘p bo‘lsa, reagentli to‘xtovsiz tozalash usuli qo‘llaniladi.
XULOSA
Bitiruv malakaviy ishimning xulosasida quyidagilarni keltimoqchiman:
1.Oltin bilan qoplangan materiallarni ustki qismi qattiqligi, mustahkamligini oshirish maqsadida oltinga qo‘shimcha arzon metallardan So, Ni qo‘shilishi aniqlandi. Natijada suyultirilgan metall qoplama erishi natijasida sirtdagi molekulalar bilan o‘zaro birikib yoyilishga chidamli 0,1-mm qalinlikda bir jinsli qatlam hosil bo‘lishi va uning xizmat muddatini 2-4 marta oshirishi aniqlandi.
2.Elektrolitlar tayyorlashda ishlatiladigan kaliyli sian birikmalarini kelajakda Dehqonobod kaliyli o‘g‘itlar zavodida ishlab chiqarish mumkin. Hozirgi vaqtda to‘liq quvvat faoliyat ko‘rsatmayotgan, korxonada elektrokimyoviy ishlab chiqarish bo‘yicha mutaxassis va ishchilar yetarli darajada bo‘lgan, ixtisoslashgan Qarshi mexanika ta’mirlash zavodi ishlab chiqarish sexlaridan foydalanish mumkin. Korxonada keng tarmoqli xalq iste’mollari ishlab chiqarish sexi yo‘lga qo‘yiladi va ish urinlari oshadi. Texnologiyani ishlab chiqarishga qo‘llash natijasida korxona foyda olib, ichki va tashqi bozorda imkoniyatlari oshadi.
3.Loyiha sarfi o‘zimizda mavjud bo‘lgan elektrolizyor va xom-ashyo tanlangani uchun mahsulot tannarxi ancha arzonlashdi.
Do'stlaringiz bilan baham: |