OZBEKISTON RESPUBLIKASI OLIY VA ORTA MAXSUS TALIM VAZIRLIGI
TOSHKENT KIMYO TEXNOLOGIYA INSTITUTI MAGISTRATURA BOLIMI
VALIYEVA SHAHLO SHAROF QIZINING
Mavzu: METANNI KONVERSIYALASH TEXNOLOGIYASI VA U ASOSIDA OLINADIGAN YARIM MAXSULOTLAR
KURS ISHI
Toshkent-2022
MUNDARIJA
KIRISH
I.BOB. TEXNIK QISM. ADABIYOTLAR SHARHI
II.BOB. TEXNOLOGIK QISM
III. BOB.
FOYDALANILGAN ADABIYOTLAR RO'YXATI
KIRISH.
O’zbekiston Respublikasi Prezidentining 2011 yil 4 oktabrdagi “Yangi turdagi raqobatbardosh mahsulotlar ishlab chiqarishni kengaytirish va ozlashtirish chora-tadbirlari togrisidagi 1623-sonli qarori bilan tasdiqlangan dasturga muvofiq, 2012-2016 yillarda, hisob kitoblar boyicha, qiymati 6 milliard 200 million dollar bolgan 270 dan ziyod investitsiya loyihasini, shuningdek, ishlab chiqarishni modernizatsiya qilish, texnik va texnalogik qayta jihozlash boyicha tarmoq dasturlarini amalga oshirish kozda tutilmoqda.
2012 yilda Jamgarma chet ellik investorlar bilan hamkorlikda Ustyurt GKK qurilishi, Shortan GKKda sintetik suyuq yoqilgi ishlab chiqarishni tashkil etish, Muborak gazni qayta ishlash zavodi unitar shoba korxonasida gaz-kimyo kompleksini ishga tushirish, Tollimarjon IES quvvatini oshirish loyihalarini moliyalashtirishda ishtirok etadi [1].
Mamlakatimizda yoqilgi-energetika resurslaridan foydalanish samaradorligini oshirish uchun quyidagi yonalishlarda chora-tadbirlar amalga oshirishga ustuvor ahamiyat berilmoqda:
Gaz, elektr energiyasi, issiqlik energiyasi va suv yetkazib berish va saqlash tizimini modernizatsiya qilish orqali bu resurslarimizning texnik yoqotilishi miqdorini kamaytirish [2].
Gaz, neft, komir qazib chiqarish texnologiyalarini takomillashtirish, Issiqlik elektr stansiyalarini modernizatsiya qilish, ulardagi energiya hosil qiluvchi va uzatuvchi qurilmalarni zamonaviylari bilan yangilash, kichik gidroelektrostansiyalarni va yagona energotizimga ulash asosida energiya resurslari hajmini oshirish va tannarxini kamaytirish [3].
Gaz va neft xomashyosidan qoshimcha mahsulotlar, jumladan, polietilen, polipropilen, kimyoviy mahsulotlar ishlab chiqarish hajmini oshirish.
Uzoq muddatli istiqbolga moljallangan, mamlakatimizning salohiyati, qudrati va iqtisodiyotimizning raqobatdoshligini oshirishda hal qiluvchi ahamiyat kasb etadigan navbatdagi muhim ustuvor yonalish-bu asosiy yetakchi sohalarni modernizatsiya qilish, texnik va texnologik yangilash, transport va infrotuzilma kommunikatsiyalarini rivojlantirishga qaratilgan strategik ahamiyatga molik loyihalarni amalga oshirish uchun faol investitsiya siyosatini olib borishdan iborat [4].
Ozbekiston neft va gaz sanoati ayni kunda mamlakat iqtisodiyotining eng yirik tarmogi hisoblanadi va energetikaning muhim asosini tashkil etadi. Neft gaz kundalik hayotimizning ajralmas qismi bolib qoldi. Ayniqsa, tabiiy gazlarni zaharli nordon gazlardan tozalash dolzarb masalalardan biri hisoblanadi.
Tabiiy gaz kopchilik davlatlarning yoqilgi energetika balanslarida asosiy orinni egallaydigan eng muhim qazilma yoqilgilardan biri kimyo sano-ati uchun muhim xomashyo. Uning deyarli 90%i uglevodorodlardan, asosan metan CH4 dan tashkil topgan. Tarkibi ancha ogir uglevodorodlar etan, propan, butan shuningdek merkaptanlar hamda vodorod sulfid H2S (bular zaharli aralashmalar ), azot va karbonat angidrid (ular umuman foydasiz , lekin zarari ham yoq), suv buglari, geliy va boshqa inert gazlarning foydali qoshimchalari boladi.
Tabiiy gazning energetik va kimyoviy qiymati uning tarkibidagi uglevodorodlarning miqdori bilan aniqlanadi. Kopincha konlarda u neft bilan birga uchraydi.Tabiiy gaz bilan yoldosh neft gazining tarkibi orasida farq bor. Neft gazida, odatda nisbatan ogir uglevodorodlar kopoq boladi. Gazni ishlatishdan avval ular albatta ajratib olinadi .
Tabiiy gaz tarkibidagi metan kimyo sanoati katta ahamiyatga ega.U chala yonganda vodorod, uglerod (׀׀) oksid, atsetilen hosil bo’ladi.Bu moddalardan turli-tuman kimyoviy o’zgarishlar orqali aldegidlar, spirtlar, atseton, sirka kislata, ammiak va h.k. olinadi.
Do'stlaringiz bilan baham: |