MUNDARIJA: KIRISH ....................................................................................................................2
I BOB. TEMURIYLAR DAVRIDA TARIXIY GEOGRAFIYA.......................4 1.1 Temur davlatining tarixiy geografiyasi..........................................................4
1.2 Temuriylar davri tarixiy geografiyasi............................................................9
II BOB. TEMURIYLAR DAVRI TARIXIY GEOGRAFIYASINING OLIMLAR TOMONIDAN O'RGANILISHI VA O'RTA OSIYO OLIMLARI ASARLARIDAGI AHAMIYATI.........................................................................16 2.1 Temur va temuriylar davrida geografik bilimlar..........................................16
2.2 O‘rta Osiyo olimlari asarlarining tarixiy geografiya uchun ahamiyati........25
XULOSA ...............................................................................................................33 ADABIYOTLAR RO'YXATI .............................................................................34
KIRISH Kadrlar tayyorlash Milliy dasturida chuqur nazariy va amaliy bilimlar bilan bir qatorda, tanlagan sohasi bo‘yicha mustaqil faoliyat ko‘rsata oladigan, o‘z bilimi va malakasini mustaqil ravishda oshirib boradigan, masalaga ijodiy yondoshgan holda muammoli vaziyatlarni to‘g‘ri aniqlab, uni tahlil qila oladigan mutaxassislarni tayyorlash asosiy vazifalardan biri etib belgilangan.
Prezident Islom Karimov o‘zining “Yuksak ma’naviyat – engilmas kuch” asarida yosh avlod qalbida yuksak ma’naviyatni shakllantirishda ta’lim-tarbiya tizimining o‘rni yuksakligiga alohida e’tibor qaratib “... farzandlarimizni mustaqil va keng fikrlash qobiliyatiga ega bo‘lgan, ongli yashaydigan komil insonlar etib voyaga etkazish – ta’lim-tarbiya sohasining asosiy maqsadi va vazifasi bo‘lishi lozim, deb qabul qilishimiz kerak”1, - deb ta’kidlab o‘tadi.
Ma’lumki, axborot va bilimlar doirasi tez sur’atlar bilan kengayib borayotgan hozirgi sharoitda barcha ma’lumotlarni faqat dars mashg‘ulotlari paytida talabalarga etkazish vaqt nuqtai nazaridan amalga oshirish mushkul vazifa hisoblanadi.
Tajribalar shuni ko‘rsatadiki, talaba mustaqil ravishda shug‘ullansa va o‘z ustida tinimsiz ishlasagina bilimlarni chuqur o‘zlashtirishi mumkin. Talabalarning asosiy bilim, ko‘nikma va malakalari mustaqil ta’lim jarayonidagina shakllanadi, mustaqil faoliyat ko‘rsatish qobiliyati rivojlanadi va ularda ijodiy ishlashga qiziqish paydo bo‘ladi.
Shuning uchun talabalarning mustaqil ta’lim olishlarini rejalashtirish, tashkil qilish va buning uchun barcha zaruriy shart-sharoitlarni yaratish, dars mashg‘ulotlarida talabalarni o‘qitish bilan bir qatorda ularni ko‘proq o‘z ustida mustaqil ta’lim olish uchun yo‘llanma berish oliy ta’lim tizimida faoliyat olib borayotgan professor-o‘qituvchilarning asosiy vazifalaridan biri hisoblanadi.
Talabaning mustaqil ishi – muayyan fandan o‘quv dasturida belgilangan bilim, ko‘nikma va malakaning ma’lum bir qismini talaba tomonidan fan o‘qituvchisi maslahati va tavsiyalari asosida auditoriya va auditoriyadan tashqarida o‘zlashtirilishiga yo‘naltirilgan tizimli faoliyatdir.