I bob tarbiyachilarni tarbiyachi nutqi va unga qo‘yiladigan pedagogik talablar foydalanishning nazariy asoslari


Tarbiyachi nutqi va unga qo‘yiladigan pedagogik talablar zamonaviy axborot texnologiyalaridan foydalanishning imkoniyatlari



Download 262,5 Kb.
bet6/8
Sana08.07.2022
Hajmi262,5 Kb.
#756540
1   2   3   4   5   6   7   8
Bog'liq
Nig`matullayeva Iroda

2.Tarbiyachi nutqi va unga qo‘yiladigan pedagogik talablar zamonaviy axborot texnologiyalaridan foydalanishning imkoniyatlari

Hozirgi davrda jamiyatda muayyan intellektual salohiyatiga erishish axborot texnikasi taraqqiyotiga turtki bo‘ladi. Jamiyatning intellektual salohiyatini shakllantirishda ta’lim tizimining o‘rni beqiyosdir. Barchamizga ayonki, fan ta’lim funksiyasini bajaradi. Bundan ko‘rinib turibdiki, fan bilan ta’lim o‘zaro uzviy aloqadorlikda bo‘ladi. Bunday aloqadorlik ikki tomonlama namoyon bo‘ladi, birinchidan, fan yangi bilim ko‘rinishidagi o‘z mahsuligs ishlov berish va tarqatish uchun ta’limga taqdim etuvchi vazifani bajaradi. Ikkinchi tomondan esa, ta’limga tegishli tarzda o‘qitilgan va tayyorlangan kadrlarni fanga yetkazib berish. Shunga binoan, fan bilan ta’lim o‘rtasida uzviy aloqa mavjuddir, ular bir-birisiz rivojlana olmasligiga qaramay, fan va ta’lim inson faoliyatining har xil sohalarida namoyon bo‘ladi.


Ta’lim soxasining yangi axborot texnologiyasi deganda – faqat o‘quv tarbiya jarayonga qo‘llanishi mumkin bo‘lgan eng yangi axborot texnologiyalarni tushuniladi.
Yangi axborot texnologiyalari - turli toifali foydalanuvchilar tomonidan EHM asosida axborot olish va qayta ishlash bo‘yicha xizmatlar bilan ta’minlashdan iborat.
Axborot texnologiyalari – ijtimoiy hayotining barcha sohalari uchun axborot yaratish, to‘plash, uzatish, saqlash, va qayta ishlash hisoblash texnikasi va aloqa tizimlaridan foydalanishdir.
Hozirgi davrda axborot almashinuvi uzluksiz ta’lim tizimining barcha tarkibiy qismlari faoliyatiga, ya’ni umumiy o‘rta ta’lim, kasb-hunar ta’limi, oliy ta’limga ijobiy ta’sir etadi. Axborot-kommunikatsiya texnologiyalarining ta’lim tizimiga keng joriy qilinishi, o‘quv jarayonini tashkil etish, o‘quv-uslubiy ta’minotini rivojlantirish, fanlarni o‘zlashtirish samaradorligini oshirishga olib kelmoqda.
Axborot texnologiyalari asosida takomillashtirilgan o‘quv jarayoni:
butun o‘quv jarayonida kompyuter texnikasi vositalarini qo‘llashni;o‘quv jarayonini har tomonlama qamrab olishni;texnikaviy, dasturiy, tashkiliy va o‘quv metodik ta’minotni bir turli hamda bir xilligini; har xil sharoitlarga qo‘llashni moslashtirishni; yuqori didaktik va iqtisodiy samaradorlikni;yangi usullar asosida ta’limni, fan va ishlab chiqarishning o‘zaro munosabatlarida integratsiyalashni hamda mutaxassislarning tayyorgarligini oldindan ilgarilab ketishini ta’minlashni talab qiladi.
Axborot texnologiyalariga asoslangan kompyuter dasturlari o‘quv-tarbiya jarayoni sifatiga ijobiy ta’sir etadi, o‘quv topshiriqlarini aniq ko‘rish, uni tushunib yetish, umumlashtirish, qayta takrorlash orqali mustahkamlash va bevosita amaliyotda qo‘llash imkonini yaratadi. Natijada:
ta’lim oluvchilarning fanga nisbatan qiziqishi ortadi, o‘quv axborotlarini to‘plash, umumlashtirish, uzatish ishlarini boshqarish imkonoyatlari paydo bo‘ladi;ta’lim oluvchilarda mustaqil ishlash ko‘nikmalari shakllanadi; ta’lim oluvchilarning bilim faoliyatini nazorat qilish imkoniyati tug‘iladi, o‘z-o‘zini tarbiyalash va nazorat qilish ko‘nikmalari shakllanadi.
Hozirgi kunda ta’lim soxasida axborot texnologiyalarini qo‘llash orqali mashg‘ulot jarayonini tashkil etish ko‘rgazmalilikni oshirish orqali ta’lim oluvchilarning mashg‘ulotga bo‘lgan qiziqishini orttiradi. Chunki, rangli taqdim etilgan mashg‘ulot materiallari tarbiyalanuvchilarning diqqatini jalb qilgan holda, ular xotirasida uzoq saqlanadi. Tarbiyalanuvchilar diqqatini ushlab turish juda murakkab. Texnik vositalar ma’lumot va bilimlarni kerakli ketma-ketlik va kerakli miqdorda berish imkonini ta’minlaydi. Diqqatni ana shunday boshqarish tarbiyalanuvchilarda umumiy o‘quv ko‘nikmasi – kuzatish ko‘nimasining paydo bo‘lishini ta’minlaydi.
Axborot texnologiyalaridan foydalanish va mashg‘ulotni rejalashtirishda ta’lim oluvchilarning qiziqishi, xohish-istagi, ehtiyoji va bilim darajasiga e’tibor berish talab etiladi.20
Axborot ta’lim muhiti imkoniyatlaridan samarali foydalanish uchun pedagogning iste’molchi sifatida o‘zi mo‘ljaldagi texnik imkoniyatlarining to‘liq to‘plamini egallagan bo‘lishi talab etiladi Axborot texnologiyalaridan ta’lim jarayonida foydalanish, ta’lim samaradorligini oshirish uchun katta imkoniyat hisoblanadi.
Ta’limni kompyuterlashtirish, keng ma’noda esa axborotlashtirish o‘rganish uchun zarur axborotni tanlash, uni ta’lim shakliga solish, bu axborotni ta’lim oluvchilarga o‘zlashtirish, tushunish va eslab qolish uchun berish maqsadida axborot texnologiyasidan foydalanish, mutaxassislarning umumiy ma’lumoti va kasbiy tayyorgarligining sifatini oshirish uchun jahon andozalariga javob beruvchi axborot texnologiyalarini ta’lim jarayoniga tadbiq etish demakdir.
Ta’lim jarayonida axborot texnologiyalaridan foydalanish ta’limning mazmuni, shakllari va usullari o‘zgarishiga kuchli ta’sir ko‘rsatadi. Ta’lim jarayonida axborot texnologiyasidan foydalanish sur’ati, darajasi va samaradorligi bu texnologiyadan ta’lim jarayonida oqilona foydalanishga pedagoglarning tayyorgarligi hamda ta’lim oluvchilarning kompyuterni bilishiga, bilim olish, uni tushunish, o‘zlashtirish va eslab qolish uchun ulardan foydalana olish har bir shaxsning intellectual imkoniyatlariga chambarchas bog‘liq bo‘ladi.
Zamonaviy pedagogning jamiyatni axborotlashtirish sharoitida ishlashga tayyorgarligini belgilab beradigan quyidagi axborot-kommunikativ salohiyatlar muhim hisoblanadi:
-.Kasbiy vazifalarni informatikaning zamonaviy vositalari va metodlarini axborot texnologiyalaridan foydalangan holda bajara olish malakasi;
-.Kasbiy faoliyatda axborot texnologiyalaridan foydalanish borasida tayyorgarlik darajasini real aks ettiruvchi, shakllanib ulgurgan shaxsiy sifatlari;
-.Vaziyatni to‘g‘ri baholash va pedagogik faoliyatda axborot texnologiyalardan foydalangan holda samarali qarorlar qabul qila oladigan predmet-maxsus bilimlarni tashkil etish imkoniyatiga ega bo‘lish.
Axborot texnologiyalarini ta’lim soxasida qo‘llashdan maqsad ta’lim oluvchilarning kompyuter bilan ishlash va barcha ijtimoiy va etik masalalarni o‘zaro bog‘liqligini ochib berishdan iborat. Shuningdek, axborot texnologiyalari ta’lim jarayonida o‘qitishning barcha turlarini qo‘llash bilan birga insonning sezgi organlarini o‘zaro faollashtiradi.
Axborot texnologiyalaridan ta’lim jarayonida foydalanish, ta’lim samaradorligini oshirish uchun katta imkoniyat hisoblanadi. Jumladan, o‘qitish jarayoni bilan axborot texnologilayadan foydalanib o‘qitish orasidagi farqni mazkur jadvaldan bilib olishimiz mumkin.Buninig natijasida esa ular nafaqat tinglash, o‘qish balki ta’lim oluvchilarni bir mashg‘ulot jarayonida mustaqil ta’lim olishi, olingan nazariy bilimini amalda kuzatish va mavzuni mazmunidagi yangilikni tadqiq qilish imkoniyatiga ega bo‘ladilar.
Ta’lim soxasida axborot kommunikatsion texnologiyalardan foydalanish uchun har bir pedagog, avvalo kompyuter dasturlari va ulardan foydalanish yo‘llarini bilib olishi zarur. Bu esa nafaqat kompyuter dasturlari ayniqsa, ta’lim oluvchilarning bilim va ko‘nikmalarini shakllantirish, balki axborot texnologiyalarini qo‘llash orqali ularning ijodiy ko‘nikmalarini rivojlanishiga ham yordam beradi.
Hozirgi kunda kompyuterlar ta’lim tizimida asosan to‘rt yo‘nalishda foydalanilmoqda:
- o‘rganish obyekti sifatida;

  • o‘qitishning texnik vositalari sifatida;

  • ta’limni boshqarishda;

  • ilmiy-pedagogik izlanishda.

Ta’lim sohasida axborot texnologiyalaridan foydalanishning afzalliklari juda ko‘p: ta’lim oluvchilarda ma’lum malakalarni shakllantirish vaqti qisqaradi; mashq qilinadigan topshiriqlar soni oshadi; ta’lim oluvchilarning ishlash sur’ati jadallashadi; kompyuter tomonidan faol boshqarishni talab qilinishi natijasida ta’lim oluvchi ta’lim subyektiga aylanadi; tarbiyalanuvchilar kuzatishi, mushohada qilishi qiyin bo‘lgan jarayonlarni modellashtirish va bevosita namoyish qilish imkoniyati hosil bo‘ladi; kommunikatsiya vositalaridan foydalangan holda ta’lim jarayonini uzoqdagi manbaalar bilan ta’minlash imkoniyati hosil bo‘ladi; kompyuter bilan muloqot didaktik o‘yin xarakterini oladi va bu bilan tarbiyalanuvchilarda o‘quv faoliyatiga motivatsiya kuchayadi va hokazo.
Axborot texnologiyalari ta’lim jarayonida tarbiyalanuvchi va kompyuter orasidagi munosabatlarga ko‘ra tashkil etiladi, boshqariladi, nazorat qilinadi.
Kompyuterli ta’limni tashkil etish – ta’lim oluvchi bilan o‘quv materiali o‘rtasidagi bog‘lanishni kompyuter vositasida yo‘lga qo‘yish demakdir. Tarbiyalanuvchi bilan o‘quv materiali o‘rtasidagi bog‘lanishni tashkil etish uchun ta’lim avvalo loyihalanib olinadi. Ta’lim oluvchilarning o‘quv ishlarini tashkil etish, ular faoliyatini rag‘batlantirish tegishli vositalar asosida modellashtiriladi.
Ta’lim jarayonida foydalanishga mo‘ljallangan ko‘plab elektron o‘quv materiallari yaratilgan bo‘lib, unga elektron darslik, elektron o‘quv qo‘llanma, o‘rgatuvchi dastur vositalari kabilarni misol qilib ko‘rsatish mumkin. Ular o‘zida boshqarilish imkoniyati, interfaol uslublar, sun’iy intellekt elementlari, hissiy moslashuvchanlik kabi xususiyatlar muvjudligiga ko‘ra ta’limda ma’lum samaradorlikni ta’minlaydi.
Axborot texnologiyalari ya’ni kompyuterlarni ta’lim jarayonida qo‘llash quyidagilarga imkon yaratadi:
- ta’lim oluvchilarning bilish ehtiyojini shakllantiradi;
- ta’lim oluvchilarning bilish faoliyatini faollashtiradi;
- ta’lim oluvchilarda biror bir soxani o‘rganishga qiziqishni oshiradi;
- kompyuter bilan ishlashni o‘rganishga bo‘lgan ishtiyoqni oshiradi;
- kompyuterlardan foydalanish bilan bog‘liq dunyoni ilmiy bilishning hozirgi zamon metodlari bilan tanishtiradi;
- ta’limda tarbiyalanuvchining individuallik darajasini oshiradi;
- ta’lim oluvchiarning ijodkorlik qobiliyatini rivojlantiradi;
- materiallar mazmunining xilma-xilligini ta’minlaydi;
- ta’limda foydalaniladigan o‘quv materiallari doirasini kengaytiradi;
- ta’limda ko‘rgazmalilikni kuchaytiradi;
- ta’lim oluvchilarning o‘z-o‘zini nazorat qilishi, ya’ni baholash jarayonining omillarini kengaytiradi va hokazolarni o‘z ichiga qamrab oladi.
Kompyuterli ta’lim vositalarini quyidagi to‘rt guruhga ajratish mumkin:
Pedagogik, kompyuter hamda axborot texnologiyalar ta’lim jarayonini tashkil etish, tayyorlash, ilmiy-metodik materiallar bilan ta’minlash, ta’lim jarayonini amalga oshirish, ta’lim natijalarining sifatini baholashdan iborat bo‘lgan yaxlit tizimda o‘z ifodasini topadi.
Maktabgacha ta’lim tashkilotlarida ta’lim jarayoniga yangi texnik vositalar, shu jumladan, kompyuter va boshqa axborot texnologiyalarining jadal kirib kelayotgan hozirgi davrida fanlararo uzviylikni ta’minlash maqsadida informatika fani yutuqlaridan foydalanish dolzarb masalalardan biri sanaladi.
Axborot texnologiyasida matnlar, tasvirlar, ovozlar, shakllar va shunga o‘xshash boshqa ishlarni amalga oshirish imkoniyatlari maxsus dasturlash yordamida juda yengil va tezkorlik bilan hal etilmoqda. Shuning uchun ta’lim soxasining barcha bosqichini o‘qitishda axborot texnologiyasidan foydalanish ijobiy natijalarni olib kelmoqda.
Xulosa sifatida shuni aytish lozimki, ta’lim tizimining barcha soxasida axborot texnologiya vositalaridan unumli foydalanish tarbiyachi va tarbiyalanuvchilarning dunyoqarashini kengaytiradi, mustaqil ishlash ko‘nikmalarini shakllantiradi.

bo‘yicha tajriba-sinov ishlarini tashkil etish.


Tarbiyachilarni kasbiy mahoratini rivojlantirishda axborot texnologiyalaridan foydalanish maqsadida yo‘lga qo‘yilgan tajriba-sinov ishlarini tashkil etishda maqsad va vazifalarning aniq hamda metodik jihatdan to‘g‘ri belgilanishiga e’tibor qaratildi.
Tadqiqot ishini olib borishdan avval shu mavzuga oid adabiyotlar, muammoning ilmiy — nazariy asosi o‘rganib chiqildi. Binobarin, tadqiqotning muvaffaqiyatli olib borilishi hamda yakunlanishi tanlangan muammo yechimini topishga yordam beruvchi pedagogik maqsad, vazifalar va uning natijalanishiga bevosita bog‘liqdir. Tajriba-sinov ishlari bir necha bosqichlarda olib borildi.
Tarbiyachilarni kasbiy mahoratini rivojlantirishda axborot texnologiyalaridan foydalanishga qaratilgan tajriba-sinov ishlarining har birida aniq xususiy maqsadlar amalga oshirilgan holda bir necha bosqichda tashkil etildi. Xususan:
Tashkil etilgan tajriba-sinov ishi o‘z ichiga 3 bosqichni oladi:

  1. Ta’kidlovchi tajriba-sinov ishlari

  2. Shakllantiruvchi tajriba-sibov ishlari

  3. Taqqoslovchi-umumlashtiruvchi tajriba-sinov ishlari.

Ta’kidlovchi tajriba-sinov ishlarining asosiy maqsadi - maktabgacha ta’lim tashkilotlarining mashg‘ulotlar jarayonida axborot texnologiyalaridan foydalanishning qay darajada amalga oshirilayotganligi, tarbiyachi bilim, ko‘nikma va malakalarini o‘rganish, aniqlash hamda shu orqali ilmiy-metodik tavsiyalar ishlab chiqishdan iborat.
Maqsaddan kelib chiqib, ta’kidlovchi tajriba-sinov ishlarining quyidagi vazifalari belgilanadi:
1. Maktabgacha ta’lim tashkilotlarida mashg‘ulotlarning samaradorligini oshirish uchun axborot texnologiyalarida tarbiyachilarning kasbiy-pedagogik tayyorgarligini aniqlash;
2. Mashg‘ulotlar jarayonida tarbiyachilarning axborot texnologiyalardan foydalana olishlarini yutuq va kamchiliklarini aniqlash.
3. Rivojlanish darajasining umumiy tavsifi asosida maktabgacha ta’lim tashkilotlaridagi tarbiyachilarni shaxsiy xususiyatlarini o‘rganish orqali ularning kasbiy mahorat darajasini obyektiv baholagan holda, ularning nazariy va amaliyotdagi holatini o‘rganish;
4. Kasbiy mahoratning mazmun va mohiyatiga ko‘ra tarbiyachilarni turli guruhlarga ajratish asosida rivojlantirish dasturlarini ishlab chiqish;
5. Muayyan rejaga muvofiq maktabgacha ta’lim tashkilotlarida tarbiyachilarni kasbiy mahoratini rivojlantirishda axborot texnologiyalaridan foydalanishning oid samarali shakl, metod va vositalarini aniqlash va ishlab chiqish.
Tarbiyachilarni kasbiy mahoratini rivojlantirishda axborot texnologiyalaridan foydalanish ishlarini o‘rganish maqsadida biz tajriba-sinov ishimizni Toshkent Shahar Chilonzor tumanining №429-Maktabgacha ta’lim tashkilotsi hamda №561-Maktabgacha ta’lim tashkilotlarining tarbiyachilari bilan birgalikda aniqlovchi tadqiqot ishini o‘tkazdik. Eksprimentda 40 nafar tarbiyachi ishtrok etdi. Tarbiyachilarni kasbiy mahoratini rivojlantirishda axborot texnologiyalaridan maktabgacha ta’lim tashkilotsida qay darajada foydalanilayotganini biz bir necha mashg‘ulotlarni kuzatish natijasida guvohi bo‘ldik. Biz maktabga tayyorlov guruhida “Tabiat bilan tanishtirish” mashg‘ulotini, katta guruhda “Nutq o‘stirish” mashg‘ulotini, o‘rta guruhda “Badiiy adabiyot bilan tanishtirsh” mashg‘ulotini kuzatib tahlil qildik. Mashg‘ulotlarni tahlil qilish shuni ko‘rsatdiki, tarbiyachilar mashg‘ulotlarda pedagogik texnologiyalardan, bolalarni faollashtirish usullaridan foydalanadilar, lekin ularda mashg‘ulotlarda axborot texnologiyalardan foydalanish imkoniyati mavjud emas.
Tarbiyachilarni kasbiy mahorat va axborot texnologiyalari haqidagi bilim darajalarini aniqlash maqsadida ular bilan so‘rovnoma o‘tkazdik.
So‘rovnomaning maqsadi: Tarbiyachilarni kasbiy mahorat va axborot texnologiyalari haqidagi bilim darajalarini aniqlash.
So‘rovnomada 40 nafar tarbiyachilar ishtirok etdilar. SHulardan 20 ta tarbiyachi tajriba guruhida va 20 ta tarbiyachi nazorat guruhiga biriktirilgan.
Tarbiyachilarni kasbiy mahoratini rivojlantirishda axborot texnologiyalaridan hozirgi kunda mashg‘ulotlar davomida maktabgacha ta’lim muassasida qay darajada foydalanilayotganini aniqlashga oid anketa so’rovlari quyidagi ko‘rinishda ishlab chiqildi.
Maktabgacha ta’lim muassasidagi tarbiyachilarning kasbiy mahorat darajasini aniq o‘rganish, ular ega bo‘lgan mahoratning yo‘nalish va darajalarini obyektiv baholash maqsadida yopiq turdagi anketa so‘rovnomasi turi tanlandi. Unga ko‘ra, anketa so‘rovlariga javob berayotgan ishtrokchilar (respondentlar) har bir savol yuzasidan o‘z javoblarini anketaga yozish tariqasida o‘z fikrlarini bizga taqdim qildilar. (Ilova 1)
Tarbiyachilarni savollarga bergan javoblari quyidagi mezonlar asosida baholandi: Ya’ni to‘g‘ri javob hamda noto‘g‘ri javob berish shaklida belgilandi.
Tarbiyachilarni tajriba-sinovgacha bo‘lgan bilim darajalarining miqdoriy ko‘rsatkichlari shuni ko’rsatadiki:
Jadval 1.1



Download 262,5 Kb.

Do'stlaringiz bilan baham:
1   2   3   4   5   6   7   8




Ma'lumotlar bazasi mualliflik huquqi bilan himoyalangan ©hozir.org 2024
ma'muriyatiga murojaat qiling

kiriting | ro'yxatdan o'tish
    Bosh sahifa
юртда тантана
Боғда битган
Бугун юртда
Эшитганлар жилманглар
Эшитмадим деманглар
битган бодомлар
Yangiariq tumani
qitish marakazi
Raqamli texnologiyalar
ilishida muhokamadan
tasdiqqa tavsiya
tavsiya etilgan
iqtisodiyot kafedrasi
steiermarkischen landesregierung
asarlaringizni yuboring
o'zingizning asarlaringizni
Iltimos faqat
faqat o'zingizning
steierm rkischen
landesregierung fachabteilung
rkischen landesregierung
hamshira loyihasi
loyihasi mavsum
faolyatining oqibatlari
asosiy adabiyotlar
fakulteti ahborot
ahborot havfsizligi
havfsizligi kafedrasi
fanidan bo’yicha
fakulteti iqtisodiyot
boshqaruv fakulteti
chiqarishda boshqaruv
ishlab chiqarishda
iqtisodiyot fakultet
multiservis tarmoqlari
fanidan asosiy
Uzbek fanidan
mavzulari potok
asosidagi multiservis
'aliyyil a'ziym
billahil 'aliyyil
illaa billahil
quvvata illaa
falah' deganida
Kompyuter savodxonligi
bo’yicha mustaqil
'alal falah'
Hayya 'alal
'alas soloh
Hayya 'alas
mavsum boyicha


yuklab olish