xulosa. Soliqlar, yig‘imlar, bojlar va boshqa to‘lovlar hisobiga davlat moliyaviy resurslari tashkil topadi. Davlat faoliyatining barcha yo‘nalishlarini mablag‘ bilan ta’minlashning asosiy manbalaridan biri va davlat ustuvorligini amalga oshirishning iqtisodiy vositasi soliqlardir. Soliq tizimini tartibga solish va mukammallashtirish samarali davlat iqtisodiy siyosatini olib borishga, xususan, moliyaviy tizimni rivojlantirishga yordam beradi. Iqtisodiyotni davlat tomonidan soliqlar orqali tartibga solish, davlat byudjetini shakllantirish, soliq solish vositasida jamiyatdagi u yoki bu jarayonlarning rivojlanishiga ta’sir etuvchi usuli hisoblanadi. Shunday qilib, davlatning mavjudligi soliqlar bilan uzviy bog‘liq, chunki soliqdan tushadigan tushumlar davlat iqtisodiy mustaqilligining bosh manbaidir.
xulosa. Soliqlar moliyaviy resurslarni davlat ixtiyorida to‘planib borishini ta’minlaydi, bu resurslardan iqtisodiy rivojlanishning umumdavlat, mintaqaviy vazifalarni hal qilish, ishning samaradorligi va sifatini rag‘batlantirish, ijtimoiy adolat tamoyillaridan kelib daromadlarni tartibga solish uchun foydalaniladi.
xulosa. Soliqlarning iqtisodiy mohiyati davlat bilan huquqiy va jismoniy shaxslar o‘rtasida vujudga keluvchi ob’ektiv majburiy to‘lovlarga asoslangan moliyaviy munosabatlar orqali xarakterlanadi. Bu moliyaviy munosabatlar maxsus ijtimoiy xarakterga ega bo‘lib, milliy daromadning bir qismi bo‘lgan pul mablag‘larini davlat ixtiyoriga safarbar qilishga xizmat qiladi.
xulosa. Soliqlarning umumdavlat va mahalliy soliqlarga bo’linishi hukumat idoralarining respublika hukumati va mahalliy hukumatlarga bo’linishi asosida kelib chiqadi. Har bir xokimiyat idoralari o’zlarining bajaradigan muhim
vazifalaridan kelib chiqib, o’z byudjetiga va uni ta’minlaydigan soliqlarga va boshqa majburiy to’lovlarga ega bo’lishi kerak.
xulosa.Yuqorida ko’rib o’tganimizdek, Respublikamizda mahalliy davlat hokimiyati idoralarining asosiy daromad manbai hisoblangan mahalliy soliqlar va yig’imlar bilan bog’liq muammolar markazida ularning mahalliy budjetlar xarajatlarini to’liq miqdorda moliyalashtira olmasligidadir. Shu o’rinda ta’kidlash lozimki, respublikamiz soliq tizimini takomillashtirishda turli hokimiyat organlarining soliqlar va yig’imlar bo’yicha vakolatlarini yanada aniqlashtirish va bunda mahalliy davlat hokimiyati idoralarining bu boradagi vakolatlarini oshirish muhim yo’nalish qilib belgilanishi lozim.
Do'stlaringiz bilan baham: |