I bob. Sog’lom turmush tarzi. Turmush tarzining kasallik profilaktikasi bilan aloqasi


Sog'lom turmush tarzining aholi salomatligiga ta'siri



Download 61,35 Kb.
bet5/7
Sana09.03.2022
Hajmi61,35 Kb.
#487222
1   2   3   4   5   6   7
Bog'liq
KASALLIKLAR PROFILAKTIKASI VA SOG\'LOM TURMUSH TARZINI TARG\'IB QILISH

2.2.Sog'lom turmush tarzining aholi salomatligiga ta'siri
Sog'lom turmush tarzining ahamiyati. Turmush tarzi- bu insonning ma’lum maqsad asosida o’zining yashashi, hayot kechirishi uchun zarur bo’lgan turmush sharoitlarini o’zlashtirish usuli.Sog’lom turmush tarzi deganda quyidagilarni e’tiborga olish zarur:faol jismoniy harakatqilish, chiniqish jismoniy tarbya va sport bilan shug’ullanishkun tartibini oqilona rejalashtirish va unga doimo amal qilish; jismonan va ruhan toliqishga yo’l qo’ymaslik; aqliy va jismoniy mehnatni gigiyenik talablar asosida to’g’ri rejalashtirish;to’g’ri va sifatli ovqatlanish;shaxsiy va umumiy gigiyena talablariga rioya qilish;atrof-muhitni muhofaza qilish,ekologik madaniyatga erishish;yuqumli kasalliklar, jarohatlanish va baxtsiz hodisalarning ro’y berishini oldini olish;to’g’ri jinsiy tarbiya olish;psixogigiyena talablariga amal qilsh;zararli odatlarga berilmaslik.
Respublikada amalga oshirilayotgan tub islohotlarning asl maqsadi insonga munosib turmush va faoliyat ko'rsatish sharoitlarini yaratishdir.
1. Oila byudjetini to'g'ri taqsimlash. Daromadlar bilan xarajat muvozanatini saqlash katta ahamiyatga molik. Xarajatlar aniqlanganda eng avvalo, ularning eng zaruriga pul ajratish maqsadga muvofiq. Eng zarur xarajatlarga — ovqatlanish, davolanish, kommunal xizmat va bilim olish sarflari kiradi. Kiyinish, dam olish, uy jihozlash, tomosha va nihoyat to'y-marakalar esa ikkinchi darajali sarflarga kiradi.
Oila mablag'ini oila a'zolarining ehtiyojlariga qarab, zarurlarini ajratib olib, to'g'ri taqsimlash davr talabidir.
2. Uy sharoiti. Kishi boshiga 9 m2 va undan ko'proq turar joy to'g'ri keladigan oilalardagi bolalarning sog'lomligi 5 m2 turar joy to'g'ri kelgan oilalarga nisbatan 7-8 harohar yuqondir.
Hozirgacha oilada eng katta, bahavo xona bolalarga emas, mehmonlarga ajratiladi. Eng yaxshi, qulay sharoit bolalar uchun yaratilishi kerak, degan ko'nikma ayrim oilalarda hali shakllanmagan. Oilalarda bolalar uchun eng yaxshi sharoit yaratilishini targ'ib etishga ahamiyat berish lozim.
3. Ovqatlanish. Sog'lom turmush tarzini shakllantirishning muhim omilidir. Jannatmakon diyorimizda yetishtirilgan go'sht mahsulotlari, bug'doy, meva, poliz mahsulotlari vitaminliligi, to'yimliligi, mazahligi bilan dong taratgan.
Ulardan tayyorlanadigan antiqa milliy taomlarimiz ham jahonni lol qoldirmoqda. Ammo, ularni rejali, muntazam iste'mol qilish ko'nikmasi to'la shakllangan deb ayta olmaymiz. Vitaminlari yetishmaydigan, kimyoviy tarkibi past, sifatsiz ovqatlarni iste'mol qilish, ulaming miqdori jihatidan ham nomutanosibligi aholi salomatligiga salbiy ta'sir ko'rsatadi. O'tkazilgan tadqiqotlar natijalariga ko'ra qisMoq joylarida kattalar va bolalar ovqatida V1, V2, E va S vitaminlarining miqdori ancha past darajada. Ayniqsa, bolalar organizmining yuqumli kasalliklarga qarshi kurashish kuchi 25-27% pasayib ketganligi kuzatiladi.
Respublikamiz aholisi turli qatlamlari o'rtasida o'tkazilgan kuzatishlar ularning asosiy qismi non va non mahsulotlarini ko'proq, iste'mol qilishini ko'rsatadi. Bir kunda iste'mol qilinadigan oziq-ovqatlar kaloriyasi 1449 ni tashkil etadi. Vaholanki, mamlakatimiz bo'yicha oziq-ovqatlar quvvati darajasi 2567 kaloriya qilib belgilangan. Respublikamiz tub aholisiga xos xususiyatlardan bin yog'li qovurilgan ovqatlarni muntazam iste'mol qilishdir.Shuni alohida ta'kidlash kerakki aholi sut va sut mahsulotlari, baliq mahsulotlarini kam iste'mol qilishi oqibatida bolalar va katta yoshdagilar orasida anemiya kasalligi ortib bormoqda. Bu ko'rsatkich, ayniqsa, qishloq aholisi o'rtasida yuqon darajada.
4.Aholini yaxshi, sifatli toza ichimlik suvi bilan ta'mialash.
Mintaqaviy aholisining o'ziga xos xususiyatlarga, ega bo'lgan sog'lom turmush tarzining muhim omili bo'lib hisoblanadi. Gigiena qoidalariga ahamiyat bermaslik natijasida respublikada ichak kasalliklarini 70-80% hovuz-ariq va kanal suvlarini ichish, 8-13% infeksiyali ariqlarda cho'milish orqali sodir bo'lishini e'tiborga olsak, bu sohada hali aholi orasida tushuntirish ishlari olib borishimiz kerakligi aniq bo'ladi.
5. Aholini sanitariya-gigiena jihatdan tarbiyalash. Katta ahamiyat kasb etmoqda. Chunki jismoniy mehnatga nisbatan aqliy mehnatning ustuvorligi aholining kam harakat qilishi, jismoniy tarbiya va sport bilan shug'ullanmasligi, tozalikka rioya etmasligi sog'lom avlodni voyaga yetkazishimizga to'sqinlik qilmoqda. 60% oilalarda ota-onalar farzandlarining shaxsiy gigiena qoidalariga rioya qilishini nazorat qilmaydilar.
6. Jismoniy tarbiya bilan shug'ullanish. Kishilarni, ay­niqsa yosh avlodni sog'lom, harkamol bo'lib voyaga yetishiga, salomatligini mustahkam, ruhiyatini yaxshilashga olib kelishidan tashqari, kishilarga hayotda to'laroq va faolroq ishtirok etishga, o'zlarining bo'sh vaqtlaridan unumli foydalanishlariga imkon beradi. Odamlarning jismoniy tarbiyasi rahharlarning e'tiboridan chetda qolib ketsa, jumladan, hordiq chiqarish uchun istirohat bog'lari yaroqsiz bo'lsa, iqtisodiy qiyinchiliklarni ro'kach qilib kino teatrlar yopib qo'yilgan bo'lsa, yoshlarga bo'sh vaqtini ko'ngilli o'tkazish uchun oilada va jamoatchilikda imkoniyat yaratilmasa, ular bo'sh vaqtidan qanday foydalanayotganligini hech kim nazorat qilmasa, dunyoqarashi to'la shakllanmagan yoshlar hayotdagi "oq" va "qora"ni to'la ajrata olmaganligi tufayli qilgan jinoyatining mazmun-mohiyatini tushunmasdan shu yo'lga kiradi.
7. Ma'naviy kamolot. Biz yoshlarni oilaviy hayotga tayyorlash bilan birga, ularning oldilariga qo'yilgan aniq ijtimoiy maqsadga erishish ruhida tarbiyalashimiz kerak.
8. Sanitariya-gigiena madaniyati. O'zining gigienik buyumlariga ega bo'lish, undan to'g'ri foydalana olish, oiladagi sharoit ham mana shu sanitariya-gigiena talablariga javob berishiga erishishi lozim bo'ladi.
9. Kishining o'z salomatligini. Atrofdagi yaqinlarining salomatligini muhofaza qilib borishi xususidagi vazifalarni, radio-televidenieda, matbuotda targ'ib qilishni yo'lga qo'yish.


Download 61,35 Kb.

Do'stlaringiz bilan baham:
1   2   3   4   5   6   7




Ma'lumotlar bazasi mualliflik huquqi bilan himoyalangan ©hozir.org 2024
ma'muriyatiga murojaat qiling

kiriting | ro'yxatdan o'tish
    Bosh sahifa
юртда тантана
Боғда битган
Бугун юртда
Эшитганлар жилманглар
Эшитмадим деманглар
битган бодомлар
Yangiariq tumani
qitish marakazi
Raqamli texnologiyalar
ilishida muhokamadan
tasdiqqa tavsiya
tavsiya etilgan
iqtisodiyot kafedrasi
steiermarkischen landesregierung
asarlaringizni yuboring
o'zingizning asarlaringizni
Iltimos faqat
faqat o'zingizning
steierm rkischen
landesregierung fachabteilung
rkischen landesregierung
hamshira loyihasi
loyihasi mavsum
faolyatining oqibatlari
asosiy adabiyotlar
fakulteti ahborot
ahborot havfsizligi
havfsizligi kafedrasi
fanidan bo’yicha
fakulteti iqtisodiyot
boshqaruv fakulteti
chiqarishda boshqaruv
ishlab chiqarishda
iqtisodiyot fakultet
multiservis tarmoqlari
fanidan asosiy
Uzbek fanidan
mavzulari potok
asosidagi multiservis
'aliyyil a'ziym
billahil 'aliyyil
illaa billahil
quvvata illaa
falah' deganida
Kompyuter savodxonligi
bo’yicha mustaqil
'alal falah'
Hayya 'alal
'alas soloh
Hayya 'alas
mavsum boyicha


yuklab olish