Qizil rang inson hayotidagi eng kuchli hayajonni ifodalaydi. Mutaxassislarning kuzatuvlariga koʻra, kishining qizil rangli kiyim tanlashi uning oʻzini namoyon etishga boʻlgan harakati bilan bogʻliq. Shuningdek, qizil tartibsizlik, inqilob, mavjud tartib-qoidalarga boʻysunmaslik, ularni rad etish alomati hamdir. Qizilning manbayi olov, u issiqlik va harorat beradi, shuningdek, u muhabbat rangi ham hisoblanadi.
Sariq rang — ochiqlik, faollik, ozodlikka va kuch-quvvatga intilish rangi. Sariq quyosh va yoz faslining rangi, u kelajakka umidvorlikni oʻzida ifodalaydi. Sariq oltin rangi boʻlganligi uchun shon-shuhrat va ilohiy hukmronlik ramzi ham hisoblanadi.
Kulrang u na oq, na qora, oʻrtalikdagi neytral chegara rangdir. Kimki bu rangga koʻproq moyil boʻlsa, demak, u oʻzini hamma narsadan toʻsib chegaralab olishni, har qanday majburiyatlardan xalos boʻlib, hech narsada ishtirok etmaslikni istaydi. Kulrang kiyingan odam boshqalarning oʻzi haqida bilishlarini ista’maydi: kulrang — sirlarni yashirish xususiyatiga ega.
Koʻk rang — ochiq osmon va dengiz rangi sifatida oʻzida yuksaklik va chuqurlikni ifoda etadi. Ruhshunos olimlar koʻk rangning inson asablariga tinchlantiruvchi ta’sir koʻrsatishini aniqlagan. Boshqa jihatdan koʻk beoʻylik, turgʻunlik, hayotdan ajralib qolish kabilarni ifodalaydi. Havoyilik, havoyi oʻylar kabi iboralar ham koʻk rangning ana shu sifatlari bilan aloqador. Koʻk sodiqlik va tartib-intizom rangi ham hisoblanadi.
Yashil rang — tiriklik, oʻsish va umid ramzi. Bahor fasli chechaklari rangi. Boshqa bir jihatiga koʻra u zahar, kasallik va gʻoʻrlikni ham bildiradi. Shuningdek, yashil rang moʻl-koʻlchilik, toʻkin-sochinlik, rivojlanishni ham bildiradi. Islom dinida yashil ilohiy rang sanaladi”.
Darslikda “Sifat darajalarining uslubiy xususiyatlari” mavzusida sifatning ma’no turlarini psixologiya fani bilan integrativ tarzda oʻrgatishga xizmat qiluvchi yana bir mashq keltirilgan:
249-mashq. Sifatlarni toping. Ularning uslubiy xossalarini aniqlang.
ODAMNI BILISH
Koʻz ravshan boʻlsa, qalbning oqligi, xush-xurramlik belgisidir.
Koʻz kichik boʻlsa, ojizlik va gʻam-anduhga botganlik belgisidir.
Koʻz yirik boʻlsa, ablah va nodonlikdan dalolatdir.
Koʻz harakatsiz, xira boʻlsa ham ablahlikning dalilidir.
Koʻz kichik va xira boʻlsa, ochkoʻz va molparast boʻladi.
Koʻz tim qora boʻlsa, badgumon va qoʻrqoqlikdan belgidir.
Koʻz moviy boʻlsa, besharm, bevafo, e’tiqodi va imon sustligi dalilidir.
Koʻz yoshlanmaydigan (va benur) boʻlsa, unday kishi odamlar qonini toʻkishga shay boʻladi.
Agar koʻk, qora yo shahlo koʻzda qora nuqtalar va feruzarang qoʻshilgan boʻlsa, u kishining ichi qora, oʻzi shahvatga oʻchdir.
Kimning koʻzi gʻoyat yaxshi koʻrsa, uning achchigʻi tez chiqadir.
Kimki kulganda koʻzida yosh yiltillasa, u yaxshi xulq-atvor egasidir.
Kimki koʻzini tez-tez yumib ochsa, u sodiq doʻst va yomon ishlardan xoli
kishidir.
Ushbu mashqda sifatning ma’no turlaridan, nafaqat, rang-tus sifatlari, balki hajm-oʻlchov, xususiyat sifatlari ham alohida ahamiyat kasb etgan.
Yuqorida keltirilgan taʻriflar, albatta, nisbiy, ammo rang-tus sifatlarini oʻrganishga ahamiyatga egadir. Umuman olganda, integratsiya darsi oʻqituvchi tomonidan mavzular bir- biriga mos kelishi va puxta reja asosida tuzilgan boʻlishi kerak. Shuningdek, oʻqituvchi ham darsga tayyorgarlik koʻrayotganda, psixologik bilimlarini takrorlab olishi, psixologik tadqiqotlar va ularning natijalaridan xabardor boʻlishi, darsda toʻgʻri qoʻllay bilishi darkor.
Do'stlaringiz bilan baham: |