Bob bo‘yicha xulosa
Uchinchi bobning birinchi bo‘limida muloqot sub’ektlar bilan ijtimoiy aloqa o‘rnatish, didaktik funksiya bajarish bilan birga psixik rivojlanish jarayonini va inson shaxsning ijtimoiy kamolotini to‘g‘ridan to‘g‘ri aniqlab berishini ko‘rib chiqdik. Ikkinchi bo‘limda esa o‘tkazilgan tahlil asosida shunday xulosaga kelish mumkinki, shaxslararo munosabatlar va muloqotda har bir guruh a’zosi o‘ziga xos mavqeini egallagan bo‘lib, unga o‘quvchilarning muayyan shaxs hislatlari ta’siri va ularning o‘zaro bog‘liqligini ta’kidlash mumkin.
Shu bilan birga psixologik adabiyotlarda shunday ma’lumotlar mavjudki, muvaffaqiyatsizlik uchun javobgarlikni his qilmaydigan insonlar ko‘proq muloqotchan, harakatchan, ishbilarmon bo‘lishadi, bu esa pozitiv hodisalar ustidan sub’ektiv nazorat uchun xarakterli emas degan xulosani keltirib chiqaradi.
XULOSA
O‘smirlik davrida “Men” shakllanadi. Uning atrofdagilarga ayniqsa, o‘z-o‘ziga bo‘lgan munosabati, qiziqishlari, qadriyatlari yo‘nalishi, keskin o‘zgaradi. Uning o‘z shaxsiga bo‘lgan e’tibori keskin kuchayadi.
Bu davrda paydo bo‘ladigan “kattalik” hissi atrofdagilar bilan munosabatlarini ham belgilaydi.O‘z-o‘ziga nisbatan baho turli sifatlar va shaxsning orttirilgan tajribasi, shu tajriba asosida yotgan yutuqlariga bog‘liq holda turlicha bo‘lishi mumkin, ya’ni bir ish, yutuq yuzasidan ortib ketsa, boshqasi ta’sirida aksincha pastlab ketishi mumkin. Bu baho aslida shaxsga boshqalarning real munosabatlariga bog‘liq bo‘lsa-da, aslida u ongli tizimdagi mezonlarga, ya’ni uning o‘zi sub’ektiv tarzda shu munosabatlarni qanchalik kodlashiga bog‘liq tarzda shakllanadi. Va yuqoridagi fikrlardan kelib chiqqan xolda quyidagicha xulosalar chiqarishimiz mumkin:
O‘smirlarning shaxslararo munosabatlarining psixologik jihatlari ularning Real-Men va Ideal-Meni o‘rtasidagi o‘zaro munosabatlar bilan belgilanadi;
O‘smirlarning shaxslararo munosabatlari jinsiy farqlar tomonidan determinatsiya qilinishi aniqlandi;
O‘smirlarning shaxslararo munosabatlari ularning individual xususiyatlari bilan belgilanadi.
TAVSIYALAR
Har bir darsda va darsdan tashqari mashg‘ulotlarda o‘qituvchilar o‘quvchilarda ongli ravishda tarbiyaviy ta’sirlarni kuchaytirishi lozim:
Psixologik o‘yinlardan o‘kuv faoliyatida o‘zni anglashni rivojlantirish maqsadida darslarda keng qo‘llanilishi o‘smirning muloqotchanlik malaka va ko‘nikmalarini yaxshi o‘zlashtirilishiga sabab bo‘ladi:
Psixologik o‘yinlardan keng foydalanish tavsiya qilinadi, o‘quvchilarning ijodiyligini oshirish, munozaralarni tashqil etish va unda ishtirok etishni rivojlantirish
o‘qituvchilar va maktab psixologlari uchun o‘quvchilarning individual xususiyatlarini bilib olishga, o‘quv faoliyatidagi ayrim kamchiliklarni aniqlashga imkoniyat berishini hisobga olish maqsadga muvofiqdir.
O‘quvchilarning individual xuususiyatlarini hisobga olgan holda dars o‘tish, ularga individual yondashish maqsadga muvofiqdir.
Do'stlaringiz bilan baham: |