I bob. Qoraxoniylar davlati va madaniy xayot


II. BOB. QORAXONIYLAR DAVRIDA YARATILGAN ILMIY ASARLARNING TARIXNI O‘RGANISHDAGI O‘RNI



Download 41,97 Kb.
bet3/4
Sana01.07.2022
Hajmi41,97 Kb.
#722850
1   2   3   4
Bog'liq
2 5307803868107641291

II. BOB. QORAXONIYLAR DAVRIDA YARATILGAN ILMIY ASARLARNING TARIXNI O‘RGANISHDAGI O‘RNI
2.1. Devoni lug‘ati turk asri va unda keltirilgan etnonimlar va taponimlar.
Mahmud Koshg‘ariyning bu nodir asari bebaho bir qomuski, undan har bir mutaxassis o'ziga kerakli material topa oladi. «Devon»ni ayni vaqtda qimmatli toponimik asar ham deyish mumkin. Chunki bundan uch yuz-to‘rt yuz yil oldin yozib olingan' nomlar ham hozirgi talaffuzdan ko‘ra qadimgi toponimiyaning dastlabki shakliga ancha yaqin bo‘ladi. «Devonu lug‘otit turk» esa bundan qariyib 10 asr oldin yozib qotdirilgan. Shuni aytish kerakki, toponim qanchalik ilgari yozib olingan bo‘lsa, shunchalik qimmatli sanaladi. Chunki ana shu davrda joy nomlarining fonetik hamda grammatik xususiyatlarida qanday o‘zgarishlar ro‘y berganini aniqlash mumkin bo‘ladi. Mah­mud Koshg'ariy asarining toponimika uchun ahamiyati undagi joy nomlari bilangina tugamaydi. Toponimlarning etimologiyasi, seman-tikasini aniqlash hamda grammatik xususiyatlarini hisobga olishda qadimgi etnonimlar, antroponimlar, o'simlik, hayvonlarning o‘sha davrdagi nomlari, toponimlarning grammatik tuzilishiga doir mulo- hazalar g‘oyat zo‘r ahamiyatga egadir. Bu jihatdan «Devon» niho- yatda boy material beradi.«Devon»dagi toponimik ma’lumotlami bir necha turga bo'lish mumkin:
1. «Devon»da tilga olingan joy nomlari.
2. Etnonimlar, ya’ni turli xalq, elat, qabila, urug1 nomlari.
3. Antroponimlar, ya’ni kishi ismlari.
4. Geografik atamalar, o'simlik hamda hayvon nomlari.
5. So'zlaming fonetik va grammatik tuzilishiga doir fikrlar.
«Devon»da qayd qilib o'tilgan toponimlar haqida. Ma’lumki, «Devon»ga doira deb atalgan xarita ilova qilingan. Bundan tashqari, matnda ham bir qancha joy nomlari izohlab o'tilgan. Bizning hisobimizga ko‘ra «Devonu lug'otit turk»da jami 160 dan ortiq toponim tilga olingan. Shu o‘rinda aytish joizki, asarda ayrim joy, ba’zi o‘simliklar, hayvonlar nomlari atamalar takroran berilgan. Bunday qaytariqlar hisobga kirmaydi, albatta.Mahmud Koshg‘ariyning «Devon»idagi xaritada tilga olingan nomlar to‘g‘risida LI. Umnyakov, S. Umurzoqov, H. Hasanov kabi olimlar qator asarlar yozganlar.
«Devon»dagi nomlaming asosiy qismi O ita Osiyoga oid lurkiy nomlardir. Bu toponimlarning bir qanchalari hamma uchun tushunarlidir. Chunonchi, Oqsoy, Oqterak kabi nomlarni hozir ham uchratish mumkin. Buxoro, Farg‘ona, Samarqand, Xo‘jand, Xo­razm, Talas, Tarim, Sayram, Manqishloq, Issiqko‘l kabi toponimlar deyarli o ‘zgarishsiz yetib kelgan. Ila, Qorayalg‘a, Ala, Ertish kabi nomlar fonetik jihatdan biroz o ‘zgarib ketgan va hozir Hi, Qorajilg‘a, Olay, Irtish shaklida yoziladi. Beshbaliq, Yangibaliq, Tunkand, Yankand, O‘zkand kabi shahar nomlari, Badalart, Buqachart, Zanbiat, Qavaqart, Yafg‘uart kabi dovonlar, Ikkio‘kuz, Qoraqosh O‘kuz, O‘rungqosho‘kuz kabi daryolar etimologiyasiga «Devon»ning o‘zidan javob topish mumkin. Bulg‘or, Qifchoq, Uyg‘ur, Tavg‘ach, Yag‘mo kabilar etnotoponim , Barsg‘on, Barman, Qazvin singarilar esa antrotoponimlardir. Ba’zi bir toponimlarning etimologiyasini taxminan aniqlash mumkin. Chunonchi, ayiq o‘sha zamonlarda azig‘ deb atalgan. Mahmud Koshg‘ariy Azig ‘ degan joyni tilga oladi, bu nom «ayiq» degan ma’rioni anglatgan boiishi mumkin. Ma’lumki, toponimikada turli afsonalar ham inobatga olinadi va o‘rganiladi. Lekin joy nomlari etimologiyasi to ‘g‘risida Mahmud Koshg'ariy keltirgan ma’lumotlami sinchiklab o‘rganish zarur. «Devonu lug'otit turk»dagi toponimlarning biz uchun yana bir qimmatli tomoni ulaming grammatik xususiyatlaridir. Ma’lumki, joy nomlarining etimologiyasidan tashqari grammatik tuzilishiga qarab ham ulaming qaysi tilga, qaysi davrga oid ekanligini m a’lum darajada aniqlash mumkin. Hozirgi turkiy toponimlarning asosiy qismi ikki va uch kompo-nentdan, ya’ni tarkibiy qismdan iborat. «Devon»dagi joy nomlarining yarmidan ko‘pi bir komponentli nomlar. Masalan, Yamak, Yofinj, Alush, Azig4, Abul, Etil, Udun, Yamar, Ala, Urang, Qo‘ju, Bukur, Talas, Qabus, Quya, Toman, Koson, Xuzar, Chogla, Barxan, Sabran, Sitg‘un, Tovg‘ach, Baijug‘, Tartuq, Tayiz, Ko‘rung, Qazvin kabilar ana shular jumlasidan. Ikki komponentlilar u qadar ko‘p emas: Ikkiko‘z, Oqsoy, Oqterak, Olayig‘och, Beshbaliq, Yangibaliq, Qorayig‘och, Badalart, Buqachart, Boyyig‘och, Yulduzko‘1 kabilar. Bu toponimlarning birinchi komponenti sifat, ikkinchi komponenti esa ot (geografik atama). Ikki komponentlilar grammatik tuzilishi jihatidan hozirgi toponimlardan farq qilmaydi. Uch komponentlilar esa atigi bir nechta: O‘rungqosho‘kuz, Qoraqosho‘kuz, To‘rig‘arttayiz. Yana shu narsa xarakterliki, «Devon»da qayd qilingan joy nom la­rining yarmidan ko‘pi ikki b o ‘g‘indan iborat. Demak, ilgarilari joy nomlari ixcham, sodda bo‘lgan. K o‘p komponentli, butun bir ibo- radan tuzilgan Yo‘ldoshning oti uchgan (Zomin tumani), Amin Mulla pichan chopgan (Boshqirdiston), Hasan toshtergan (Baxmal tuma­ni), Chuqursoyning tangisi (Zom in tumani) kabi mikrotoponimlar esa keyingi davrlarda vujudga kelgan.
Etnonimlar haqida. «Devon»da juda ko‘p xalq, qabila, toifa nom ­lari — etnonimlar tilga olingan. Mahmud Koshg‘ariy «Devon»ning bosh qismida turk qabilalari haqida so ‘z yuritib: bajanak, qipchoq, o‘g‘uz, yamak, bashg‘irt, basmil, qay, yabaku, tatar, qirg‘iz, chigil, tuxsi, yag‘ma, ig‘roq, jaruq, jumul, uyg‘ur, tangut, xtoy; kitobning lug‘at qismida esa kenjak, arg‘u, qayig‘, bayot, chig‘ay (chig‘an), sug‘doq, uch, qorluq, o‘groq, kucha, bulaq, xalach, aramut, turkman, qiniq, salg‘ur kabi etnonimlarni ham tilga olgan. Bizning flkrimizcha, toponimika uchun yana bir ahamiyatli manba «Devon»da anchagina uchraydigan etnotoponimlardir. Aramut (joy nomi), Arg‘u (shahar), Bulg‘or dengizi, Bulg‘or shahri, Kenjaksangir (shahar), Turk (shahar), Tavg‘ach (mamlakat), Uyg‘ur (vilo­yat), Yabaqu (suv nomi), Yag‘ma (qishloq nomi), Yamak (cho‘lnomi) kabilar aslida etnotoponimlardir. Bundan tashqari, doira xaritada ham G‘uziya, Qipchoq yurti, Basmil cho‘li singari bir qancha o‘lkalar tilga olingan. Demak, «Devonu lug‘otit turk»dan ayni vaqtda etnonimlar va etnotoponimlar to ‘g‘risida ham juda boy material topish mumkin. Biroq etnonimlarning etimologiyasi to ‘g ‘risida Mahmud Koshg‘ariy keltirgan rivoyatlarning hammasini ham to ‘g ‘ri deb bo‘lmaydi. Masalan, u turkman — «turkmonand», ya’ni «turkka o ‘xshash», chigil — «chi gil», ya’ni «bu qanday loy», uyg'ur «xud xo‘r», ya’ni «o‘zi topib yeydigan» degan so ‘z b o‘lib, bu turk qabilalarining nomlari forscha degan xulosani bildirgan. Tanqidiy foydalanilsa, bu ma’lumotlar etnografiya, shuningdek, toponimika uchun ishonchli va boy material bo'lib xizmat qiladi.
Kishi ismlari haqida. Ismlar va toponimlar qadimdan bir-biri bilan bog‘liq. Qanchadan qancha toponimlar kishi ismlari bilan atal­gan bo'lsa, bir qancha ismlar toponimlardan kelib chiqqan. «Devon»dagi kishilar ismlari shu jihatdan qimmatliki, bir necha arabcha ismlarni istisno qilganda, kishi ismlarining deyarli hammasi qadimiy turkiy bo‘lib , hozirgi vaqtda iste’moldan chiqib ketgan. «Devonu lug‘otit turk»dagi 60 dan Ortiq kishi ismlari orasida xonlarning, pahlavonlarning, urug' boshliqlarining, oddiy kishilarning ismlari, laqablari bor. Akademik I.Y.Krachkovskiy musulmon mamlakatlarida qullarga va cho'rilarga Yoqut, Zumrad, Kofur (kamfara) kabi asl toshlar yoki xushbo'y moddalar nomlarini qo‘yish rasm b o ig an deb yozgan edi.
Mahmud Koshg'ariy ham bu fikrni isbotlaydi. Demak, Kumush, Tilla (ba’zan Oltin) kabi qimmatbaho metall nomlari bilan atalgan ismlar ham dastlab qul va cho'rilarga qo'yilgan. Mahmud Koshg'ariy ba’zi ismlarning etimologiyasini ham aytib o‘tgan. Bektur — «o‘rningda bek tur, uzoq yasha», To'gYil — yirtqich qush nomi, So‘kman — «jang saflarini sindiruvchi», Burslan — «qop-lon», Suit — Sulayman so ‘zining qisqargani va hokazo. Bir qancha ismlarni izohsiz tushunish mumkin: Bug‘raxon (bug‘ra, buvra — erkak tuya), Barsxon (bars — qoplonning bir turi, bu so‘z asli turkiy, yolbars esa « y o l- y o l bars» demak),
Qilichxon, Turumtoy (yirtqich qush), Arslon tegin va hokazo. Atish, Utush, Abi, Buluch, Tutush, Tekish kabi ismlarning semantikasi esa biz uchun aniq emas.
Ismlarning grammatik xususiyati diqqatga sazovor: ularning 75—80 foizi bir bo'ginli (Turk, Qaz, Shu va b.) yoki ikki bo‘g‘inli sodda, ixcham ismlar (Qavan, Qo‘taln , Beklan, Chuglan va h.k.). «Devon»dagi toponimlar bilan ismlar shu jihatdan bir-biriga o ‘xshaydi.Qadimgi ismlar, ya’ni antroponimlar toponimikada juda katta ahamiyatga ega. A.I. Popov Dorogobi, Radonej, Jitomir, Ratmirovo singari toponimlar qadimgi sharqiy slavyan ismlaridan olingan deb yozadi. O ita Osiyoda esa qadimgi turk ismlaridan kelib chiqqan nomlarni ajratish oson emas. Shu jihatdan Mahmud K oshgim yning antrotoponimlar haqidagi fikri juda qimmatli. Barman shahri Afrosiyobning o ‘g‘li Barman nomi bilan atalgan,
Barsg‘an - Afrosiyobning o ‘g ii Barsg'an (to ‘g ‘risi - Barsxon) qurgan shahar. Ana sluming uchun ham shunday nom olgan. Ba’zi birovlar esa bu shahar begi otboqarining ismi Barsg‘on ismiga nisbat berilib, Barsg‘on deb atalgan deydilar (III tom, 424-bet). Shu — turklar shohi. U — fotih qilib qurdirgan shahar. Qazvin — Afrosiyobning qizi Qaz qurgan shahar bo'lib, asli «qaz o ‘yini» demakdir. Qaz suvi — Ila vodiysidagi katta bir yo‘l. Afrosiyobning qizi — Qaz uning qirg‘og‘iga bir shahar qurgani uchun shunday nom olgan. Qadimgi kishi ismlariga nisbat berib atalgan joy nomlarini O‘rta Osiyo xaritasidan topish toponimchilar oldida turgan muhim vazifalardan7.
.Geografik atamalar, o‘simlik hamda hayvon nomlari to‘g‘risida. «Devonu lug‘otit turk» leksikasi toponimika uchungina emas, balki umuman til tarixi, dialektologiya uchun bitmas — tuganmas xazina. «Devon»da hozirgi vaqtda keng iste’molda bo‘lgan so‘zlarni ham, shaklan biroz o‘zgargan atamalar hamda hozirgi vaqtda butunlay ishlatilmaydigan so‘zlami ham uchratish mumkin. Biz geografik atamalarni bir necha guruhga bo‘lamiz. O‘zbek ada­biy tilida keng ishlatiladigan atamalar: aziz tog‘, ariq, o ‘ngir, qir, ang'iz, qayir (qumli yer), qoq (qoq — ko‘lmak suv), к о ‘I, bulut, sag‘iz tuproq (sog‘ tuproq), batig‘ (daryo va boshqalaming chuqur joyi; ilgarilari cho‘kma deb atalgan), yar (jar), qo‘rum (qoya parchalari), burun (tog‘ burni, dengiz yoki ko‘lga kirib borgan kambar yer), suvlag‘ (suvloq), oqin (sel), qish lag1 (qishlanadigan joy, hozir m a’nosi o‘zgarib qishloq shaklini olgan), balchiq, yaylag‘ (yozda turiladigan joy); yay-yoz (hozir ma’nosi o‘zgargan — yaylov), yig‘och (yog‘och — uzunlik o‘lchovi), yut (yaxmalak, yutchilik), soy, qoya, tupu (tepa), qorayog‘ (neft), qari (o‘lchov birligi), о ‘у (chuqur yer); quzuq-quduq va hokazo.Asosan joy nomlari tarkibida qolgan atamalar: art — dovon, tog‘ tepasi (Og‘ochart, Oqart, Qizilart, Qayinart, 0 ‘tizart, Ko‘gart, Qizart, Qumart), baliq — shahar (Beshbaliq, Yangibaliq), о ‘kuz ~ daryo, yoz, yozi — cho‘l (Yozyovon, Sariyoz, Qizilyoz), tom — devor, kend, ken — shahar, qo‘rg‘on, qishloq, ulush-ulus, qishloq, shahar, qarshi- saroy, qasr (Qarshi, Katta Qarshi, Kichik Qarshi, Qarshilik, Qarshi- yon), tuz yer — tekis, yer (Tuzbel, Kattatuz), kechik (Yettikechuv, Toshkechuv), chimgan — o‘tzor, chimzor (ehtimol Chimyon cho‘qqisi shu so‘zdan olingan), bo‘ktir — bo‘ktar, tog‘ etagi va hokazo.Ba’zi bir atamalarning m a’nosi butunlay o ‘zgarib ketgan. Mahmud Koshg'ariyning yozishicha, ilgarilari amirlarning mollari boqi- ladigan ko'katzor maydon, shuningdek, atrofi ihota qilingan har bir joy (jo‘rig‘ deyilgan. Hozirgi vaqtda butunlay haydalanmagan yer qo‘riq deyiladi. Biroq ba’zi bir shevalarda, chunonchi, Zomin, Jizzax, G ‘allaorol va Forish tumanlarida daryo yoqalaridagi bo'liq o'tlam i qo'riq deyishadi. Mevalami urib ketadigan qattiq sovuq «Devon»da ushik deyilgan. Bunday sovuq geografik adabiyotda qora sovuq deb kelinadi. «Dcvon»da hozirgi o ‘zbek tilida ishlatilmaydigan atamalar ham bor: boynak — tog‘ bo‘yni, o ‘trug‘ — orol, saqig‘ — sarob, esirt — shamol, turug‘ ~ tog'lardagi qal’a, turar joy, qug'ush - tamov, chig'ir — tor yo‘l kabi. Bu so‘z «Bobumoma»da ham uchraydi. Hozir­gi vaqtda shevalarda qorga tushgan iz chiyir deyiladi. Xulosa qilib aytganda, «Devonu lug'otit turk»dagi geografik atalar sinchiklab o'rganilishi kerak. Chunki ular ko'pgina toponimlam- ing etimologiyasi uchun «kalit» bo‘lib xizmat qilishi mumkin.«Devon»da qaraqan anduz (andiz), alma, almila (olma), arpag‘an, burchaq (lo'viya), sar musaq (sarimsoq), apshart (yavshan-shuvoq), yilg'un (yulg‘un), yandaq (yontoq), qaramuq kabi o'simlik nomlari keltirilgan. Mahmud Koshg'ariy davridan buyon ularning shaklida deyarli o‘zgarish bo‘lmagan. Ayni paytda qazin (qayin), charun (chinor), avya (ayva - behi), yag‘aq (yong'oq), armut (Navoiyda - umrud, Radlovda — urmud), olmurut (nok, nashvati), azriq (ayrih) ajriq, egir, igir - iyir singari o‘simlik nomlari esa fonetik o'zgarish yoki metateza (harflaming o‘rni almashishi) bilan yetib kelgan. Aruk (eruk) bir necha mevali o'simlikning nomi bo'lgan: sariq aruk — o‘rik, qora aru — olxo‘ri, tulug (ehtimol, tuklik) aruk — shaftoli; Asarda ishg'un, ushg'un, qashg‘un - ravoch, jag‘mur hamda jamg‘ur - sholg'om (uyg‘ur va qirg'iz tillarida chamg'ir — turp, rediska), turma sarig‘ turma — sabzi (Mahmud Koshg‘ariy arg'ular sabzini «kizri», o‘g‘uzlar «kashur», «gashir» deydilar deb yozadi) kabi o'simlik turlari izohi ham keltirilgan.Ammo ba’zi bir o ‘simlik nomlarining izohida chalkashlik borga o ‘xshaydi. Masalan, so ‘kso‘k nima uchundir «yulg'un daraxti» deb izohlangan. Aslida so‘kso‘k yulg'un emas. Birinchidan, «Devon»da yulg‘un so'zi ham bor. Ikkinchidan, qavs ichida «yaxshi yonadigan yog‘och»deb izoh berilgan8.
Demak, so‘kso‘k — saksovul Navoiyda ham so‘kso‘k so‘zi saksovul ma’nosida uchraydi, Xorazmda saksovulni hozir ham so'kso'k deyishadi, Qorako‘l tumanida So'kso'k degan qishloq bo'lgan.Tavilqu so'ziga «qizil tol» deb izoh berilgan. Tovilg'i tol emas, buta. Bobur «tovilg'idan qushlarga qafas va tirgaz (kamon o ‘qi) qi­linadi», deb yozgan.Bir xil o ‘simliklaming nomi butunlay o'zgarib ketgan. Masalan, bug'doy, tariq, umuman g'alla ekinlari tarig‘ deyilgan. Jenshenning qadimiy turkiy nomi bo'lgan - sig‘un o ‘ti (Navoiyda suyqun). Mahmud Koshg'ariy o'simlik nomidan kelib chiqqan toponimni ham keltirgan: «Ar — ar daraxti — qora archa. Qashqarda bu nomdagi ikkita qishloq bor». Bundan tashqari har bir o'simlik nomi toponimga aylanishi mumkin. Chunonchi, tol, terak, o'rik, olma, sarimsoq, yulg'un, chinor singari o'simliklardan nom olgan toponimlar juda ko'p uchraydi.«Devon»da o'simlik nomlariga qaraganda hayvon nomlari ancha ko'p. Arslon, lochin, qulon, klrpi (tipratikon), qarg‘a, burga, lllku (tulki), quzg‘un, qarsaq (tulkining bir turi), tartar (qush), tavishg‘an (quyon), qoy-qoyin, qoraqush, bars (qoplonning bir turi), it, to fng‘iz, o ‘q yilon (o'q ilon), atan (axta tuya) kabi hayvon nomlari hozir ham shu shaklda talaffuz qilinadi. Ko‘pgina hayvon nomlari hozirda boshqacharoq talaffuz etiladi: tishak (ikki yoshli qo'y), hozir - shishak, chebish folti oylik uloq) — chivich, chazan hozir chayon, chafli - chovli, qatir - xachir, q o ‘tuz ~ qo'tos, qo'ch, qo‘chngar — qo'chqor, azig‘ — ayiq, azg'ir — ayg'ir, taqag'u — tovuq, qirqoy qirg'iy, sig‘ir — sigir, eshkak, eshyak - eshak, qashg‘alaq— qashg'aldoq va hokazo.«Devon»da bir qancha hayvonlaming eski, turkiy nomlari keltirilgan. Jumladan, yag‘an — fil, kish — sobol, tegin — olmaxon, inak — sigir, bulan — los, sanduvach — bulbul, chabaq — mayda baliq va hokazo9.

2.2. Qutadg‘u bilig va Hibat ul-haqoyiq asarlari.


Yusuf Xos Hojibning hayoti va faoliyati haqida ma’lumot beruvchi yagona manba uning «Qutadg’u bilig» («Saodatga yo’llovchi bilim») dostonidir. Bu doston hijriy yil hisobi bilan 462 (melodiy 1069G’70) yilda yozilgan. Avtor dostonning muqaddimasida yoshi ellikdan oshganini ta’kidlaydi. Shunga qarab Yusuf Xos Hojib XI asrning 20-yillari arafasida tug’ilgan, deb ayta olamiz. Yusuf Xos Hojibning vatani-Balasog’un (Quz o’rda) XI-XII asrlarning yirik savdo-sotiq hamda madaniy markazlaridan biri edi. Bu shahar ikki marta qoraxoniylarning poytaxti ham bo’lgan edi.
Atroflicha bilim olgan Yusuf Xos Hojib o’z davrining peshqadam donishmandlaridan biri bo’lib etishdi. U fors-tojik va arab tillarini, badiiy adabiyotni, tarix, astronomiya, geometriya, matematika, tabiiyot, geografiya va boshqa fanlarni o’rgandi. U buyuk olimlarning ayrim axloqiy va falsafiy qarashlarini, medisinaga doir mulohazalarini targ’ib qildi, zamondoshlarini geometriya kabi fanlarni o’rganishga chaqirdi va hokazo.
Shu bilan birga, Yusuf Xos Hojib o’z vatandoshi, ulug’ olim Mahmud Qoshg’ariy singari, turkiy qabila va xalqlarning tilini o’rgandi, adabiy til uchun, turkiy tilning madaniy hayotda yanada kengroq o’rin olishi uchun kurashdi, xalq og’zaki adabiyoti va yozma adabiyotning boy tajriba va tradisiyalaridan ta’lim olib, mashhur «Qutadg’u bilig» dostonini yaratadi. Bu doston turkiy tildagi yozma adabiyotning ilk yirik asarlaridan biri edi.
Yusuf Xos Hojib «Qutadg’u bilig» dostonini Balasog’unda yoza boshladi; uni Qashqarda yozib tugatdi va qoraxoniy hukmdorlaridan bo’lgan Tavg’ach Bug’raxonga (Tavg’och ulug’ Bug’ro Qoraxon abo Ali Hasan binni Arslonxon) taqdim qildi. Bug’raxon doston avtorini taqdirlab, unga «Xos Hojib» (muqarram, eshik og’osi) unvonini berdi. Shunday keyin u Yusuf Xos Hojib nomi bilan shuhrat qozondi.
«Qutadg’u bilig»ning muqaddimasida ko’rsatilishicha, doston o’z davrida keng shuhrat qozongan, turkiy tildagi eng yaxshi asar deb baholangan va turli joylarda turli nom bilan yuritilgan. Chinliklar «Adabul-muluk» (deb) ot berdilar. Mochin Malikaning nadimlari «Oyinul-mamlakat» (deb) atadilar, mashriqliklar «Ziynatul-umaro» deb aytadilar, eronliklar «Shohnomai turkiy» dedilar, shuningdek, ba’zilar «Pandnomai muluk» debdilar, turonliklar «Qutadg’u bilig» deb aytibdilar.Dostonda quyidagi voqea hikoya qilinadi:
Kuntug’di degan odil podsho bo’lib, uning shon-shavkati va shuhrati yaqin va uzoq o’lkalarga yoyilgan ekan. Oytuldi degan oqil bir kishi uning xizmatiga kirish istagi bilan poytaxtga kelibdi. U musofirlikning azob-uqubatlarini chekibdi hamda yor-do’st, tanish-bilish orttiribdi. Oyto’ldi Ko’samish (Istanilgan) degan do’stiga musofir bo’lib Kuntug’di poytaxtiga kelishining sabablarini so’zlab beribdi. Ko’samish unga madad berib, Kuntug’dining Xos Hojibi bilan tanishtiribdi. Oyto’ldi Kuntug’dining saroyiga borib, uning suhbatida bo’libdi. Oyto’ldini yoqtirgan Kuntug’di uni saroyga xizmatga olibdi. Oyto’ldining mansab-martabasi kundan-kun ziyod bo’lib, oxiri u vazir qilib tayinlanibdi. U saroyda uzoq vaqt xizmat qilib, aql-idroki va tadbirkorligi bilan Kuntug’dini mamnun qilibdi. Biroq yurti va oilasini sog’inib, Oyto’ldi hukmdordan ruxsat olib, o’z yurtiga qaytibdi va birmuncha vaqtdan keyin o’sha erda vafot etibdi.
Oyto’ldining O’gdulmish degan o’g’li bor ekan. U otasining so’ziga amal qilib, Kuntug’dining dargohiga kelib, saroyga xizmatga kiribdi. O’gdulmish otasining izidan borib, davlat ishlaridagi faoliyati va donoligi bilan Kuntug’dini shod va mamnun qilibdi. Kuntug’di bilan O’gdulmish o’rtasida turli xil masalalarga doir suhbat va munozaralar bo’libdi. Oqil va olim kishilarning davlat ishlariga katta foyda keltirayotganini ko’rgan Kuntug’di donishmand O’zg’urmishni (O’dg’urmish ham yoziladi) saroyga taklif qilibdi. Uzgurmish tarkidunyo qilib, kishilar orasidan chiqib ketgan ekan. U bir necha xat-xabar va oqil O’gdulmish bilan bo’lgan suhbatlaridan keyin Kuntug’dining taklifini qabul qilib, saroyga kelibdi. O’zgurmish bilan Kuntug’di davlat idora ishlari, axloq-odob va boshqa masalalar bo’yicha suhbat va munozaralar qilishibdi. O’zg’urmish Kuntug’diga ko’p o’gitva nasihatlar beribdi.10.
Ahmad Yugnakiy Markaziy Osiyo ilm-fanning yirik o’choqlaridan biri bo’lib, olamshumul fan arboblarini etishtirgan bir davrda yashadi.
Ahmad Yugnakiy ilm-ma’rifatni «Hibatul-haqoyiq»ning markaziy masalalaridan biri qilib qo’ydi, dostonning asosiy qismini xuddi shu masala bilan boshladi, boshqa boblardagi axloq-odob masalalarini ham ilm-ma’rifat va olimlar donishmandligi bilan bog’ladi. Doston Ahmad Yugnakiyni XI asrning donishmand ma’rifatparvari va ilmning jarchisi sifatida gavdalantiradi. Shoir olim bilan johilni bir-biriga qarama-qarshi qo’yadi, olim ilm bilan baxt-saodat yo’lini topsa, johil nodonligi tufayli ko’rguliklarga giriftor bo’ladi, ilm va olimni qadrlash, ilm o’rganishga tirishish lozim deydi:
Biliksiz-yiliksiz so’ngaktak xoli,
Yiliksiz so’ngakka sunulmas alik.
Bilik bilti bo’lti eran belguluk,
Biliksiz tirikla yituk ko’rkuluk.
Biliklik er o’lti, oti o’lmatu,
Biliksiz esan erkan, oti o’luk...
Ahmad Yugnakiyning bu mulohazalari, shubhasiz, progressiv ahamiyatga ega. Axloq-odob masalalari«Hibatul-haqoyiq» didaktik doston bo’lib, axloq-odob masalalari undagi ko’pchilik boblarning tematik asosini tashkil etadi. Shoir til odobi, saxiylik, baxillik, kamtarlik, ezgulik va boshqalar haqida xuddi Yusuf Xos Hojib kabi zamonasining peshqadam murabbiysi sifatida fikr yuritib, kishilarga o’git beradi.
Rost, sog’lom va mazmunli so’zlashni, kerak bo’lganda, sir saqlay olishni maqtab, laqmalik, yolg’on so’zlash va sergaplikni qoralagan shoir tilni tiyish odobning boshi deydi:
Eshitgil, biliklik naku teb ayur:
Adablar bashi til kutazmak turur.
Tiling bakta tutg’il, tishing sinmasun,
Qoli chiqsa bakta tishingni siyur.
Sonip so’zlagan er so’zi so’z sog’.
O’kush yangshag’an til ey olmas yog’i
So’zung bo’shlug’ esma yig’a tut tiling,11.
«Hibatul-haqoyiq» avtori biror voqeani, sarguzashtni hikoya qilish vazifasini emas, balki ilm-ma’rifat, axloq-odob va boshqa masalalar haqida mulohaza yuritib, kishilarga o’git berish vazifasini o’z oldiga qo’yadi. Shunga ko’ra, "«ibatul-haqoyib"«didaktik doston bo’lib, bu uning badiiy xususiyatlari va uslubini belgilaydi. Garchi dostonda voqeaviy syujet bo’lmasa ham, uning boblari mazmuni va mohiyati bilan o’zaro uzviy bog’lanib, bir butun kompozision qurilishni vujudga keltiradi. Avtor dostonning boblarida turli xil hodisa, xislat va tushunchalarni muqoyasa qilish va ularni bir-biriga qarama-qarshi qo’yish asosida ulardan har birining o’ziga xos ijobiy yoki salbiy tomonini ochadi, yaxshilarini e’tirof va targ’ib qiladi, yomonlarini qoralaydi va rad etadi. Bu usul avtorga dostonda qo’yilgan masalalarni ma’lum qarshilantirish asosida yoritish va yakunlash, mulohazalardan kelib chiqadigan o’gitning ta’sirini kuchaytirish va asarning badiiy qimmatini oshirish imkonini beradi. Ma’rifat bilan jaholat, saxiylik bilan baxillik, to’g’rilik bilan egrilik, xushtavozelik bilan odobsizlik va boshqalar mana shunday muqoyasa qilish va qarama-qarshi qo’yish usuli bilan yoritiladi.
«Hibatul-haqoyiq»da ko’proq uchraydigan badiiy til vositalaridan biri o’xshatishdir. Ahmad Yugnakiy ba’zan tradision o’xshatishlarni takror-takror ishlatsa ham, lekin u yangi va asl o’xshatishlar ham yarata olgan. Dostonning muqaddimasida avtor Dod-sipahsolorni dengizga va o’zini yomg’ir tomchisiga o’xshatadi. Biroq bu tomchi shunday tomchiki, u dengizga tushib, sadafdan qimmatli dur yasaydi. Bilimli kishi qimmatbaho oltinga, johil kishi arzimas, qalbaki aqchaga, bilimli ayol er kishiga, bilimsiz er ayolga, bilimli ilikli suyakka, bilimsiz iliksiz suyakka, qaramsiz kishi mevasiz daraxtga, dunyo karvonsaroyga, to’g’ri so’z asalga, yolg’on so’z og’izni achituvchi piyozga o’xshatiladi va hokazo.
Shoir asalari, xarobot-obodon, ming-bir, atlas-bo’z kabi tazod usulini bulut uyaladi, dunyo (bir go’zal kabi) o’z betidan chodirini oladi, ya’ni tong otadi kabi metaforalarni; ula-eshit va ula-bog’langin, ertagil-surgin va ertagil -er degin kabi so’z o’yinlarini ustalik bilan ishlatadi. Shu bilan birga u takrir, alliterasiya kabi poetik usullarni ham qo’llaydi. Bular she’riy misralarning mazmunini boyitish va uning badiiy qimmatini oshirishga xizmat qiladi.


XULOSA
Qoraxoniylar davrida Movarounnahrning ijtimoiy-iqtisodiy hayotida bir qator muhim o’zgarishlar yuz beradi.
Birinchidan, Qoraxoniylar o’lkani zabt etgach, bu yerda ko’p asrlardan buyon hukm surib kelgan yerga egalik qilishning muhim shakli – dehqon mulkchiligini tugatib, bu mulklarni davlat tasarrufiga oladilar. Bu mulklar o’z navbatida qoraxoniylarga tobe bo’lgan sodiq amaldorlar, harbiy lashkarboshilar, davlat xizmatchilari yoki ularga yon bosgan yuqori ruhoniylar, din peshvolariga mulk qilib beriladi. “Dehqon” tushunchasi shundan boshlab amalda yerni ishlovchi, unda mehnat qilib kun kechiruvchi ijtimoiy toifa maqomiga ko’chdi.
Ikkinchidan, Qoraxoniylar davriga kelib yer-mulkka egalik qilishning “iqto’” va iqtodorlik munosabatlari yanada chuqur ildiz otadi. Iqtodorlar o’z tasarrufidagi hududlarda yashovchi aholidan olinadigan soliqlar evaziga katta daromadlar olganlar.
Uchinchidan, O’rta Osiyo hududlarining Qoraxoniylar davlati tarkibiga o’tishi yerli aholi etnik tarkibida ham muhim o’zgarishlarni vujudga keltiradi. Qoraxoniylar hokimiyatining bu hududga yoyilishi ayni zamonda sharqiy hududlardan turkiy qavmlar, elatlarning bu yerlarga kelib, o’rnashib, o’troqlashuviga sezilarli ta’sir ko’rsatadi. Bu esa, shubhasiz, o’zbek xalqining etnik shakllanish jarayoniga ta’sir etadi. Ayni chog’da turkiy tilning iste’mol doirasi to’xtovsiz kengayib bordi. Shu bilan birga bu tilning mahalliy xalq, elatlarning adabiy tili sifatidagi mavqei va maqomi ham tarkib topib bordi. Go’zal va nafis qadimgi turkiy, ya’ni eski o’zbek adabiyotining yuksak badiiy namunalari hisoblangan Mahmud Qoshg’ariy, Yusuf Xos Hojib va Ahmad Yugnakiylarning betakror ijodiyoti bunga yorqin dalil bo’la oladi. Qoraxoniylardavrida turli oʻlkalarning birlashishi fan va madaniyat rivojiga ham imkon berdi12. Bu davrda Buxoro, Samarqand, Bolasogʻun, Qashqar, Oʻzgan kabi shaharlar ham maʼmuriy, ham madaniy markaz sifatida ahamiyati oshib, yanada kengayib, rivojlanib borgan. Qoraxoniylar fan va madaniyatning oʻlka hayotidagi muhim oʻrnini anglab unga homiylik qilishgan. Buyuk ipak yoʻli asosidagi hududlararo savdo-sotiq yanada ravnaq topdi.
Mahmud Qoshgariy Turkiy xalqlarning arab tilidagi ilk ensiklopediyasi - "Devonu lugʻotit turk" (1072-74) yaratdi va turkshunoslik ilmining asoschisi boʻldi. „Devonu lugʻotit turk“da turkiy xalqlarning tillari, ogʻzaki ijodi, tarixi, yashash joylari va turmushi aks etgan boʻlib, asar turkiy xalqlar tarixi boʻyicha muhim manba hisoblanadi. Qoraxoniylar davrida etishib chiqqan mashhur shoir va mutaffakir Xoja Ahmad Yasaviy (taxminan XI srning 2-yarmi — 1166) edi. U tasavvufning mashhur namoyandalaridan biri, turkiy xalqlarning buyk shoiri. Otasi Shayx Ibrohim javonmardlik tariqatiga mansub nufuzli zotlardan boʻlgan. Yassaviy chigʻatoy tilida ijod qilgan. Bulardan ko‘rinib turibdiki Qoraxoniylar hukumronligi davrida Markaziy Osiyo halqlari o‘z taraqiyotida yana bir pog‘ona yuksala olganlar.


Download 41,97 Kb.

Do'stlaringiz bilan baham:
1   2   3   4




Ma'lumotlar bazasi mualliflik huquqi bilan himoyalangan ©hozir.org 2024
ma'muriyatiga murojaat qiling

kiriting | ro'yxatdan o'tish
    Bosh sahifa
юртда тантана
Боғда битган
Бугун юртда
Эшитганлар жилманглар
Эшитмадим деманглар
битган бодомлар
Yangiariq tumani
qitish marakazi
Raqamli texnologiyalar
ilishida muhokamadan
tasdiqqa tavsiya
tavsiya etilgan
iqtisodiyot kafedrasi
steiermarkischen landesregierung
asarlaringizni yuboring
o'zingizning asarlaringizni
Iltimos faqat
faqat o'zingizning
steierm rkischen
landesregierung fachabteilung
rkischen landesregierung
hamshira loyihasi
loyihasi mavsum
faolyatining oqibatlari
asosiy adabiyotlar
fakulteti ahborot
ahborot havfsizligi
havfsizligi kafedrasi
fanidan bo’yicha
fakulteti iqtisodiyot
boshqaruv fakulteti
chiqarishda boshqaruv
ishlab chiqarishda
iqtisodiyot fakultet
multiservis tarmoqlari
fanidan asosiy
Uzbek fanidan
mavzulari potok
asosidagi multiservis
'aliyyil a'ziym
billahil 'aliyyil
illaa billahil
quvvata illaa
falah' deganida
Kompyuter savodxonligi
bo’yicha mustaqil
'alal falah'
Hayya 'alal
'alas soloh
Hayya 'alas
mavsum boyicha


yuklab olish