Mavzu: «Devoni lug`otit turk»dagi etnonimlar
R e j a :
«Devoni lug`otit turk» asarining yaratilishi hamda ilmiy-tarixiy ahamiyati.
«Devoni lug`otit turk» asarining o`rganilishi va tarjimalari.
Asarda turkiy qabilalar va ularning tillari xususida fikrlar.
Mahmud Koshg‘ariyning bu nodir asari bebaho bir qomuski, undan har bir mutaxassis o'ziga kerakli material topa oladi. «Devon»ni ayni vaqtda qimmatli toponimik asar ham deyish mumkin. Chunki
bundan uch yuz-to‘rt yuz yil oldin yozib olingan' nomlar ham hozirgi talaffuzdan ko‘ra qadimgi toponimiyaning dastlabki shakliga ancha yaqin bo‘ladi. «Devonu lug‘otit turk» esa bundan qariyib 10 asr
oldin yozib qotdirilgan. Shuni aytish kerakki, toponim qanchalik ilgari yozib olingan bo‘lsa, shunchalik qimmatli sanaladi. Chunki ana shu davrda joy nomlarining fonetik hamda grammatik xususiyatlarida qanday o‘zgarishlar ro‘y berganini aniqlash mumkin bo‘ladi. Mahud Koshg'ariy asarining toponimika uchun ahamiyati undagi joy nomlari bilangina tugamaydi. Toponimlarning etimologiyasi, seman-
tikasini aniqlash hamda grammatik xususiyatlarini hisobga olishda qadimgi etnonimlar, antroponimlar, o'simlik, hayvonlarning o‘sha davrdagi nomlari, toponimlarning grammatik tuzilishiga doir mulo-
hazalar g‘oyat zo‘r ahamiyatga egadir. Bu jihatdan «Devon» niho yatda boy material beradi.
«Devon»dagi toponimik ma’lumotlami bir necha turga bo'lish mumkin:
1. «Devon»da tilga olingan joy nomlari.
2. Etnonimlar, ya’ni turli xalq, elat, qabila, urug1 nomlari.
3. Antroponimlar, ya’ni kishi ismlari.
4. Geografik atamalar, o'simlik hamda hayvon nomlari.
5. So'zlaming fonetik va grammatik tuzilishiga doir fikrlar.
Turkiy urug` va qabilalar tillarining xususiyatlarini ularning tarixi va lug`at boyligini o`rganishga bag`ishlangan. «Devoni lug`otit turk» asari Maxmud ibn Husayn ibn Muhammadil Qoshg`ariy qalamiga mansubdir.
Muallif o`z asarini yozishdan oldin ko`p yillar davomida turkiy qabilalar orasida yurib, nafaqat ularning tili va dinini, balki tarixini ham sinchiklab o`rgandi va juda ko`p materiallar so`z va iboralar, she`riy parchalar maqol va hikmatli so`zlarni to`pladi. Bu haqida u o`z asarida ham ma`lumot beradi va yana sShunday deydi:
«Men bu ishlarni til bilmaganligim uchun emas, balki bu tillardagi har bir kichik farqlarni ham aniqlash uchun qildim...Ularning har tomonlama puxta bir asosda tartibga soldim».
Asarning yaratilish davri manbalarda har xil ko`rsatilgan bo`lsada, devondagi ma`lumotlar bu ma`lumotini rad etib, devoni 1072-1083 yillarda yozib tugallanganligi va o`sha dav an`anasiga ko`ra Abdulqosim binni Muhammad Al Muqtaboda taqdim etilganligini ko`rsatadi. Olimning asarni yozishdan asosiy maqsadi: Arablarga turkiy tilning boyligini, turkiy tildaa ham ajoyib asarlar mumkinligini isbotlashdir.
«Devoni lug`otit turk» faqatgina tilshunoslik asarigina bo`lib qolmay, balki o`z davrining qomusi hamdir. Bu asarda turli qabilalarning tarixi, ijtimoiy-iqtisodiy ahvoli, geografik va tabiiy xususiyatlariga doir ko`p ma`lumotlar beriladi. Shuni ng uchun ham biz bu asarni o`z davrining ensiklopediyasi deb atashga haqlimiz.
Asarning yana bir ilmiy ahamiyati Abdulqosim Zamaxshariy Abu Xayyon ibn Muxanna, Aloiddin Beylik al-Qifchoqiy, Jamoliddin Turkiylarning an`anasini davom ettirishi va rivojlantirilganligidir.
«Devoni lug`otit turk» asari 1914 yilda Turkiyaning Diyorbakr shahrida topilgan va ayni paytda Istambulda saqlanmoqda. Devonning I-II qismlari 1914 yil, III- qismi esa 1917 yilda turk olimi Ramiddin Rifat tomonidan nashr ettirildi.
1918-1928 yillar davomida sharqshunos olim Vrokkelman devonini o`rganish borasida ko`pgina ishlarni amalga oshirdi. Uning buyuk xizmati shundaki, u Qoshg`ariy devonini nemis tiliga tarjima qilib, nashr ettirdi.
Turk olimi Bosim Atoliy 1914 yil devonning faksi melisini, 1943 yili esa Anqarada indeks lug`atini nashr ettiradi. 1938-1941 yillarda devon usmonli turk tilida 3 tom hamda nashr etiladi.
O`zbek olimlari ham bu asar haqida bir qancha tadqiqiotlar olib bordilar. S.Mutallibov tomonidan devonning o`zbek tiliga tarjima qilinishi fikrimizning yaqqol dalilidir. 1960-1963 yillarda bu tarjima ham 3 tomli kitob holida nashr ettirildi. Bundan tashqari 1967 yili G.Abduraxmonov va S.Mutallibov ishtiroki va tahriri ostida indeks lug`ati va grammatik ocherkining topilishi ham diqqatga sazovordir.
«Devoni lug`otit turk»ning mukammal o`rganilishi nafaqat o`sha davr balki hozirgi davr tilshunoslari uchun ham muhim manba bo`lib xizmat qilmoqda. Chunonchi, bu asar topilgan «Qutadg`u bilig»ni o`qish va uni o`rganishdagi, tarjimadagi xato va kamchiliklar aniqlandi va tugatildi.
«Devoni lug`otit turk» asari 2 ta asosiy bo`limdan tashkil topgan. Bular:
Muqaddima
Lug`at qismi
Muqaddima qismida adib o`z oldiga qo`ygan maqsadlari, devonning tuzilishi, turkiy qabilalar tillarining xususiyatlarini yoritsa, lug`at qismida esa X-XII asrlarda turkiy qabilalar tilida keng qo`llangan so`zlarning ilmiy tarixiy jihatlaridan yoritadi. Qoshg`ariy lug`atlarni 4 ga bo`ladi:
Tarama lug`at
Darlama lug`at
Antologik lug`at
Qomusiy lug`at
Rumga yaqin bir qabila bajalak, so`ng qipchoq, o`g`iz, boshqiriy, basmin so`ng qay, so`ng yabaku, so`ng tatar, so`ng qirg`iz, so`ng chigil, so`ng tuxsi, so`ng yagma, so`ng igrak, so`ng taruq, so`ng jumul, so`ng uyg`ur, so`ng tungut, so`ng xitoy... so`ngra tavgach deydi. Va turkiy qabilalarning chatishuvi va aralashuvi natijasida o`g`iz, chigil va qipchoq tillari gruppalaridagi tillar so`ngra umumiy tillar vujudga kela boshlaganini ko`rsatadi.
Bundan tashqari Qoshg`ariyning qabrlari, ularning bir-biriga munosabati va tillari to`g`risida aniq ma`lumotga qarab, y-j; m-b; t-d; ga o`tishi bilan xarakterlanishi, o`sha davrdanoq qipchoq, tuman yagmo tillarida «ch» fonemasining yo`qligi, uning o`rnida «sh» ishlatilganligini ko`rsatadi. Bu xususiyat ayni paytda qozoq, qoraqalpoq va kugay tillariga xos xususiyatdir.
Shunday qilib, «Devoni lug`otit turk» asari orqali X-XII asrlarda chindan Cheshdan O`rta Osiyoga bo`lgan katta hududda yashagan turkiy qabilalarning tillari, so`zlashuvi va dialekt xususiyatlarini o`rganishimiz mumkin degan xulosaga kelish o`rinlidir.
Mahmud Qoshg`ariy o`z asarlarida morfologiya, leksika va dialektologiya bilan bir qatorda fonetikaga ham katta e`tibor qaratadi va tillarni turlicha ekanligini qiyoslash jarayonida nihoyatda muhim faktlarni bayon etadi.
Masalan: tovush bilan harf munosabati haqida so`z yuritib, ularning o`zaro aloqasi va farqlarini aniqlaydi. Qoshg`ariy turkiy tillardagi barcha tovushlarni ifodalash uchun 18 ta harf etarli emasligi va maxsus belgilar asosida 7 ta harf qo`shishni ta`kidlaydi. Alfavitda esa hamzali harflar ya`ni unlilar doim oldin yoziladi, so`ngra undoshlar tartib bilan yoziladi.
Qoshg`ariy tovushlarni o`rganar ekan, ularning xususiyatlarini quyidagicha ta`kidlaydi.
So`zlarda tovushlarning qattiqligi, qalinligi, yumshoqligi, ingichkaligi hamda ularning cho`ziqroq talaffuz qilish xodisalarini aniqlaydi.
Tor va keng, qisqa va cho`ziq unlilarning xususiyati, talaffuzni izohlaydi.
Asarda tovush tushishi, tovush almashishi kabi qator fonetik o`zgarishlar va ularning ahamiyati haqida qiziqarli fikrlash bayon qilingan.
Jumladan, o`sha davr turkiy qabilalar tilga xos quyidagi hodisalar haqida ma`lumotlar berilgan. Undoshlar tizimidagi sodda va kombinator undoshlar, ulardagi jarangli va jarangsizli undoshlarning qator kelishi hodisalarin bayon etadi.
Asarda tovush tushishi va tovush almashishiga doir ko`pgina ma`lumotlar misollar bilan izohlanadi.
Masalan: turklardagi so`z boshida keluvchi «u» o`g`iz va qipchoqlarda tushib qoladi yoki «j» (ehtimol «ch»)ga aylanadi:
Elkin – elkin (musofir)
Yilig suv – iliq suv (ilik suv)
Yinju – (jinju) chingu (dur marvarid)
Turklar bilan o`g`izlar orasidagi bu xususiyat o`zgarmovchi, doimiy bo`lgan.
So`z boshidagi «m»ni o`g`izlar, qipoqlar va suvorinlar «v»ga aylanirilgan mun-bun (sho`rva) so`z o`rtasida kelgan va so`z oxirida kelgan «y»ni argular «n»ga almashtiradilar. Chigay-chigan (kambag`al:kay-kon (kuy).
O`g`iz va qipchoqlarda ayniqsa tovush tushish hodisasi ko`proq kuzatiladi. Masalan: t tamgak-tamoq, chumchuq-chuluk (olaqarg`a).
Bundan tashqari, Qoshg`ariy ma`lumotiga ko`ra, ch dan j ga ko`chish erinch-erinj (maishat) ham tovushlarning fonetik xususiyatlaridan.
«Devoni lug`otit turk»da so`z turkumlari hozirgidek 12 xil emas balki 2 xil deb ta`riflanadi.
Ular:
Ismlar
Fe`llar
Har xil guruhga ham oldin hamzali harflar (a, o,u, y kabi) keyin tartib bilan undosh harflar bilan boshlanadigan so`zlar berilgan. Devonda ko`p ma`noli so`zlar va omonimlar, sinonimlar, antonimlar haqida etarli ma`lumotlar berilgan. So`zlarning antonimlar haqida etarli ma`lumotlar berilgan, so`zlarning to`liq va qisqa vriantlari haqida ham fikrlar mavjud.
Bundan tashqari devonning morfologiya bo`limida fe`llarning yasalishi, ism-o va sifatlar haqida izohlar berilgan.
«Devoni lug`otit turk»da sodda, yasama va qo`shma so`zlar, so`zlarning yasalishi, so`z yasovchi va so`z o`zgartiruvchi affikslar yordamchi so`zlar haqida ham ma`lumotlar mavjud.
jumladan, fe`ldagi ot yasalishiga oid (keng ma`noda) qator yasovchi affikslar (harflar) keltiriladi.
(ch) a: bilgz (bildi,bilig asosida)
oge-aqli bilimda (tushuni ladi)
ma (me): kesmz, orta (urama)
ch: komech (non) kumdi fe`lidan
sh: urush, tokush, bilish
gu-gu: urgu (uradigan) keygu, bitgu (kesadigan narsa)
(i) m: yazim-gilam, bichim tilish.
Fe`l shakllari yasalishi masalasida orttirma, birgalik, o`zlik va majhul nisbatlar shuni ndek orzu istak ma`nolarini ifodalovchi shakllar yasovchi:
-t, - (i), u (sh), -sa, se, -(6, -(i) –i-n kabi affikslar keltiriladi.
Bardi – baturdi, turushdi, ichsadi, atildi, alindi baz tokildi kabi.
Tushum kelishigi – (i, u) g, -(i, u)g Tabug tashurrar, tashboshig yarar.
Jo`nalish kelishigining –garu, geri, -ra, re, -n affiksli;
Kuron vosita kelishigi shakli, shuni ngdek, -dacho`, dechi, -glo`, gli, duk affiksli sifatdoshlar ham uchrab turadi.
Bundan tashqari devonda fe`l zamonlarini hosil qilinishi haqida ham ma`lumotlar berilgan. Fe`lning o`tgan zamon shaklini hosil qilishda dialektlar ikki guruhga ajratiladi.
Yagmo, tuxsi, chigil, uyg`ur to Chingacha bo`lgan qabilalar –di, -di)) – ti, -ti affikslarini qo`shib yasaydilar.
Bu shaklni o`g`iz va qipchoq ba`zilari – svorinlar duq, -duk affiksi orqali yasaganlar.
Bularda birlik va ko`plik shaklari farq qilmagan. Fe`lning kelasi zamon shakli o`g`izlarda qisqargan affiks orqali yasalgan boshqa fikrlarda barirman, o`g`izlar bariran (boraman).
Mahmud Qoshg’ariy men bu kitobni maxsus alifbo tartibida xikmatli so’zlar, sajlar, maqollar, qo’shiqlar, rajaz va nasl deb atalgan parchalar bilan bezalgan. Qattiq joylarini yumshattim, qiyin va qorong’u joylarini yoritdim so’zlarini o’z joyiga qo’yish kerakli so’zlarni osonlik bilan o’z joyini topish uchun bu ish bir necha yillar mashaqqat tortdim. Kitobni 8 asosiy bo’limda chekladim.
1. Hamzalik (alif, vov, yoy, bilan boshlanadigan so’zlar bo’limi).
2. Solim (alif, vov, yoy bo’lmagan so’zlar bo’limi).
3. Muzoaf bir harfi ikki marta takrorlangan so’zlar bo’lmagan.
4. Misol boshida yoy bo’lgan so’zlar bo’limi.
5. Uch xarfli so’zlar bo’limi.
6. To’rt xarfli so’zlar bo’limi.
7. G’unnaliylar bo’imi.
8. Ikki undosh qator kelgan so’zlar.
Har bir bo’limni otlar, ismlar va fe’llar tarzida ajratib berilgan. Otlarni oldin fe’llarni esa otdan keyin o’z sirasiga qarab boblarga ajratib o’z o’rniga oldinma keyin ko’rsatdi. Tushunilishi oson bo’lishi uchun assarda arabcha istilohlarni qo’lladim. Mahmud Qoshg’ariy Devoni lug’atit turkning leksikasi so’z turkumlarini ajratishni xisobga olgan holda struktur alfabit prinsip asosida tuzilgan. Mahmud Qoshg’ariy Devoni lug’atit turkda fonetik morfologik sintaktik kuzatishlar bexisob bo’lib ular hamisha qiyosiy planda berilgan.
Mahmud Qoshg’ariyning Devoni lug’ati turk asari turk tili rivojlanishiga muhim hissa qo’shgan manba hisoblanadi. Devoni lug’atit turk asarida turk gramatikasi uning fonetik xususiyatlari leksikasi haqida fikr yuritilagan. Bu asarda faqatgina turk tiliga oid ma’lumotlar emas balki boshqa fanlar tarix va aniq fanlar to’g’risida tushunchalar o’z aksini topgan. Devoni lug’atit turk asarining tarbiyaviy ahamiyati ham katta. Bu asarda tilgan olingan qabilalar tili urf odatlari madaniy qadriyatlari haqida ham umumiy tushuncha bergan. Shuning uchun ham bu asar xozirgacha o’z qadr qimmatini yo’qotmay yosh avlod qalbida joy olib kelmoqda.
voni lug’at turkda xalq og’zaki ijodiga oid 300 dan ortiq she’riy parchalar, 291 ta maqol, va matallar keltiriladi. Bu xol O’rta Osiyoda 11 asrgacha ham yozma va og’zaki ijod bo’lganini isbotlaydi. Ammo ijtimoiy – siyosiy axvol ayniqsa arablarning kirib kelishi va islom dinini joriy qilinishi ko’p qo’l yozmalarning yo’qolishiga sabab bo’lgan. Devonu lug’at turkning Mahmud Qoshg’ariyning o’z qo’li bilan yozilgan nusxasida 1266 – yili Muhammad ibn abu baker Ibn Fotih as Soviy ad Damashxiy tomonidan ko’chirilgan nusxasi Georbakr shahrida olim ali Amiriy sotib olgan. Devoni lug’atit turk asari arab tilidan birinchi marta turk tiliga tarjima qilingan bo’lsa keyinroq uni to’liq tarjimasi O’zbekiston fanlar akademiyasi til va adabiyot instituti arabshunos olim S.Mutalliyev tomonidan amalga oshirilgan. Tarjima 1960 – 1963 yillari 3 jildda nashr etilgan. Devoni lug’ati turkning to’liq tarjimasi boshqa tillarda ham amalga oshirildi: asar uyg’ur tiliga 1980 – 1984, ingliz tiliga 1983 – 1986, fors tilida 1996 – 2005, qozoq tilida 1997 – 1998, rus tiliga 2005 va ozaybarjon tiliga 2006 yil tarjima qilindi. Avvalo Devoni lug’atit turkning turli tillarga bo’lgan tarjimasidagi muhim muammo turkey so’zlarning 11 – asrda shakllana boshlagan adabiy til Qoshg’ariy ta’kidlagan xoqoniyatni shaklida bo’lishi sharfligi masalasidir. Devoni lug’ati turkda qo’llangan turkiycha so’zlarning miqdori ham turlicha beriladi. O’zbek nashrida – 9222 K.Brokkelman ishida 7993 Besim Atalay nashrida 6727 ta, ruscha nashrida ham 6727 ta so’z miqdorlari bir xil emas.
Devonu lug’atit turkdan yana bir narsa ma’lumki Mahmud Qoshg’ariy bu lug’at bilan bog’liq bo’lgan yana bir asar - ,,Kitobi javohirun naxfiy lug’otit turk” (turkiy tillarning naxv qoidalari) kitobini ham yozgan va bu kitob hanuzgacha topilgan emas. Mahmud Qoshg’ariyning qoraxoniy zodagonlarning oliy toifasiga mansub ekanligini quyidagi daillar ham tasdiqlaydi.
Mahmud Qoshg’ariy asar boshida o’zi to’g’risida so’zlab o’zining eng eski turkiy qabilalarida ekanligini bildirgan. Mahmud Qoshg’ariy taqor turkiy tillardan tashqari arab va fors tillarini ham bilgan. Asarning muqaddimasida aytilgan so’zlardan M.Qoshg’ariy Buxoro va Nishopurda bo’lgan deb taxmin qilish mumkin. Maxmud Qoshg’ariy va uning asariga bag’ishlangan tadqiqotlarda Mahmud Qoshg’ariy va uning chuqur va boy bilim olishi mumkin bo’lgan Buxoro, Nishopur, Samarqand, Marf, Shimoliy Eron va Bog’dod musulmon olimlarning markazlari qayta – qayta tilga olinadi. Usha davr musulmon maktablarida arab tili grammatikasi musulmon aqidalari va xuquqshunoslik xisob, qur’on va xadis o’rgatilgan.
ADABIYOTLAR:
Abduraxmonov G`., Rustamov A. Qadimgi turkiy til. Toshkent, «O`qituvchi» nashriyoti, 1982.
Abduraxmonov G`., Rustamov A. Navoiy tilining grammatik xususiyatlari. Toshkent, «Fan» nashriyoti, 1984.
Aydarov G. Yazik orxonskogo pamyatnika Bilge-kagana. Alma-Ata, Izd-vo «Nauka», 1966.
Aydarov G. Yazik orxonskogo pamyatnikov drevnetyurkskoy pismennosti VIII veka. Alma-Ata, Izd-vo «Nauka», 1971.
www.ziyonet.uz
Do'stlaringiz bilan baham: |