VII BOB Metall – yarim o’tkazgich kontakti va p-n o’tish fizikasi
Har qanday yarim o‘tkazgich materiallarning fizik xossalarini o‘rganish va
yarim o‘tkazgichli qurilmalarning xossalarini aniqlash hamda ularni zamonaviy
qurilmalarda ishlatish uchun, ularni manbalarga yoki boshqa qurilmalarga ulash,
albatta metall kontaktlar yordamida amalga oshiriladi. Shuning uchun metal-yarim
o‘tkazgich kontaktining sifati, holati va tabiatiga qarab, bunday kontaktlarning
xossalari tubdan farq qilishi mumkin. Shu sababli hozirgi zamon elektronikasi va
integral sxemalarida kontaktlar masalasi o‘ta muhim o‘rin egallaydi. Bu muammoni
batafsil ko‘rib chiqishdan oldin, metall yarim o‘tkazgich kontaktlar tabiatini
aniqlaydigan ba‘zi fundamentall tushunchalar ustida to‘xtalib o‘tamiz.
Do'stlaringiz bilan baham: |