I bob. Pul-kredit siyosati va ulardan foydalanish



Download 387,5 Kb.
bet8/12
Sana28.06.2022
Hajmi387,5 Kb.
#715037
1   ...   4   5   6   7   8   9   10   11   12
Bog'liq
PUL-KREDIT SIYOSATI VA ULARDAN FOYDALANISH AMALIYOTI TAHLILI

Valyuta kursi kanali- mazkur kanal ta’siri pul-kredit siyosati shartlarining o’zgarishi natijasida almashuv kursining ichki hamda tashqi tovar va hizmatlarga bo’lgan nisbiy talabning o’zgarishi orqali namoyon bo’ladi.
Boshqa tomondan, Markaziy bank foiz stavkasining o’zgarishi milliy valyutadagi moliyaviy aktivlar daromadlilik darajasining mos ravishda o’zgarishiga olib kelib, almashuv kursiga o’z ta’sirini ko’rsatishi mumkin.
Inflyatsion kutilmalar kanali pul-kredit siyosatining inflyatsion targetlash rejimi doirasida amalga oshirilishida inobatga olininshi lozim bo’lgan asosiy omillardan biri hisoblanadi.
Iqtisodiy jarayonlar ishtirokchilari qaror qabul qilishlarida nafaqat real bozor sharoitlarini, balki ularning kelajakdagi o’zgarish ehtimolini ham inobatga olishlarida inflyatsion kutilmalar kanali asosiy ahamiyat kasb etadi. Xususan, korxona va tadbirkorlar narxlarni o’rnatishlari va kelajakda ish haqi o’zgarishini baholashlari uchun inflyatsion kutilmalar muhim hisoblanadi.
Shu o’rinda, mazkur kanalning asosiy xususiyati korxona va tashkilotlar tomonidan mahsulot va hizmatlar narxlarini shakllantirilishida namoyon bo’ladi. Bunda, kelajakda inflyatsiya darajasining oshishini kutayotgan korxona va tashkilotlar narxlarni oshiradi, bu esa joriy inflyatsiya darajasining o’sishiga olib keladi.
Shuni ta’kidlash joizki, kutilmalar kanali yuqorida keltirilgan to’rtta kanallarning barchasi bilan o’zaro bog’liqdir. Masalan, pul bozoridagi foiz stavkalari dinamikasining shakllanishi ko’p jihatdan kelajakda kutilayotgan stavkalar darajasiga bog’liqdir.
Iqtisodiyotda inflyatsion kutilmalarning markaziy bank maqsadli ko’rsatkichlariga nisbatan yuqori darajada bo’lishi jamiyatda inflyatsiyani Markaziy bank tomonidan to’la nazoratga olish borasidagi shubhalarni keltirib chiqaradi. Mazkur vaziyat foiz stavkasini keskin oshirish zaruriyatini tug’dirishi mumkin.
O’zbekiston sharoitida iqtisodiyotni tarkibiy o’zgartirish va erkinlashtirish jarayonlari amalga oshirilayotgan davrda inflyatsion kutilmalar oshishi va kelajakda ma’lum muddat davomida saqlanib qolishi mumkin.
Aholi va xo’jalik yurituvchi subyektlarning kelajakda narxlar o’zgarishi yuzasidan kutilmalarini baholash va monitoring qilish, shuningdek, mazkur kutilmalarning xususiyatlari hamda unga ta’sir ko’rsatuvchi omillarni atroflicha o’rganish maqsadida 2018-yildan boshlab Markaziy bank tomonidan iste’mol narxlari dinamikasi va inflyatsion kutilmalarni o’rganish yuzasidan kuzatuvlar va so’rovlar olib boorish amaliyoti joriy qilingan edi.
Bunda, Markaziy bank tomonidan inflyatsion kutilmalar shakllanish jarayonini o’rganish, tahlil qilish va ularni modellashtirish salohiyatini takomillashtirishga alohida e’tibor qaratiladi.

Download 387,5 Kb.

Do'stlaringiz bilan baham:
1   ...   4   5   6   7   8   9   10   11   12




Ma'lumotlar bazasi mualliflik huquqi bilan himoyalangan ©hozir.org 2024
ma'muriyatiga murojaat qiling

kiriting | ro'yxatdan o'tish
    Bosh sahifa
юртда тантана
Боғда битган
Бугун юртда
Эшитганлар жилманглар
Эшитмадим деманглар
битган бодомлар
Yangiariq tumani
qitish marakazi
Raqamli texnologiyalar
ilishida muhokamadan
tasdiqqa tavsiya
tavsiya etilgan
iqtisodiyot kafedrasi
steiermarkischen landesregierung
asarlaringizni yuboring
o'zingizning asarlaringizni
Iltimos faqat
faqat o'zingizning
steierm rkischen
landesregierung fachabteilung
rkischen landesregierung
hamshira loyihasi
loyihasi mavsum
faolyatining oqibatlari
asosiy adabiyotlar
fakulteti ahborot
ahborot havfsizligi
havfsizligi kafedrasi
fanidan bo’yicha
fakulteti iqtisodiyot
boshqaruv fakulteti
chiqarishda boshqaruv
ishlab chiqarishda
iqtisodiyot fakultet
multiservis tarmoqlari
fanidan asosiy
Uzbek fanidan
mavzulari potok
asosidagi multiservis
'aliyyil a'ziym
billahil 'aliyyil
illaa billahil
quvvata illaa
falah' deganida
Kompyuter savodxonligi
bo’yicha mustaqil
'alal falah'
Hayya 'alal
'alas soloh
Hayya 'alas
mavsum boyicha


yuklab olish