2.2. Pul-kredit siyosatini amalga oshirishning asosiy yo’nalishlari. O’zbekistonning pul-kredit siyosati bo’yicha kelgusidagi rejalari.
O’zbekiston soliq tizimida uzoq davr mobaynida samarali faoliyat qilib qolgan oborot solig’i o’rniga joriy qilingan qo’shilgan qiymat solig’i (QQS) ning stavkasi dastlab 25% miqdorida, keyinchalik 20.18 % miqdorigacha tushurildi. Hozirgi paytda davlatning moliyaviy siyosati O’zbekiston Respublikasi Soliq Kodeksiga (O’zbekiston Respublikasining qonuni N 396-1, 24-aprel 1997- yilda tasdiqlangan) va 1998-yilda O’zbekiston Respublikasi Davlat byudjetini va asosiy makroiqtisodiy ko’rsatkichlarini rivojlanishlarini prognozlariga (O’zbekiston Respublikasi Vazirlar Maxkamasining qarori N 540, 5-dekabr, 1997-yilda) muvofiq amalga oshirilyapti. Unda, non, sut, go’sht va go’sht mahsulotlari uchun 10% miqdorida belgilangan bo’lib, bu tadbir aholi uchun zarur oziq-ovqat mahsulotlarini ishlab chiqarish maqsadida qo’llaniladi.
Yaqin o’tmishda, mamlakat iqtisodiy va ijtimoiy rivojlanishiga to’sqinlik qilib qolgan moliyaviy siyosat kamchiliklarini namoyon qildi. Uzoq davrlar mobaynida mamlakatni iqtisodiy rivojlanishida moliya va aktiv moliyaviy siyosatning ahamiyatiga yetarlicha baho berilmadi. Iqtisodiyotda moliyaviy munosabatlarning ahamiyatini buzib ko’rsatish sodir bo’di, moliya va moliyaviy dastaklarining aktiv ahamiyati inkor etilib, moliyaviy siyosat talab etilgan muammolarni hal qilishga qaratilgan zarur usullarni ishlab chiqishga ojizlik qilib qoldi. Rivojlanishning uzoq davriga mo’ljallangan konseptsiyalarni ishlab chiqilmaganligi, kam samara beradigan, qisqa muddatli foyda olishni ko’zlab qo’yilgan chora-tadbirlar iqtisodiyotni og’ir ahvolga olib keldi.
O’zbekiston mustaqillikka erishib, iqtisodiy rivojlanishda bozor munosabatlariga o’tishda, ijtimoiy hayotning barcha sohalarida bo’lgani kabi, moliya va moliyaviy munosabatlarda ham chuqur islohotlarni amalga oshirishga to’g’ri keldi.
Bozor iqtisodiyotiga o’tishning birinchi bosqichida iqtisodiy strategiya quyidagi vazifalarni bajarishni ko’zda tutdi:
Ma’muriy-buyruqbozlik tizimining oqibatlarini yengish, tanglikka barham berish,iqtisodiyotni barqarorlashtirish;
Respublikaning o’ziga xos sharoitlari va xususiyatlarini hisobga olgan holda bozor munosabatlarining negizlarini shakllantirish.
Birinchi prezidentimiz Islom Karimov belgilab bergan iqtisodiy strategiyadan kelib chiqqan holda, bozor iqtisodiyotini birinchi bosqichida moliya va soliq siyosatining birinchi darajadagi chora-tadbirlari va ustuvor yo’nalishlari quyidagilardan iborat bo’ladi:
Belgilanga strategik vazifalar davlatning taktik chora-tadbirlari asosida bajariladi. Bu chora tadbirlardan song, iqtisodiy o’sish davri boshlandi. Yalpi ichki mahsulotning o’sish sur’ati barqarorlashdi. 1997-yilda sanoat ishlab chiqarish 5.5% ga, qishloq mahsulotlarini ishlab chiqarish 8.5% ga o’sgan bo’lsa, 2013-yilga kelib mamlakatimiz yalpi ichki mahsuloti 8 foizga o’sdi, sanoat ishlab chiqarish hajmi 8.8 foizga, qishloq xo’jaligi 6.8 foizga, chakana savdo aylanmasi hajmi 14.8 foizga oshdi. Davlat byudjetining daromadlar qismi bo’yicha ko’rsatkichlari to’liq bajarildi, inflyatsiya darajasi 6.8 foizni tashkil etdi. Bugungi kunga kelib esa, Davlat statistika qo‘mitasi ma’lumotlariga ko‘ra, 2020 yilda O‘zbekiston yalpi ichki mahsulot (YAIM) hajmi 580,2 trln so‘mni tashkil qildi. 2019 yil bilan solishtirganda o‘sish 1,6% ni tashkil qilgan.
Do'stlaringiz bilan baham: |