I bob. O’zbek va ingliz tillarida konchilik va metallurgiya terminalogiyasining nazariy asoslari


Muammoning o`rganilganlik darajasi



Download 336,96 Kb.
bet3/34
Sana01.07.2022
Hajmi336,96 Kb.
#728116
1   2   3   4   5   6   7   8   9   ...   34
Bog'liq
2 5215651371927214084

Muammoning o`rganilganlik darajasi.
Zamonaviy o’zbek terminshunosligida bir qancha olimlar tadqiqotlar olib borib, kitoblar, qo’lyozmalar yaratilib kelinmoqda. Jumladan, H.Bektemirov, E.Begmatov, X.Dadaboyev, R.Doniyorov, A.Xojiyev, O.Usmonov, H.Qosimov, SH.Hamidovlar o’zlarining lug’at va asarlari bilan tilshunosligimiz taraqqiyotiga ulkan hissa qo’shdilar. Shu o’rinda, metallurgiyaga oid terminlarning lug‘atini yaratishda tadqiqot olim borgan olimlarga e’tibor qaratish lozim. O‘zbek olimlaridan S. Abduraxmonov va M.Qayumovalar o‘zbek, ingliz va rus tillaridagi metallurgiyaga doir terminlarning izohli lug‘atini yaratish orqali metallurgiya terminologiyasi va terminografiyasining ayrim nazariy va amaliy masalalariga qo‘l urdilar. Biroq, shu kunga qadar o‘zbek tilida metallurgiyaga oid terminlarning lekfikografik tadqiqi bo‘yicha maxsus monografik ish bajarilmagan. Jumladan, ingliz, rus tillaridagi metallurgiyaga oid terminlarni o‘zbek tiliga o‘zlashgan muqobillari bilan chog‘ishtirish, ularning tuzilishi va leksik xususiyatlari o‘rtasidagi umumiy va farqli jihatlarni aniqlash kabi masalalar o‘z echimini topmagan.
Hozirgi zamon tilshunosligida negativlik kategoriyasi ko`plab olimlar tomonidan o`rganilib kelinmoqda. Negativlik kategoriyasini o`rganishda hind-yevropa va turkiy tillar materiallari asosida tadqiqotlar olib borgan A.M.Muxin, R.Lakoff, V.N.Bondarko, M.B.Andriychekova, V.G.Kolshanskiy, P.A.Afanasev, R.O.Yakobson, A.I.Baxarev, T.G.Tsikalidi, F.Allan, T.Baller, R.A.Close, Z.S.Henis, H.Sweet, A.Nurmonov, S.Rahimov, O.Usmon, D.Lutfullayeva, M.Yo`ldoshev, E.Qilichev, V.Vositov kabi tilshunoslarning izlanishlarini e`tirof etish o`rinlidir.
Negativlik kategoriyasini paralingvistik usulidagi muloqotda ham ko’rishimiz mumkin. Jumladan, Ch.Darvin bu masalada qisman o`z munosabatini bildirib o’tgan. G.V.Kolshanskiyning ta`kidlashicha esa, Ch.Darvinning bu boradagi qarashlari paralingvistikada katta qiziqish uyg`otishga sabab bo`lgan(Vasilyeva C.A.1958). Tilshunoslarga negativlik kategoriyasining asosiy mohiyatini yoritishda yuqorida keltirilgan yondashuvlar turtki bo`lgan. Shunga ko`ra ular ham negativlik kategoriyasiga mantiqiy, psixologik hamda shaklan-grammatik jihatdan o`z fikr va tadqiqotlarini olib borishgan.
Shuningdek, O`zbekistonda ham negativlik kategoriyasi bo`yicha ko`zga ko`rinarli tadqiqotlar olib borilgan. Jumladan, S.Rahimov o`z monografiyasida inkorni ifodalovchi elementlarni umumiy tilshunoslik nuqtai nazaridan tariflagan,negativlik kategoriyasini turli tillar tizimida leksik sathda ham o`rgangan.
D.Lutfullayevaning doktorlik ishida o`zbek tilshunosligida ilk marotaba yo`qlik va inkor hodisalari qiyosanlanib o`rganilib, ular o`rtasidagi allomorflik, izomorflik hodisalariga aniqlik kiritilib, ikki lingvistik hodisaning asl mohiyati, umumiy ifoda vositalari ko’rsatilib, inkor va yo’qlik, mavjudlik va yo’qlik o’rtasidagi ziddiyatlar keng yoritilgan. V.Vositov esa inkorni umumiy planda mohiyatini yoritib bergan bo`lib, u o’z nomzodlik dissertatsiyasida polinegativlik va mononegativlik hodisalarining ifoda va mazmun plani aloqasini tipologik jihatdan o`rgangan.
Turli tizimli tillarda negativlik kategoriyasi sintaktik sathda tipologik kategoriya sifatida komponent va sintaksemalarga ajratib o`rganilmagan. Shunga ko’ra mazkur tadqiqotda negativ elementlar birikib kelgan sintaktik birikmalarning boshqa elementlar bilan o’zaro sintaktik aloqalari, differensial sintaktik belgilari va sintaktik sathdagi semantik maydoni hamda ularning boshqa sintaksemalar bilan bog’lanish imkoniyatlari tahlil qilinadi. Ko’rinadiki, bizning dissertatsiya ishimiz mavjud tadqiqotlardan ajralib turadi.

Download 336,96 Kb.

Do'stlaringiz bilan baham:
1   2   3   4   5   6   7   8   9   ...   34




Ma'lumotlar bazasi mualliflik huquqi bilan himoyalangan ©hozir.org 2024
ma'muriyatiga murojaat qiling

kiriting | ro'yxatdan o'tish
    Bosh sahifa
юртда тантана
Боғда битган
Бугун юртда
Эшитганлар жилманглар
Эшитмадим деманглар
битган бодомлар
Yangiariq tumani
qitish marakazi
Raqamli texnologiyalar
ilishida muhokamadan
tasdiqqa tavsiya
tavsiya etilgan
iqtisodiyot kafedrasi
steiermarkischen landesregierung
asarlaringizni yuboring
o'zingizning asarlaringizni
Iltimos faqat
faqat o'zingizning
steierm rkischen
landesregierung fachabteilung
rkischen landesregierung
hamshira loyihasi
loyihasi mavsum
faolyatining oqibatlari
asosiy adabiyotlar
fakulteti ahborot
ahborot havfsizligi
havfsizligi kafedrasi
fanidan bo’yicha
fakulteti iqtisodiyot
boshqaruv fakulteti
chiqarishda boshqaruv
ishlab chiqarishda
iqtisodiyot fakultet
multiservis tarmoqlari
fanidan asosiy
Uzbek fanidan
mavzulari potok
asosidagi multiservis
'aliyyil a'ziym
billahil 'aliyyil
illaa billahil
quvvata illaa
falah' deganida
Kompyuter savodxonligi
bo’yicha mustaqil
'alal falah'
Hayya 'alal
'alas soloh
Hayya 'alas
mavsum boyicha


yuklab olish