1.1.1-rasm.
Fizika faning asosiy bo'limlaridan bo'lmish optika haqida kurs ishi rejamizga to'xtalib o'tsak. Malumki, jismlarga yoruglik nuri tushganda ular kozga korinadilar. Bu yoruglik nurlarini Yoruglik manbalari sochadi. Qizigan metall va komir, gaz alangalarini yoruglik manbalari sifatida qarash mumkin. Yoruglik elektr razryadlar jarayonida ham sochiladi, shuningdek kop moddalar yoruglik, rentgen va boshqa nurlar tasirida iyuminessensiya sababli nurlanadilar.
Yoruglik chiqarish jarayonini organish shuni korsatdiki, yoruglikni elementar manbalari - atomlar, molekulalar va elektronlardir. Agar atom yoki molekulaga malum energiya berilsa, u uygongan holatga otadi va bunday atom yoki molekula malum chastotali yoruglik tolqinini chiqarish qobiliyatiga ega bolib qoladi. Atom yoki molekulani uygonish darajasiga qarab u har xil chastotali yoruglik tolqinini chiqaradi. Shu sababli atom va molekulaning nur sochish sohasi infraqizil, kozga korinadigan va ultrabinafsha sohada yotadi. SHuninng uchun keng manoda Yoruglik infraqizil, kozga korinadigan va ultrabinafsha nurlar toplamidir. Bu nurlanishlarning tabiatini organadigan fanga optika deyiladi va nurlanishlar spektriga optik spektr deyiladi. Optika va spektroskopiya fizikasi kursining alohida qismi hisoblangan Optika fani quyidagi asosiy bolimlarni oz ichiga oladi:
Ravshankiy, fanning tayanch atama va tushunchalari ushbu bolimlarini
ozaro birlashtiribgina qolmay, butun fan mazmun-mohiyatini yagona tilda talqin
etish, uning tashkil etuvchilarini ozaro taqqoslash imkoniyatini yaratadi.
1. Geometrik optika. Bu optikaning asosini tashkil etib, yorug`likning to`gri chiziq bo`ylab tarqalishi, qaytish va sinish qonunlarini o`rganadi. Geometrik optika metodlari ko`zoynak uchun ishlatiladigan linzadan to juda murakkab bo`lgan astronomik teleskoplarni yasashgacha imkon beradi.
2. Fotometriya. Bu bo`limda inson uchun ratsional yoritish hosil qilish maqsadida yorug`lik nurlari dastalarini hosil bo`lish qonuniyatlarini o`rganadi. Shu sababli fotometrik qonunlarni o`rganishda geometrik optikaning fizik tasavvurlaridan tashqari inson ko`zi tomonidan yorug`likning kurishning ayrim fiziologik aspektlari ham o`rganiladi.
3. To`lqin optikasi. Bunda difraktsiya, interferentsiya, yorug`likning qutblanishi kabi optik hodisalar yorug`likning to`lqin nazariyasi nuqtai nazaridan tahlil qilinadi.
4. Molekulyar optika. Bu bo`limda yorug`lik bilan muhit orasidagi o`zaro tasir o`rganiladi. Albatta, bu tasirda moddaning molekulyar to`zilishining ahamiyati katta. Demak, yorug`likning molekulalar bilan o`zaro tasiri o`rganiladi. Yorug`likning sinishi, dispersiya, sochilishi kabi effektlar asosan molekulyar optikada o`rganiladi. Bunda yorug`likning anizatropik muhitda tarqalishi asosiy o`rinni egallaydi. Molekulyar optikada spektral tahlilning nazariy asoslarini tashkil etadi.
5. Chiziqli bo`lmagan optika. Bu bo`lim yangi bo`lib, Lazer, Mazer kabi manbalardan olingan kuchli yorug`likning nurlarini muhitda tarqalishi; muhit bilan tasirlashuv jarayonlarini o`rganadi. Bundan tashqari, optika yorug`lik lyumenestsentsiyasini, harakatdagi jismlar optikasini o`rganadi.
Do'stlaringiz bilan baham: |