2.3Νurlanish pirometrlari.
Nurlanish pirometrlari bu – o’lchov asboblarning ishlashi jismdan nurlanayotgan nur enetgiyasining uning temperaturasiga va fizik –kimyoviy xususiiyatlariga bog’liq o’zgarishini o’lchash asoslangan. Nurlanish pirometrlarining asosiy afzalligiga temperarurani o’lchashning kontaksizligi kiradi. Isitilayotgan jism temperaturasining ortishi bilan uning nurlanishi ortadi. Jism s gacha ko’rinmaydigan kata to’lqin uzunligidagi infra qizil nurlarni, so’nhra, jism rangi o’zgarib oqara boradi. Ya’ni , jism qizdirilganda, u avval to’q qizil rangda , so’ngra,qizil, to’q sariq , sariq va nihoyat, har xil to’lqin uzunligidagi nurlardan tashkil topgan oq rangga ega bo’ladi. Qizdirilayootgan jiism temperaturasi ortishi bilan , monoxramatik nurlanish faolligi ortib boradi va shuning bilan birga jismdan nurlanayotgan integral nnur energiyasi ham ortadi.Qizdirilayotgan jismdagi bu ikki xususiyatdan foydalanib jism temperaturasini o’lchash mumkin. Shunday qilib, qqisman nurlanishli, haamdaa to’lqin nurlanishli pirometrlar mavjud. Qisman nurlanishli pirometrlar optik pirometrlar hisoblanadi.Optik pirometrlarda temperaturasi o’lchanayotgan nur tarqatayotgan qizdirilgan jismning monoxramatik nurlanish rangi, o’lchov asbobiga o’rnatilgan lampaning qidirilayotgan simining nurlanish rangi bilan solishtiriladi.
2.4 Optik pirometrning tuzilishi.
Optik pirometr quyidagi elamentlardan tashkil topgan:1- obyektiv linzasi; 2- okulyar linzasi; 3-pirometrik lampa; 4- qizil yorug’lik filtri; 5- kulrang yutuvchi filtr; 6-chiqish diafragmasi; 7- kirish diafragmassi. Obyektiv va pirometrik lampa orasiga yutuvchi shisha o’rnatilgan bo’lib, undan pirometr yuqori o’lchash chegarasini oshirish ucun qo’llaniladi. Shundaay qilib optic pirometrlarning ishlash prinsipi ikki jism ya’ni , temperaturasi o’lchanayotgan jism va volfram simining yorug’ligini solishtirishga asoslangan ekan.
Kvazimonoxromatik (optik) pirometrlar. Optik pirometrlarning ishlash prinsipi harorati o‘lchanayotgan jismning nurlanish ravshanligini etalon jismlarning monoxromatik nurlanish ravshanligi bilan solishtirishga asoslanadi. Etalon jism sifatida, odatda, nurlanish ravshanligi rostlanadigan cho‘g‘lanish lampasining tolasidan foydalaniladi. Bu guruhdagi keng tarqalgan asboblardan biri – cho‘g‘lanish tolasi yo‘qolib ketadigan monoxromatik optik pirometrdir. Bu asbobning prinsipial sxemasi 2.24-rasmda keltirilgan. Qizdirilgan jismning nurlanish oqimi ob’yektiv 1 orqali yig‘iladi va pirometrik lampa 2 ning toza yuzasiga proeksiyalanadi. Okulyar 3 yordamida ob’yektning tasviri bilan kesishgan lampa tolasining tasviri kuzatiladi. Lampa tolasi ta’minlash manbai E ning o‘zgarmas tokidan cho‘g‘lanadi. Manbaning kuchlanishi reostat R yordamida sekin-asta rostlash yo‘li bilan ob’yekt va tola ravshanliklari tenglashguncha oshirib boriladi. Shu payt ob’yekt tasviri bilan kesishgan tolaning qismi, rasmda ko‘rsatilganidek yo‘qolib ketadi. Ravshanliklari tenglashgandan so‘ng tok kuchini yoki lampa kuchlanishini o‘lchaydigan asbob bilan pirometr ko‘rsatishlari hisoblanadi.
Optik pirometrlarning haroratni o‘lchash oralig‘i 800 °C dan 10000 °C gacha. Yo‘l qo‘yiladigan asosiy xatoliklar chegarasi ±1,5 % dan oshmaydi.
2.24 – rasm. Optik pirometrning prinsipial sxemasi
Optik pirometr ko‘chma asbobdir. U bilan uzluksiz o‘lchash va haroratni qayd qilish mumkin emas.
Bunday pirometrdan farqli o‘laroq, fotoelementli pirometrlar (fotoelektr pirometrlar) ko‘rsatishlarni yozib olish va ularni masofaga uzatish imkoniga ega. Bu asboblardan tez o‘tadigan jarayonlardagi haroratni o‘lchashda foydalaniladi.
Do'stlaringiz bilan baham: |