1.2 Absolut temperaturani aniqlash
Kerakli asbob va materiallar: 1. Optik pirometr. 2. YorugMik
manbai. 3. Tok manbalari. 4. Kalitlar.
Qizdirilgan jismlaming temperaturasini ulaming nurlanish spektridan foydalanib aniqlash mumkin. Temperaturani bunday aniqlash usuli optik pirometriya, tegishli asboblar esa optik pirometrlar deb ataladi.Temperaturani aniqlashning keng tarqalgan usuli nurlanuvchi jism spektrining maMum bir AX toMqin uzunligi intervalidagi nurlanishini absolut qora jism spektrining o'sha intervaldagi nurlanishi bilan taqqoslashga asoslangan. Odatda, spektrning A.=0,66 |i atrofida yotuvchi qizil qismidan foydalaniladi. Temperaturani bunday usulda aniqlashda yo`qolib boruvchi tolali pirometr deb ataluvchi ravshanlik pirometridan foydalaniladi.Pirometming sxemasi 85-rasmda ko‘rsatilgan.Bunda lampaning yarim aylana shaklidagi tolasi asbob o ‘qiga tik bo`lgan tekislikda yotadi. 2 obyektiv tekshirilayotgan nurlanuvchi sirtning tola yotgan tekislikdagi tasvirini hosil qilib beradi. 4 yorug`lik filtri (qizil filtr) 3 okularga faqat monoxromatik numi o ‘tkazadi.Pirometr okularidan qarab, uning R reostat yordamida tola ravshanligi nurlanayotgan jism ravshanligi bilan bir xil bo‘lguncha o ‘zgartirib boriladi. Tolaning ravshanligi nurlanayotgan jism ravshanligiga tenglashganda tola nurlanish fonida sezilmay qoladi, ya’ni «yo‘qoladi».
Asbob absolut qora jism temperaturasiga nisbatan darajalangan bo‘lib, G galvanometr shkalasi bo‘linmalarining to‘g ‘risiga temperaturaning tegishli qiymatlari eC larda ko‘rsatilgan bo‘ladi.Agar kuzatilayotgan jism absolut qora bo‘Isa, aniqlangan temperatura uning T haqiqiy temperaturasi bo‘ladi. Absolut qora bo‘lmagan jismlar uchun bu usulda aniqlangan Trav temperature ravshanlik temperaturasi deb ataladi. Bu ikkala temperatura orasidagi bog‘lanishni aniqlash uchun energetik ravshanlik deb ataladigan BE kattalik kiritiladi. Ф yoruglik oqimi, R yorituvchanlik va В ravshanlik kabi fotometrik kattaliklar orasidagi bog‘lanish ФЕ energiya oqimi, RE energetik yorituvchanlik va BE energetik ravshanlik kabi energetik kattaliklar uchun ham o ‘rinli bo‘ladi.
Pirometr yordamida Trm, ni o`lchab, (14) formuladan nurlanayotgan
jismning T haqiqiy temperaturasini hisoblash mumkin. Pirometrda temperaturaning ikkita shkalasi bo`lib, bittasi 700-1400 eC oraliqdagi, ikkinchisi esa 1200-2000 eC oralig`dagi temperaturalarni o`lchash uchun mo`jallangan. Pirometr lampasi tolasining temperaturasi 1500 cC dan oshmasligi kerak. Shuning uchun ikkinchi shkaladan foydalanilganda 2 obyektiv bilan 1 tola (85-rasm)
orasiga 5 xiralovchi filtr kiritiladi.
ISHNI BAJARISH TARTIBI
1. 86 - rasmda ko‘rsatilgan sxema bo‘yicha zanjir tuzing.
2. OP pirometmi L elektr cho‘g ‘lanma lampadan 1 m masofaga o ‘rnating va pirometr obyektivini lampa tolasiga to‘g‘rilang.
3. Pirometr reostatining 1 buralma halqasidagi oq rangli nol belgisini uning qobig‘idagi xuddi shunday belgi qarshisiga qo‘ying (87- rasm), bu holda pirometming strelkasi shkalaning nol belgisi qarshisiga kelishi kerak.
4. К1 kalitni ulang va pirometr lampasi tolasining temperaturasi taxminan 1200eC bo‘lganga qadar 1 halqani soat mili yo‘nalishi bo‘yicha burang. Temperatura qiymatini 6 shkaladan yozib oling.
5. 3 okulami asbobning optik o ‘qi bo‘yicha surish bilan pirometr lampasi tolasining aniq ko‘rinishiga erishing, so‘ng kalitni ulang.
6. 4 kallak yordamida ko‘rish maydoniga qizil rangli filtr kiriting.
7 . 5 kallakning «20» deb yozilgan indeksidan chorak aylana burab xiralovchifiltrni chctlashtiring.
8. K2 kalit yordamida L cho‘g ‘lanma lampani manbaga ulang.
9. K1 kalitni ulang va halqani pirometr lampasi tolasining o ‘rta qismining ravshanligi L cho‘g‘lanma lampa tolasining ravshanligi bilan bir xil bo‘lguncha asta - sekin burang.shkaladan temperaturani yozib oling.
10. Pirometr lampasining ravshan- ligini bir oz ko‘paytirish yoki kamaytirish yo‘li bilan L cho‘g ‘lanma lampa tolasining temperatura-sini uch marta o ‘lchab, o ‘rtacha qiymatini oling.
11. R reostat yordamida L lampaga turli kuchlanishlar berib, tokning turli qiymatlari uchun lampa tolasi temperaturasini aniqlang.
12. L cho‘g ‘lanma lampa tolasining temperaturasi 1400 C dan yuqori bo‘lganda o ‘lchashni xiralovchi 5 filtr kiritilgan holda bajaring. Xiralovchi filtrni kiritish uchun 5 kallakdagi nuqtani «20» indeksning to‘g ‘risiga qo‘ying.
13. (14) formuladan foydalanib cho‘g‘lanma lampa tolasining haqiqiy temperaturasini hisoblab toping.
Do'stlaringiz bilan baham: |