1.2. Fujivara xonadoni va xitoy ta’limoti.
VIII asr boshidan oxirigacha 2 asosiy “partiya” larning siyosiy hukmronlik uchun kurashi ostida oʻtdi. Ularning biri imperator xonadonidan tarkib topib, oʻz oldiga bir necha “sobiq” aristokrat xonadonlarini yegʻgan edi (Ootomo, Tatibana, Saeki, Tadzixi). Ikkinchisi esa koʻp sonli Fujivara naslidan tarkib topgan edi. Bu ikki siyosiy markazning qarama qarshiliklari Nara siyosiy tarixining oʻzgaruvchanligiga sabab boʻlgan. Bu kurash asosan 3 shaklda olib borilgan, birinchisi bu anʻanaviy nasl orqali kurash soʻng tashqi olam ideologiyasiga boʻlgan eʻtibor- buddizm va konfutsiylik ya’ni Xitoy ta’limotiga asoslanib daosizmni ham oʻz ichiga olgan. Shunga qaramasdan, Sintoizmga qarshi xech kimda shubha yoʻq edi.3
Fujivara taxallusi birinchi boʻlib Nakatomi-no Kamatariga 669-yil vafoti oldidan imperator Tenti tomonidan berilgan, Tenti hali shaxzoda boʻlgan vaqtida Nakatomi-no Kamatari bilan birgalikda Soga sulolasini siyosatdan chetlashtirgan. Nakatomi sulolasi saroyda sintoistik hukmlarni bajargan. Fujivara sulolasi esa amaldorlik hayotini tanlagani bois xitoy ta’limotini oʻzlashtirib, ular tajribasidagi inqiloblarni tayyorlashga kirishdi.
Fujivara nomi Nara davrining tarixida yorqin nomdir. Ma’lumotlarga qaraganda, u yerda Nakatomining ajdodi hukmdor Ingyo rafiqasining joylashgan saroyida xizmat qilgan, uning ismi Ikatsu edi. Nakatomi-no Kamatari ham shu yerda tugʻilgan edi.
Fujivara-no Kamatarining oʻgʻli Fuxito (659-720) oʻz davrining kuchli siyosatchilaridan edi, 708- yilda u vazir unvoniga erishdi. Fuxito juda ehtiyotkorligi va oʻzini hukmron oilaga teng koʻrmasligi bilan ajralib turar edi. Imperator Mommuning hukmronligining oxirgi kunlarida Fuxitoga otasining xizmatlari uchun boshqarish uchun 5000 xonadon taqdim etilgan edi, ammo Fuxito bu taklifni rad etib 2000 xonadon bilan cheklandi. Buning sababi, bu davrda 5000 xonadon boshqaruvi faqatgina shaxzoda Taketi va Fuxitolardagina bor edi, taxminlarga koʻra Fuxito saroy amaldorlarining mulkini oʻzlashtirishda gumon boʻlmasligi uchun bunday eʻtirofni rad etgan. 718-yilda Fuxitoga bosh vazirlik oʻrni taklif etilganda buni ham rad etadi, sababi shu paytgacha bu oʻringa faqatgina hukmron sulolasidan tayinlangan. Shunga qaramasdan, bosh vazirlik va yana birinchi vazirlik oʻrinlari Fuxito uchun ochiq boʻlganligi sababli u amaliy hokimiyatning choʻqqisida edi.
Fuxito ismining ma’nosida toʻxtaladigan boʻlsak, lugʻaviy ma’noda u “yozuvchi” ma’nosini bildirib u davrda nafaqat koʻchiruvchi balki xitoy manbalarini tushunuvchi insondek yuritilgan. Fuxito ismi avvalo, oʻzga qitʻadan kochib kelgan immigrantlarda koʻp kuzatilib ular aholi ichida ziyolilarni tashkil etgan. Fuxitoning xitoy ta’limotidan habardorligi uning Yaponiya qadimgi davlati shakllanishiga ulkan xissa qoʻshgan ikki hujjatlarda, ya’ni “tayxo ritsuryo” va “yoro ritsuryo” larning (yoro ritsuryo aslida 718-yilda tayyorlangan boʻlsada 757-yilda kuchga kirgan, sababi Fujivara sulolasining kuchsizlanishi) tayyorlanishida ishtiroki va peshqadamligida kuzatiladi. Xitoydan olingan qonunchilikni Yaponiyaga moslashtirish uchun va hujjatlashtirish uchun Tan kodeksi bilan yaqindan tanishishi zarur edi. Bundan tashqari, Xitoyda birinchi sheʻriy antalogiya Kayfuso (751-yil) yozilganda uning tarkibida Fuxitoning shaxsan oʻzi yozgan 5 ta sheʻri kiritilgani uning Xitoy ta’limotidan habardorligiga isbot edi.
698-yilda imperator farmoyishiga binoan Fujivara familiyasi faqatgina Fuxitoning farzandlari (Mutimaro, Fusasaki, Umakai, Maro) ga qoldirilgan edi, Fuxitoning akasi Fujivara-no Omimaroga esa sintoistik burchlarni bajarayotganligi tufayli Nakatomi taxallusiga qaytgan.
Fuxitoning toʻrttala farzandi ham katta yutuqlarga erishgan edi; Mutimaro xizmati davomida soʻl vazir darajasiga erishgan, Fusasaki esa xalq ishlari vazirligi va markaziy vazirlik boshligʻi, Umakai xodimlar vazirligi boshligʻi, Maro esa poytaxtning oʻng va chap qismlarini boshqaruvchisi va harbiy vazirlik darajasiga erishgan edi. Har birligiga sangi darajasi (imperator maslahatchisi) berilgan edi, shu orqali ular davlatni boshqarishda bevosita qatnashar edilar.
Fuxitoning farzandlari 4 ta Fujivara xonadonlariga asos soldi, keyinchalik ular saroydagi siyosiy boshqaruvni oʻz qoʻllarida saqladilar. Mutimaro “janubiy xonadon” (nanke)ga asos soldi, Fusasaki Mutimaro xonadonidan shimolroqda joylashgan “shimoliy” (xokke)ga asos soldi, Umakai esa “xodimlar” (sikike)ga, Maro esa “poytaxt” (kyo:ke) xonadonlariga asos soldilar13.
Bizgacha yetib kelgan ma’lumotlarga qaraganda, har toʻrttala xonadonda ham oʻqish xitoy ta’limotiga asoslangan edi. Ayniqsa Mutimaro 706-yilda poytaxtdagi amaldorlar maktabi boʻlimi boshligʻi etib tayinlandi, bu maqomga faqatgina xitoy yozma sanʻatidan habardorlargina erishardilar. Mutimaro bu boʻlimga oʻrinbosar boʻlgan paytidayoq eski ustozlarni qaytarib Konfutsiyga(syakuden) bagʻishlab marosimlar uyushtirar edi. Boʻlim boshligʻI lavozimida esa shaxsan oʻzi darslarni oʻtar edi. Arxiv boʻlimiga oʻtgandan soʻng, Mutimaro bor kuchi bilan Temmu davrida yoʻqolgan yozma madaniyatni tiklashga urindi. Buning ustiga u xitoy sheʻriy toʻplamlari tuzuvchisi ham edi (saqlanib qolmagan). “Kayfuso” antalogiyasida Fuxitodan tashqari Fusasakining 3 ta, Umakaining 6 ta, Maroning 5 ta sheʻrlari kiritlgan, shu bilan 120 sheʻrdan tarkib topgan bu toʻplamda 19 ta sheʻr Fujivara sulolasiga tegishli edi, bu koʻrsatkich boshqa sulolalarga qaraganda eng katta edi.
“Kayfuso” da Fujivaraning nomi kelishi juda muhim edi, chunki antalogiyda nomi kelganlarning xitoy ta’limotidan habardorligini koʻrsatar edi. Imperator Tentining ta’limotni tarqatishdagi xizmatlari haqida shunday deyiladi “Uning fikricha, madaniyatni rivojlantirish va haqiqatni topishda yozuv va ilmga xech narsa yetmaydi, shuning uchun u amaldorlarning maktabini ochdi”. VII asrda yana bir taniqli namoyonda, shaxzoda Syotoku-taysi budda marosimlarida oʻz nomini chiqargan, u saroy xonadonida ishlarni olib brogan ammo buddaga koʻp sigʻinganidan sheʻr yozishga vaqti qolmaydi.
Bundan koʻrinib turibdiki, xitoy ta’limoti va buddizm tarafdorlari oʻrtasidagi toʻqnashuvning mavjud. Ushbu qarama-qarshilik Xitoydagichalik oʻtkirlikka erishmagan boʻlsada, ammo baribir Yaponiyaning siyosiy, ijtimoiy va madaniy rivojlanishida muhim omil boʻldi.
Do'stlaringiz bilan baham: |