Bitiruv ishining vazifalari:
Bunda asosiy e’tiborini O’zbekiston Respublikasining mafku’rasi,
xalqimizning asriy urf-odatlariga qaratish lozim. “Ma’naviyat xalqning,
jamiyatning, millatning qudratidir”- degan edi yurtboshimiz. Avvalo
o’qituvchichlarning dunyoqarashlari mukammal keng qamrovli bo’lishi zarur,
Shundagina darslar samaradorligi ortadi. Barcha pedagoglar ta’limning amalga
oshirishlari, o’quvchi yoshlar bilimlarini adolatli baholash hamda ularni
rag’batlantirib borishlari zarur. Musiqa mashg‘ulotlarida qo‘llaniladigan musiqa
atamalarining izohli lug‘atini ishlab chiqish.
Bitiruv ishining dolzarbligi:
Yosh avlodni jismonan sog‘lom, ruhan tetik, aqlan yetuk qilib tarbiyalash
bugungi kunning dolzarb muammolaridan biridir. Bu muammoni hal etishda
musiqaning o‘ziga xos o‘rni bor. Chunki, musiqa insonga tez ta‘sir etuvchi, ruhiy
xissiyotlarni rivojlantiruvchi vositalardan biridir.
Bundan ko‘rinib turibdiki, musiqa darsida asosan musiqiy savodxonlikka
e‘tibor berish bilan birga ma‘naviy-tarbiyaviy jarayonlar hamkorlikda olib borilishi
shart bo‘ladi. Masalan, cholg‘u asboblari bilan tanishish yoki uni chalishni
o‘rgatishga bo‘lgan holatda qanday tarbiyaviy jarayon ketishi mumkin, o‘qituvchi
bolaga musiqa asbobini qanday ushlash, qanday o‘tirish mashqi , musiqa asbobi va
o‘qituvchining harakatlarini hurmat qilish qoidalari orqali ham bola tarbiya topishi
mumkin. Yoki bo‘lmasa musiqa tinglash va musiqiy savodxonlik qoidalari
o‘rgatilayotgan vaqtni olaylik, tarbiya ko‘rgan bolagina musiqani to‘g‘ri va to‘liq
bajara oladi…
Mamlakatimiz mustaqilligi yillarida ma‘naviy va jismoniy sog‘lom avlodni
tarbiyalash davlat siyosatining ustuvor yo‘nalishlaridan biriga aylandi.
Bu g‘oya zamirida jismonan baquvvat, ma‘nan yetuk, dunyoqarashi ongi,
tafakkuri sog‘lom, intelektual salohiyatli, tibbiy madaniyatli, sog‘lom turmush
madaniyati shakllangan shaxsni tarbiyalash yotadi.
Ayniqsa, ta‘lim muassasalarida ijtimoiy-gumanitar fanlarini o‘rganishda,
nodavlat tashkilotlari oila va mahalla hamkorligida o‘tkaziladigan tadbirlarni
uyushtirishda
milliy
musiqa
merosimizga
oid
mazmun
rang-baranligi,
ta‘sirchanligi muhim rol o‘ynaydi.
Jumladan, tashkil etiladigan tarbiyaviy ishlar mazmun ma‘naviyatimizning
qadimiy boy namunalari, bugungi kundagi rivojlanish bosqichlari zamirida
shakllantirilmog‘i zarur.
O‘tkazilgan ma‘naviy-ma‘rifiy tadbirlarda musaqa madaniyatining yoshlar
o‘rtasida Vatanga muhabbat, sog‘lom turmush tarziga amal qilish, o‘z sog‘lig‘iga
o‘zi mas‘ullik bilan yondoshish, milliy qadriyatlarimizga nisbatan xurmat hissini
tarbiyalashga qaratilmog‘i lozim.
Ota-onalar, oila, mahalla va mutasaddi nodavlat tashkilotlari hamkorligida
o‘tkaziladigan konfrentsiya, seminar, davra suhbati, uchrashuv sayoxat, baxs-
munozara va boshqa tadbirlarning ta‘sirchanligi va samaradorligini ularni ma‘lum
bir maqsadga yo‘naltirilganligi, mazmunnning yoshlar ongi va qalbiga mosligi,
zamonaviy pedagogi texnologiya asosida tashkil etilish musiqa o‘qituvchichsining
bilim saviyasi tayyorgarligi va tajribasisga ko‘p jihatdan bog‘liqdir.
Musiqa ta‘limi tashkilotlari oila va mahalla hamkorligida amalga
oshiriladigan ta‘limiy-tarbityaviy ishlar izchil uzviy va uzluksiz amalga
oshiriladigan isloxotlarning bosh omilidir. Ma‘naviy sog‘lom shaxs tarbiyasida
―yurtboshimizni muqaddas islom dini va falsafasi, aziz avliyolarimizning ibratli
hayoti, qutlug‘ qadamjolariga boshqa diniy guruxlarga nisbatan xurmat extirom va
bag‘ri kenglik ruhida tarbiyalashjamiyatimizda sog‘lom turmush tarzi, millatlararo
totuvlik o‘zaro mehr oqibat muhiti mustahkamlash bo‘yicha ma‘naviy-ma‘rifiy
dasturlarni amalga oshirish bugungi kunning muhmi talabidir‖
2
.
Musiqa merosimizning rivojlanib, yoshlar tarbiyasiga ijobiy hamda ijodiy
ta‘siririda milliy cholg‘uchilik san‘atining ahamiyati yuksak bo‘lgan. Bugungi
kunda qanchadan- qancha yoshlar milliy musiqiy yo‘nalishlarda ijod qilib, butun
diyorimiz bo‘ylab o‘z iqtidorlarini namoyish etmoqdalar.
Do'stlaringiz bilan baham: |