Xulosa……………………………………………………………………………28
Adabiyotlar ro‘yhati……………………………………………………………30
Кirish
O‘zbekiston Respublikasi mustaqillikka erishgandan so‘ng mamlakatimizning iqtisodiy, ijtimoiy, ma’naviy-ma’rifiy rivojlanish jarayonida keskin o‘zgarishlar sodir bo‘ldi. Bu o‘zgarishlar, ayniqsa, ta’lim sohasini tubdan isloh qildi. “Ta’lim to‘g‘risida”gi Qonun, “Kadrlar tayyorlash milliy dasturi” asosida ta’limning quyi bosqichidan boshlab, oliy ta’lim tizimigacha yosh avlodni ta’lim-tarbiyasini sifat jihatdan qayta ko‘rib, uni yangilashga muvaffaq bo‘lindi. Ta’lim mazmunini xalqimizning milliy qadriyatlari, an’analari xususidagi ma’lumotlar bilan boyitish, zamonaviy pedagogik texnologiyalarni kiritish kabi bir qator chora-tadbirlarni bosqichma-bosqich amalga oshirish davr talabi ekanligi davlatimiz tomonidan aniq belgilandi. O‘tgan qisqa vaqt mobaynida mamlakatimizning barcha jabhalarida ta’lim islohotlari juda izchillik va tezlik bilan amalga oshirilib, ko‘plab ijobiy yutuqlarga erishildi. Shu bois mamlakatimizning istiqlol yo‘lidagi birinchi qadamlaridanoq, buyuk ma’naviyatimizni tiklash va yanada yuksaltirish, milliy ta’lim-tarbiya tizimini takomillashtirish, uning milliy zaminini mustahkamlash, zamon talablari bilan uyg‘unlashtirish asosida jahon andozalari va ko‘nikmalari darajasiga chiqarish maqsadiga katta ahamiyat berib kelinmoqda.
Respublikamiz iqtisodiyoti va munosabatlarda bo‘layotgan o‘zgarish hamda islohotlar uzluksiz ta’lim tizimi oldiga bir qator muhim va dolzarb vazifalarni qo‘ydi. Ularni hal etish shu sohaga bevosita aloqador bo‘lgan har bir xodimdan kadrlar tayyorlashdek sharafli mas’uliyatni chuqur his qilib, ishga oqilona, tadbirkorlik bilan ilmiy yondashishni, bu bilan birga ta’lim shakli va mazmunini tubdan o‘zgartirish, ta’lim-tarbiya usullarini takomillashtirish, o‘quv-uslubiy va moddiy texnik ta’minotni yaxshilash, o‘qituvchilarning ushbu talablariga javob beradigan yangi avlodni shakllantirishni, boshqarish tizimini yangicha tashkil etishni talab etmoqda. 1
Maktab va maktabgacha tarbiya muassasalarida ta’lim-tarbiya oluvchi har bir bolani zamon talabi asosida har tomonlama shakllangan shaxs bo‘lib, jamiyat ishlarida faol qatnashishga nutqning to‘g‘ri va to‘liq rivojlanishi juda katta ahamiyatga ega. Eshitishda nuqsoni bo‘lgan bolalarda so‘zlashuv nutqini rivojlantirish pedagogik-korreksion tizimi, zarur shart-sharoitlari, uslubiy yo‘nalishning keng yoritilishi o‘z yechimini kutmoqda. Eshitishida nuqsoni bo‘lgan bolalar so‘zlashuv nutqini shakllantirishda o‘yinlarning ahamiyatini o‘rganish tadqiqotimizning dolzarbligini belgilaydi
Tadqiqot maqsadi : Maktabgacha yoshdagi kar bolalarga maxsus ta’lim-tarbiya berish jarayonida og’zaki nutqini rivojlantirish yo’llarini o‘rganish.
Tadqiqot maqsadiga muvofiq quyidagi vazifalar belgilandi:
1) Mavzuga doir psixologik-pedagogik va metodik adabiyotlarni o‘rganish va tahlil etish;
2) Eshitishda nuqsoni bo‘lgan bolalarda og’zaki nutqini rivojlantirish bo‘yicha korreksion ish mazmunini jarayonini o‘rganish;
3) Eshitishda nuqsoni bo‘lgan bolalarda og’zaki nutqini tashxis qilish metodikasini tayyorlash;
Do'stlaringiz bilan baham: |