Kurs ishiining maqsadi: Ta’lim jarayonida, o’quv mashg’ulotlari jarayonida darslar va darsdan tashqari mashg`ulotlarda, ma’naviy ma’rifiy kechalar, turli tadbirlar jarayonida o’quvchilarni vatanparvarlik ruhida tarbiyalashning pedagogik asoslarini aniqlash, bu boradagi imkoniyat, usul va yo`llar bilan tanishish.
Kurs ishining ob’ekti: Milliy qadriyatlar asosida shaxsni tarbiyalash ijtimoiy-pedagogik tarbiyalash jarayoni.
Kurs ishining predmeti: Milliy qadriyatlar asosida shaxsni tarbiyalash ijtimoiy-pedagogik tarbiyalash jarayonining mazmuni hamda tashkiliy-tehnologik asoslari.
Kurs ishining maqsadini amalga oshirishda quyidagi vazifalar belgilandi:
Birinchidan, o`quvchilarni vatanparvarlik ruhida tarbiyalashning ijtimoiy pedagogik muammo ekanligini asoslash;
Ikkinchidan, o`quvchi yoshlarni vatanparvarlik ruhida tarbiyalashning milliy, tarixiy asoslarini o`rganish;
Uchinchidan, sinfdan tashqari ishlarda o`quvchilarda vatanparvarlik tuyg’ularini shakllantirish jarayonini tashkil etishning maqsadi, vazifalari, mazmunini asoslash;
To`rtinchidan, o’quvchilarda vatanparvarlik tuyg’ularini shakllantirishda tizimli yondashuv masalasini o`rganish;
Beshinchidan, o`quvchilarni ta’lim jarayonida darsdan va darsdan tashqari mashg`ulotlarda vatanparvarlik ruhida tarbiyalashning nazariy asoslarini o`rgangan holda fikrlarni umumiy xulosalash.
Kurs ishi tuzilishi: kirish, ikki bоb, hulоsa va fоydalanilgan
adabiyotlar ro’yhatidan tashkil tоpgan.
I BOB. MILLIY QADRIYATLAR ASOSIDA SHAXSNI IJTIMOIY SHAKLLANTIRISH ILMIY-NAZARIY ASOSLARI
1.1 Milliy qadriyatlar asosida shaxsni tarbiyalash ijtimoiy-pedagogik muammo sifatida.
«Yangi XXI asr globallashuv, taraqqiyot asri, faqat intellektual jihatdan yuksak rivojlangan davlatlargina dunyoda ustuvor mavqe egallaydigan davr bo`lishi barchamiz uchun ayon. Mana shu yo`lda mustaqil O`zbekiston davlati taqdirini o`z qo`liga olib, yangi hayot, jamiyat qurishga, kelajagini jahon hamjamiyatining uzviy bir qismi sifatida tashkil etishga kirishdi. Zahmatkash xalqimiz o`zining fidoiy mehnati bilan dunyoda hech kimdan kam bo`lmay, taraqqiy topgan mamlakatlar qatoridan o`rin olib, tinch, farovon va osuda hayot kechirishga haqlidir. Lekin bu yo`l juda murakkab yo`l bo`lib, u jamiyat a’zolaridan fidoyilik, vatanparvarlik, xalqparvarlik tuyg`ulari ustuvor bo`lishini talab qiladi. Buning uchun jamiyat hayotining ertangi kunini yaratadigan yoshlarda huddi mana shu tuyg`ularni shakllantirish zarur. Mana shunday mashaqqatli va sharafli kurashlarda, buyuk intilishlarni amalga oshirishda, el-yurt uchun o`zini ayamasdan xizmat qilishda, kerak bo`lsa, jonini fido etishda yosh avlod doimo o`rnak va ibrat bo`lib kelgan»2. Shunday ekan, bugungi yosh avlodni vatanparvar, tashabbuskor, fidoyi inson sifatida tarbiyalash muhim vazifaga aylandi. Buning uchun ularga milliy qadriyatlarni chuqur anglatish, qalbiga singdirish lozim. Busiz barkamol insonni, uning shaxsiyatini to`g`ri shakllantirib bo`lmaydi.
O’zbekiston azaldan ko’pmillatli mamlakat. Hozir ham shunday. Demak, bu zaminda yashaydigan barcha millat va elat vakillari O’zbekistonni ona - Vatan deb bilishadi, uning taqdirida o’z taqdirlarini, uning kelajagida o’z kelajaklarini qurishadi.
Endilikda ozod, o’z haq-huquqini yahshi taniydigan, boqimandalikning har qanday ko’rinishlarini o’zi uchun or deb biladigan, o’z kuchi va aqliga ishonib yashaydigan, ayni zamonda o’z shahsiy manfaatlarini halq, Vatan manfaatlari bilan uyg’un holda ko’radigan komil insonlarni tarbiyalash, biz tarbiyachi pedagoglarning eng muhim va dolzarb vazifamiz ekanligini unutmasligimiz lozim.
O’quvchilarda umuminsoniy va milliy qadriyatlarni o’rganish va uni e’zozlashga o’rgatish bu borada olib boriladigan ishlarimizning eng asosiysi hisoblanadi. Kelajakda qadriyatlarimizga munosabat qanday holatda bo’lishini yoshlar belgilaydi.
O’quvchi yoshlar o’z halqining haqiqiy jonkuyari bo’lib etishmog’i uchun avvalo milliy qadriyatlarimizni chuqur bilishi, uni qadrlashi lozim. Shu kungacha bizning kulfatimiz va ma’anaviy so’qirligimizga sabab bo’lib kelgan "omillardan" biri bu qadriyatlarimizni qadrsizlanishi edi.
Do'stlaringiz bilan baham: |