I bob. Milliy qadriyatlar asosida shaxsni ijtimoiy shakllantirish ilmiy-nazariy asoslari



Download 84,98 Kb.
bet4/9
Sana31.05.2022
Hajmi84,98 Kb.
#623485
1   2   3   4   5   6   7   8   9
Bog'liq
MILLIY QADRIYATLAR ASOSIDA SHAXSNI IJTIMOIY SHAKLLANTIRISH

    Bu sahifa navigatsiya:
  • Vatan
Qadriyat - bu tabiiy va ijtimoiy hayotda namoyon bo’ladigan, kishilar qadrlaydigan va ular uchun manfaatli, ijobiy ahamiyatli, tabiiy, individual va ijtimoiy ehtiyojni qadrlashga hizmat qiladigan moddiy - iqtisodiy, amaliy - madaniy, mafkuraviy va siyosiy omillar yig’indisidir.

  1. Inson va insoniyat - eng oliy qadriyatlardir.

  2. Insoniyatning mavjudligi uchun zarur bo’lgan tabiiy
    imkoniyatlar, mehnat, mehnat qurollari va mehnat
    mahsulotlari moddiy hayot qadriyatlari deyiladi.

  3. Jamiyat hayotiy faoliyati uchun zarur bo’lgan va
    insoniyatning taraqqiyot jarayonida yuzaga kelgan
    ijtimoiy soha va tizilmalar (oila, millat, sinf,
    davlat) kabilarning majmuiy ijtimoiy hayot
    qadriyatlari tushunchasi bilan ifodalanadi.

4. Kishilarning ma’naviy ehtiyojlarini qondirishga
hizmat qiladigan ilmiy bilimlar yig’indisi ma’naviy
hayot qadriyatlari deb ataladi.
5. Umuminsoniy qadriyat, bu avvalo, bashariyatning mavjud bo’lishi va yashab kelishini ta’minlaydigan, tinchlik umumjahon tsivilizatsiyasi va madaniyati kabi tushunchalar bilan bevosita bog’liqdir.
«Go’ro’g’li» dostonlari turkumiga kirgan mazkur asarda mardlik, jasurlik, irodalilik kabi fazilatlar ulug’lanadi. Huddi mana shu fazilatlar Vatan uchun sadoqatli bo’lishning muhim omilidir. O’qituvchi o’quvchilarda haqiqiy mard insonlardangina chinakam vatanparvarlar chiqishini tushuntiradi. Bu tushunchalar «Guldursun», «Qaytar dunyo» afsonalarini o’rganish jarayonida yanada mustahkamlanadi. Afsonalarda hiyonat va sotqinlikning qoralanishiga, burch masalalariga ko’proq e’tibor qaratish har bir pedagogdan talab etiladi.
O’quvchilarda vatanparvarlik g’oyalarini singdirishda ezgu fikr, so’z va amalni ulug’lagan, yaqindagina o’zining 2700 yilligini nishonlangan «Avesto» kitobining o’rni nihoyatda beqiyosdir. Akademik litsey va kasb-hunar kolleji o’quvchilardaiga dastlab 2001 yil 3 noyabr kuni Urganchda «Avesto» kitobining 2700 yilligiga bag’ishlab bunyod etilgan yodgorlik majmuining ochilishi marosimi yozib olingan videokassetani namoyish etish maqsadga muvofiqdir. Ana shu tadbirda O’zbekiston Respublikasi Prezidenti I.Karimov so’zlagan nutqi va vaqtli matbuot sahifalarida bosilgan materiallardan foydalanib, «Avesto-Sharqning bebaho yodgorligi» mavzuida konferentsiya darsi tashkil qilish kerak. Boisi, bu kitoblarimizning tabiatga, eru suvga, quyosh va havoga bo’lgan ilohiy munosabatini, ota-ona va farzandga mehr-oqibatini, ularning muqaddas tushunchalarini, o’z erini kimlardan, qanday havfu hatarlardan himoya qilib, jamoa bo’lib yashaganini, barcha-barchasini mukammal yoritib bergani bilan qimmatlidir. «Avesto» bilan yaqindan tanishar ekanmiz, yana bir karra shunga iqror bo’lamizki, bu mangu kitobda ifoda etilgan buyuk g’oyalar, falsafiy hikmatlar o’zining hayotiy mazmuni bilan bizni bugun ham hayratda qoldiradi. «Avesto» kitobida mujassamlashgan g’oya va fikrlar haqida gapirar ekanmiz, ularning naqadar chuqur mazmunga egaligi va o’zining abadiyligi bilan bu asarda, avvalo, tabiatga munosabat, unga hurmat tuyg’usi, borliq olamning yahlitligi va bir butunligi, tabiat va inson uyg’unligi, atrof-muhitni saqlash va asrash odamzotning eng asosiy vazifasi ekani tasvirlab va isbotlab berilishi bugungi kunda ham har qanday odamni hayratda qoldiradi.
Shunday olis davrlarda ham ajdodlarimiz o’z yaqinlari oilasi, vatandoshlariga mehribonlik ko’rsatib, bir-biriga elkadosh bo’lib, boshiga tushgan sinov va hayot bo’ronlarini birgalikda engish kabi fazilatlarni ulug’lab, ularga amal qilib yashaganligi tasvirlangan
«Avesto» -O’rta Osiyo, Yaqin va O’rta Sharq mamlakatlari halqlari qadimiy madaniyatning bebaho tarihi yodgorligi bo’lib, u jahon tarihiga diniy, huquqiy, ahloqiy, ijtimoiy va boshqa dunyoqarash, tasavurlarini anglashning bitmas–tuganmas manbai sifatida kirgan. Ushbu nodir yodgorlik qadimgi zamonlardagi siyosiy va huquqiy g’oyalar haqida, odamlarning huquqiy ongi, bilim darajasi, mulk, nikoh-oila munosabatlarini tartibga soluvchi ijtimoiy me’yorlar, jinoyat va jazo, sud va sud amaliyoti masalalari to’g’risida keng ahborot beradi. Bir so’z bilan aytganda, «Biz uchun «Avesto» kitobi nafaqat tarihiy yodgorlik, nafaqat millatimizning va unga hos bo’lgan qadriyatlar va madaniyatning tomiri ming-ming yillarga borib taqalishini tasdiqlaydigan tarihiy hujjat sifatida qadrlidir. Bu betakror asarning biz uchun betakror ahamiyati-avvalo, uning olis-olis davrlarda ham halqimizning milliy hususiyatlari va fazilatlari, umumbashariy qadriyatlar yillarga borib taqalishini tasiqlaydigan tarihiy hujjat sifatida qimmatlidir.» Tarbiyachi o’qituvchilar oldidagi eng muhim vazifalardan biri, o’quvchi - yoshlarning fuqarolik burchini yuksak anglashi, hamda ularni mustaqil Vatanimiz va demokratik g’oyalarga, umumbashariy va milliy qadriyatlarimizga sodiqlik ruhida tarbiyalash, ular qalbidagi jahon ilm - fani va madaniyati yutuqlarini egallashga bo’lgan ishtiyoqni yanada rivojlantirishdan iborat. Shundagina yoshlar faqat Yapon mo’jisasiyu, arab kashfiyotlaridan hayratlanib yurish bilan cheklanmaydi, balki eng avvalo, ulug’ ajdodlarimiz dahosiga imon keltiradi, ularga munosib avlod bo’lishni dillariga jo qilib, o’zlari ham jahonni lol qoldiruvchi kashfiyotlar qilishga intiladilar va albatta, ozod mamlakatning hur fikrlovchi millatparvar, vatanparvar komil insonlari bo’lib etishadilar.
Shu sababli halk an’analari yordamida mahalliy ta’lim–tarbiyani keng hajda kiritilishi asosiy maqsad qilib qo’yilgan.

  1. Halq og’zaki ijodida ta’lim–tarbiyaning asosiy masalalarining qo’yilishi O’zbekiston zangori ekrani, O’zbek radiosi to’lqinlari orqali bu sohaga alohida ahamiyat berilgani bejiz emas.

  2. O’rta Osiyo, jumladan O’zbekiston ma’rifatparvarlari, olim–pedagoglarning pedagogik yangi g’oyalarini asarlariga kiritilishi bejiz emas.

  3. Turkiston va O’zbekistonda maktab ta’lim taraqqiyot fidoiylarning hayoti hamda pedagogik faoliyati haqidagi asarlarni keng targ’iboti bejiz emas.

Mustaqillik sharofati bilan ona tilimiz, nutqimiz, tarihimiz, qadriyatlarimiz, ta’lim–tarbiya ishlarimiz va madaniyatimizga munosabat tubdan o’zgarayotgani quvonchli holdir.
Yosh avlodning tarbiyasi fahriy va oliyjanob vazifa bo’lishi bilan birga, ayni zamonda u g’oyat darajada murakkab va ma’suliyatlidir. Bu sharafli vazifani muvaffaqiyat bilan bajarish uchun o’qituvchi eng avvalo o’z ishining shaydosi, tashabbuskori, ta’lim–tarbiya ishiga ihloskor bo’lishi kerak. Shuning uchun o’qituvchilik kasbini shunchaki kasb qilib olmasdan astoydil sevib bu kasbda ishlash lozim bo’ladi. Buning uchun qanday ma’lumotga, qanday eruditsiyaga ega bo’lishiga qaramay, u o’z saviyasini, pedagogik san’atini rivojlantirish uchun tinmay izlanishda bo’lmog’i lozim.
Avlod-ajdodlarimiz o’zlarining bir necha ming yillik hayot tajribalari va tarihiy ko’zatishlaridan kelib chiqib, o’g’rilik, bosqinchilik, qalloblik, tovlamachilik, firibgarlik, ko’zbuyamachilik, hiyonatkorlik, poraho’rlik va boshqa nopok yo’llar bilan boylik orttirishni keskin qoralaganlar. Bolalarni tejamkorlik, isrofgarchilikka yo’l qo’ymaslik, mehnatsevar, rostgo’y, insofli, sabr-qanoatli bo’lish ruhida tarbiyalaganlar.
Uzoq o’tmishdayoq o’zbek halqining ilg’or mutafakkirlari olib borgan tadqiqotlar, ularning amalga oshirgan kashfiyotlari jahon umuminsoniyat fani va madaniyatining oltin hazinasini tashkil etadi. Bilimlar hazinasini ochgan buyuk ajdodlarimizning nomlari butun dunyoga mashhur».
O’zbekiston mustaqillikka erishgandan keyin ta’lim-tarbiya sohasida milliy ahloq-odobni qayta tiklash, urf-odatlar, turli-tuman an’analarni joy-joyiga quyish, qadriyatlarni yanada rivojlantirish borasida juda keskin va buyuk burilishlar bo’lgani barchaga ayondir. Shunga ko’ra, yosh avlodni milliy qadriyatlar, o’zlikni anglaydigan, buyuk tarihimiz bilan haqli ravishda fahrlana oladigan ruhda tarbiyalash, ajdodlarimiz merosi aks ettirilgan, mustaqillik ruhi singdirilgan darslik va qo’llanmalar yaratilmog’i zarur.
O’quvchichilarni milliy merosimiz sarchashmalaridan bahramand etihda boyitishga yo’naltirilgan o’quv materiallari tizimini vujudga keltirishda o’zbek halqining tarihiy tajribasidan samarali foydalanish katta ahamiyatga egadir. Chunki, ezgulik, sahovat, ulug’vorlik, halollik, poklik singari ijobiy fazilatlar ta’lim-tarbiyada, jamiyat a’zolari o’rtasida ijtimoiy-kasbiy, ma’naviy-ma’rifiy munosabatlarni shakllantirish va mustahkamlashda katta o’rin tutadi. Shuning uchun ham odob-ahloq haqidagi pandu nasihatlar, o’git, maqol va matallarda o’zbekona ma’naviyat, qadriyatlarga qadim zamonlardan boshlab alohida e’tibor qaratilgan. Chunonchi, Imom Ismoil al Buhoriy, Rizouddin ibn Fahriddin, Kaykovus, Mahmud Qoshg’ariy, Ali ibn Abu Bakr Marg’iloniy, Alisher Navoiy, Abu Nasr Farobiy, Abdulla Avloniy va boshqa mutafakkirlar, mashhur shoir va olimlarning asarlarida bayon qilingan iqtisodga oid qarashlar bunga misol bo’la oladi. Chunonchi, Imom Ismoil al Buhoriyning «Al-jomi’ as-sahih» (Ishonarli tO’plam) asari o’quvchilarda ahloqiy sifat va fazilatlarni shakllantirishda ma’naviy-ahloqiy asoslarni tarkib toptirish va rivojlantirishda muhim ahamiyatga ega. Chunki hadislarda ilgari surilgan fikrlar hozirgi kunda ham o’z ahamiyatini yuqotgani yo’q. Hadislarda insoniy hislatlardan ezgulik, sabr-qanoat, shukronalik kabilar ulug’lansa, isrofgarchilik, ta’magirlik, ochko’zlik, bahillik, johillik kabi illatlar qoralanadi. Hadislarda halq tajribasida sinalgan ezgu g’oyalar kuchaytiriladi, ular nasihat va talab shaklida halqqa etkaziladi, halq g’oyalariga zid odatlar esa majoziy jihatdan bo’rttiriladi, yomon oqibatlardan ogoh etiladi. Bunday hollarda mubolag’ali usul orqali hadislarning tarbiyaviy ta’siri kuchaytiriladi. Asardan keltirilgan quyidagi parchalar fikrimizning dalilidir: Mulkdor raziyallohu anhu rivoyat qiladilar: «Rasululloh sallollohu alayhi vasallom: «Hech kim o’z qo’li bilan topgan rizqdan ko’ra lazzatliroq taom emagan. Ollohning payg’ambari Dovud alayhissalom ham o’z qo’llarining mehnati birlan tirikchilik qilganlar». Bu erda mehnatsevarlik, halollik ulug’lanib, insonning o’z mehnati evaziga topilgan rizqining naqadar lazzatli ekanligi ta’kidlanadi. Umuminsoniy qadriyat darajasiga ko’tarilgan sahiylik, oliyjanoblik, ezgulik holis niyatda amalga oshirilmog’i zarur ekanligi quyidagi hadisda ta’kidlanadi: Jobir ibn Abdulloh raziyallohu anhu rivoyat qiladilar: «Biror narsa sotishda yoki harid qilishda yohud biror hukm chiqarishda oliyjanoblik ko’rsatgan odamni Olloh taolo o’z rahmatiga olur». Navbatdagi nasihatda ta’magirlik, ochko’zlik bilan mol-dunyo to’plash sahiylikka zid bo’lib, u minnat evaziga, g’arazli maqsadda qilinishi, Olloh taolo nochorlarning qarzidan kechgan sahiy, fe’li keng odamlarning gunohidan o’tishi haqida quyidagilar ta’kidlanadi: Hufayza raziyallohu anhu rivoyat qiladilar: «Janob Rasulloh sallollohu alayhi vasallam bunday deydilar: «Bir odam vaqti-soati etib dunyodan O’tdi shunda unga: «Hayotlik vaqtingda qanday hayrli ish qilgansan?»-deyildi. U: «Odamlar bilan savdo-sotiq qilar edim. Shunda qarzini uzishga qurbi etadigan, (ammo vaqtincha uzolmay turgan) kishiga muhlat berar, nochorlarning qarzini kechib yuborar edim»,-deydi. Shul bois, Olloh taolo uning gunohlaridan o’tdi».
«Abu Hurayra raziyallohu anhu rivoyat qiladilar: «Nabiy sallallohu alayhi vasallam bunday deydilar: «Bir tojir (savdogar) odamlarga qarz berardi. Agar nochor odamlarga qarz bersa, qo’l ostidagilarga: «Uning qarzidan o’tib qo’ya qolinglar, shoyad Olloh taolo ham bizning gunohlarimizdan o’tsa!»,-derdi. Shunga binoan uning hizmatchilari nochorlarning qarzini kechib yuborardilar. Shuning uchun Alloh taolo u dunyoda o’sha savdogarning gunohidan o’tdi».
Agar inson o’zini yolg’on gapirish, ikki yuzlamachilik, ochko’zlikdan saqlasa, shaxs va jamiyatning ijtimoiy-kasbiy, ma’naviy takomillashuviga ijobiy ta’sir etadi. Hadislarda birovning haqiga hiyonat qilmaslik, halollik, to’g’riso’zlik savdoda baraka keltirishi, ochko’zlik, bir-biriga g’irromlik qilish uning barakasini o’chirishi haqida quyidagi fikrlar berilgan:
«Al-Ado ibn Holid raziyallohu anhu rivoyat qiladilar: «Nabiiy sallollohu alayhi vasallam: Agar sotuvchi o’z molining aybini yashirmasa hamda oluvchi ham pul berishda g’irromlik qilmasa, (bunday) savdoda baraka bo’lur. Agar har ikkala tomon ham bir-biriga g’irromlik qilsa, bunday savdoda baraka bo’lmas!».
Demak, shunday hulosa qilish mumkinki, har ikkala tomon bir-birini aldasa, g’irromlik qilsa, bu savdo halol savdo hisoblanmaydi. Savdo-sotiq ishi halollikni yoqtiradi, shuning uchun sotuvchi ham, haridor ham rost gapirishi shart. Uqba ibn Omir raziyallohu anhu: «Kishi o’z molining aybini yashirgan holda savdo qilishi halol ermas»,-deydilar.
Sharq durdonalari orasida yana bir noyob dur borki, uning nomi butun jahonga ma’lum va mashhurdir. O’zbek mumtoz adabiyotining XV asr oxiri, XXVI asr boshlarida yashab ijod etgan atoqli namoyondalaridan biri Zahiriddin Muhammad Boburning «Boburnoma» asari ana shunday asarlar sirasiga kiradi.
Boburdan qolgan ijodiy merosning eng muhim va eng yirigi O’rta Osiyo, Afg’oniston, Hindiston va Eron halqlari tarihi, geografiyasi, etnografiyasiga oid nodir va qimmatli ma’lumotlarni o’z ichiga olgan va o’sha davr o’zbek mumtoz adabiyoti va adabiy tilining yorqin namunasi bo’lgan «Boburnoma» asaridir. Bu asar mazmunining rang-barangligi, vatanparvarlikka oid ko’plab qimmatli fikrlarni o’z ichiga olganligi, til va uslubining go’zalligi bilan XVIII, ayniqsa XIX asr sharqshunos olimlarining diqqatini o’ziga tortgan va uning turli qulyozma nushalari izlana boshlagan va g’arb tillariga tarjima qilishga kirishilgan edi.
Ajdodlarimizning adabiyot va ilm-fan sohalarida yaratgan boy merosi uzoq asrlar davomida dunyo bo’ylab tarqalib kelgan. Hozirda bunday qo’lyozma merosning ko’pgina nodir va yagona nushalari Evropa va Osiyoning sharqshunoslik markazlarida avaylab saqlanmoqda. Bularni ilmga olib kirish masalasi ham kun tartibida turibdi.
Ma’lumki, musulmon sharqida paydo bo’lgan ijtimoiy-gumanitar bilimlarning aksariyat qismi Qur’oni karim zaminida yohud uning ta’sirida paydo bo’lgan. Odatda, qo’lyozma asarlar mavzu jihatdan tahlil qilinganda, ushbu ulug’ kitob uning asosini tashkil qiluvchi birinchi manba ekanligi har doim e’tirof etiladi.
Shuning uchun o’quvchilarda vatanparvarlik tuyg’usini tarkib toptirishda bu ulug’ kitobga murojaat qilish maqsadga muvofiqdir. Chunki imon-e’tiqodi mustahkam bo’lmagan inson haqiqiy do’st bo’lmaydi.
Asriy orzusi mustaqillikka erishgan xalqimiz uni mustahkamlash yo`lida yakdil va jo`shqin faoliyat olib bormoqda. Istiqlol mamlakatimiz iqtisodiy va ma’naviy takomilligining barcha sohalari rivojiga samarali ta’sir ko`rsatdi. Shu bilan birga adabiyot va adiblar oldiga ulkan ma’suliyatli vazifalarni qo`ydi. O`sib kelayotgan yosh avlod elim, yurtim deb yashashi, vatanimizninng gullab-yashnashi buyuk kelajakka ishonch ruhida tarbiyalanishi ko`p jihatdan ta’lim-tarbiya jarayonining bog`liq. Albatta, bu vazifani amalga oshirish uchun O`zbekiston Respublikasining «Ta’lim to`g`risida»gi qonuni, «Kadrlar tayyorlash milliy dasturi» asosida qabul qilingan Davlat ta’lim standartlari talablariga ko`ra ta’lim tizimi, mazmuni va boshqaruvini milliy an’analar, tarixiy, ma’naviy qadriyatlariga mos tarzda tanlash va tashkil etish zarurati qo`yildi.
Vatan (arabcha «vatan» — ona yurt) kishilarning yashab turgan, ularning avlod va ajdodlari tug`ilib o`sgan joyi, hududi, ijtimoiy muhiti, mamlakati3.
Vatan insonning ruhiyati, turmush tarzi, ongi va tafakkuri, o`tmishi, buguni va kelajagi mujassam bo`lgan tushunchadir.
Vatan ostonadan, o`zi tug`ilib o`sgan go`shadan boshlanadi. Shuning uchun bola o`zi yashab, nafas olib turgan xonadonida ulg`ayib voyaga yetishishida muhtasham va qudratli makon bo`lgan ona zaminiga mehr-muhabbat va sadoqati abadiy bo`lmog`i zarur.
Har bir insonning vataniga bo`lgan muhabbati ona suti, ona allasi va ota-ona mehri bilan uning vujudiga singib boradi, ota-onasini avlod-ajdodlari, ularning an’analari, urf-odatlari, kasb-korlarini sevuvchi farzand o`zgalarni ham sevadi. Millati, xalqi, adabiyoti, san’ati, dini va madaniyatidan g`ururlanib, o`zi o`sgan yurt tabiatidan ilhomlanib, uning muqaddas tuprog`i qadrini anglaydi.
Zero, hech bir inson Vatandan tashqarida baxt-saodat topa olmaydi. O`z yurtida obru-e’tibori bo`lmagan inson o`zga yurtda ham qadrlanmaydi.
Shuning uchun ham xalqimizda «O`zga yurtda sulton bo`lguncha, o`z yurtingda cho`pon bo`l», «o`zga yurtda shoh bo`lgandan, o`z yurtingda gado bo`lgan afzal», «O`lsang o`l, vataningda bo`l!» kabi naqllar bejiz aytilmagan.
Har kimning o`z xonadoni, uy-joyi, o`z ona yurti naqadar qadr-qimmatli ekanligini o`zga yurtga safarga, yashashga borgan inson biladi. Buyuk mutafakkir Alisher Navoiy, Bobur Mirzo, Furqat va boshqa bobokalonlarimizning o`zlari tug`ilib o`sgan vatanlaridan uzoqda kuchli Vatan sog`inchi-bilan yashaganlari, ona yurt tuprog`ini, unda o`sgan mevalarni ko`zlariga to`tiyo qilganlari, yurt ishqida iztirob chekkanlari barchaga ayon. Ularning ruhiy kechinmalari haqiqiy vatanparvar kishining holatidir. Haqiqiy vatanparvar u qaerda yashamasin, Vatanning yaxshi kunida ham, yomon kunida ham uni tark etmaydi, u bilan birga bo`ladi4.
Insondagi eng oliy tuyg`u — Vatan tuyg`usidir. O`zi tugilib-o`sgan ona yurtini jon qadar sevadigan, o`zga yurt tabiatidan o`z yurti tabiatichalik zavq olaolmaydigan, diyoridagi katta-kichik yutuqlardan faxrlanadigan, hatto mitti chumoli harakatidan zavqlanadigan butun aql-zakovati, qalb qo`ri, kuch va imkoniyatini shu jamiyat va tabiat go`zalligi, rivojiga bahshida eta olgan insondagina bu tuyg`u namoyon bo`ladi.
Vatan ham, vatanga muhabbat to`yg`usi ham ilohiy ne’mat bo`lib, butun qon tomirlarida shu tuyg`u jo`sh urgan insonda vatanfurushlik, vatanga hiyonatdek jirkanch vahshiylikka moyillik hech qachon bo`lmaydi. Xalqimizda “O`zga yurtning bag`lariyu-bog`chasi, o`z yurtingning yontog`icha ko`rinmas»_ deb bejiz aytilmagan.5
Vatan tuyg`usi — bu Vatanni himoya qilib, Vatan deya fido bo`lgan Tumaris, Shiroq, Spitamen, Najmiddin Kubro, Solihbek dodhoh, mulla Aliqul dodxoh singari yo’zlab sher yuraklarni eslashdir. Tomirida ohirgi tomchi qoni qolguncha dushmanga qarshi kurashgan Jaloliddin Manguberdi, Temir Malik, Abdumalik To`ra, Qurbonjon dodxoh, Madaminbek, Namozbotir singari buysunmas bahodirlarning, og`ir kunlarda qardoshlarga yelkadosh bo`lay deb, harbiy vazirlik lavozimidan iste’foga chiqib, ota yurti Turkistonga kelib, ayovsiz janglarda halok bo`lgan Anvar poshshoning, qullikdan o`limni afzal bilgan Oqmasjid, Chimkent, Avliyoota, Toshkent, Jizzax, Samarqand, Zirabuloq himoyachilarining nomini yodga olishdir.
Vatan tuyg`usi — bu mustamlaka to’zumiga qarshi bosh ko`targan Toshkent, Jizzax, Andijon qo`zg`olonchilari, Dukchi Eshon xotirasini unutmaslikdir.
Vatan tuyg`usi — bu zulm-istibdoddan qutulish uchun xalqni ma’rifatli bo`lishga chorlash, milliy uyg`onishga da’vat etgan, najot ilmda, birlikda va harakatda deb bilgan fidoyi ziyolilarni, ularning rahnamolari bo`lmish Munavvar Qori, Mahmudxo`ja Behbudiy, Abdullaxo`ja, Avloniy, Fitratlarning nomlarini doimo yodda saqlashdir.
Vatan tuyg`usi — bu yigirmanchi, o`ttizinchi, qirqinchi, elliginchi va nihoyat saksoninchi yillarda xalqimizga qarshi uyushtirgan qatli ommaviy qatag`onlarda qamoq va surgun azoblarini boshidan kechirgan va halok bo`lgan Abdulla Qodiriy, Cho`lpon, Fitrat, Usmon Nosir singari minglab millat gullarini unutmaslikdir.
Vatan tuyg`usi — bu Ikkinchi Jahon urushida fashizmga qarshi mardona jang qilgan vatandoshlarimiz yodini ehtirom bilan eslashdir».
Vatan himoyasi yo`lidagi qahramonlar insoniyat tarixidan hech qachon o`chmaydi. Vatanni asrash, har bir qarich yerini qo`riqlash, bu muqaddas burch bo`lib, ozod va mustaqil Vatanga ega bo`lish hech qachon osonlikcha qo`lga kiritilmagan. Vatan erki, mustaqilligi va ozodligi yo`lida qurbon bo`lganlarni abadiy eslash, hotirlash har bir kishining xalq, millat, Vatan oldidagi imoni va vijdonidir6.
Vatan muqaddasdir. Undan qimmat, undan aziz, undan shirin, undan ulug` ne’mat, boylik yo`qdir. Shu boylikni qadrlagan, undan cheksiz faxrlangan insongina oilasi, xalqi, atrof muhiti, jamiyatiga mehr-muhabbatli bo`ladi.
Insonni dunyoga keltirishdek mo`jiza yaratgan ona bilan Vatan hamohangdir. Vatan ona kabi inson taqdirida mo`jizalar makonidir. Shuning uchun ikki mo`jizakor yonma-yon Ona-Vatan deb yuritiladi.
Inson ona uchun qanchalik jonfidolik qilsa, Vatan uchun ham shunchalik qayg`uradi, uni ardoqlaydi, sevadi, avaylab-asraydi, turli ofatlardan, dushmanlardan qo`riqlaydi. Kerak bo`lsa, Ona-Vatan uchun jonini qurbon kiladi. Munis va mo`tabar Ona insonni shu yorug` dunyoga keltirsa, Vatan uni hayot belonchagida o`stiradi, ulg`aytiradi, shaxsni shaxs sifatida namoyon etadi. Shu boisdan inson uchun Ona - Vatandan ulug`roq, mo`tabarroq, qimmatliroq makon yo`q. Xalq ichida Ona degonda - Vatan, Vatan deganda esa Ona tasavvur etilishida ham majoziy mano bor. Ba’zi bir sabablarga ko`ra, o`zga yurtlarda yashayotgan vatandoshlarimiz ham «Ona-yurtim», «Ota-yurtim», «Kindik qonim to`kilgan yurt» deb faxrlanadilar7.
Yurtboshimizning vatanparvarligi, millatparvarligi evaziga 1991 yilning 31 avgustida O`zbekistonning davlat mustaqilligi e’lon qilingach, o`zbek millatining qaddi tiklandi, Vatan qadri ortdi, zo’rovonlik yo`li bilan yo`q qilingan milliy qadriyatlarimiz, dinimiz («Navro`z» bayrami, Ramozon va Qurbon hayitlari va hokozo) xalqqa yana qaytarildi.
Mamlakatimiz mustaqillikka erishgach, O`zbekiston Respublikasining yangi davlat ramzlari qabul qilindi, ya’ni davlat bayrog`i, gerbi, milliy valyutasi, madhiyasi — davlat ramzlaridir. Prezidentimiz I.A.Karimov ta’rifiga ko`ra; Davlatimiz ramzlari — bayroq, tamg`a, madhiya O`zbekiston xalqlarining shon-sharafi, g`ururi, tarixiy xotirasi va intilishlarini o`zida mujassamlashtiradi. Mana shu ramzlarni e’zozlash, o`zining qadr-qimmatini, o`z mamlakatiga va shaxsan o`ziga bo`lgan ishonchini mustahkamlash demakdir.
Mazmun va mohiyatan tamomila yangi davlatimizning asosiy Qomusi — O`zbekistan Davlatining Konstitutsiyasi qabul qilindi.
Darhaqiqat, davlatimiz ramzlarida o`zbek xalqi mentaliteti, g`ururi, hissiyoti, tarixiy xotirasi, porloq turmushga intilishi mujassam bo`lgan.
Ushbu ramzlar - o`zbek xalqining g`ururlaridir. Ularni qadrlash, ko`z qorachig`idek asrash, umuminsoniy qadr-qimmatini oshirish har bir fuqaroning Vatan oldidagi burchidir.
Vatanimiz ozodligi tufayli Vatan, xalq, millat, milliy qadriyatlar din, tarix, bugun va kelajak hayot haqida erkin fikr bildirish imkoniyati vujudga keldi.
Vatanimiz o`z istiqlol yo`lini tanlab oldi. Dunyo maydonida o`z o`rni, o`z ovoziga ega bo`ldi.
Vatanimiz osmonida erk quyoshi porlagach, o`zbek xalqi o`z tilida baralla e’zozlash, asrlar davomida shakllanib kelgan an’analari, qadriyatlarini qaytadan bilish, erkin fikrlash, o`z taqdirini o`zi hal qilish, o`zga yurtlarda Vatan sog`inchida bo`zlab yurgan vatandoshlarimiz ota yurtlariga qo`rqmasdan qaytish imkoniyatiga ega bo`ldilar.



Download 84,98 Kb.

Do'stlaringiz bilan baham:
1   2   3   4   5   6   7   8   9




Ma'lumotlar bazasi mualliflik huquqi bilan himoyalangan ©hozir.org 2024
ma'muriyatiga murojaat qiling

kiriting | ro'yxatdan o'tish
    Bosh sahifa
юртда тантана
Боғда битган
Бугун юртда
Эшитганлар жилманглар
Эшитмадим деманглар
битган бодомлар
Yangiariq tumani
qitish marakazi
Raqamli texnologiyalar
ilishida muhokamadan
tasdiqqa tavsiya
tavsiya etilgan
iqtisodiyot kafedrasi
steiermarkischen landesregierung
asarlaringizni yuboring
o'zingizning asarlaringizni
Iltimos faqat
faqat o'zingizning
steierm rkischen
landesregierung fachabteilung
rkischen landesregierung
hamshira loyihasi
loyihasi mavsum
faolyatining oqibatlari
asosiy adabiyotlar
fakulteti ahborot
ahborot havfsizligi
havfsizligi kafedrasi
fanidan bo’yicha
fakulteti iqtisodiyot
boshqaruv fakulteti
chiqarishda boshqaruv
ishlab chiqarishda
iqtisodiyot fakultet
multiservis tarmoqlari
fanidan asosiy
Uzbek fanidan
mavzulari potok
asosidagi multiservis
'aliyyil a'ziym
billahil 'aliyyil
illaa billahil
quvvata illaa
falah' deganida
Kompyuter savodxonligi
bo’yicha mustaqil
'alal falah'
Hayya 'alal
'alas soloh
Hayya 'alas
mavsum boyicha


yuklab olish