Lingvistik korpus matnlari
|
Elektron kutubxona
|
Matndan namunalar
|
To‘liq matn
|
Lingvistik razmetka
|
bibliografik, tarixiy va madaniy ma’lumotlar elementlari (mavjud bo‘lsa)
|
Lingvostatistika
|
Statistika mavjud emas
|
til materiallarini tanlash imkoniyatiga ega (lingvistik, tarixiy va madaniy mezonlar asosida)
|
Kutubxonadan fayllar tanlanadi
|
1.2. O‘zbek tilshunosligida milliy korpusning lingvistik ahamiyati
Kompyuter texnologiyalari sohasi uchun katta vazifalar XX asrning buyuk kashfiyoti sifatida vujudga keldi. Bunda tillarning taraqqiyoti va yashab qolishi uchun kompyuter texnologiyalari hal qiluvchi omilga aylanib qoldi. Har qanday tilning intenet yoki kompyuter texnologiyalari tiliga aylanishida kompyuter lingvistikasi fanining shakllanganligi va rivojlanish darajasi borib taqaladi. Jumladan, sun’iy intellekt uchun tabiiy tillarni modellashtirish kompyuter lingvistikasining asosiy vazifasidir. Tabiiy tillarni matematik modellashtirish orqali sun’iy intellekt yaratiladi. Bu esa sun’iy intellektning faoliyat dasturini yaratishga asos bo‘ladi. O‘z yozuviga hamda davlat tili maqomiga ega o‘zbek tilimiz matematik modellashtirish orqali dunyoni egallashi mumkin. Professor B.Mengliev fikricha: “axborot-kommunikatsiya texnologiyalari, internet tili darajasiga ko‘tarilmayotgani va, ayniqsa, bu borada tegishli ilmiy-tadqiqot muassasalari va markazlarda konseptual xarakterdagi na nazariy, na amaliy, na tashkiliy ishlar olib borilayotganligi uning ham yo‘qolish xavfidan butkul xoli emasligini, ro‘yxatda esa ehtiyot talab tillar qatorida qolib ketayotganligini ko‘rsatadi. Ijrosi kechikib borayotgan bo‘lsa-da, bu vazifalarni bajarishga yeng shimarib kirishsak va uddalay olsak, ona tilimiz hech qachon o‘lmaydi! Chunonchi, globallashuv asrida tillarning yashab qolishi ko‘proq axborot-kommunikatsiya sohasida, internet tizimida qo‘llanish darajasi bilan bog‘liq. Qaysi til internet tili emas ekan, uning ro‘parasida o‘lim xavfi turaveradi” 18.
Dunyoni egallagan “o‘rgimchak to‘ri”, ya’ni internet sahifalarida ma’lumotlar o‘zbek tilida berilmoqda, yozishmalar o‘zbek tilida amalga oshirilmoqda, o‘zbek tilida ish olib boradigan sayt va portallar, ijtimoiy tarmoqlar mavjud. Chunonchi, o‘zbek tili internet va axborot-kommunikatsiya sohalarida cheklanmagan darajada qo‘llanilmoqda. Shulardan kelib chiqqan holda, o‘zbek tilining internet tizimida qo‘llanishini me’yor darajasi deya olamizmi? U internet tiliga aylandimi? Bu tizim kompyuterga tayanadi. Chunonchi, “kompyuter lingvistikasida “kompyuter tilni tanishi kerak” degan tushuncha bor.
8-sinf “Ona tili” darsligida shunday fikrlar keltirilgan: “Agar kompyuter tilni “tanir” ekan, tilning internet tili ekanligi haqida so‘z yuritish to‘g‘ri bo‘ladi. Kompyuter tilni “tanishi” uchun u bu tilni “bilishi” zarur. Kompyuterning matndagi xatolarni tuzatishi, matnni qayta ishlashi, tarjima qilishi, so‘zlarga izoh bera olishi, tilni o‘rgatishi, matnni bir alifbodan ikkinchi alifboga o‘tkazib berishi, til ifodalarini tasniflashi, tartiblashi, biror tilda gapirishi, yozishi uning tilni tanishi asosida amalga oshiriladi. Demak, sun’iy intellekt ma’lum tilni “tanisa” o‘sha til asosida ishlaydi”19.
Shu o‘rinda B.Menglievning quyidagi fikrlarini qo‘llab-quvvatlaymiz: “kompyuter texnologiyalari sohasi tillarning taraqqiyoti hamda yashab qolishi uchun hal qiluvchi omilga aylanib bo‘ldi. Tilning internet tiliga aylanishi matematik lingvistika, uning davomi bo‘lgan kompyuter lingvistikasining shakllanganligi va rivojlanish darajasi bilan bog‘liq. Ayniqsa, sun’iy intellekt uchun tabiiy tillarni modellashtirish kompyuter lingvistikasining asosiy vazifasi hisoblanadi. Dunyo miqyosida tabiiy tillarni matematik modellashtirish orqali sun’iy intellektlar yaratilmoqda. Zero, modellashtirish biror tilning texnologiyadagi modelini yaratishdir. Matematik modellashtirish natijalari sun’iy intellektning faoliyat dasturini yaratishga asos bo‘lib xizmat qiladi. O‘zbek tili bu baxtdan hozircha “benasib qolmoqda”.Tillarning xavfsizligini ta’minlash uchun ularning yozuvlariga, 100 mingdan ortiq so‘zlashuvchilarga, davlat tili maqomiga ega bo‘lishi va axborot-kommunikatsiya, internet tizimida qo‘llanish xususiyati ham ozlik qiladi. O‘zbek tilini asrab qolish uchun ziyolilar uni rivojlantirish haqida qayg‘urishlari va mutasaddilar esa bir yoqadan bosh chiqarib tashkiliy yo‘l bilan kurashishlari juda ham zarur. Ijrosi kechikib borayotgan bo‘lsa-da, bu vazifalarni bajarishga yeng shimarib kirishsak va uddalay olsak, ona tilimiz albatta o‘lmaydi”20.
Milliy korpus yaratish orqali tilning elektron-ma’lumotlar bazasi yaratiladi, sun’iy intellekt asosida o‘zbek tilini qayta ishlashga: imloviy-tahrir, avtomatik ishlov berish va tarjima dasturlarini tuzishga, turli belgilar asosida qidiruvni amalga oshirishga erishiladi. Chunonchi, 2020–2030-yillarda o‘zbek tilini rivojlantirish va til siyosatini takomillashtirish konsepsiyasini 2020–2022-yillarda amalga oshirish dasturi”ning 19-bandida “O‘zbek tiliga oid barcha ilmiy, nazariy va amaliy ma’lumotlarni o‘zida jamlagan elektron ko‘rinishdagi o‘zbek tili milliy korpusni yaratish” vazifasi belgilangan. Bugungi kunda tilning, ayniqsa, o‘zbek tilining dunyo miqyosidagi nufuzi va asrlar davomida yashab qolishi uning sun’iy intellekt (kompyuter) tiliga aylanishi, milliy korpusining yaratilishi va global til korpuslariga qo‘shilishi bilan bog‘liq.
Do'stlaringiz bilan baham: |