1. Bir xil tezlikda harakatlanayotgan jismlardan birining massasi
qancha katta bo‘lsa, uning urilish zarbi shuncha katta bo‘ladi.
2. Harakatlanayotgan jismning tezligi qancha katta bo‘lsa, uning
urilish zarbi shuncha katta bo‘ladi.
Demak, jism harakatini tavsiflash uchun jism massasi va uning tezligini
alohida tarzda emas, balki ularni birgalikda qarash kerak. Shu maqsadda
jism impulsi degan fizik kattalik kiritilgan.
Jism massasi bilan uning tezligi ko‘paytmasiga teng kattalik jism
impulsi (yoki harakat miqdori) deb ataladi.
p
→
= m
→
υ.
(2)
Xalqaro birliklar sistemasida jism impulsining birligi kg · m bo‘ladi.
1 kg · m li impuls – bu 1 m tezlik bilan harakatlanayotgan 1 kg mas
sali jismning impulsi.
Tezlik vektor kattalik bo‘lgani sababli jism impulsi ham vektor katta
likdir. Uning yo‘nalishi tezlikning yo‘nalishi bilan bir xil bo‘ladi.
133
VI bob. Impulsning saqlanish qonuni
Do'stlaringiz bilan baham: |