I bob. Maxsus maktab boshlang‘ich sinf o‘quvchilarini bilish jarayonlaridagi nuqsonlarni korreksiyalash muammolari


I BOB. MAXSUS MAKTAB BOSHLANG‘ICH SINF O‘QUVCHILARINI BILISH JARAYONLARIDAGI NUQSONLARNI KORREKSIYALASH MUAMMOLARI



Download 233,5 Kb.
bet4/8
Sana17.09.2021
Hajmi233,5 Kb.
#176396
1   2   3   4   5   6   7   8
Bog'liq
MAXSUS MAKTABDA BILISH JARAYONI Восстановлен

I BOB. MAXSUS MAKTAB BOSHLANG‘ICH SINF O‘QUVCHILARINI BILISH JARAYONLARIDAGI NUQSONLARNI KORREKSIYALASH MUAMMOLARI

1.1. Maxsus maktab boshlang‘ich sinf o‘quvchilarini bilish jarayonlaridagi nuqsonlarni korreksiyalashninng umumiy masalalari
Bilish jarayonidagi singari ta’lim jarayonida ham o‘quvchi bilmaslikdan bilishga, noto‘g‘ri va noaniq bilishdan toboro to‘liqroq va aniqroq, chuqurroq bilishga bo‘lgan yo‘lni bosib o‘tadi. Bu jarayonda hissiy idrok etish, ham abstrakt tafakkur ham, amalda sinab ko‘rish ham bo‘ladi.

Ilmiy asosda bilish (olimning bilishi) jarayonida va o‘qish jarayonida (o‘quvchining bilish faoliyati o‘rtasida) umumiylik bo‘lsa ham lekin, ular bir –biridan farq qiladi.

Aqli zaif bolalar psixologiyasi, markaziy asab tizimining egiluvchanligi haqidagi I.P.Pavlovning fiziologik ta’limotiga asoslanadi. Sog‘lom qolgan markaziy asab tizimining ayrim qismlari makmimal rivojlanishi, kompensatsiya qilinishi aqli zaif bolalar taraqqiyotidagi yutuqlardandir.

50-yillardan keyin I.Pavlov ta’limotini chukurroq, ijodiy o‘rganish asosida aqli zaiflikni tor tushunishga chek qo‘yildi. Bu ta’limot asosida “himoyalovchi - saqlovchi” jarayoning mohiyati ochib berildi. Psixikaning reflektor nazariyasi markaziy asab tizimining kasallanishida ish qilish qobilyatining buzilishini oydinlashtirishtirib berdi.

Mashhur psixolog, oligofrenopedagogikaning asoschisi L.S.Vigotskiy ta’limoti juda katta nazariy, amaliy ahamiyat kasb etdi. L.S.Vigotskiy ta’limoti yanada dolzarblashib bormoqla. Turli etiologik omillar asosida kelib chiqadigan aqli zaif nogiron bolalarni differensiyalashgan holda ta’limga jalb etish ishlari ishlab chiqilmoqa.

20-60-yillarda L.S.Vigotskiy oliy psixik jarayonlarning rivojlanmay qolishi holati ikkilamchi bo‘lganligi tufayli, “... ular bir zanjirni eslatadi ... shu zanjirning eng zaif joyiga tarbiyaning butun kuch- qudratini qaratib, uni parchalab yuborish lozim”, - ko‘rsatadi.

Aqli zaif bolaning xususiyatlari shundaki, uning psixikasi qoidaga bo‘ysunmasligidan sharoitlar, anomal taraqqiy topish sharoitlarida shakllanadi. Aqli zaif bolalar sog‘lom tengdoshlaridan shu bilan farqlanadiki, uning ilgari tajribasi va rivojlanishida bundan keyingi psixik taraqqiy topish uchun zarur shart-sharoitni tashkil etuvchi mexanizmlar, hamda psixik xossalar shakllanmagan bo‘ladi.

Buning sababi aqli zaiflikning o‘zak belgilaridir, ya’ni bu belgilar u yoki bu a’zoning shkastlanishi bilan bevosita bog‘langan bo‘ladi. (masalan, karlarda-eshitish, ko‘rlarda-ko‘rish, kar va soqovlarda - nutq ikklamchi sabab-birlamchi buzilishlar oqibatida vujudga kelgan buzilishlardir. (masalan, karlarda nutqning, fikrlanishning buzilishi, ko‘rlarda makon orenatsiyaning o‘ziga hosligi). Shuning uchun ikklamchi buzilishlarning yuzaga kelish sabablari, hamda o‘z vaqtida ularning oldini olish yoki bartaraf etish o‘ta muhimdir.

Bolaning biologik jihatdan to‘laqonli bo‘lmasligi uni o‘z vaqtida, ya’ni go‘daqlik yoshidan, insoniy madaniyatlarni egallash imkoniyatlaridan mahrum etadi. Bu holat esa, sog‘lom bolaga mo‘ljallangan odatdagi usul va metodlar shaqlida o‘zlashtiriladi. Bolaning bosh miyasini organik jarohatlanishi natijadasida (oligofreniya kasalligi) natijasida psixik jarayonlarning o‘zgarishiga olib keladi. Bu aqliy jihatdan aqli zaif bolaning o‘ziga hos bo‘lishiga olib keladi.

Aqli zaif nogiron bolalarning nuqsonlari korreksiyalanishi, kompensatsiyalanishi mumkin. Ammo buning uchun ta’lim va tarbiyalashning barcha harakatlari, eng avvalo, birlamchi nuqsonni bartaraf etish hususiyatidir.

O‘quv materialini idrok qilish va anglashning o‘ziga hos hususiyatlari aqli zaif o‘quvchilarning xotiralari bilan bogliq. Xotiraning asosiy jarayonlaridan esda qolish, esga tushurish ulardan o‘ziga hos tarzda rivojlanadi. L.Z.Zankov, V.G.Petrovalar ko‘rsatganlaridek, aqli zaif bolalar xotirasining sustligi ularning ma’lumotlar olish va esda saqlashdagi qiyinchiliklari tufayligina emas, balki shu ma’lumotlarni esga tushishi qiyinchiliklari bilan bog‘liqir.

Aqli zaif o`quvchilarning nutqini o`stirish bilan bog‘liq masalalar maxsus pedagogikaning korreksion-tarbiyaviy ishining markazida turadi.

K.H.Mamedov tomonidan ruhiy rivojlanishi sustlashgan II sinf, IV sinf, VIII sinf o‘quvchilarida verbal va noverbal intelektual kamolotning dinamikasini tadqiq etiladi.

Turli yosh davrlarida ruhiy rivojlanishning dinamikasida jinsiy farqlanish hususiyati aniqlandi, ruhiy rivojlanishi sustlashgan o‘quvchilarning intelektual jihatdan o‘sishi o‘rganiladi. Muallif tomonidan birinchi marta maxsus psixologiyada senzitiv davrida bilish jarayonini rivojlanishidagi o‘zgarishlar asoslab beriladi.

S.SH.Aytmetova anomal bolalarning rivojlanishi uchun korreksion tarbiyaviy ishlarini tashkil qilish masalalari yuzasidan ilmiy kurs ishi ishlarini olib borgan. Anomal bolalardagi kamchilikning murakkabligi ontogenezda uning rivojlanishini sifat jihatidan o‘zgartiradi. Aqli zaif bolalarning rivojlanishida korreksion ta’limiy va tarbiyaviy tizimning yo‘qligi uning har tomonlama rivojlanish imkoniyatlarini cheklab qo‘yadi.

Muallif anomal rivojlanishini erta korreksiyalash zarurligi birinchi darajali ahamiyatga ega bo‘lganligini ta’kidlab o‘tgan. S.SH.Aytmatova yordamchi maktabda shaxsga ta’sir o‘tkazish mohiyatini, uning harakterli xususiyatlarini ochib berishga muvaffaq bo‘lgan. Uning ishlarida mehnat faoliyatining psixologik masalalari ham keng ko‘lamda yoritib berilgan. Korreksiya va rivojlanishning o‘zaro chambarchas bog‘liqliklarini o‘z ishida ochib bergan.

Aqli zaif bolalarning psixologik hususiyatlari bilan D.A.Gordiyenko ham shug‘ullangan.

N.V.Sosedova o‘z izlanishlarida “Aqli zaif o‘quvchilarning o‘qish darslarda nutqni o‘stirish” masalasiga to‘xtalib o‘tgan. Muallif yordamchi maktab o‘quvchilarining o‘qish darslarida lug‘at, analiz-sintez operatsiyalariga ko‘proq ahamiya berish, ko‘rgazmalilik va ularning o‘qish darslarida orttirgan bilimlariga tayanish zarurligini o‘z ishlarida ko‘rsatib bergan. Birinchilardan bo‘lib N.V.Sosedova tomonidan o‘qish darslarida aqli zaif bolalar nutqini o‘stirishning yo‘llari, vositalari, faollashtirish imkoniyatlari ilmiy jihatdan asoslab berilgan.

Shuni alohida ta’kidlab o‘tish kerakki, bu ilmiy izlanishlar rusiy zabon maktab o‘quvchilari bilan olib borilgan, holos.

V.S.Rahmanova, R.SH.Shomaxmudova va P.M.Po‘latovalar esa birinchilardan bo‘lib, o‘zlarning ilmiy izlanishlarini o‘zbek aqli zaif bolalari bilan o‘tkazganlar.

Yordamchi maktab o‘quvchilariga ona tili savodga o‘rgatishning psixologik hususiyatlari yuzasidan V.S.Rahmanova ilmiy izlanishlar olib borgan. U yordamchi maktabning birinchi sinf o‘quvchilarini savodga o‘rgatishga imkon beruvchi ilmiy-amaliy hususiyatli tizim yaratgan. Savodga o‘rgatish davrida aqli zaif bolalarning o‘qish va yozuv malakalari, o‘zlashtirish darajalari aniqlangan. Savodga o‘rgatish faoliyatining turli bosqichlarida birinchi sinf o‘quvchisi bo‘lmish aqli zaif bolalarning o‘qishi va yozuvidagi o‘ziga hos holatlar aniqlanib, ona tilida yordamchi maktab o‘quvchilarining o‘qish va yozuv malakalarini shakllantirishga qaratilgan korreksion ta’limiy tizimi ishlab chiqilgan. Harf va so‘zlarni idrok qilish, hamda tushuntirish hususiyatlari, tez o‘qish tehnologiyasi ochib berilgan.

R.Shomaxmudova “2-3 sinf aqli zaif o‘quvchilar nutqini o‘stirish bo‘yicha korreksion pedagogik ish tizimi” mavzusida kurs ishi ishini olib borgan (1991). U aqli zaif o‘quvchilarning rus tili darslarida nutqini o‘stirishning korreksion pedagogik hamda psixologik tizimini ishlab chiqsi. Rus tili darslarida o‘zbek o‘quvchilarida psixologopedik ta’sir elumentlaridan foydalanib, nutqni o‘stirish bo‘yicha korreksion pedagogik, psixologik ish tizmini ilmiy jixatdan dalillab berilgan.

Yordamchi maktabda o‘zbek tilida ta’lim oluvchi oqli zaif 2-3 sinf o‘quvchilarini ikkinchi tilni o‘zlashtirishning o‘ziga hos hususiyatlari umumlashtirilgan. Maxsus tashkil etilgan ta’lim sharoitida yordamchi maktabning boshlang‘ich sinf o‘zbek o‘quvchilari rus tili o‘zlashtirishning psixologik imkoniyatlari o‘rganilgan

P.M.Po‘latova esa “Yordamchi maktablarning 5-sinfidagi aqli zaif o‘quvchilarning sinfdagi tashqari o‘qish darslarida gazeta materiallari bilan korreksion ishlarni amalga oshirish” ga oid o‘z izlanishlarini olib borgan (1993). Gazeta materiallari bilan mustaqil faoliyat ko‘rsatish jarayonida aqli zaif o‘quvchilarning bilishga nisbatan qiziqishi, aqliy faoliyatining o‘ziga hos hususiyatlari va imkoniyatlari aniqlangan, o‘quvchilarning aqliy rivojlanishida gazeta bilan ishlash jarayonida korreksion ta’sirning imkoniyatlari ko‘rsatilgan. P.M.Po‘latovaning tadqiqotida sinfdan tashqari mastaqil faoliyat uchun gazeta materiallarini tanlash mezonlari asoslanadi, hamkorlikning ustivor tomonlari ta’kidlanadi. Gazeta bilan ishlashda aqli zaif o‘quvchilarning nutqini o‘stirish, aqliy faoliyatini faollashtirish, shaxsini shakllantirish omillari ko‘rsatib berilgan. Gazeta bilan ishlash metod, usullari, vositalari tizimi yaratilgan va amaliy asoslab berilgan.

O`zbekiston Respublikasida maktabgacha tarbiya yoshidagi aqli zaif bolalarga bag‘ishlangan ilmiy izlanishlar yuzasidan ilmiy kurs ishi o‘tkazilgan olimlardan M.G.Kim, D.M.Nurkeldiyeva, M.P.Xamidovalardir. ular o‘z tadqiqotlarini maktabgacha tarbiya yoshidagi aqli zaif bolalar nutqiy va aqliy rivojlantirishga qaratilgan.

Bizning diqqatimizni tortgan mavzumizga yaqin bo‘lgan ilmiy kurs ishi o‘zbek millatiga mansub oilalarda nogiron bolani tarbiyalash muammosi o‘rganilgan. O‘zbekistonda nogiron farzandi bo‘lgan oilalarda korreksion ishlarni olib borish jarayoni haqida L.SH.Nurmuhamedova kurs ishi ishlari olib borgan, ammo bu kurs ishi shahar sharoitida nogiron bolani tarbiyalashga bag‘ishlangan bo‘lib, qishloq sharoitidagi oilalarda nogiron bola ota-onalarni bola tarbiyalashga tayyorlash muammolari o‘rganilmagan.

L.Nurmuhamedovaning oilada nogiron farzandlarni tarbiyalashga oid pedagogik qarashlarini biz yoqlagan holda barcha millatning o‘ziga hos mintaliteti, regional sharoitiga mos holda tarbiyaga yondoshish kerak degan fikrdamiz. Ammo maxsus maktab boshlang‘ich sinf o‘quvchilarinini bilish jarayonlaridagi nuqsonlarni korreksiyalash muammolariga oid tadqiq ishlari olib borilmagan.



Download 233,5 Kb.

Do'stlaringiz bilan baham:
1   2   3   4   5   6   7   8




Ma'lumotlar bazasi mualliflik huquqi bilan himoyalangan ©hozir.org 2024
ma'muriyatiga murojaat qiling

kiriting | ro'yxatdan o'tish
    Bosh sahifa
юртда тантана
Боғда битган
Бугун юртда
Эшитганлар жилманглар
Эшитмадим деманглар
битган бодомлар
Yangiariq tumani
qitish marakazi
Raqamli texnologiyalar
ilishida muhokamadan
tasdiqqa tavsiya
tavsiya etilgan
iqtisodiyot kafedrasi
steiermarkischen landesregierung
asarlaringizni yuboring
o'zingizning asarlaringizni
Iltimos faqat
faqat o'zingizning
steierm rkischen
landesregierung fachabteilung
rkischen landesregierung
hamshira loyihasi
loyihasi mavsum
faolyatining oqibatlari
asosiy adabiyotlar
fakulteti ahborot
ahborot havfsizligi
havfsizligi kafedrasi
fanidan bo’yicha
fakulteti iqtisodiyot
boshqaruv fakulteti
chiqarishda boshqaruv
ishlab chiqarishda
iqtisodiyot fakultet
multiservis tarmoqlari
fanidan asosiy
Uzbek fanidan
mavzulari potok
asosidagi multiservis
'aliyyil a'ziym
billahil 'aliyyil
illaa billahil
quvvata illaa
falah' deganida
Kompyuter savodxonligi
bo’yicha mustaqil
'alal falah'
Hayya 'alal
'alas soloh
Hayya 'alas
mavsum boyicha


yuklab olish