I bob. Maxsus maktab boshlang‘ich sinf o‘quvchilarini bilish jarayonlaridagi nuqsonlarni korreksiyalash muammolari


Maxsus maktab o‘quvchilarining bilish yo‘llari



Download 233,5 Kb.
bet5/8
Sana17.09.2021
Hajmi233,5 Kb.
#176396
1   2   3   4   5   6   7   8
Bog'liq
MAXSUS MAKTABDA BILISH JARAYONI Восстановлен

1.2.Maxsus maktab o‘quvchilarining bilish yo‘llari
Olimning bilishidan farqli o‘laroq, ta’li o‘qituvchi rahbarligida beriladi. Olimlar olamni bilib olib, ilgari fanga ma’lum bo‘lmagan yangi haqiqatlarni kashf etadilar, yangi qonuniyatlarni aniqlaydilar va shu tariqa fanning ilgarilab ketishiga imkon yaratadilar. O‘quvchilar esa ta’lim jarayonidla olamni bila borib, o‘zlari uchun ilgari noma’lum bo‘lgan, biroq fan kashf etgan va odamlarning ijtimoiy-tarixiy amaliyotida tekshirib ko‘rilgan yangi bir narsani bilib oladilar Olimlarning vazifasi o‘quvchilarni fan erishgan yutuqlar bilan, shuningdek ularga erishish va qo‘llanish, ularni puxta eslab qolib, kundalik hayotda, bo‘lajak kasbda ulardan ijodiy foydalanish ko‘nikmasi bilan qurollantirishdan iborat.

Maxsus maktab o‘quvchisining bilib olish yo‘llari har xil. O‘quvchining yo‘li egri –bugri, ba’zan xato bo‘ladi. Bilish jarayonida u belgilangan rejadan chetga chiqib ketishi, uni o‘zgartirishi, bu ishga ko‘p vaqt sarflashi mumkin. U fanga ma’lum bo‘lmagan haqiqatlarni qidiradi. O‘quvchi o‘zini o‘rab turgan borliqni sezgan, anglagan xolda atrof-olam haqida, narsa va hodisalar haqida tasavvurga ega bo‘ladi. Ana shunda o‘qituvchi o‘quvchilarni bu sabab va oqibat qonunini bilishga to‘g‘ri, engillashtirilgan, soddadan murakkabga ma’lumdan noma’lumga qarab, vaqt jihatidan qisqa yo‘ldan olib boradi.

O‘quvchilar ta’lim jarayonida fan, bilimlar bilan bevosita ish tutadilar, obektiv olam bilan bevosita aloqada bo‘ladilar. Ayni vaqtda esa ular obektiv olam bilan bevosita bog‘lanib olib, xuddi o‘shaning o‘zini o‘rganayotgan bo‘ladilar.

Nihoyat, ilmiy bilishda amaliyot haqiqatning manbai va mezoni bo‘lib, bilish bilan ochilgan xaqiqatlarni tekshirish vositasiga aylanadi, o‘quv jarayonida esa o‘quvchi umuminson amaliyotida sinab ko‘rilgan bilimlar bilan ish ko‘radi Bilimlarni amaliyot vositasida tekshirish hamisha ham kutilgan natijalarni beravermaydi, amaliyot ayrim hollardagina didaktik maqsadda qo‘llaniladi.

Ta’lim berish jarayonida o‘qituvchi o‘quvchilarga tushunarli bo‘lgan maxsus korreksion ta’lim materialidan foydalanganda, muayyan yoshga xos usullarni va ta’limda eng yaxshi samaralarga erishish imkonini beradigan maxsus maktab didaktikasi metodlarini qo‘llaniladi.

Bilish nazariyasi insonga bog‘liq bo‘lmagan holda mavjud obektiv reallik borligini e’tirof etadi. Inson obektiv olamni bilib oladi. Bilish odamlarning amaliy faoliyati jarayonida o‘tadi.

Amaliyot insonni bilish uchun asosiy va muhim narsadir. U bilish manbai, bilish maqsadi va haqiqat mezonidir. Odam tevarak – atrofdagi voqelik, narsa va hodisalarni amali hayotda ularga to‘qnashish yo‘li bilan bilib oladi, ularni o‘zgartiradi va o‘ziga bo‘ysundiradi. Odam xuddi shu ijtimoiy, ishlab chiqarish faoliyati jarayonida tabiat va va ijtimoiy munosabatlar sohasidagi narsa va hodisalarni juda yaxshi bilib oladi.

Narsalar, buyumlar bilan amaliy muomalada bo‘lish natijasida buyumlar sezgi organlariga ta’sir qiladi, sezgilar idrokni ham keltirib chiqaradi.Lekin amaliyotda odamning fikrlash faoloiyati ham faol namoyon bo‘ladi. Fikrlash yordamida u real voqelikni chuqur tushunadi. Rivojlanib borayotgan amaliyot hali olamga noma’lum yangidan-yangi muammolarni keltirib chiqaradi, binobarin, odam yana o‘ylay, fikirlay boshlaydi,yana haqiqat izlaydi ilmiy kurs ishi ishlarini boshlaydi.

Bilish manbai bo‘lgan amaliyotning ahamiyatini ta’kidlab o‘tayotganda bilish jarayonining o‘zini ham yoritish zarur.

Bilish murakkab dialektik jarayondir. Bilish jonli mushohadadan abstrakt tafakkurga va undan amaliyotga-haqiqatni bilishning, obektiv reallikni bilishning dialektik yo‘lidir.

Obektiv dunyoni bilish sezishdan boshlanadi. Sezish ongning tashqi olam bilan chinakam bevosita aloqasi bo‘lib, u ta’surotni ongli anglashga aylanishidir.

Sezish tevarak-atrofdagi voqelik, narsa va xodisalarning sezgi organlarimizga ta’sir etuvchi sifatlarining ongimizda aks etishidir. Bunda har bir olgan, har bir analizator I.P.Pavlov ta’kidlab aytganidek, narsalarning ayrim sifatlarini idrok qiladi.

Biz sovuqlik, iliqlik, sho‘r, achchiq, yorqin, qora va hokozolarni, ya’ni real olamdagi mavjud narsa hamda hodisalarning sifatlarini sezishimiz mumkin. Xuddi shu masala ustida Yan Amos Komenskiy:”O‘quvchilar sezib idrok etishi mumkin bo‘lgan narsalarni, albatta, sezgilar vositasi bilan, ya’ni ko‘rish mumkin bo‘lgan narsalarni ko‘z bilan ko‘rib, eshitish mumkin bo‘lgan narsalarni quloq bilan eshitib, hidi bor narsalarni hidlab ko‘rib, ta’mini sezish mumkin bo‘lgan narsalarni tatib ko‘rib, ushlab sezish mumkin bo‘lgan narsalarni ushlab ko‘rib bilib olishlari kerak” –deb ko‘rsatgan.

Sezishdan idrok qilishga o‘tamiz.

Idrok umuman tevarak – atrofimizdagi buyumlar va hodisalarning odam ongida aks etishidir.(Biz tog‘ni, gullarni, hayvonot olaminilarni idrok qilamiz).

Bilish jarayoni sezish va idrok qilish yordamida olingan ma’lumotlar bilan cheklanmaydi. So‘ngra biz tasavvur qilishga o‘tamiz.

Tasavvur bosh miya po‘stining silliqligi tufayli odamning ongida uzoq vaqt saqlanib qoladigan idrok va sezgilarning izlaridir. Tajriba vositasida odamda tasavvurlar zahirasi ko‘payib, boyib boradi. Tasavvurlar fikrlashda, tushunchalar tarkib topishida juda muhim rol o‘ynaydi. Tasavvurlar muayyan umumlashmalarning mavjudligi bilan bog‘liqdir. Sezishlar, idrok etishlar, tasavvurlar sezib bilishning tarkibiy qismi bo‘lsada, ular ham real voqelikni bilish muammosini to‘la hal qilib bermaydi. Odam faqat tafakkur jarayonidagini biror jarayon yoki hodisaning mohiyatini, munosabatning sababli bog‘lanishlarini aniqlaydi va shunday qilish bilan voqelikni chuqur, to‘g‘ri aks ettirishga erishadi. Tafakkur, ya’ni analiz, sintez, induksiya, deduksiya va hokozolar bo‘lishning yuqori formasidir.

Tafakkur. Yuqorida aytib o‘tilgan mantiqiy operatsiyalar yordamida tushuncha, fikr-mulohazalar hosil bo‘ladi. Ularning oliy formasi qonuniyatlar yaratishdir. I.P.Pavlov ta’limotiga ko‘ra, nerv bog‘lanishlari yoki assotsiatsiyalarning hosil bo‘lishidan iborat. Vaqtinchalik nerv bog‘lanishlari- deb ta’kidlagan edi u - hayvonlarda ham, odamlarda ham bo‘ladigan eng universal fiziologik hodisalardir. Shu bilan u, barcha har xil harakatlar, tasavvurlar yoki harflar,so‘zlar va fikrlar birikishlardan hosil bo‘lish-bo‘lmasligidan qat’iy nazar, psixologlar assatsiatsiya deb ataydigan psixologik hodisa hamdir.”

Jonli mushohada uchun birinchi signal sistemasi, abstraksiya uchun esa ikkinchi signal sistemasi asosiy ahamiyatga ega bo‘ladi.

Abstrakt tafakkur voqelik bilan aloqada bo‘lgan taqdirdagina odamning bilimlarini ancha chuqurlashtiradi.

Birinchi va ikkinchi signal sistemalarining birligigshina bilimlarni chuqur hamda haqiqiy bilimlarga aylantiradi.

Amaliyot-bilish maqsadi va haqqoniyligi mezonidir.

Jonli mushohada va tafakkur hamisha odamning amaliy faoliyatiga asoslanishi kerak. Odam tabiat va jamiyat qonuniyatlarini ochib, o‘z faoliyatida ulardan foydalanishga intiladi. Har qanday nazariy bilimning qiymati uning amaliyotga qanchalik hizmat qilishi bilan belgilanadi. Nazariya amaliyotdan kelib chiqadi, amaliyotni o‘zini yanada yaxshiroq yo‘lga qo‘yishga ko‘maklashadi, zero bilimning maqsadi amaliyot, odamlarning amaliy faoliyatidir.

Biroq, amaliyt ayni vaqtda bilimning to‘g‘riligini tekshirish vositasi hamdir. Nazariy fikr amalda tekshirilgan va amaliyot uni tasdiqlagan taqdirdagina u odam bilimlarining zarur tarkibiy qismiga aylanib qolishi mumkin.

Shunday qilib, biz bilimning amaliyotdan sezgi idroki va tafakkur orqali chiqib kelishini hamda yana amaliyotga qaytib borishini ko‘rib turib turibmiz. Shunisi ham borki, bilm amaliyotga o‘zining ilgarigi ko‘rinishida emas, balki ancha boyigan ko‘rinishda, ancha mukammalroq, takomillashganroq, ancha yuqori bosqichda qaytib boradi.

O‘qituvchi talabalarga muvaffaqiyatli ta’li berish uchun dialektik bilish nazariyasining mohiyatini, ta’limning psixologik asoslarini yaxshi tushunib olishlari kerak.




Download 233,5 Kb.

Do'stlaringiz bilan baham:
1   2   3   4   5   6   7   8




Ma'lumotlar bazasi mualliflik huquqi bilan himoyalangan ©hozir.org 2024
ma'muriyatiga murojaat qiling

kiriting | ro'yxatdan o'tish
    Bosh sahifa
юртда тантана
Боғда битган
Бугун юртда
Эшитганлар жилманглар
Эшитмадим деманглар
битган бодомлар
Yangiariq tumani
qitish marakazi
Raqamli texnologiyalar
ilishida muhokamadan
tasdiqqa tavsiya
tavsiya etilgan
iqtisodiyot kafedrasi
steiermarkischen landesregierung
asarlaringizni yuboring
o'zingizning asarlaringizni
Iltimos faqat
faqat o'zingizning
steierm rkischen
landesregierung fachabteilung
rkischen landesregierung
hamshira loyihasi
loyihasi mavsum
faolyatining oqibatlari
asosiy adabiyotlar
fakulteti ahborot
ahborot havfsizligi
havfsizligi kafedrasi
fanidan bo’yicha
fakulteti iqtisodiyot
boshqaruv fakulteti
chiqarishda boshqaruv
ishlab chiqarishda
iqtisodiyot fakultet
multiservis tarmoqlari
fanidan asosiy
Uzbek fanidan
mavzulari potok
asosidagi multiservis
'aliyyil a'ziym
billahil 'aliyyil
illaa billahil
quvvata illaa
falah' deganida
Kompyuter savodxonligi
bo’yicha mustaqil
'alal falah'
Hayya 'alal
'alas soloh
Hayya 'alas
mavsum boyicha


yuklab olish